tushganidan qat'iy nazar ularga kredit taqdim etadi.
Tarmoq ichidagi qiymat qayta taqsimlanishini, tarmoq banklari korxonalari tomonidan kredit olish
jarayonida kuzatishimiz mumkin.
Kredit yordamida resurslar qayta taqsimotining birinchi xususiyati shundaki,
u faqatgina joriy yilda
ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarnigina emas (yalpi mahsulot), balki oldingi yillarda yaratilgan moddiy
boyliklarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Kreditning qayta taqsimot funksiyasi vositasida faqatgina yalpi
va milliy mahsulot emas, balki barcha moddiy
boyliklar, jamiyatning butun milliy boyligi taqsimlanishi
mumkin, va bu qayta taqsimot funksiyasining ikkinchi xususiyatidir. Qayta taqsimot funksiyasining
uchinchi xususiyati qayta taqsimlanayotgan qiymat jihatlariga bog`liqdir. Qayta taqsimot funksiyasi
umuman qiymatni qayta taqsimlash bilan emas, balki aynan vaqtinchalik bo’sh bo’lgan qiymatnigina qayta
taqsimlash bilan shug`ullanadi. Kreditning qayta taqsimot funksiyasini to’rtinchi
xususiyati ham muhim,
ya'ni vaqtinchalik bo’shagan qiymat vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Beshinchi xususiyati shundaki,
qiymat odatda vositachilarsiz to’g`ridan-to’g`ri iste'molchiga beriladi.
Kreditning ikkinchi funksiyasi,
haqiqiy pullarni kredit operatsiyalari bilan almashtirishdir.
Zamonaviy kredit xo’jaligida bunday almashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Pullarning bir hisob
raqamidan ikkinchisiga o’tishi naqd pullik to’lovlarni kamaytirish va pul aylanmasi tuzilmasini
yaxshilash
imkonini beradi.
Muomala xarajatlarini tejash.
Ushbu funksiyaning amalga oshirilishi bevosita kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi.
Xo’jalik yuritish sub'ektlarining pul mablag`larini kelib tushishi va sarflanishi o’rtasidagi vaqt oralig`i
moliyaviy resurslarning ortiqliginigina emas, balki yetishmovchiligini ham aniqlab berishi mumkin.
Aynan shuning uchun, o’z moliyaviy mablag`larining yetishmovchiligini vaqtinchalik qoplab turishga,
va demak muomalaning umumiy xarajatlarini tejashga, yo’naltiriladigan ssudalar keng tarqalgan.
Kapital mujassamlashuvini tezlashtirish.
Kapitalni mujassamlashuvi jarayoni iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining zaruriy sharti bo’lib, har
bir xo’jalik yurituvchi sub'ektning ustuvor maqsadi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish miqyosini yetarlicha kengaytirish va bu bilan qo’shimcha
daromad olishga imkon
beruvchi qarz mablag`lari, ushbu masalani yechishda aynan qo’l keladilar.
Kredit resurslarining bir qismini kreditor bilan hisob kitoblarni amalga oshirish uchun yo’naltirilishiga
qaramasdan, kredit resurslarini jalb qilish, faqatgina o’z mablag`lariga ishonishga nisbatan qulayroqdir.
Ammo shuni ham ta'kidlab o’tish kerakki, iqtisodiy tushkunlik bosqichida (va ayniqsa bozor
iqtisodiyotiga o’tish sharoitida) ushbu resurslarning qimmatligi, xo’jalik faoliyatining ko’pgina sohalarida
kapital mujassamlashuvi masalasini samarali yechish imkonini bermaydi.
Bunga qaramasdan, ko’rib chiqilayotgan funksiya, rejali iqtisodiyotda mavjud bo’lmagan yoki
rivojlanmagan iqtisodiyot sohalarini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash darajasini tezlashtirgan holda,
mahalliy sharoitlarda ham ijobiy samarani ta'minlaydi.
Tovar aylanmasiga xizmat ko’rsatish.
Ushbu funksiyani bajarish jarayonida kredit nafaqat tovar balki pul muomalasining tezlashishiga ham,
xususan undan naqd pullarni siqib chiqargan holda, o’z ta'sirini ko’rsatadi.
Pul muomalasi sohasiga
veksellar, cheklar, kredit kartochkalari va boshqa vositalarni kiritgan holda, u
naqd hisob-kitoblarni naqdsiz hisob-kitoblarga almashtirishni ta'minlaydi. Bu esa ichki va xalqaro
bozorlarda iqtisodiy munosabatlar mexanizmini soddalashtiradi va tezlashtiradi.
Ushbu masalani yechishda, tovar ayirboshlashning zamonaviy munosabatlarini zaruriy elementi
bo’lgan tijorat krediti faol rol o’ynaydi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi.
Hozirgi kunda ham ilmiy-texnik taraqqiyot har bir davlat va alohida xo’jalik yuritish sub'ekti iqtisodiy
rivojlanishining hal qiluvchi omili sanaladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi kreditning roli, kapital kiritish va foyda olish o’rtasidagi
vaqt oralig`i boshqa tarmoqlarga nisbatan ko’proq bo’lgan ilmiy-texnik
tashkilotlar faoliyatini
moliyalashtirish jarayoni misolida ayniqsa ravshan namoyon bo’ladi.
Aynan shuning uchun ham ko’pchilik ilmiy markazlarning faoliyatini (byudjetdan
moliyalashtiriladigan ilmiy markazlardan tashqari) kredit resurslarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ishlab chiqarishga ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni bevosita jalb etish shaklidagi innovatsion
jarayonlarni amalga oshirish xarajatlari korxonalar tomonidan moliyalashtiriladi, jumladan o’rta va uzoq
muddatli bank kreditlari hisobiga ham.
Umuman aytganda: kredit - vaqtinchalik foydalanishga beriladigan vositalar bo’yicha kreditor va
Do'stlaringiz bilan baham: