Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Tadqiqot ob’ekti – sifatida g‘o‘zapoya, g‘o‘zapoyaning fizik-mexanik xossalari, laboratoriya stendi, g‘o‘zapoyani maydalash texnologik jarayonlari qabul qilingan.. Tadqiqot predmeti – g‘o‘za qator orasiga bug‘doy ekish va bir yo‘la g‘o‘zapoyani maydalaydigan stendning ish jarayonlarini ifodalaydigan matematik modellar va uning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar, ishchi qismning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini uning parametrlariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlaridan iborat.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Tadqiqot jarayonida nazariy mexanika, matematik statistikaning qonun va qoidalari,eksperimentlarni matematik rejalashtirish hamda mavjud me’yoriy hujjatlarda belgilangan usullardan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |