58
(uskunalar bilan band bo‘lgan) issiqxona ning ichki (eni va bo‘yi) asosi bo‘yicha
ulchamlarni yig‘indisi kiradi. Foydali maydonga bevosita ekinni ekilib yetishtirishda
band bo‘lgan maydon kiradi. Bunga o‘simliklarni qator oralari o‘simliklar orasidagi
yulaklar xam kiradi. Doimiy uskunalar turadigan va yulak bilan band bo‘lgan
maydonlar kirmaydi.
Foydali maydonning inventar maydoniga bo‘lgan nisbati maydonidan
foydalanish koefitsienti tashqil etib, u nishabi ikki tomonlama sukchakli
issiqxonalarda 0,6 ni, yerni issiqxonalarda esa 0,8 ni tashqil etadi.
Issiqxona ning
xamma tusiladigan qismlari satxini (tomi, oldi, va yon tomonlari) inventar maydonga
nisbati tusik koefitsienti deyiladi. Bu koeffitsient issiqxona ning maydoniga bog‘liq
xolda: bir zvenoli issiqxona da 1,50-1,70, 40-1,50, blok tipidagi issiqxona da 1,20-
1,40 ni tashqil etadi. Tusik koefitsienti kancha kichik bulsa, kapital jamgarma va xam
1 m
2
inventar maydon xisobiga sarflanadigan issiqlik yo‘qotish shuncha kam bo‘ladi.
Zamonaviy issiqxonalar zavoda tayyorlangan detallardan yig‘iladi. Ularni
sinchlari pishiq zanglamaydigan, usti ruxlangan po‘latdan tayyorlanadi.
Zamonaviy issiqxonalarni asosiy konstruktiv elementlariga fundament, sokol,
ustunlar shamollatish, darchalari sinch shakli va uraladigan va yopiladigan qismi
kiradi.
Issiqxona ning chekka to‘siqlari atrofidagi temir beton fundamentga,
ustunlari
yakka nuktadagi fundamentga tirkaladi. Tashqi devorning pastki (yer yuzidagi) qismi
sokol deyiladi. U oynavand issiqxonalarda 0,3m ni, plyonkali issiqxonalarda 0,1m.
Ustki egilgan qiyalik regel, gorizontal uzunasiga joylashtirilgan element progon
deyiladi, uni vazifasi qiya qilib urnatilgan regellarni (strapullarni maxkamlab
darchalar uchun kesaki o‘rnini xam bajaradi.
Progonlarga oyna turishi uchun shiroslar urnatiladi. Oynaning kalinligi 4 mm, eni
esa 75 sm.
Shamollatish uchun ajratilgan tirkishlar (fortochkalar) issiqxona ustkiqismini
50% ni tashqil qiladi.
Ustki va yon tomondagi tusiklarni birlashtirib turuvchi element karzin deb
yuritiladi. Ikki seksiya kiyaligi birlashgan yon devorni
ustki qismiga suv yuradigan
tarnov (jalob) urnatiladi undan atmosfera yogin suvlari okib chikib ketadi.
Issiqxonaning balandligi sarrov va korzinagacha ulchab aniqlanadi.
Zamonaviy issiqxonalarning ichki uskunalariga xavo va tuproqni isitib beruvchi
sistemalar, shamollatish, sugorish, oziklantirish, elektr bilan ta’minlash, SO
2
gazi bilan
boyitish, mikroiqlim sharoitlarini avtomatik sozlash, yer osti drenaj va sukchakchalar
kiradi.
Angar issiqxonalarda aralash, suv trubali va koloriferli, blokli issiqxonalarda –
suv trubali isitish sistemalari qo‘llaniladi. Blokli issiqxonalarda suv trubali isitish
sistemalari 4 turdan iborat: (kontur) aylanma tuproq, usti
va osti qismini isituvchi
sistemalar.
Tuproqka ishlov berishda tuproq ustki qismini isitishdagi trubalar (registrlar)
kutarilib zveno buylab urnatilgan ustunlarga osib qo‘yiladi. Isitish sistemasiga
registrlar issiqqa bardosh beruvchi (termostoykiy) egiluvchan rezinkali shlangalar
59
orqali ulanadi. Yer ustida urnatilgan qo‘lay isitkich trubalar bir vaqtda o‘simliklarni
parvarishlash va xosilini yigishda qo‘llaniladigan aravachalar uchun yo‘naltiruvchi iz
(rels) xisoblanadi.
Issiqxona da xonaning xaroratini isitish sistemasidagi suvning xarorati va
shamollatish orqali sozlanadi. Buning uchun xar bir issiqxonalarda maxsus datchiklar
urnatilgan bo‘lib bu jarayon avtomatlashtirilgan, suv xarorati pasayganda isitish
sistemasida suvning xarorati kutariladi. Xarorat me’yoridan
utib ketsa shamollatish
darchalari ochiladi.
O‘simliklarni sugorish, yuqori va pastdagi plastmass trubalarga urnatilgan
forso‘nkalar yordamida suvni yomgirlatib berish amalga oshiriladi. Bu sistema
bo‘yicha o‘simliklarni yer ustki qismi oziklantiriladi. Sug‘oriladigann suvni isitish
uchun maxsus tezkor isitkichlar ko‘zda tutilgan. Tuproqni shurlanishini oldini olish
uchun uni xar yili yuviladi. Yuvilgan suvlar tuproq ostidagi kumli katlam (drenaj) dan
utib xar 6 m da va 70-90 sm da chuqurlikdai joylashtirilgan 50
mm li sapol drenaj
trubalar orqali umumiy kanalizatsiya sistemalariga tushib ketadi.
Zamonaviy issiqxonalarda karbonat angidrid gazini ta’minlovchi (UG-6) va
Gazogeneratorlar bilan jixozlangan. Ular tabiiy gazda ishlaydi.
Umuman zamonaviy issiqxonalarda xarorat, xavoning nisbiy namligi, SO
2
gazini
yetkazish, tuproq aralashmasini isitish, ko‘chat bulimida o‘simliklarni qo‘shimcha
yorug‘lik bilan ta’minlash, mineral o‘g‘itlarni konsentratsiyasini nazorat qilish
avtomatlashtirilgan. Mikroiqlim sharoitlari Germaniya va Rossiyada ishlab chiqilgan
maxsus avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalar bilan jixozlangan.
Baxorgi plyonkali issiqxonalar kupincha yarim yoy shaklida kuriladi. Kup
zvenoli issiqxonalarning maydoni 10000 m
2
va bir zvenolarniki esa 1000 m
2
. Blokli
issiqxonalarni zvenosini (seksiyasi) eni 4-6 m, bir zvenolarniki 9-18 m.
Plyonkali issiqxonalar zavoda tayyorlangan yogo chyoki yengil metaldan
tayyorlangan konstruksiyaga ega. Ularda xavo isitish maxsus xavo koloriferlari, issiq
chikaruvchi generatorlar yoki issiqlikni yo‘naltirish (ventilator)
agregatlari orqali
amalga oshiriladi. Maysalarni yetishtirishda tuproq ostida simlar yordamida isitish
mumkin. Issiqxonalarni shamollatish yon tusiklarni ochish orqali ta’minlanishi
mumkin.
Zamonaviy plyonkali issiqxonalarda xavo xarorati va namligi, sugorish va
oziklantiriladigan o‘g‘itlarni me’yorini nazorat qilish avtomatlashtirilgan.
1. Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima?
2. Issiqxona sabzavot ekinlari yorug‘likka talabchanligiga ko‘ra qanday
guruhlarga bo‘linadi?
3.Yorug‘lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz?
4. Elektr yordamida qo‘shimcha yoritish va elektr nurida o‘sadigan ekin nima?
5.Me’yoridan ortiq yorug‘likni kamaytirish uchun qanday choralar qo‘llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: