Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva


Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og‘zaki bayon qilinadi



Download 3,57 Mb.
bet75/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

Fikr suhbat, muhokama, munozara shaklidagi nutqiy faoliyatlar davomida og‘zaki bayon qilinadi.
Suhbat – ma’lum bir mavzu yuzasidan dialog (yoki polilog) tarzida boʻlib oʻtadigan nutqiy muloqot.
Suhbat oldiga qoʻyilgan talablar:

  1. Mavzudan chetga chiqmaslik

  2. Savollarga aniq, qisqa, toʻla javob berish.

  3. Javob berish jarayonida savolning ahamiyatiga e’tibor berish, dalil va misollarning ishonarli boʻlishini ta’minlash.

  4. Suhbat jarayonida tinglovchilar holati, vaqti qiziqishlari, mavzuning dolzarbligini hisobga olish.

  5. Suhbatda kamtarlik, xushmuomalalik talablariga javob berish.

  6. Suhbat davomida nutqning ifodalilik, ta’sirchanlik, mantiqiylik, toʻgʻrilik, soflik kabi xususiyatlari talablariga rioya qilish.

Muhokama – biror masala yuzasidan koʻpchilikning fikrini toʻplash, ma’lum toʻxtamlarga kelishini anglatadi.
Muhokama nutqi oldiga qoʻyilgan talablar:

  1. Muhokama mavzusidan chetga chiqmaslik.

  2. Fikrni ixcham, sodda, ta’sirli qilib ifodalash.

  3. Ortiqcha lirik chekinishlarga berilmaslik.

  4. Fikrga mos dalil va isbotlarni aniq, loʻnda qilib keltirish.

  5. Boshqalar bildirgan fikrlarni takrorlamaslik.

  6. Fikrni ifodalash davomida oʻzgalar fikriga hurmat bilan qarash, oʻrinsiz bildirilgan fikrlarni kishi shaxsiga tegmasdan inkor etish.

  7. Fikrni bayon qilish davomida hayajonlanmaslik. Oʻzini ogʻir tutish.

Munozara – biror masala yuzasidan taraflarning bahsini, tortishuvini anglatadi. Bahs jarayonida har bir ishtirokchi oʻzining haq ekanligini isbotlashga intiladi.
Munozarada nutqqa qoʻyilgan talablar:

  1. Mavzudan chetga chiqmaslik.

  2. Mazmunni ochuvchi, fikrni isbotlovchi dalillarning yetarli boʻlishi.

  3. Dalillardan mantiqan xulosa chiqarish.

  4. Nutqning ifodali tizimli, hayajonli boʻlishi.

  5. Nutq shaklining ixcham, qiziqarli boʻlishi.

  6. Nutq egasining vazmin, ogʻir boʻlishi.

  7. Suhbatdosh hurmatining ifodasi boʻlishi, uning shaxsiga tegadigan soʻz va gaplarning boʻlmasligi.

Notiqlik. Aytilayotgan fikrning tinglovchiga yetib borishi va uning ruhi hamda xulqiga ta’sir etish notiqlik san’atiga bogʻliq.
Notiqona nutq maqsadi va xususiyatlariga koʻra quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. tashviqiy nutq

  2. tanqidiy nutq

  3. tabrik nutqi.

  1. Tashviqiy nutq deb muallif koʻzda tutgan biron voqea-hodisani bajarishga tinglovchilarni da’vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi.

Tashviqiy nutq oldiga qoʻyilgan talablar:

  1. mavzudan chetga chiqmaslik

  2. mavzu mohiyatini toʻla ochib berish

  3. mavzu dolzarbligini uqtira olish.

  4. nutqning ta’sirchanligini oshira olish.

  5. koʻchirma va misollarni oʻrinli keltira olish.

  1. Tanqidiy nutq.

Yuz bergan hodisalar, shaxslar hatti-harakatlariga e’tirozli munosabatda boʻluvchi nutq tanqidiy nutq hisoblanadi.
Tanqidiy nutq oldiga qoʻyilgan talablar:

  1. yuz bergan voqea-hodisalarning mohiyatini ochib berish;

  2. tanqid uchun dalillarning yetarli boʻlishi;

  3. notiqning oʻta hayajonlanib ketmasligi;

  4. haqiqatdan chetlanmaslik;

  5. kishi shaxsiga tegmaslik;

  6. nutq shaklining jozibadorligi, ohangdorligi.


Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish