T. principium Sug et Sor - O’zbekiston hududida birinchi marotaba uchragan yangi tur hisoblanadi. Bu tur Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatining cho’l va yarim cho’l zonalarida, Farg’ona Namangan va Toshkent viloyatlarida uchraydi. Bu trixogramma qurg’oqchilikka chidamli tur xisoblanib, uning yaxshi rivojlinishi uchun eng maqbul sharoit havo harorati 28-30° S; havoning nisbiy namligi 30-35% dir.
Bunday sharoitda trixogrammaning urg’ochi zotlari o’rtacha 42 tagacha don kuyasi tuxumlarini zararlash qobiliyatiga ega. Havo harorati 20-25° S ga qadar pasayganda uning pushtdorlik darajasi 2 baravar kamayib, erkak va urg’ochi trixogrammalarni bir-birlariga bo’lgan nisbati 1♂ : 3♀ bo’lib saqlanib qolganligi kuzatilgan. Bu trixogramma turini O’zbekiston hududida asosan g’o’za tunlami tuxumlariga qarshi qo’llash yaxshi natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |