Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya Hisobi, tahlil va audit kafedrasi


-jadval Fermer xo‘jaligi boshqaruvining turli sohalarida tuziladigan



Download 1,63 Mb.
bet8/19
Sana26.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#583690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
3-BOB

2.2-jadval
Fermer xo‘jaligi boshqaruvining turli sohalarida tuziladigan
budjetlarning turkumlanishi26


Daraja

Budjet turlari

Fermer xo‘jaligi

Umumxo‘jalik xarajatlari budjeti
Umumiy(bosh) budjet:
Foyda va zararlar budjeti
Pul oqimlari budjeti
Davr xarajatlari budjeti
Mablag‘lar manbalari budjeti
Balans budjeti

Daromad markazlari

Sotish budjeti
Foyda va zararlar budjeti
Pul oqimlari budjeti
Davr xarajatlari budjeti
Mablag‘lar manbalari budjeti
Balans budjeti

Tarmoqlar yoki
bo‘linmalar

Ishlab chiqarish budjeti(o‘simlikchilik, chorvachilik va b.)
Zaxiralar budjeti
Xaridlar budjeti
Umumishlab chiqarish xarajatlari budjeti

Xarajat markazlari

Materiallardan foydalanish budjeti
Mehnat haqi budjeti

Loyihalar



Bozorni o‘zlashtirish budjeti
Loyiha ishlab chiqish budjeti
Yangi qurilish budjeti

Qishloq xo‘jaligida har xil budjetlashtirish variantlarini qo‘llashning asosiy omillaridan biri tarmoqlar soni va faoliyat ko‘lamidir. Bizning fikrimizcha, dehqon xo‘jaliklari va agrar sohadagi xizmat ko‘rsatuvchi kichik korxonalar uchun budjetlashtirishning to‘la tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq emas. Biroq, budjetlashtirish tizimining muhim elementlarini qo‘llash ularda qiziqish uyg‘otishi mumkin. Masalan, korxonaning xususiy kapitali, pul mablag‘lari va o‘zaro to‘lovlar o‘ta tanqis bo‘lib turgan sharoitlarda hech bo‘lmaganda kelgusi chorak uchun mo‘ljallangan daromadlar va xarajatlar budjeti, pul oqimlari budjetini tuzish dolzarb hisoblanadi. Bu kechiktirib bo‘lmaydigan to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishga imkon yaratadi. Masalan, debitorlardan qarzlarni tezroq undirish yoki mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yoki joriy ehtiyojlarga ketadigan xarajatlarni qisqartirish haqida oldindan tayyorlanish imkonini beradi. Bundan tashqari, ko‘p fermer xo‘jaliklarining moliyaviy ahvoli ancha past ekanligini hisobga olib, xarajatlar budjetini resurslarning keragidan ortiq sarflanishi uchun javobgarlik belgilangan holda tuzish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu tannarxni va foydani shakllantirish ustidan nazorat olib borishning yagona amaliy usulidir. Lekin doimiy xarajatlar ularning mutlaq me’yoriy ko‘rsatkichi bo‘yicha rejalashtirilishi lozim, o‘zgaruvchan xarajatlar budjeti esa ushbu xarajatlarning ishlab chiqarish (sotish) hajmiganisbatan tabaqalashtirilishi maqsadga muvofiq. Sanoat mahsulotlarining (texnika, neft, o‘g‘it) narxlari o‘sib borayotgan sharoitda materiallar sarfini ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarf qilinadigan moddiy resurslar budjetini tuzish orqali nazorat qilish mumkin.


Tabiiyki, budjetlarni ishlab chiqishning yagona tartibi va taqdim qilish shakli bo‘lishi mumkin emas. Lekin budjetlashtirish jarayonini boshqarish korxona aynan qaysi budjet tizimiga tayanishiga bog‘liq.
Budjetlashtirishni joriy qilish natijalari bevosita budjetning funksiyalari bilan bog‘liq. Ko‘pchilik mualliflar ularni ta’riflashda yakdildirlar. Bu borada tadqiqotlar o‘tkazgan respublikamizning yetakchi olimlari A.X.Pardaev, B.X.Pardaev, B.A.Xasanov va A.A.Xashimov barcha xo‘jalik sub’ektlari uchun umumiy bo‘lgan quyidagi funksiyalarni ajratib ko‘rsatadilar: “1) yillik operatsiyalarni rejalashtirishga yordam berish; 2) korxonaning turli bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning uyg‘unlashgan holda ishlashini ta’minlash; 3) rejalarni turli javobgarlik markazlari rahbarlari e’tiboriga yetkazish; 4) rahbariyatning tashkilot maqsadlariga erishish yo‘lidagi faoliyatini rag‘batlantirish (asoslash); 5) ishlab chiqarishni boshqarish; 6) rahbarlar ishining samaradorligini baholash”27.
Rossiyalik soha mutaxassislari O.Ye.Nikolaeva hamda T.V.Shishkova budjet funksiyalarini ajratishda undan aloqa (rejalarni javobgarlik markazlari rahbarlariga yetkazish) va boshqaruvga ko‘maklashish vazifasini chiqarib tashlaganlar. Bizningcha, bunday nuqtai nazarga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki bular juda ham muhim funksiyalardir. Qolaversa, joriy faoliyatni nazorat qilish va reja intizomini ta’minlash funksiyalari ham qo‘shiladiki, bu budjet tuzishning boshqaruvga qo‘maklashish singari funksiyalari chiqarib yuborilganining o‘rnini to‘ldiradi. Bundan tashqari, nazarimizda ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan yana bitta funksiya –fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchilarini o‘qitish vositasi vazifasini ham kiritish zarur.
Yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflar budjetlarni qo‘llash natijalarini belgilar ekan, budjetlarni tarmoqqa tegishlilik, korxonaning katta-kichikligi, faoliyat yo‘nalishlari va ishlab chiqarish siklining murakkabligiga qarab joriy qilish kabi jihatlarini e’tibordan chetdan qoldirganlar. Bizningcha, fermer xo‘jaliklarida bunday jihatlarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Chunki budjetlarning funksiyalari va budjetlashtirishning afzalliklari yuqorida ko‘rsatilgan belgilarga qarab namoyon bo‘lishi sezilarli darajada o‘zgarib turadi, bu esa oxir-oqibatda fermer xo‘jaliklarida budjetlashtirishni qo‘llashning dolzarbligini belgilab beradi.
Budjetlashtirishni muvaffaqiyatli joriy qilishda korxonaning katta-kichikligi, tarmoqlar soni hamda faoliyat sohasidan qat’iy nazar, har bir fermer xo‘jaligida erishiladigan umumiy natijalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Boshqaruvda tezkorlik va samaradorlikning oshishi. Budjetlashtirish bo‘lg‘usi ijobiy sharoitlardan foydalanishga tayyorlanish, shuningdek, salbiy hodisalar oqibatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi. Budjetlashtirish keyinchalik muntazam tarzda nazorat qilinishi taqozo etiladigan faoliyat ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Budjetlarning bajarilishini nazorat qilish jarayonida fermer xo‘jalikning faoliyati haqida tezkorlik bilan axborot olish, ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga tezkorlik bilan aralashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Haqiqiy ko‘rsatkichlarni reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash esa ko‘zlangan natijalarga erishish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish imkonini beradi. Fermer(yoki uning boshqaruvchilari) bu vaqtda rejadan chetlanishlarni boshqarib turadilar. Moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligi prognoz qilinayotgan samaradorlikdan jiddiy farq qilganida uning sabablari aniqlanadi va ahvolni tuzatishga doir choralar ko‘riladi. Bayon qilingan fikr-mulohazalarni umumlashtirib, fermer xo‘jaligida budjetlar ijrosini nazorat qilish tizimini quyidagicha tasvirlaymiz (2.2-rasm).

  1. Daromad va xarajatlarni boshqarish, resurslarning yanada oqilona taqsimlanishi va foydalanilishi, xarajatlarni optimallashtirish va doimiy hamda o‘zgaruvchan xarajatlarni tezkor nazorat qilish vositasida moliyaviy natijalarni yaxshilashga erishiladi. Resurslarga bo‘lgan ehtiyojni va nazoratni rejalashtirish natijasida xarajatlar optimallashadi, yo‘qotishlar va keraksiz xarajatlar kamaytiriladi. Chunki faqatgina erishilgan natijalar va qilingan xarajatlar tahlil qilinib qolmaydi, balki nazorat oldindan amalga oshiriladi. Budjetlarning har bir javobgarlik markazi tomonidan bajarilishi haqidagi ichki hisobot tizimi ijrochilarning resurslarni keragidan ortiq sarflaganliklari uchun javobgarliklarini belgilab qo‘yishga imkon beradi. Bundan tashqari, moddiy xarajatlar budjetini tuzish va unga rioya etilishini nazorat qilish hisobga olinmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishga mablag‘ sarflash va o‘g‘irliklarning oldini olishga imkoniyat yaratadi. Demak, budjetlar yordamida mablag‘lar sarfini avvaldan va tezkor nazorat qilish hamda mablag‘lar sarfini tahlil qilish tizimining ishi, budjetlarning bajarilishi haqida hisobot topshirish va o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish natijasida fermer xo‘jaligining oladigan foydasi ko‘payadi.

  2. To‘lov qobiliyatining yaxshilanishi. Operatsion budjetlarni birlashtirish asosida pul oqimlari budjetini tuzish pul mablag‘lari tanqisligini oldindan ko‘rishga imkon beradi. Bunda fermerda qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini jalb qilish haqida oldindan harakat qilish imkoniyati tug‘iladi.

  3. Fermerning tashkilotchiligi, bilim va tajribasi oshishi.

Yirik va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida budjetlashtirishning afzalliklari quyidagi funksiyalarida namoyon bo‘ladi:
1. Fermer oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun barcha tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish. Xususan, sotish va ishlab chiqarish dasturi, ishlab chiqarish rejasi va materiallarni xarid qilish budjeti, investitsiya budjeti va moliyalashtirish manbalari o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bundan tashqari, tarmoq(bo‘linma)lar boshqaruvchilarining faoliyatlari muvofiqlashtiriladi va strategik maqsadlarga erishishga ko‘proq ko‘mak ko‘rsatadi. Budjetlarning muvofiqlashtiruvchilik funksiyasi ayniqsa, yirik va murakkab boshqaruv tuzilmasiga ega bo‘lgan fermer xo‘jaliklarida ko‘proq namoyon bo‘ladi.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish