PIGM
Е
NTLARNI ANIQLASh TARTIBI:
Lavlagi ildiz mevasidan yupqa kesikchalar tayyorlab, suvda yuviladi, uni
nina yordamida buyum oynasidagi suv tomchisiga joylanadi va qoplag‘ich oyna
yopib, oldin kichik ob'ektivda, keyin katta ob'ektivda ko‘rib tekshiriladi. Bunda
parenxima hujayralar qizg‘ish va binafsha rangli hujayra shirasi bilan to‘lgan
bo‘ladi. (Shirasining rangi antotsian pigmenti tufaylidir).
Hujayra shirasi tarkibida kristallar ham uchraydi. Bu kristallar mineral tu-
zlardan, oksalat kislotaning kal'tsiyli tuzidan iborat bo‘lib, o‘simlikni hayvon va
hashoratlar is'temol qilishdan saqlaydi. O‘simlik hujayrasida (kubik, prizma,
romb, trapetsiya shaklida), murakkab (druza) va ignasimon (rafida) kristallar
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |