Ta’limning maqsadi:agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari, yer rentasi, O’zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish bo’yicha keng qamrovli bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Mavzu bo’yicha talabaning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar:
agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash;
yer rentasi tushunchasi va uning turlari, O’zbekistonda yerga yagona soliq va uni ro’yobga chiqarish amaliyotining mazmun mohiyatini ochib berish imkoniga ega bo’lish;
yerning bahosi va uni aniqlovchi omillarni talqin eta olish ko’nikmasini shakllantirish;
agrosanoat integrasiyasi, agrobiznes va uning turlarining mohiyatini tushunib yetish;
dehqon va fermer xo’jaliklari, agrofirmalarning mazmun- mohiyatini tushunib yetish;
O’zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirishda davlat dasturlarining ahamiyati va yo’nalishlarini talqin eta olish ko’nikmasnii shakllantirish.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
Amaliy mashg’ulot rejalari bilan oldindan tanishib chiqib, tayyorgarlik ko’rish;
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlardan konspekt qilish, quyidagi savollarga javob berish:
1. Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rnini va bozor tizimidagi xususiyatlarini ko’rsatib bering.
2. Yerning ishlab chiqarish omili sifatida xususiyatlari nimada? Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish tushunchalarini izohlang.
3. Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko’rsatib bering. Yer rentasining asl mazmunini ochib bering.
4. Yer rentasining turlarini hosil bo’lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering.
5. Ijara munosabatlari va ijara haqi to’g’risida gapirib bering. Ijara haqi va yer rentasining farqlarini izohlang.
6. Agrosanoat integrasiyasi nima? Agrosanoat majmuining tarkibini aytib bering.
7. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.
8. O’zbekistonda fermer va deshqon xo’jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlarining iqtisodiy mohiyatini yoritib bering.
Individual topshiriqlarni bajarish:
Sinkveyn usulidan foydalangan holda agrobiznes tushunchasini bir necha so’zlar bilan ifodalash.
Mavzu bo’yicha masalalar ishlash.
1-masala. Uchta bir hil yer uchastkalariga 200 ming pul birligidan kapital qo’yilgan. O’rtacha foyda normasi 20 %ni tashkil etadi. Birinchi uchastkada yalpi hosil 4 sentnerni, ikkinchi uchastkada - 5 s, uchinchida esa - 8 sentnerni tashkil etadi. Differensial rentani hajmini aniqlang.
2-masala. Agar yer egasi yiliga 950 ming so’m yer rentasini olsa, yillik ssuda foizi stavkasi 10%ni tashkil etsa, yerning bahosi qanday summani tashkil etadi? Boshqa sharoitlar o’zgarmagan holda stavka foizi ko’tarilsa, shu bilan birga fermerlik yo’nalishining davlat tomondan qo’llab-quvvatlash tadbirlari o’tkazilsa, qanday o’zgarish kuzatiladi?