«Iqtisodiy tizimlar» mavzusi bo’yicha konseptual jadval (lavha)
Iqtisodiy tizimlar
|
Tavsiflar, toifalar, ajralib turadigan belgilar va shu kabilar
|
Kapitalning mulkiy shakli
|
Resurs egalari
|
Ishlab chiqarish rejalari
|
Bozor iqtisodiyoti
|
Xususiy
|
Xususiy shaxslar
|
Bozor talabi asosida individual tarzda qabul qilinadi
|
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti
|
Davlat
|
Davlat
|
Ma’muriy organlar tomonidan markazlashgan tartibda qabul qilinadi
|
Asosiy tayanch tushunchalar:
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizim.
Bozor mеxanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisi.
Bozor ob’еkti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy rеsurslar, tovar, pul va unga tеnglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |