Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

Xorazmshohlar. 
Xorazm  vohasi  o'zining  qulay  strategik  va  jug'rofiy  mavqeyi  hamda  qadimdan 
rivojlangan  hudud  bo'iganligidan,  u  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  turli  davrlarda  kechgan 
muhim tarixiy jarayonlarda alohida o'rin tutib, o'z muayyan ta'sirini o'tkazib borgan. Vatanimiz 
hududida miloddan awalgi so'nggi ming yillik boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu 
hududda vujudga kelgan. Milodning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan 
hukmronlik  qilgan  hukmdorlar  xonadoni  tarixdan  ma'Ium.  Bular:  305-995  yillarda  Afrig'iylar 
xonadoni, 995-1017— yillarda Ma'muniylar (Ma'mun Ibn Muhammad, uning o'g'illari AH ibn 
Ma'mun va Ma'mun ibn Ma'mun), 1017-1034— yillarda esa Oltintoshiylar (Oltintosh, Horun, 
Handon) sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar. 
Biroq ming taassufki, XI asming boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bilan 
Xorazm davlati tanazzulga uchrab, zaif-lashib, mintaqanmg boshqa sulolalari, chunonchi, awal 
boshda  G'aznaviylar  hukmronligi  (1017-1044),  undan  so'ng  Saljuqiylar  boshqaruvi  ta'siriga 
tushib  qolgandi.  Shuningdek,  XI  asming  40—  yillarida  sharqdan  bostirib  kelgan  ko'p  sonli 
Qoraxitoylar  ham  Xorazm  yerlarini  ishg'ol  etib, bu  hududlardan belgilangan  miqdordagi  xiroj 
to'Iovlarmi olish huquqini qo'lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm 
oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko'ndalang bo'lib turardi. 
Bunda  shuni  ta'kidlash  joizki,  Xorazmning  qaytadan  mustaqillikni  qo'lga  kiritishi, 
hududiy  jihatdan  kengayib,  butun-butun  o'lkalami  o'z  tarkibiga  kiritib,  qudratli  saltanat 
darajasiga ko'tarilishi, so'ngra uning pirovardida inqirozga yo'liqishi - bu jarayonlar yangi sulola 
- Anushteginlar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy bog'liqdir. 
Xususan, Saljuqiy hukmdorlaridan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro' 
-  martabaga  erishgan  harbiy lashkarboshi  Anushteginning  Xorazm  hukmdori  etib  tayinlanishi 
hamda  ko'p  o'tmay  uning  Xorazmshoh  unvoniga  sazovor  bo‟lishi  —  bu  Xorazmning 
mustaqillikka erishishida jiddiy qadam bo'lgan edi. 1097— yilda uning o'miga Xorazm taxtiga 
o'tirgan va Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin Muhammad o'lka mustaqilligini ta'minlashda 
muhim  rol  o'ynagan.  Qutbiddin  Muhammad  ham  Saljuqiylar  hukmronligini  tan  olgan  holda 
Xorazmni  idora  qildi.  Biroq  shunga  qaramay,  o'lkaning  hartomonlama  rivojlanishi,  ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi. 


Xorazm  mustaqilligini  ta'minlash,  uning  sarhadlarini  kengaytirishda  Qutbiddin 
Muhammadning o'g'li Jaloliddin Otsiz (1127-1156)ning roli alohidadir. Negaki, u Qoraxoniylar 
kuchsizligidan  va  Saljuqiylar  zaifligidan  foydalanib,  o'z  davlati  qudratini  yuksaltira  bordi. 
Uning  1141—  yilda  oltin  tangalar  zarb  ettirib,  muomalaga  chiqarishi  ham  Xorazm 
mustaqilligining muhim belgisi bo'lgan. 
U  Qoraxitoylar  bilan  kelishib,  ularga  har  yili  30  ming  dirham  miqdorda  o'lpon  to'lash 
sharti bilan amalda o'z davlatining ichki mustaqilligini ta'minlaydi. 
Xorazmning  mustaqil  davlat  sifatidagi  ravnaqi,  hududlarining  benihoya  kengayib 
borishida Alovuddin Takashning o'mi va roli katta bo'lgan. Uning  hukmronlik davrida (1172-
1200)  Xorazm  vohasida  katta  ijobiy  o'zgarishlar  yuz  berdi.  Yangidan  qad  rostlagan  o'nlab 
shaharlaming  obodonlashiividan  tashqari  ulaming  savdo-sotiq,  hunarmandchilik,  karvon 
savdosi  bobidagi  dovrug‟i  yanada  ortdi,  qishloq  xo'jaligi,  ziroatchilik  tarmoqlari  rivojlandi, 
ko'plab  kanallar,  suv  inshootlari  barpo  etildi.  Bunday  ijobiy  jarayonlar  Alouddin  Muhammad 
Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda o'ziga xos markaziy va 
mahalliy  davlat  boshqaruvi  tizimi  vujudga  keltirilib,  takornillashtirib  borildi.  Bu  esa 
mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy  hayotini  mustahkamlash,  uning  ichki  taraqqiyotini  ta'minlash 
hamda  izchil  tashqi  siyosat  olib  borishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo'ldi.  Anushteginlaming 
davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuyidan iborat bo'lgan. 
Dargohda Ulug‟ hojib mansabi alohida o'rin tutgan. U hukmdoming xos kishisi sanalib, 
lozim  bo'lgan  hollarda  vazirlar  faoliyatini  ham  nazorat  qilgan.  Hojiblar  hukmdor  nomidan 
davlat ahamiyatiga daxldor  muhim masalalarda muzokaralar olib borganlar. Dargohdagi yana 
bir  oliy  lavozim  Sohibi  ustozdor  hisoblangan.  Xazina  mablag'lari  butunlay  uning  tasarmfida 
bo'lgan.  Dargoh  hayotiga  oid  ko'plab  asosiy  masalalar  ustozdor  nazorati  ostida  hal  etilgan. 
Davlatdagi  Tashtdor  lavozimi  ham  muhim  sanalib,  u  sultonning  sirdosh  kishisi  hisoblangan. 
Tashtdor hukmdoming maxfiy sirlaridan ogoh bo‟lib, doimo u bilan bahamjihat holda faoliyat 
yuritgan.  Oliy  lavozimlardan  yana  biri  -Qissador  bo'lib,  u  Sulton  nomiga  kelgan  arz, 
shikoyatlami yig'ib, o'rganib, ulami hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi xizmat 
turlari  ichida  Chashnigir  -  sultonga  beriladigan  ovqat,  ichimiiklami  tekshiruvchi,  Jomador, 
Davatdor  (kotib),  Sharobdor,  Bayroqdor  (amiri  alam),  xizmatkorlar  boshlig'i  (Maliki  havas) 
kabi  vazifalar  ham  alohida  ko'zga  tashlanib  turadi.  Ijroiya  ishlari  devonlar  (vazirliklar) 
tomonidan  amalga  oshirilgan.  Ayniqsa,  bunda  Bosh  vazir  katta  mavqega  ega  bo'lib,  u  faqat 
hukmdorga bo'ysungan. Mansabdorlami ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, 
xazina va soliq tizimini nazorat qilish, mahalliy  vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning 
vakolatida bo‟lgan . 
Devonlar  ham  o'z  vakolatlari  doirasida  faoliyat  yuritganlar.  Masalan,  insho  yoki  tug‟ro 
devoni  rasmiy  hujjatlar,  yozishmalami  tuzish  bilan  shug'ullangan.  Shuningdek.  moliya  ishlari 
bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan Devoni arz 
yoki  Jaysh  shug'ullangan.  Sulton  xonodoni  hayotiga,  iqtisodiyotiga  tegishli  yana  bir  muhim 
devon mavjud bo'lib, u Devoni xos nomi bilan atalgan. 


So'nggi  Xorazmshohlar  davrida  harbiy  sohaga  alohida  ahamiyat  berilgan.  Bunda  bir 
necha  yuz  minglik  qo'shindan  tashqari  oliy  hukmdoming  maxsus  shaxsiy  gvardiyasi  (Haros) 
katta mavqega ega bo'lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan 
tashkil  topgan.  Harbiy  qismlarda  Harbiy  nazoratchi,  sipohsalor,  sohibi  jaysh  (viloyat  qo'shini 
boshlig‟i),  Amir  ul-umaro,  Malik  (10  ming  qo'shin  boshlig'i),  Chovush  (chopar),  Josus 
(razvedkachi), Askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo'lgan. 
Takash  va  Muhammad  Xorazmshohlaming  katta  qo'shin  tuzib  boshqa  mamlakatlar, 
ellami  bosib  olish,  ulami  o'z  tasarmflariga  kiritish  borasida  olib  borgan  ko'p  yillik  istilochilik 
yurishlari,  bir  tomondan,  Xorazmshohlar  saltanati  shuhratini  oshirib,  uning  hududlarini 
benihoya kengaytirishga olib kelgan bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, bu hoi pirovard oqibatda bu 
davlatning chuqur ichki tushkunlikka, tanazzulga yo'liqishiga ham sabab bo‟ldi. 
Jumladan, Takash XII asming 80-90— yillardagi istilochilik yurishlari davomida Saraxs, 
Nishopur, Ray, Marv kabi muhim shaharlami ishg'ol etgan. 
Takash  vafotidan  so'ng  davlat  hukmdori  bo'lgan  Alouddin  Muhammad  Xorazmshoh 
davrida  ham  mamlakat  hududlari  kengayishda  davom  etadi.  Bu  vaqtga  kelib  Xorazmshohlar 
davlati  hududlari  janubi-g‟arbga  qarab  Xormuz,  Fors  qo'ltig'i,  Iroq  yerlariga  qadar  yoyiladi. 
Uning  tarkibiga  400  dan  ziyod,  shaharlar  kirardi.  Xorazmshoh  Bag'dod  xalifaligini  qo'lga 
kiritish uchun ham intilgan. Bu esa butun musulmon olamining unga nisbatan qahr-u g'azabiga 
sabab bo'lgan. 
Muhammad  Xorazmshoh  1211—  yilda  Qoraxitoylami  uzil-kesil  quvib,  Xorazm 
dovrug‟ini  ko'targanidan  so'ng,  u  o'ziga  ortiqcha  bino  qo‟yib,  o'zini  "Iskandari  Soniy", 
"Allohning  yerdagi  soyasi"  deb  ulug'lashni  buyuradi.  Garchand  Xorazmshoh  o'zini  qanchalik 
ko'klarga ko'tarmasin yoxud bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq mamlakatning chuqur 
ichki ziddiyatlar va tanazzulga duchor bo'lganligini qayd etmasdan bo‟lmaydi. Shohning katta 
qo'shin tuzib, to'xtovsiz olib borgan besamar urushlari natijasiz tugadi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish