MUNDARIJA
|
KIRISH .................................................................................................................
|
|
I-BOB
|
RESPUBLIKAMIZDA G‘O‘ZAPOYANI MAYDALASHNING
XOZIRGI XOLATI, MUOMOLARI VA ECHIMLARI ………………..
|
|
1.1§
|
Maydalangan g‘o‘zapoyaning tuproq unumdorligiga tasiri ..............................
|
|
1.2§
|
G‘o‘za qator orasiga bo‘g‘doy ekish va bir vaqtda g‘o‘zapoyalarni maydalash texnologiyalari hamda texnika vositalari.........................................................
|
|
1.3§
|
G‘o‘zapoyani maydalash bo‘yicha ilgari bajarilgan tadqiqotlarning tahlili.
|
|
1.4§
|
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari..................................................................
|
|
|
Birinchi bob bo‘yicha xulosa .................................................................................
|
|
II-BOB
|
G‘O‘ZAPOYANING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI.................................
|
|
2.1§
|
G‘o‘zapoya morfologiya..........................................................................................
|
|
2.2§
|
G‘o‘zapoyalarni pushtada joylashganligi……......................................................
|
|
|
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa .................................................................................
|
|
III-BOB
|
G‘O‘ZAPOYANI MAYDALASH QURILMASINING LABORATORIYA
STENDI SXEMASI VA PARAMETRLARINI ASOSLASH...................
|
|
3.1§
|
G‘o‘zapoyani maydalash qurilmasining laboratoriya stendi sxemasi va texnologik ish jarayoni.........................................................................................
|
|
3.2§
|
Simli arqonni g‘o‘zapoya bilan ta’sirlashish jarayoni......................................
|
|
3.3§
|
Qurilma laboratoriya stendining parametrlarini asoslash...........................
|
|
|
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa ...................................................................................
|
|
V-BOB__LABORATORIYA_TAJRIBALARINING_NATIJALARI'>IV-BOB
|
LABORATORIYA TAJRIBALARINING NATIJALARI.......................
|
|
4.1§
|
Laboratoriya sharoitida tajribalarni o‘tkazish dasturi va usullari............
|
|
4.2§
|
Sim arqonli disk aylanishlar sonini va sim arqonlar sonini g‘o‘zapoya bo‘lakchalarining uzunligiga tasiri..................................................................
|
|
|
To‘rtinchi bob bo‘yicha xulosa ................................................................................
|
|
V-BOB
|
G‘O‘ZA QATOR ORASIGA BUG‘DOY EKISH BILAN BIR VAQTDA G‘O‘ZAPOYANI MAYDALASHNING IQTISODIY SAMARASI……….
|
|
5.1§
|
G‘o‘zapoyani maydalash qurilmasining texnik tavsifi.......................................
|
|
5.2§
|
G‘o‘zapoyani maydalash qurilmasining iqtisodiy samarasi...............................
|
|
|
Beshinchi bob bo‘yicha xulosa .................................................................................
|
|
|
Xulosa ……………………………………………………………………………
|
|
|
Adabiyotlar ruyxati……………………………………………………………
|
|
|
Ilovalar…………………………………………………………………………
|
|
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda jumladan O‘zbekiston dehqonchiligida energiya va resurslar sarfini kamaytirish va tuproq unumdorligini va mahsulot hosildorligini oshirishga yo‘naltirilgan texnologiyalar va texnika vositalarini yaratish hamda ularni joriy etish etakchi o‘rinni egallaydi. Dunyo bo‘yicha 886,3 mln. gektar maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiriladi, ularning 35 foiz qismida esa tuproqni himoyalaydigan minimal va nol texnologiyalar hamda ularning texnika vositalari joriy etilganligini1 hisobga olsak, paxta xom ashyosi qoldig‘i bo‘lgan g‘o‘zapoyadan organik o‘g‘it sifatida foydalanishning ilg‘or texnologiyalari va zamonaviy texnika vositalarini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi. SHu jihatdan g‘o‘zapoyalarni maydalash va bu jarayonni boshqalari bilan birga bajarib resurstejamkorlikni oshiradigan samarali texnika vositasini ishlab chiqishga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnat va energiya sarfini kamaytirish, resurslarni tejash hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari yurish qismlarining tuproqqa salbiy tasirlarini bartaraf qilish uchun bir vaqtda bir nechta jarayonlarni bajaradigan kombinatsiyalashgan agregatlarni qo‘llash yuzasidan keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bir o‘tishda g‘o‘zapoyalarni ko‘mish va shudgorlash, g‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochish va g‘alla ekish, kuzda g‘o‘zapoyali dalalarning qatorlar orasini yumshatish va g‘alla ekish, pushta olish va uning tagiga turlicha chuqurlikdagi o‘g‘it berish, tuproqqa ag‘darmasdan sayoz ishlov berib urug‘ ekish kabi usul va texnika vositalarini mahalliy tuproq - iqlim sharoitga moslashtirishga, bag‘ishlangan qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Ushbu yo‘nalishda, g‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochish va g‘alla ekish agrotadbirlarini bir o‘tishda
1https://www.zerno-ua.com/
bajaradigan texnika vositasini ishlab chiqish, resurstejamkorlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. SHu jihatdan g‘o‘zapoyalarni bir o‘tishda maydalab dalaga sochish va g‘alla ekish agrotadbirlarini bajaradigan oddiy, va arzon ishchi qismli agregatni yaratish zarur hisoblanadi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori unumli qishloq xo‘jalik mashinalarini xorijiy davlatlar bmlmn hamkorlikda ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevraldagi PF- 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta uchtuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”2 ning iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari qismida iqtisodiyotimizning qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish yo‘nalishida “... qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonaviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikalaridan keng foydalanish”2 vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda, jumladan bir o‘tishda g‘o‘zapoyani maydalab dalaga sochadigan va g‘alla ekadigan qurilmani ishlab chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-sonli “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4575-sonli “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020 yil 11 maydagi PQ-4709-sonli
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
“Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi 3; 225-230-b., 4; 236-240-b., 5, 6, 7, 8; 8-11- b..
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. G‘o‘zapoyalarni maydalab va dalaga sochish vositalarini ishlab chiqish hamda ishchi qismlarining oddiy konstrukqiyalarini parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlar R.A. Kepner, R.Bainer, E.L.Barger (AQSH) va boshqa olimlar tomonidan olib borilgan.
Ushbu yo‘nalishda respublikamizda E.Vyalovskiy, D.A.Sabinin, F.A. Skryabin, A.A.YAsheva, G.I.YArovenko, A.G.SHalimov, A.M.Kaplanov, M.S.Ganiev, N.A.Kulametov, B.M.Imindjanov, A.Tuxtaquziev, F.M.Mamatov va boshqa olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishgan.
G‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochadigan va g‘alla ekadigan vositalarini ishlab chiqish hamda ishchi qismlari parametrlarini asoslash bo‘yicha chet el olimlari tomonidan tadqiqotlar olib borilmagan chunki chet elda g‘o‘za qator orasiga bo‘g‘doy ekish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan texnika vositalari mavjud emas. Ushbu yo‘nalishda respublikamizda F.N.Murodov, A.CH.Ergashev, S.M.Muminov, M.N.Olmasov, D.K.Abdieva va boshqa olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishgan.
Ammo bu tadqiqotlarda g‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochadigan va g‘alla ekadigan vositalarini to‘zilishi sodda va foydalanishga qulay ishchi qismga ega bo‘lgan kombinatsiyalashgan agregatlarni yaratish masalalari etarli darajada o‘rganilmagan.
Tadqiqotning maqsadi G‘o‘za qator orasiga bo‘g‘doy ekish agregatiga g‘o‘zapoyani maydalaydigan qurilmaning sxemasini ishlab chiqish laboratoriya stendini yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |