Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


 Mevada urug‘larning shakllanishi



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

6.3. Mevada urug‘larning shakllanishi 
Poliz ekinlarining urug‘lari morfologik va anatomik tuzilishi, kimyoviy tarkibi, 
hosil bo‘lish, yetilish, saqlash va unib chiqish davrida urug‘larda bo‘lib o‘tadigan 
fiziologik-biokimyoviy jarayonlar jihatidan bir-biriga ko‘p darajada yaqin turadi. 
Urug‘lar urug‘kurtaklardan yuzaga keladi. Har bir mevada juda ko‘p 
urug‘kurtaklar bo‘ladi. Uzbek 452 navli tarvuzning bitta mevasida 578 dona, 1 tup 
o‘simlikda esa 1850 dona, Qo‘zivoy 30 navli tarvuzda shunga yarasha 641 va 1796 
dona rosmana ypyg‘ hosil bo‘lsa, Ko‘kcha navli qovunda 701 va 2245 dona, Ispan 73 
degan yirik mevali qovoq navida 161 va 482 dona, Palov kadi degan muskat qovoq 
navida 338 va 879 dona ypyg‘ hosil bo‘ladi. Bundan tashqari 3-6 foiz miqdorida 
yetilmagan urug‘lar ham bo‘ladi (X.Ch. Buriev, 1993).
Barcha poliz ekinlarining urug‘lari endospermsiz, ikki pallali. Urug‘ murtaklari 
ikki palladan tashkil topgan, yirik, urug‘ning hamma oziq moddalari, bo‘lg‘usi 
poyaning o‘sish nuqtalari, gipokotil va ildizchaning o‘sish nuqtalari shularda 
joylashgan. 
Poliz ekinlari urug‘ining po‘sti 3-4 qavat bo‘ladi: tashqi qavati - epidermis; 
bulutsimon to‘qimasi - havo bilan to‘lgan g‘ovak hujayralardan iborat gipodermasi; 
ypyg‘ po‘stiga qattiqlik berib turadigan terisimon hujayralar qavati; havo bilan to‘lgan 
traxeidalardan iborat ichki qavati shular jumlasidandir. Qovun urug‘lari tashqi 
qavatining pardasi yo‘q. Shu munosabat bilan bu urug‘larning yuzasi sidirg‘a 
yog‘ochlangan, bir tusda bo‘ladi. Qovoq urug‘larida tashqi qavat bo‘ladi-yu, lekin 
bulutsimon to‘qima qavati bo‘lmaydi. Bu qavat o‘rniga qovoq urug‘larida 
hujayralarning shakliga qarab to‘rtta qatlamga ajraladigan va yog‘ochlangan qalin 
qavat yuzaga keladi. Uning tagida yupqa tiniq to‘qima joylashgan bo‘ladi. Tarvuz 
urug‘larining po‘sti 3 ta asosiy to‘qima qavatlaridan tashkil topgan. Tashqi qavati bir-


237 
biriga qo‘shilib ketmagan va tarkibida qizil pigment bo‘ladigan bir qavat noziq polisad 
hujayralardan iborat, urug‘ning rangi o‘sha pigment miqdoriga bog‘liq. Polisad 
to‘qima tagida noto‘g‘ri shaklli hujayralardan va hujayralarning oralaridagi katta-katta 
kamgaklardan iborat bulutsimon — parenxima to‘qima qatlami joylashgan. Urug‘ 
po‘stining pastki (uchinchi) qavati yog‘ochlangan qalin devorli hujayralardan tashkil 
topgan, urug‘ po‘stining qattiq bo‘lishi birinchi va uchinchi qavat hujayralarga 
bog‘liq. 
Mevalar ona o‘simlik tupida turib pishganida yoki uzib olinib, sun’iy ravishda 
yetiltirib qo‘yilganida urug‘larining og‘irligi ortib, ularning tarkibidagi quruq 
moddalar, yog‘, oqsillar miqdori ko‘payib boradi, suv miqdori kamayib, urug‘larning 
suv shimish xususiyati susayadi. Rosmana yetilganida tarvuz urug‘lari tarkibida 50-51 
foiz, qovun bilan qovoq urug‘larida esa 30-40 foiz suv bo‘ladi. Ana shu vaqtda ularni 
mevalardan ajratib olish kerak. Urug‘larni saqlashga qo‘yish uchun tarkibidagi suvni 
6-10 foizgacha kamaytirish maqsadida ularni quritib olish lozim bo‘ladi. 
Qovun, tarvuz va qovoq urug‘larining rivojlanishida 3 davr: shakllanish, to‘lishib 
borish va yetilish davrlari tafovut qilinadi. Bu davrlarning har qaysisi o‘ziga xos 
xususiyatlar va bir qancha belgilar majmuasi bilan ta’riflanadi. 
Tugunchaning urug‘lanishidan boshlanib, 10-15 kun davom etadigan 
shakllanish 
davrida murtak kattaligi eng yuqori darajaga yetadi, ypyg‘ esa o‘ziga xos shaklga 
kiradi. Bu davrda qovun urug‘larining namligi 85-92 va tarvuz urug‘larining namligi 
75-89 foiz, unuvchanligi esa nolga teng bo‘ladi. Urug‘lar liqildoq-suyuq bo‘lib turadi. 
1000 dona urug‘ massasi tarvuzda 20-30 g, qovunda 6 g ni tashkil etadi. Urug‘lar 20-
25 kunlik bo‘lgunicha 10 kuncha davom etadigan 
to‘lishib borish 
davrida quruq 
moddalar juda ko‘p to‘planadi. Bu davr ikki bosqichga: urug‘lar sutsimon va 
hamirsimon bo‘lib turadigan bosqichlarga bo‘linadi. Urug‘larning eni va qalinligi 
yuqori darajaga yetadi. Murtak to‘qimasi to‘la-to‘kis shakllanib, ypyg‘ pardasini 
to‘ldirib turadi. Urug‘ning shakli va rangi ham bir qadar o‘zgaradi. Bu davrning 
oxirlariga kelib tarvuz urug‘larining namligi 66 foiz, unuvchanligi 10-15 foiz bo‘ladi, 
1000 dona ypyg‘ massasi 94-125 g ga boradi, qovunda bu raqamlar tegishlicha 72, 12-
14 foizni va 15-18 g ni tashkil etadi. 
Yetilish 
davrida urug‘larda murakkab biokimyoviy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. 
Urug‘lar nav uchun xos bo‘lgan shakl va tusga kiradi. Bu davr 2 bosqichga bo‘linadi: 
mumsimon pishiqlik va biologik pishiqlik. Mumsimon pishiqlik bosqichi tarvuz bilan 
qovunda ikki hafta atrofida davom etadi. Shu bosqichning oxirlariga kelib, Qo‘zivoy 
30 navli tarvuz urug‘larining namligi 63-55 foizga, unuvchanligi 92-96 foizga, 1000 
dona urug‘ massasi 134-135 g, ga yetib qolsa, Ko‘kcha navli qovun urug‘larida bu 
raqamlar 70-85, 74-84 foizni va 50-60 g ni tashkil etadi. Shu bosqichning oxiriga 
kelib, urug‘lik mevalarni uzishga kirishish va yetilib olishi uchun saqlab qo‘yish 
mumkin. Biologik pishiqlik yoki yetuklik bosqichi 15-20 kun davom etadi, qovun 
bilan tarvuzda urug‘lanishdan 50-60 kun o‘tganidan keyin tugallanadi. Bu bosqichning 
oxirlariga kelib, quruq. moddalarning to‘planishi tugallanadi (ularning miqdori 
qovunda 66-68 foizga, tarvuzda esa 49-51 foizga yetadi). Urug‘lar eng ko‘p darajadagi 


238 
unuvchanlik (qovunda unuvchanlik 90-96, tarvuzda 90-98 foizga boradi) va og‘irlikka 
yetadi (1000 dona ypyg‘ massasi qovunda 63-64 g va tarvuzda 134-136 g bo‘ladi). 
Poliz ekinlarining urug‘lari yetarli darajadagi unuvchanligini 6-7 yil davomida, 
ba’zida esa bundan ham uzoqroq muddat saqlab tura oladi. Biroq, bir xil 
unuvchanlikdagi urug‘lar ham uzoq muddat saqlab qo‘yiladigan bo‘lsa, bir kadar 
aynaydi. Qovun urug‘lari 18 oy, tarvuz va qovoq urug‘lari ko‘pi bilan uch yil 
davomida eng yaxshi ekinbop sifatlarini saqlab turadi. Saqlash muddatlari uzaygan 
sayin urug‘lar tarkibidagi oqsil miqdori kamayib, ularning suv yutish sur’atlari 
susayadi, bo‘rtish davri uzayib ketadi. Ekinboplik sifatlari yomonlashib qoladi. 5-6 yil 
saqlangan urug‘lar hayotchanligi past bo‘lishi munosabati bilan ko‘ngildagidek yaxshi 
hosil bera olmaydi. Bir yil saqlangan urug‘lar hammadan yuqori hosil beradi va 
mevalarining sifati ham juda yaxshi bo‘lib chiqadi. Polizchilikda uzoq saqlab 
qo‘yilgan urug‘lar ekishga yaxshi yarayveradi degan fikr tajribada olingan dalil-
isbotlar bilan inkor etilgan. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish