8
1-MAVZU: MIKROSKOPNING TUZILIShI. MIKROSKOPDAN FOYDA-
LANISh QOIDALARI VA PR
Е
PARAT TAYYoRLASh
.
MAVZUNING MAQSADI
. Mikroskopning qismlari bilan tanishtirish.
Mikroskop bilan ishlashni va har xil preparatlar tayyorlash qoidalarini o‘rgatish.
K
Е
RAKLI JIHOZLAR:
mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynalar, us-
tara, chyotka, pipetka, preparoval nina, suv, yod,
glitserin, spirt, toluol, ksilol, fil'tr
qog‘oz, bal'zam, oddiy qog‘oz, pintset, har xil rangli qog‘ozlar, fiksatsiyalangan
ildiz, poya, barg yoki o‘simlik bo‘laklari.
UMUMIY TUShUNShA.
Mikroskop buyumlarni bir necha yuz ming
martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi. Mikroskopning
optik qismi eng asosiy
qismlardan hisoblanib u ko‘rish nayi (tubus) dan iborat, tubusning yuqori qismida
okulyar, tagida ob'ektiv joylashgan.
Shtativ
: Shtativ to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat. Shtativda revol'ver,
mikrovint, makrovint,buyum stolchasi, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi.
Ob'ektiv
: Mikroskopning buyumni kattalashtirib ko‘rsatadigan qismi
ob'ektividir. Ob'ektiv odatda 2 yoki 4 ta bo‘lib, buyumni kattalashtirib va teskari
qilib okulyarga tushiradi.
Okulyar:
Okulyar yig‘ish va ko‘rish linzasidan iborat. Ko‘rish linzasi
qancha kichik bo‘lsa, okulyar buyumni shuncha katta ko‘rsatadi. Okulyar va ob'ek-
tivda buyumni katta qilib ko‘rsatish darajasi sonlar bilan ko‘rsatilgan. Ob'ektiv bi-
lan okulyardagi sonlar bir-biriga ko‘paytirilsa buyumni
necha marotaba katta-
lashtirib ko‘rsatilganligi kelib chiqadi.
Ko‘rish nayi
. Ko‘rish nayi dastaga biriktirilgan bo‘lib tagiga revol'ver joy-
lashtirilgan. Revolver ob'ektivini harakatga keltirish uchun ishlatiladi. Makrovintni
burash bilan ko‘rish nayini yuqoriga ko‘tarib yoki pastga tushirib ob'ektiv bilan
okulyar o‘rtasidagi fokus masofani to‘g‘rilab olish mumkin.
Buyum stolchasi
. Buyum stolchasi o‘rtasi teshik bo‘lib, bu teshikdan
preparatga yorug‘lik tushadi, stolchaning tagida teshikni katta-kichik qilib turadi-
gan diafragma, kondensor, joylashtirilgan. Buyum stolchasining pastki qismiga bir
tomoni botiq ikkinchi tomoni tekis bo‘lgan ko‘zgu o‘rnatilgan.
Ko‘zgu
. Ko‘zgu yorug‘likni ob'ektivga to‘g‘rilab, yig‘ib beradi.
Ko‘zguning tekis tomoni kuchsiz yorug‘lik beradi. Yorug‘lik
kuchli tushishi zarur
bo‘lsa, botiq tomonidan foydalaniladi. Mikroskop stolchasi ustiga ikkita tutqich
o‘rnatilgan bo‘lib, preparatni ushlab turish uchun ishlatiladi.
ISh TARTIBI.
Mikroskop tozaligi tekshiriladi. Mikrosopga yorug‘lik
tushadigan qilib, dastani ushlagich tomonini o‘ziga qaratib qo‘yiladi, yorug‘likni
ob'ektivga to‘g‘rilab, stolcha ustiga preparat qo‘yiladi. Makrovintni burab, ob'ek-
tivni preparatga yaqin tushiriladi va ko‘rish nayidan
qarab turib namunani
ko‘rinish darajasiga moslashtiriladi. Yorug‘lik kuchli bo‘lsa diafragma teshigini
kichraytirib yorug‘likni kuchsizlantiramiz. Tasvirni aniq ko‘rish uchun mikrovint-
dan foydalaniladi. Stolchaga qo‘yilgan buyum ravshan ko‘ringandan
keyin
mikroskopni qimirlatmasdan okulyardan qarab turib buyumning tasvirini daftarga
chizib olamiz.