Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


O'zbekistonning  Boltiqbo’yi  mamlakatlari  bilan  hamkorligi.  O'zbekiston



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

O'zbekistonning  Boltiqbo’yi  mamlakatlari  bilan  hamkorligi.  O'zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  1.  Karimovning  1995-  yil  6-8-iyun  kunlari  Davlat  tashrifi  bilan 
Latviya  Respublikasida  bo'lishi  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Mazkur  tashrif  chog'ida 
I.Karimov  Latviya  Respublikasi  Prezidenti  Guntis  Ulmanis  bilan  O'zbekiston 
Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o'rtasida do'stlik 
va hamkorlik 


to‟g'risidagi  shartnomani  imzoladilar.  O'zbekiston  va  Latviya  hukumati  o'rtasida  transport, 
havo  aloqasi.  sayyohlik  hamda  ilmiy-texnik  sohalar  bo'yicha  hamkorlik  to‟g'risida  bitimlar 
imzolandi.
 
Latviya  Prezidenti  Guntis  Ulmamsning  1996-  yil  23-mayda  O‟zbekistonga  qilgan 
davlat  safari  ikki  mamlakat  o'rtasida  aloqalarni  yanada  chuquriashtirdi.  Ikki  President 
O'zbekiston  bilan  Latviya  o'rtasidagi  hamkorlikni  yanada  rivojlantirish  va  kengaytirish 
to'g'risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumatlararo fuqarolik, mehnat huquq -tartibot, xalqaro 
avtomobil  qatnovi,  temir  yo'l  transporti  madaniyat,  bojxona  ishida  o'zaro  hamkorlik 
to'g‟risida bitimlar imzolandi. 
O‟zbekiston  Latviyadan  elektr  mashinalari,  uskunalar  va  ulaming  ehti yot  qismlari, 
shakar va qandolatchilik mahsulotlari, efir movi, qorametall sotib oladi. Latviyaga esa rangli 
metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlami eksport: qiladi. Toshkentda «Dzintars» Latviya 
aksionerlik jamiyatining O'ibekiston-Latviya qo'shma korxonasi qurilib, «Volida», «Saodat», 
«Istiqbol» singari atirlar ishlab chiqarmoqda va «Dzintars» firma do‟koni orqali sotilmoqda. 
O'zbekiston  va  Latviya  tashqi  ishlar  vazirltklari  o'rtasida  o'zaro  maslahatlashuv  to‟g'risida 
Protokol imzolandi. Ikki davlat o'rtasidagi savdo-sotiq o‟sib bormoqda. 1994-yil o'zaro tovar 
ayirboshiash 121,8 million so'mni tashkil etdi.
 
l.Karimovning  1995-yil  iyun  oyida  Litvaga  tashrifi  chog'ida  Prezident  A.Brazauskas 
bilan  O‟zbekiston  Respublikasi  biian  Litva  Respublikasi  o‟rtasidagi  ikki  tomonlama 
hamkorlikni  rivojlantirish  va  chuqurlashtirish  to'g'risidagi  qo'shma  Deklaratsiyani 
imzoladilar.  Shuningdek,  O'zbekiston  hukumati bilan  Litva  hukumati o'rtasida  ta'lim.  fan  va 
texnika,  sayyohlik,  madaniyat  va  san'at,  savdo-  iqtisodiy,  havo  yo‟li  va  havo  transporti 
sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish 
to'g'risida bitimlar imzolandi.
 
O‟zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut 

mahsulotlari,  mebel  sanoati  mahsulotlarini  sotib  olib,  Litvaga  paxta,  neft,  rangli  metallar 
eksport  qiladi.  1994--  yilda  o‟zaro  tovar  ayirboshiash  hajmi  248,6  million  so'mni  tashkii 
etgan  bo'lsa,  2001-yilda  bu  ko'rsatkich  uch  barobarga  ko'paydi.  O'zbekiston  Litvaning 
transport-xo‟jalik  kommunikatsiyasi,  dengiz  yo'li,  ayniqsa,  Klaypeda  bandargohi  orqali  o'z 
mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda.
 
O'zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimovning  2002 -  yil  23-25-sentabr  kunlari  Litva 
Respublikasiga  tashrif  buyurishi  ikki  davlat  o'rtasidagi   aloqalarni  yangi  bosqichga  ko'tardi. 
O'zbekiston  bilan  Litva  o'rtasida  Davlatlararo  munosabatlarning  asoslari,  do'stlik  va 
hamkoriik to'g'risida shartnoma, ikki davlat tashqi ishlar
 
■ 
vazirltklari,  bojxona  xizmatlari  hamda  milliy  universitetlari  o'rtasida  h amkoriik 
to‟g'risida  bitimlar  imzolandi.  O'zbekiston-Litva  hukumatlararo  savdo-iqtisodiy  hamkorligi 
bo‟yicha komissiya tuzildi va u faoliyat ko'rsatmoqda, 
3.  Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida hamkoriik aloqalari 
O'zbekiston  tashqi  siyosatining  ta'skli  yo'naiishtaridan  biri  Markaziy  Osiyodagi  yangi 
mustaqil  davlatlar  -  Qozog'iston,  Qirg‟iziston,  Tojikiston,  Turkmaniston  bilan  hamkorlik, 
do'stlik aloqaiarini mustahkamlashga qaratilgan.
 


Mintaqadagi  beshta  davlat  o'rtasida  o'xshash  jihatlar  ko'p.  Tariximtz,  madaniyatimiz, 
tilimiz,  dilimizning  birligi,  tomirlarirnizning  tutashib  ketganiigi  bu  mamlakat  xalqlarini  bir -
biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir.
 
Markaziy  Osiyo  davlatlari  Prezidentlarining  uchrashuvi  1991 -  yil  13-15-  avgust 
kunlarida  Toshkent  shahrida  bo‟ldi.  Unda  uchrashuv  yakunlari  xususida  Axborot  -hamda 
O‟rta  Osiyo  va  Qozog‟iston  respubiikalararo  Maslahat  kengash  ini  tuzish  to'g'risida  bitim 
imzolandi.  Maslahat  kengash  in  ing  vazifasi  beshta  mamlakat  o'rtasida  iqtisodiy  ham korlik 
qilish uchun shart-sharoit varatishdan, bozor munosabatlariga o'tishda mintaqa manfaatlarini 
himoya  qiluvchi  kelishilgan  siyosat  yuritishdan,  iqtisodiyotning  umumiy  muammolarini  hai 
etishga yagona yondashuvlami ishlab chiqishdan iborat deb belgiland i.
 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish