Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva



Download 3,57 Mb.
bet73/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

1.Оg‘zаki shаkli. Оg‘zаki аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘ylаri, хаlq bахshilаri kаttа hissа qo‘shgаnlаr.
2. Yozmа shаkli. Yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilgаn yozmа аdаbiyotning хizmаti kаttаdir.
Yozma nutq va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida yozuvning xizmati katta bo‘lib kelayotganligi, shubhasiz. Nafaqat tilning me’yorlashuvi, balki dunyo xalqlari taraqqiyotida ham yozuvning o‘rnini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Zero, har bir xalq, millat sivilizatsiyasi u yaratgan yoki foydalangan yozuvga ham bog‘liq.

O‘zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o‘rni, egallagan mavqeyi haqida so‘z yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, sug‘d, xorazm, pahlaviy, o‘rxun (runik), uyg‘ur, arab, lotin, rus (kirillcha) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi, shubhasiz, o‘zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir.


Yozuv muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimidir. Yozuv – kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining boshlanishi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyim paydo bo‘lgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Og‘zaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtayi nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Yozuvning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning o‘zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik xarakterdagi axborotlarni qayd etish, saqlash zaruriyati bilan bevosita bog‘liq. Xalqlarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi; ishlab chiqarish va savdo kengayadi; boshqa xalqlar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va boshqa shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli ko‘rinshlari shakllanadi; xalqlarning o‘z tarixini bilishga bo‘lgan ehtiyoji kuchayadi. Bularning barchasini faqat og‘zaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda yozuv zaruriyatga aylanadi.
Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsada, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba, bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari va boshqa qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi.
Yozma nutqning asosiy xususiyati axborotni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyatidir.
Yozma nutqning asosiy vazifasi – og‘zaki nutqni qayd qilish, uni zamon va makonda saqlashdan iborat. Kishilar o‘rtasida bevosita muloqot qilish imkoni bo‘lmaganda, odamlar zamon va makonda ajralib qolganda, yozma nutq insonlar o‘rtasida aloqa-aralashuv vositasini o‘taydi.
Muloqotning texnik vositasi – telefonning rivoj topishi xatning rolini pasaytirdi, Faksning paydo bo‘lishi va internet tizimining tarqalishi makonni bosib o‘tishga yordam berdi va bugunda nutqning yozma shaklini dolzarb qilib qo‘ymoqda.
Yozma nutqning asosiy xususiyati axborotni uzoq muddat davomida saqlash imkoniyatidir.




Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish