Mahsulot tarkibida alkaloidlar bor-yo'qligini aniqlash uchun umumiy (cho'ktiruvchi) reaksiya quyidagicha bajariladi: 100 ml hajmli kolbaga maydalangan mahsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1 foizli eritmasidan 25 ml quyiladi va suv hammomida 5 daqiqa davomida qizdiriladi (alkaloidlar mahsulotdan tuz holida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan so’ng filtrlanadi. Bir nechta chinni idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqorida ko'rsatilgan umumiy cho'ktiruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan qo'shiladi. - Mahsulot tarkibida alkaloidlar bor-yo'qligini aniqlash uchun umumiy (cho'ktiruvchi) reaksiya quyidagicha bajariladi: 100 ml hajmli kolbaga maydalangan mahsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1 foizli eritmasidan 25 ml quyiladi va suv hammomida 5 daqiqa davomida qizdiriladi (alkaloidlar mahsulotdan tuz holida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan so’ng filtrlanadi. Bir nechta chinni idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqorida ko'rsatilgan umumiy cho'ktiruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan qo'shiladi.
Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda konsentrlangan sulfat, nitrat, xlorid va boshqa kislotalar, formalin, turti oksidlovchilar (K2Cr2O7, KClO4, H2O2), ishqorlar va ularning aralashmalari hamda boshqa birikmalar reaktiv sifatida ishlatiladi. Ayrim alkaloidlarga xos bo'lgan xususiy (rangli) reaksiyalar tarkibida shu alkaloidlar bo'lgan o'simliklarni tasvirlashda bayon etilgan. Alkaloidlarning N-oksid formasi sof (asos) va tuz holidagi formalaridek reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun alkaloidlarning N-oksid formasi avval vodorod yordamida qaytarilib, so'ngra tahlil qilinadi - Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda konsentrlangan sulfat, nitrat, xlorid va boshqa kislotalar, formalin, turti oksidlovchilar (K2Cr2O7, KClO4, H2O2), ishqorlar va ularning aralashmalari hamda boshqa birikmalar reaktiv sifatida ishlatiladi. Ayrim alkaloidlarga xos bo'lgan xususiy (rangli) reaksiyalar tarkibida shu alkaloidlar bo'lgan o'simliklarni tasvirlashda bayon etilgan. Alkaloidlarning N-oksid formasi sof (asos) va tuz holidagi formalaridek reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun alkaloidlarning N-oksid formasi avval vodorod yordamida qaytarilib, so'ngra tahlil qilinadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Odilov biokimyo 2.Nazarov. SH. N Analitik kimyo 2010 3.M. Mirkomilov Analitik kimyo 2014
Do'stlaringiz bilan baham: |