4-Sho’ba. Sanoat zonalarida innovatsion dasturiy ta’minotni shakllantirishning xorij tajribasi



Download 141,18 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi141,18 Kb.
#831466
Bog'liq
iqtisodiy pandemiya sharoitida kichik sanoat zonalarida innovatsion axborot tizimini takomillashtirish


4-Sho’ba. Sanoat zonalarida innovatsion dasturiy ta’minotni shakllantirishning xorij tajribasi.
Ilmiy rahbar : Bakiyeva Iroda- “–––––––––––––”
kafedrasi katta o’qituvchisi
O’tkirova Madina O’tkir qizi – TMI talabasi
97 3200977 madinautkirova2000@gmail.com
Hozirgi jadal rivojlanayotgan kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi iqtisodiyotda tub o’zgarishlarga olib kelmoqda. Innovatsion faoliyatning rivojlanishi natijasida, innovatsiyalar xuddi davlat tabiiy boyliklari, intelluktual salohiyati kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshlandi. O’zbekiston Respublikasida sanoat-innovatsion strategiyasi iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, tovarlar eksportini o’stirish va shu jumladan mahsulotlarning butun jahon standartlariga javob beradigan turlarini ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish asosida mamlakatning rivojlanishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Shu maqsadni amalga oshirish yo’lidagi birinchi qadam sifatida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari haqida»gi qarorini aytishimiz mumkin. Ushbu qarorga muvofiq har yili innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkalari o’tkaziladigan bo’ldi. Iqtisodiyotning yengil sanoati va boshqa tarmoqlarida raqobatdosh va eksportga yo’naltirilgan tovarlar ishlab chiqarish davlat sanoat-innovatsiya siyosatida muhim ahamiyatga ega.


O’tgan yilning(2019-yilning) yanvar-sentyabr oylari bilan taqqoslaganda, iqtisodiyotning tarmoqlar bo’yicha tarkibida katta bo’lmagan o’zgarishlar kuzatildi. Jumladan, YaIM tarkibida sanoatning ulushi 29,3%dan 28,5%ga , xizmatlar sohasining ulushi 36,5%dan 36,2%ga kamaygan bo’lsa, qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligining ulushi 27,3%dan 27,9%ga , qurilish tarmoqlarining ulushi 6,9%dan 7,4 %ga oshdi.
Sanoat-innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish jarayonida O’zbekiston raqobatdosh va samarali milliy iqtisodiyotni shakllantirish uchun tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlashi va qulay sharoitlar yaratishi lozim. Bu jarayonni har tomonlama qo’llab -quvvatlash uchun mamlakatimizda tegishli qonun hujjatlari ishlab chiqarilmoqda va shuningdek, bu sohaga qanchalik e’tibor berilayotganing yaqqol misoli sifatida 2018-yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb nomlanganligini aytishimiz mumkin. “Shu yil davomida(2018-yil) mamlakatimizda iqtisodiyotning har bir sohasiga( ayniqsa, kichik sanoat zonalariga) zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va qabul qilingan 2018-yilgi Davlat dasturini ro’yobga chiqarish doirasida 21 trillion so’m va 1 milliard AQSH dollariga teng 76mingta loyiha amalga oshirildi.” 1 Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 21-iyundagi qaroriga ko’ra, kichik sanoat zonalari(KSZ)ni tashkil etish va boshqarish tartibi, KZS ishtirokchilarini tanlab olish va joylashtirish tartibi, KSZ ishtirokchilarining majburiyatlarini qabul qilishi, KSZ ishtirokchilarning huquqlari va majburiyatlari va boshqa qoidalarni o’z ichiga oladi. “Yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarning rivojlantirilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uzluksiz ravishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida 150 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilingan bo‘lib, ularning hududida har yili jami 1,7 trln so‘mdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmiga ega bo‘lgan 1691 ta kichik korxona faoliyat yuritadi va 27 mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratildi. “2 Mamlakatda sanoat-innovatsion siyosatni amalga oshirish uchun potensial raqobatdosh, jumladan, eksportga yo’naltirilgan, qo’shilgan qiymat iqtisodiy zanjirini yaratuvchi ishlab chiqarish turlarini aniqlash maqsadida jahon bozorlarining rivojlanish tendensiyasilari va tadbirkorlarning tashabbuslarini hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish darajasini tahlil qilish talab etiladi.
Bugungi kunda sanoat sohasi bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin sanoatning ba’zi sohalarida kamchiliklarga duch kelyapmiz. Mashinasozlik sanoatini misol qilib oladigan bo’lsak, hozirgi kunda bu sohadagi raqobat dunyodagi yetakchi mamlakatlarga nisbatan ancha past darajada bo’lmoqda. Bu sohaga xorijning yetakchi mashina ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning, jumladan, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya tajribasidan foydalanish kerak. Chunki bu davlatlar mashinasozlik sanoatida dunyoda yetakchi va bu davlatlarda eksport importdan ustun turadi. Bu davlatlar orasidan Yaponiya tajribasini oladigan bo’lsak, bu davlatda raqobat juda yuqori darajada rivojlangan va monopoliya kuzatilmaydi. Yangi texnologiyalarni qo’llash, innovatsiyalarga e’tibor qaratish, dunyodagi eng yangi texnologiyalarni tadqiq qilish va uni doimiy rivojlantirish, tashqi savdoni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini doimiy ravishda oshirib borish, global dastgohlar bozorining raqobatbardoshligini oshirish, eksport qilish uchun chet elda fabrikalar tashkil qilish, kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berish kabi jihatlarini o’zimizning mashinasozlik sanoatimizda ham joriy etishimiz natijasida bu sohada ko’plab yangi cho’qqilarga erishishimiz mumkin.
Shuningdek, bugungi kunda energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo’l qurilishi, qishloq va suv xo’jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator sanoat tarmoqlarida chuqur islohotlar boshlandi. Misol uchun qilib aytadigan bo’lsak, Toshkent shahridagi uch qavatli yo’l o’tkazgichi qurilishiga turk muhandislari jalb qilindi va bu qurilishga yangicha texnologiyalardan foydalanilmoqda va shuningdek, Germaniya texnologiyalari asosida asfalt yotqizilmoqda. Bundan tashqari, sanoatning 12ta yetakchi tarmog’ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o’tgan yili iqtisodiy o’sish 5,6 %ni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 %ga, eksport––28%ga ko’paydi.
Umumiy qilib oladigan bo’lsak, bugungi kunda innovatsion dasturiy ta’minotning xorij tajribasini mamlakat iqtisodiyotining ustuvor soha va tarmoqlariga jabl qilinishi qanchalik foyda olib kelayotganini guvohi bo’lmoqdamiz. Xususan , sanoat sohasiga xorij tajribasini qo’llash orqali ko’plab yuksak natijalarga erishimiz mumkin. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zeroki, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini tashkil qiladi. Mavjud me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy, soliq, infratuzilma, moddiy-texnik va axborot shart-sharoitlarini yanada rivojlantirish, davlat ahamiyatiga molik innovatsion vazifalarni amalga oshirish va innovatsion iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish natijasida sanoat sohasini isloh qilish hamda yangiliklarni amalga oshirishimiz mumkin.



1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni, PF-5635-son.

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, PQ-4363-son.(2019-yil 21-iyun)

Download 141,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish