Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Rediska va no‘sh piyoz bargi 
Rediska.
Rediska – himoyalangan yerlarda yetakchi ekinlardan biri hisoblana-di. 
Rediska ildizmevalari tarkibida 5-9% quruq modda, 2-4% shakar, 0,8-1,3% oqsil bor. 
Rediskaning oziqalik ahamiyati va qadrliligi uni ildizmevalari tarkibida vitamin S (40-
85 mg%) va V
1
, mineral tuzlarni, fitonsidlik xususiyatlarga ega bo‘lgan efir moylar va 
glyukozidlarni va fgrementlarni yuqoriligi bilan belgilanadi. Rediska barglari 
karotinga ham boy. Rediskani taom bilan iste’mol qilish ishtahani ochadi va ovqatni 
hazm bo‘lishiga yordam beradi. Rediska ildizmevalari ovqatga yangiligida ishlatiladi, 
uni yosh ko‘k barglaridan suyuq ovqatlarni, ko‘k sho‘rvalarni va salatlarni 
tayyorlashda ziravor sifatida foydalanadilar. 
Tashqi muhit omillariga talabi bo‘yicha rediska boshqa ko‘kat ekinlarga yaqin. 
Rediska yumshoq, gumusga boy, yengil o‘zlashtiriladigan oziq mineral 
elementlarni shakllari bo‘lgan neytral yoki sal nordon reaksiyali muhitda yaxshi o‘sa-
di va rivojlanadi. Og‘ir tuproqlarda ildizmevalar deformatsiya-lanib, qing‘ir-qiyshiq 


103 
bo‘lib o‘sib chiqadi. 
Rediskani barcha turdagi ekin o‘stiriladigan inshootlarda, ko‘proq erta bahorda 
va ko‘pincha zichlashtirib eqiladigan ekin sifatida yetishtiradilar. Boshqa mamlakatlar 
amaliyotida qo‘llaniladigan rediskani pikirovka qilib yetishtirish uslubi O‘zbekistonda 
qo‘llanilmaydi. Rediska boshqa ko‘kat ekinlarga qaraganda yorug‘likka ancha 
talabchan va yuqori haroratni yomonroq ko‘taradi. Shu bois, hamda rediskaga kuz-
qishki aylanishda talab kamroq bo‘lganligi tufayli O‘zbekistonda u bu aylanishda 
deyarli ekilmaydi. 
O‘zbekiston issiqxonalarida va boshqa himoyalangan yer inshootlarida redis-kani 
quyidagi tumanlashtirilgan tezpishar navlari: mahalliy Lola, Ertapishar, rossiyaning 
Saksa, Kruglыy krasnыy s belыm konchikom, serbiyani Veritsa, hamda chet elning 
tumanlashtirilgan tezpishar duragaylari: gollandiyani – F
1
Rudolf, F
1
Printo, F
1
Selesta, F
1
Sora, fransiyaning – F
1
Djolli, F
1
Rao‘nd Skarlet, yaponiyani – F
1
Gloriet, 
F
1
Cheriette yetishtiriladi. 
Qishki issiqxonalarda rediska bodring yoki pomidorga zichlovchi ekin sifatda 
foydalaniladi. Uni urug‘ini asosiy ekin ko‘chatlarini o‘tkazishdan 6-8 kun ilgari, 4-6 
qatorli lenta shaklidagi egatlarining ikki tomoniga ekadilar. 
Qishki issiqxonalarda rediskani ko‘chat tayyorlanadigan yashiklarda, yorug‘ 
yo‘llaklarda ham yetishtirish mumkin. Urug‘lar qo‘lda 5

5 sm oziqlanish may-donida, 
har uyaga ikkitadan urug‘ tashlab 1,5-2 sm chuqurlikka eqiladi. 
Urug‘lar ekish oldidan saralanadi va dorilanadi, ekish uchun diametri 2-2,5 mm 
dan kichik bo‘lmagan urug‘lar olinadi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng maysalar yagana 
qilinadi. 
Quyosh bilan isiydigan bahorgi plyonkali issiqxonalarda rediskani birinchi 
aylanishda fevral boshidan mart o‘rtalarigacha, to asosiy issiqsevar ekinlar 
ekilgo‘ncha yetishtiradilar. 1 m
2
450-500 dona yoki 4-6 g urug‘ eqiladi. Urug‘ qo‘lda 
marker izlari bo‘yicha 5

5 yoki 6

4 sm oziqlanish maydonida; shuningdek parnik 
seyalkasida eqilganda qatorlar orasini 6-7 sm va qatordagi urug‘lar orasini 3-4 sm 
qilib olinadi. Keng lentalar (1,2-1,5 m li) orasida ensiz yo‘llar qoldiriladi
Qishda hosilni urug‘ unib chiqqanidan so‘ng 32-35 kun o‘tgach, erta bahorda esa 
25-28 kun o‘tgach yig‘ishtiraboshlaydilar. Ildizmevalarni diametri 2 sm ga yetganda 
3-4 marta saralab teriladi. Hosil 10-12 kun davomida yig‘ishtiriladi. Yig‘ishtiril-ganda 
ildizmevalar barglari bilan birga sug‘urib olinadi va 10 donadan bog‘-bog‘ qilib 
bog‘lanadi yoki bargi kesib tashlanadi. 1 m
2
issiqxona maydonidan 2-3 kg rediska 
olinadi. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish