- davlat organlari;
- banklar.
Maqsadi bo’yicha:
- iste'mol;
- sanoat;
- savdo;
- qishloq xo’jaligi;
- investitsiyaviy.
Foydalanish muddati bo’yicha:
-
talabga qadar;
- muddatli, ular o’z navbatida qisqa, o’rta va uzoq mudddatlilarga bo’linadi;
Hajmi bo’yicha:
- yirik;
- o’rta;
- mayda.
Ta'minoti bo’yicha:
- ta'minlanmagan;
- ta'minlangan (garov, kafolat, sug`urtalangan).
Berish usuli bo’yicha:
- kompensatsion ssudalar - turli xil maqsadlarda foydalanish uchun hisob
raqamiga kelib tushadigan
mablag`lar;
- to’lov ssudalari - kredit oluvchining pul hujjatlarini to’lash uchun yo’naltiriladigan pul mablag`lari.
Qoplash uslublari bo’yicha:
- asta-sekin qoplanadigan;
- bir martada qoplanadigan.
16-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYAVIY JARAYONLARNI
RIVOJLANTIRISHDA LIZINGNING TUTGAN O‘RNI.
Jahon amaliyoti lizingni kapital joylashtirishni mablag‘ bilan ta'minlashning, aniqrog‘i, loyihalarga
investitsiyalar jalb etishning yuqori samara beradigan turi ekanligini ko‘rsatdi. Ko‘p
yillik kuzatishlar shuni
ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing kompaniyalarining sinishi kamdan-kam uchraydigan holdir.
Lizingning oddiy ijaradan asosiy farqi shundaki, lizingda ijaraga berilgan asbob-uskunalar shartnoma
muddati tugagandan so‘ng, ularni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish ko‘zda tutiladi.
Lizingning farqli
xususiyatlaridan yana biri shundaki, lizing kompaniyalarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun
o‘z mablag‘lari yetishmaydi. Shu sababli ko‘pchilik lizing operatsiyalarida jalb qilingan mablag‘lar keng
qo‘llaniladi. Bunda, odatda, bankning uzoq muddatli ssudalari jalb qilinadi.
Bozor sharoitida
hukumat bugungi kun bilan emas, balki kelgusini o‘ylab iqtisodiy siyosat olib boradi.
Lizing fan-texnika taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ertangi kunda ishlab chiqarish bugungi olinmagan soliqlarni
to‘liqligicha qoplaydi, demak, u iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratib beradi.
Lizing muomalalarini amalga
oshirish deganda, ishlab chiqarish vositalarining (mashina, uskunalar va
hokazolarni) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rta yoki uzoq
muddatlarga ijara shartlari asosida berilishi tushuniladi. Hammamizga odat bo‘lib qolgan oddiy ijara
tushunchasidan farqli o‘laroq, lizingga olingan ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarni, mashina va
uskunalarni pirovard
natijada, ya'ni shartnoma muddati tugagandan so‘ng, ijarachi ularni qoldiq qiymati
bo‘yicha sotib olishi hamda ularga egalik qilishi mumkin. Odatda, lizing muomalalari jarayonida uch tomon
ishtirok etadi.
1-jadval
Lizing jarayoni ishtirokchilari
Ishlab
chiqaruvchi
(yetkazib beruvchi,
sotuvchi)
Zarur mashina va asbob-uskunalar bilan ta'minlovchi (yoki ularni
sotuvchi).
Do'stlaringiz bilan baham: