bitimlar imzolandi.
O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida davlatlararo aloqalar yo'Iga qo'yildi va
rivojlanib bormoqda. 1996-yil 27-may kuni Islom Karimov boshliq O'zbekiston davlat
delegatsiyasi Ozarbayjonda bo'ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston bilan
Ozarbayjon o’rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzoladilar. Skki
qardosh mamlakat o'rtasida davlatlararo aloqalar yo'Iga qo'yildi. Safar chog'ida
O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasida savdo-iqtisodiy. soliq, bojxona, havo yo'li,
avtomobil va temir yo'li aloqalari, madaniy va boshqa sohalardagi aioqalami rivoj
lantirish bo'yicha 20 ga yaqin hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari
xalqaro Transkavkaz yo'lini barpo etish, uning Ozarbayjondan o’tadigan qismini
shakllantirish, O’zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon
chiqarish, Ozarbayjon bandargohlarini ta’mirlash masalalari to'g'risida kelishib otdilar.
Ikki mamlakat tashqi ishiar vazirliklari o'rtasida o'zaro maslahatlashuvlar yo'Iga
qo'yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |