Toshkent davlat agrar universiteti botanikadan laboratoriya


-MAVZU: TSITOPLAZMADAGI ZAHIRA MODDALAR



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/145
Sana16.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#375719
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   145
Bog'liq
Uchposobiye

3-MAVZU: TSITOPLAZMADAGI ZAHIRA MODDALAR. 
 
MAVZUNING MAQSADI
. Uglevodlar, moylar, oqsillarning tsitoplazma-
da zahira moddalar sifatida to‘planishni o‘rganish. 
K
Е
RAKLI JIHOZLAR:
 mikroskop, lantset, pintset, pipetka, filtr qog‘oz, 
buyum va qoplag‘ich oynalar, suv, kaliy yod, lyugol eritmasi, kartoshka tuganagi, 
guruch uni, glitserin, sudan III eritmasi, osmiy kislotasi, kanakunjut urug‘i, 
bug‘doy doni, doimiy preparatlar. 
UMUMIY TUShUNShA.
 Hujayra protoplazmasi odatda yarim suyuq, ti-
niq va rangsiz moddadan iborat bo‘lib, yosh hujayraning barcha bo‘shlig‘ini 
to‘ldirib turadi, bir muncha keksa hujayralarda esa hujayra devorlari bo‘ylab joy-
lashib, o‘rtada qolgan bo‘shliqni protoplazma ingichka ip shaklida har tomonga 
kesib o‘tadi. Protoplazmada oqsil moddadan tashqari, hujayra hayot faoliyatining 
mahsuli bo‘lgan moylar (lipidlar), uglevodlar, alkaloidlar, glyukozidlar, oqsil 
moddalarning parchalanishi natijasida vujudga keladigan aminokislotalar, hamda 
har xil mineral moddalar bo‘ladi. Protoplazmaning ximiyaviy reaktsiyasi qizil 
lakmus qog‘ozini ko‘kartiradi. Hayotiy jarayonlar faol kechayotgan o‘simlik hu-
jayrasidagi protoplazmada 70-80% suv bo‘ladi, shuning uchun ham u suyuq shil-
limshiq shaklida bo‘lib, hujayradan hujayraga osmotik bosim ta'sirida o‘tadi. Tinm 
holatiga o‘tgan hujayra (tinch holatdagi urug‘da, lishaynik tallomida) protoplaz-
masida  10-15 % suv bo‘lib, quyuq cho‘ziladigan moddalarga aylanadi. Pro-
toplazmani sinchiklab tekshirganda, unda uchta qavat: tashqi qavat- plazmolemma, 
o‘rta qavat mezoplazma va ichki qavat –tonoplast borligini ko‘ramiz.  
Plazmolemma eng sirtqi tiniq qismi bo‘lib, hujayra po‘sti bilan chega-
ralanadi.  
Mezoplazma-protoplazmaning asosiy qismini tashkil etadi, unda barcha or-
ganoidlar joylanadi. Mezoplazma hujayra po‘stidan, plazmolemma, vakuoladan 
tonoplast bilan ajralib turadi. 
Tonoplast protoplazmaning nozik ichki pardasimon qavati bo‘lib, u 
vakuolani o‘rab turadi. 
Protoplastning hayot faoliyati natijasida hujayrada zahira oziq moddalar 
to‘planadi. Bular o‘simlikning nafas olish, rivojlanishi uchun zarur. Zahira modda-
lar o‘simliklarning ildiz poyalarida, tuganaklarida urug‘laridagi parenxima hujay-
ralarida 3 xil shaklda uglevodlar, moylar,oqsillar to‘planadi. 
Uglevodlar.
 Tsitoplazmada kraxmal (C
6
H
10
O
5
) shaklda vujudga keladi. 
Kraxmal tuxumsimon shakldagi rangsiz donachalardan iborat. Kraxmal tsel-
lyulozadan yod ta'sirida moviy va binafsha tusga kirishi bilan farq qiladi. Kraxmal 
qaynoq suvga tegishi bilan kleysterga aylanadi. Kraxmal suvda erimaydi, ammo 
hayvon so‘lagida bo‘ladigan pitialin fermenti hamda o‘simliklarda bo‘ladigan dia-
staza fermenti, ta'sirida qandga aylanadi. Kraxmal donachalari tuzilishi jihatidan 
oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy kraxmal donachalarining hosil qiluvchi markazi 
bitta bo‘ladi. Agar kraxmal donachalarining hosil etish markazi bir nechta bo‘lib, 
har biri o‘ziga xos qavat bilan o‘ralgan bo‘lsa yarim murakkab donacha deb ata-
ladi. 


 18
Oddiy kraxmal donachalarining tuzilishi ikki xil: ekstsentrik (kartoshkada) 
va kontsentrik (no‘xatda) bo‘ladi. 
Kartoshka tuganagidagi kraxmalni o‘rganish, preparat tayyorlash va kaliy 
yod ta'sirida kraxmal borligini aniqlash. 
ISh TARTIBI:
 Buyum oynasining o‘rtasiga bir tomchi suv tomiziladi, 
so‘ngra bitta kartoshka tuganagini ikkiga bo‘lib, lantset uchi bilan uning kesik 
joyidan ozgina qirib olib, buyum oynasidagi suvga aralatiriladi. Tomchi ustini 
qoplag‘ich oyna bilan yopib, oldin mikroskopning kichik ob'ektivida keyin katta 
qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali tekshiriladi. Bordi-yu preparat juda loyqalanib 
ko‘rinsa unga toza suvdan bir necha tomchi tomiziladi. Namuna kraxmal donacha-
larining ko‘pligidan loyqalanadi, donachalar qancha ko‘p bo‘lsa, loyqa shuncha 
quyuq bo‘ladi. Agar donachalar juda ko‘p bo‘lsa, ular bir-birining ustiga qavatma-
qavat joylashib, ko‘rish qiyinlashadi. Mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan 
ob'ektivi orqali tekshirilganda har xil kattalikdagi son-sanoqsiz kraxmal donachala-
ri ko‘rinadi, bular tuxumsimon va dumaloq shakllarda bo‘ladi. Kraxmal donachala-
rining kattaligi 30-45 mkmga teng. Kraxmalni mikroskopda tekshirishda uning bir-
biridan ajralib alohida yotgan yirikroq donachasi tanlab olinadi. Mikroskopni 
mikrovintini biroz orqaga yoki oldinga burash yo‘li bilan kraxmal donachasining 
ekstsentrik tuzilishda ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Ularning hosil qiluvchi markazi 
kraxmal donachasining bir tomonida joylashib, qavatlari undan kengaygan tomon-
ga tarqalgani ko‘rinadi. Kraxmal donachalarining qavatma-qavat bo‘lishiga sabab 
shuki, uning ichida bir tekisda tarqalgan suv bo‘lmaydi, ya'ni sersuv 
joyi(qoramtir), kamsuv joyi (ochiq) bo‘lib, galma-gal joylashadi. Yod eritmasi 
ta'sirida kraxmalni moviy tusga bo‘yalishiga e'tibor berish kerak.  
Sholi donidagi murakkab kraxmal donachalarini o‘rganish. 
ISh TARTIBI
. Guruch kraxmali o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, boshqa 
o‘simlik kraxmaliga qaraganda maydaroqdir. Guruch unidan kraxmal preparati 
tayyorlanadi. Buning uchun guruch unidan ozroq olinib buyum oynasidagi suv 
tomchisiga solinadi va usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi barmoq bilan oyna usti 
biroz bosib qo‘yiladi. Shu tartibda tayyorlangan preparatga mikroskop orqali qaral-
sa, bir-biri bilan qo‘shilib yoki ba'zan yakka-yakka ajralib turadigan son-sanoqsiz 
yassi donachalarni ko‘rish mumkin. Bu donachalarning o‘rtacha kattaligi 5-15 
mkm bo‘ladi. Bu kraxmal ham yod yoki kaliy eritmasi ta'sirida moviy tusga kiradi. 
Guruchning murakkab kraxmal donachalari mikroskopning katta qilib 
ko‘rsatadigan ob'ektivi ostida yaxshi ko‘rinadi. 
Oqsillar.
 O‘simlikda ko‘pincha aleyron yoki protein donachalar deb ata-
ladigan oqsil zahira moddalar uchraydi. Bu moddalar ayniqsa dukkakli o‘simliklar 
(mosh, loviya) kabi ekinlar urug‘ida ko‘p miqdorda, shuningdek g‘alla va boshqa 
o‘simliklar urug‘larida qisman bo‘ladi. G‘alla o‘simliklari donida aleyron donacha-
lari kraxmal donachalari orasida bir qavat hujayralarda joylashgan. Aleyron 
donachalar juda mayda, yaltiroq, dumaloq, yod ta'sirida sarg‘ish tusga kiradi. Shu 
xususiyati tufayli kraxmal donachalardan farq qilish oson, bu donachalar po‘st, 
globoit va kristalloiddan iborat. 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish