260
5-amaliy mashg‘ulot:
Himoyalangan yer kombinatini namunaviy loyihasi va bosh rejasi, unda
keltirilgan chizmalar hamda qurish va qayta ta’mirlash
Ishdan Maqsad
:
Himoyalangan yer kombinatini bosh rejasi bilan yaqindan
tanishib, undagik keltirilgan chizmalar, ma’lumotlarni tahlil qilib, rasmi chiziladi.
Qisqacha Ma’lumot
:
Himoyalangan yer bosh rejasi deganda, himoyalangan joy
inshootlarini, ma’muriy va yordamchi binolarini, maishiy va xo‘jalik qurilmalarini,
yo‘llar, issiqlik, suv, drenaj va kanalizatsiya tarmoqlarini, elektr bilan ta’minlashni,
telefon aloqasi, himoya qilish daraxtlari va boshqalarni tanlangan maydonga
joylashtirishning umumiy rejasi ttushuniladi.
Issiqxona kombinatini bosh rejasining namunaviy loyihani tayyorlaydigan
korxonalar tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda albatta xo‘jalik tomonidan tegishli
xodimlar va himoyalangan joy bo‘yicha agro-nom ishtirokida bo‘ladi.
Bosh rejani ishlab chiqishga kirishdan avval, hamma tomonlama xo‘jalik qurish
uchun berilgan vazifani o‘rganib chiqishi lozim. Ayniqsa, iqlim sharoiti va qurish
uchun tanlangan maydon bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni yana bir bor ko‘rib
chiqish kerak. Himoyalangan joy kombinatlari uchun joy tanlash juda ham
ma’suliyatli vazifalardan hisoblanadi. Ya’ni, yer maydonini tanlashda va himoya-
langan joylarni qurish bo‘yicha joyga qo‘yiladigan quyidagi talablar e’tiborga olinadi:
himoyalangan joy kombinatlari qurilayotgan joylar yonida birinchi navbatda
arzon issiqlik berish manbai bo‘lishi yoki tashlandiq issiqlik manbalari (atom yoki
elektr, gazokom-pressor stansiyasi), ishlab chiqarish korxonalarining issiq chiqindilari
yaqin joylashgan bo‘lishi kerak;
katta himoyalangan joy kombinatlari quriladigan bo‘lsa, yaqin o‘rtada ishchi
kuchi manbai bo‘lgani ma’qul;
kombinat joylashgan joyda transport vositalari yil davomida qatnaydigan
magistral bo‘lishi kerak. Negaki, ayrim sabzavotlar tez ayniydigan bo‘ladi, terilgandan
so‘ng 4-6 soat o‘tgach aholi iste’moli uchun jo‘natish lozimdir;
himoyalangan joylarda suvga talab juda katta, shuning uchun suv bilan
uning sifatiga e’tibor bergan holda, joyni tanlash kerak;
tanlangan joy juda yaxshi tekislangan (qiyalik 5-8
) tabiiy qiyaligi janubiy
tomonga, janubiy-sharqiy yoki janubiy-g‘arbiy tomonga bo‘lgan, shimoliy tomondan
to‘silgan bo‘lishi kerak;
sizot suvlari 1 m dan yuqori bo‘lmasligi (chuqur kovlangan parnik yoki
qurilish fundamentlari chuqurligi tubidan) va issiqxona yuzidan 2 m masofada bo‘lishi
kerak;
parnik va blokli issiqxonalarni joylashtirish uchun tanlangan maydon,
261
inventar maydonning yig‘indisidan 2-2,5 barobar, angar issiqxonalar uchun esa 3-3,5
barobar katta bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |