Bank - asosiy vazifalari depozitlarni qabul qilish va kreditlar berishdan iborat moliyaviy vositachi.
Emitent bank - banknotalar, qimmatli qogʻozlar, toʻlov va hisob-kitob hujjatlarini muomalaga chiqaradigan bank.
Korrespondent banklar - korrespondentlik shartnomasi asosida maxsus ochilgan hisobvaraqlar orqali toʻlovlar va hisob-kitoblar boʻyicha oʻzaro ko‘rsatmalarni bajaradigan banklar.
Mavzu boʻyicha testlar:
1.Matnda fikrning aniqligi va boyligini ta’minlash maqsadida qanday ish amalga oshiriladi?
a) matn taxlili
b) matnni qisqartirish
c) matnni kengaytirish
d) ilovalar bilan toʻldirish
2.Matnni kengaytirish qaysi yoʻl va vositalar bilan amalga oshiriladi?
a) dalillar bilan asoslash
b) mulohaza va ilovalar bilan toʻldirish
c) uyushiq boʻlakli gaplar hisobiga kengaytirish
d) hammasi toʻgʻri
3.Taqriz qanday vazifani bajaradi?
a) tanqidiy tahlil etadi
b) yutuq va muqsonlarini koʻrsatadi
c) unga baho beradi
d) hammasi toʻgʻri
4.Referat matni qaysi uslubga tegishli?
a) ilmiy uslub
b) rasmiy uslub
c) badiiy uslub
d) publististik uslub
24.Sohaga oid matn tuzish, bunda til vositalaridan o‘rinli foydalanish masalalari
Tayanch so‘z va iboralar: Kasb, ijodiy jarayon, so‘zning ma’no xususiyatlari, adabiy til, muallif, sohaga oid matn, mutaxassislik, bank ishi, buxgalteriya hisobi, soliq va soliqqa tortish, moliya.
Har bir inson hayotida yashar ekan, albatta o‘ziga ma’qul bo‘lgan kasbni egallashga harakat qiladi. Uning sirlarini bilishga intiladi.
Shu kasb uchun taalluqli bo‘lgan so‘zlarni chuqurroq bilish va tushunishga kirishadi.
Sohaga oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash ham adabiy tilnning, ham kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.
So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi.
so‘zning lug‘aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;
tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;
so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishini hisobga olish;
so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;
so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;
baynalmilal atamani adabiy tilning lug‘aviy me’yoriga muvofiq holda tanlash;
so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatida mos ravishda tanlash.
O‘tilgan mavzulardan ma’lumki, matn bu biror-bir muallifga tegishli bo‘lgan, ma’lum bir fikrlar majmuasi hisoblangan nutq, qo‘lyozma yoki nashrdan chiqqan asar hisoblanadi. Ammo har qanday qo‘lyozmani ham matn deyaverish to‘g‘ri emas. Matn bo‘lishi uchun u, hajmidan qat’iy nazar, asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy) yoki hujjat xarakateriga ega bo‘lishi zarur.
- Matn ustida ishlash murakkab va ijodiy jarayon bo‘lib, uni qo‘lga olishdan nashr tayyorlashgacha bo‘lgan davr bir qator bosqichlarni o‘zichiga oladi.
1. Matn manbasini aniqlash.
2. Asosiy matnni aniqlash.
3. Muallif ning matn bo‘yicha oxirgi, haqiqiy variantini aniqlash.
4. Matnni nashrga tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |