Mahsulot tayyorlash. O’simlikning mevasi avgust oyi oxiridan boshlab (kizil rangga kirgan vaqtda), kech kuzgacha yiqiladi. Bu vaqtda meva tarkibida vitamin S ko’p bo’ladi. Sovuk tushganda mevada vitamin S kamayib ketadi. Mevani yig’ayotgan vaqtda qo’lga tikan kirmasin uchun brezent qo’lqop kiyib olinadi.
Meva quyoshda yoki pechlarda 80-90° haroratda kuritiladi. Quritilgan mevalarni ishqalab, kosachabarg koldiqlari tushirib yuboriladi. Na’matak mevasi qisman dorivor preparatlar tayyorlash uchun ho’lligicha tezda (uch kundan oshiq saqlamasdan) zavodlarga. yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |