Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

G'aznaviylar 
961  —  yilda  Somoniy  hukmdor  Abdumalik  vafotidan  so'ng  G'azna  mulkiga  asli  turkiy 
qavmga mansub bolgan salohiyatli lashkarboshi Alptegin noib bo'ladi. 
Somoniylar  davrida  yetuk  harbiy  lashkarboshi  darajasiga  erishgan  Sabuktegin  977— 
yilda Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o‟zaro nizolardan foydalanib, Qobul daryosi 
havzasiga qarashli  yerlami  ham  G'azna  viloyatiga qo'shib,  mustaqil  davlat  tuzishga  muvaffaq 
bo'ladi. U tez orada Xurosonga egalik 


qilish  huquqini  ham  qo'lga  kiritadi.  Qoraxoniylar  Somoniylar  hukmronligini  qulatib, 
Movarounnahmi egallagunlariga qadar, Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning vafotidan 
so‟ng o'g'li Mahmud davrida G'aznaviylar mavqeyi va davlat boshqamv tizimi kuchayadi. 
G'aznaviylaming eng yuksalgan, qudratli saltanatga aylangan davri Sulton Mahmud (998-
1030) vaqtiga to'g'ri keladi. Taxtga chiqqandan so'ng, Sulton  Mahmud katta  qo'shin tuzib, uni 
o'sha davming eng zamonaviy qurol-aslahalari bilan, yetarli maosh bilan ta'minlab, juda ko'plab 
bosqinchilik  yurishlarini  amalga  oshirdi.  U  XI  asr  boshlarida  Qoraxoniylar  bilan  shimoliy 
chegara sifatida Amudaryoni belgilab  olgach, o‟zining asosiy e'tiborini janubda - Hindistonga, 
g'arbda  -Xuroson  va  unga  chegaradosh  hududlar  tomon  qaratadi.  Faqat  Hindistonga  17  bor 
yurish  qilib,  u  yerdan  katta  miqdordagi  o'lja  va  boyliklar  olib  keladi.  Birgina  1019—  yilda 
Kanuadja  shahrini  egallab,  olib  kelingan  o'lja  —  katta  miqdordagi  oltin,  kumush  va 
qimmatbaho  buyumlardan  tashqari  350  ta  fil  va  57  ming  asir-qulni  tashkil  etgan.  U  1008— 
yilda  Qoraxoniylar  bilan  tuzilgan  shartnomani  buzib,  Amudaryo  shimolidagi  Chag'oniyon  va 
Xuttalon viloyatlarini bosib oladi. 1010- 1011— yillarda  esa Mahmud katta qo'shin bilan jang 
qilib G'ur viloyatini egallaydi. 1017— yilga kelib esa, Mahmud G'aznaviyning nigohi geografik 
jihatdan  g'oyatda  qulay  nuqtada  joylashgan,  boy  hudud  -  Xorazmga  qaratiladi.  U 
Xorazmshohlar  saltanatidagi  qaltis  siyosiy  vaziyatdan,  xususan,  Xorazmshoh  Ma'munning 
o'limidan foydalanib, u yerga katta qo'shin yuborib, osonlik bilan Xorazmni tobe  qiladi.  Ayni 
paytda,  shuhratparast  Sulton  Xorazm  Ma'mun  akademiyasining  bir  qator  atoqli 
namoyandalarini,  shu  jumladan,  Abu  Rayhon  Beruniyni  G'aznaga  ko'chirib  keladi.  Uning 
so'nggi istilochilik yurishlaridan biri 1029— yilda Eronning Ray shahrini egallash bo'ladi, 
Mahmud 
G‟aznaviyning  harbiy  yurishlari  oqibatlaridan  biri  shu  bo'ldiki,  shimoliy 
Hindiston hududming bosib olinishi natijasida turkiy aholining ancha  qismi  bu  joylarga  kelib 
joylasha boshlaydi. Bu esa Hindistonning keyingi tarixiy taqdiriga sezilarli ta'sir ko‟rsatdi. 
Mahmud  davrida 
G'aznaviylar  davlati  hududlari  benihoya  kengayib,  mamlakat 
shahailarida, 
ayniqsa,  G'aznada  katta inshootlar,  salobatli  masjid-u  madrasalar, kutubxona-yu 
shifoxonalar, ilm maskanlari ko'plab barpo etilgan bo'lsa-da, biroq ko'pchilik aholining moddiy 
—  maishiy  ahvoli  nochor  bo‟lgan,  turli  xil  soliq  va  majburi-yatlar  odamlaming  tinkasini 
quritgan. 
1011—  yilda  Xuroson  o'ikasida  boshlangan  ocharchilik  minglab  odamlaming  nobud 
bo'lishiga  olib  kelgan.  Shu  bois,  Mahmud  G'aznaviy  davlati  tashqaridan  go'yo  qudratli 
ko'ringani bilan aslida uning ichdan yemirilayotganini, omonatligini payqash qiyin emas. Zero, 
uning  vafotidan  keyin  ko'p  o'tmay,  bu  saltanatning  tush-kunlik  sari  yuz  tutganligi  ham 
shundandir. Bu o'rinda, Sulton Mahmud vafotidan keyinoq Xorazm o‟z mustaqilligini tiklashga 
erishganini aytish kifoya. Shuningdek, saljuqiy turklaming Xuroson hududlarini egallash uchun 
harakatlari  kuchayadi.  Agar  Mahmud  davrida  uning  roziligi  bilan  Xurosonning  ayrim 
hududlariga Saljuqiy qabilalar kelib joylashgan bo'lsa, endilikda ular butun Xurosormi ishg'ol 
qilishga  kirishadilar.  OTkaning  G'aznaviylar  siyosatidan,  haddan  ziyod  soliq-to'lovlar 
asoratidan norozi 


bo'lgan  mahalliy  aholisi  ham  Saljuqiylami  qo'Ilab-quwatlab  chiqadi.  Bu  esa  ikki  o'rtadagi 
harbiy to‟qnashuvlaming pirovard yakuniga hal qiluvchi ta'sir o'tkazadi. G'aznaviylar qo'shini 
bilan  Saljuqiylar  o'rtasidagi birinchi katta  urush 1035—  yilda Nissa shahri  yonida bo'lib  otdi. 
Bu  jang  Saljuqiylar  g'alabasi  bilan  yakunlandi.  Ko'p  o'tmay,  Saljuqiylar  o'z  g'alabalarini 
mustahkamlab, Xurosonning ancha qismini, jumladan, Nishopumi qo'lga kiritdilar (1038). 
1040— yil bahorida Dandanakon yonida (Saraxs bilan Marv oralig'i) bo‟lgan hal qiluvchi 
so'nggi jangdan  keyin  Mas'ud  G'aznaviy  qo'shini qaqshatqich zarbaga  uchrab, butun  Xuroson 
o'lkasidan  mahrum  bo'ladi.  Ko'p  o'tmay,  Mas'ud  ukasi  Muhammad  tomonidan  qatl  qilinadi 
(1041).  Tez  vaqt  ichida  hokimiyatni  egallagan  Mas'udning  o'g'li  Mavdud  ham  bir  necha  bor 
kuch to'plab Saljuqiylar bilan urush olib borgan bo'lsa-da, ammo o'z qo'shinini mag‟lubiyatdan 
saqlab  qola  olmadi.  1059—  yilda  G'aznaviylaming  muhim  tayanchi  bo'lgan  Balxning 
Saljuqiylar  qo'liga  o'tishi  G'aznaviylaming  so'nggi  umidini  ham  puchga  chiqardi.  Bu  esa, 
pirovardda, G'aznaviylar davlatining tarix sahnasida butunlay yo'qolib ketishiga sabab bo'ldi. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish