Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/145
Sana16.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#375719
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
Bog'liq
Uchposobiye

UMUMIY TUShUNShA:
 O‘simliklarda hujayra har tomonga qarab 
bo‘linishi mumkin, buning natijasida yaxlit hujayralar to‘dasi hosil bo‘ladi. Hujay-
ralarning tuzilishi jihatidan o‘xshash, bir yoki bir necha xil funktsiyani bajaradigan 
guruhiga to‘qimalar deyiladi. 
Yuksak o‘simliklarning to‘qimalari ularni hosil qilgan hujayralarning 
shakli, kelib chiqish va funktsiyasi jihatidan ham juda xilma-xildir. To‘qimalar hu-
jayralarning shakliga ko‘ra bir biridan farq qiladigan ikki guruhga: parenximatik va 
prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi. To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra embrio-
nal- hosil qiluvchi va doimiy to‘qimalarga ajratiladi. Ildiz uchi yoki poyaning 
o‘suvchi nuqtasi ko‘ndalangiga kesib mikroskop ostida qaralsa, yadrosi yirik tez-
tez bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan bir xil hujayralar guruhini ko‘rish mumkin. 
Tez bo‘linuvchi hujayralarning bu guruhi hosil qiluvchi to‘qimalar hisoblanadi 
(meristema). 
Hosil qiluvchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi, 
o‘simlikda joylashish o‘rniga ko‘ra esa to‘rtga: apikal', interkalyar, yon meristema 
va yara meristemalariga bo‘linadi. 
Birlamchi meristema yoki hosil qiluvchi to‘qima hujayralari bir xil, paren-
ximali, yirik yadroli protoplazma bilan to‘lgan yupqa po‘stli hujayralararo 
bo‘shliqsiz bo‘ladi. Bu hujayra kuchli ravishda bo‘linish qobiliyatiga ega. Birlam-
chi meristemadan boshqa hamma to‘qimalarning boshlang‘ichi vujudga keladi. 
Ikki pallali o‘simliklarning poya va ildizlaridagi kambiy to‘qimasi poyaning 
yo‘g‘onlashishiga xizmat qiladi. Hujayralarning kuchli ravishda bo‘linish qobilyati 
umr bo‘yi saqlanadi. 
Ikkilamchi meristemaga bog‘lamlar va po‘kak kambiysi yoki fellogen kira-
di. Bog‘lamlardagi kambiy o‘simlik organlarining eniga o‘sishini ta'minlaydi. Fel-
logen ikkilamchi qoplovchi to‘qima peridermani hosil qiladi. 
Uchki apikal' meristema vegetativ novda va gul  hosil qiluvchi hamda ildiz 
uchki meristemalariga bo‘linadi. 
Yon meristemalarga ildiz va poya markaziy tsilindrining atrofida joylash-
gan peretsikl, prokambiy va kambiylar kiradi. 
Interkalyar meristemalar poya bo‘g‘in oraliqlarida, hamda bargda hosil 
bo‘ladi. Interkalyar meristemalarning o‘sishi hisobiga bo‘g‘im oralig‘i uzayadi. 
Yara meristemasi o‘simliklarning biror qismi zararlansa, shu erda bu meri-
stema hosil bo‘ladi. Yara meristemasi parenxima to‘qimalarining tirik hujayralari-
dan hosil bo‘ladi. 
G‘o‘za poyasi o‘sish nuqtasidagi meristemani o‘rganish. 


 32
ISh TARTIBI:
 Yosh g‘o‘za novdasini o‘sish nuqtasidagi barglari uzib tash-
lanadi va shu o‘sish nuqtasidan yupqa kesma tayyorlanib, bittasi buyum oynasidagi 
suv tomchisiga joylanib, usti qoplag‘ich oyna bilan bekitiladi. Bunga lupa yoki 
mikroskopning bir necha katta qilib ko‘rsatadigan obe'ktivi orqali qaraladi, hujayra 
yaxshi ko‘rinmasa, unga xlorogidrat tomiziladi. Xlorogidrat hujayra ichidagi 
moddalarni eritib yuboradi, eritma fil'tr qog‘oz bilan shimdirib olinadi. So‘ngra 
preparatga suv yoki glitserin tomizib tekshirilsa, poyaning o‘sish konusidagi hujay-
ralarning bo‘linishi va o‘sishi natijasida paydo bo‘ladigan do‘nboqcha ko‘rinadi bu 
do‘mboqqa boshlang‘ich bargdir. 
Poya va ildizning o‘sish konusidan yupqa kesma tayyorlab yoki doimiy 
prepartlarni mikroskop ostiga qo‘yib qaralsa, unda parenxima hujayralarining zich 
joylashganligini ko‘ramiz. Bu hujayralarning ko‘pida bo‘linish sodir bo‘ladi. 
Mikroskopda tekshirilayotgan o‘sish nuqtasining umumiy ko‘rinishi daftarga 
chizib olinadi. 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish