18
Oddiy kraxmal donachalarining tuzilishi ikki xil: ekstsentrik (kartoshkada)
va kontsentrik (no‘xatda) bo‘ladi.
Kartoshka tuganagidagi kraxmalni o‘rganish, preparat tayyorlash va kaliy
yod ta'sirida kraxmal borligini aniqlash.
ISh TARTIBI:
Buyum oynasining o‘rtasiga bir tomchi suv tomiziladi,
so‘ngra bitta kartoshka tuganagini ikkiga bo‘lib, lantset uchi bilan uning kesik
joyidan ozgina qirib olib, buyum oynasidagi suvga aralatiriladi. Tomchi ustini
qoplag‘ich oyna bilan yopib, oldin mikroskopning kichik ob'ektivida keyin katta
qilib ko‘rsatadigan ob'ektivi orqali tekshiriladi. Bordi-yu preparat juda loyqalanib
ko‘rinsa unga toza suvdan bir necha tomchi tomiziladi. Namuna kraxmal donacha-
larining ko‘pligidan loyqalanadi, donachalar qancha ko‘p bo‘lsa, loyqa shuncha
quyuq bo‘ladi. Agar donachalar juda ko‘p bo‘lsa, ular bir-birining ustiga qavatma-
qavat joylashib, ko‘rish qiyinlashadi. Mikroskopning katta qilib ko‘rsatadigan
ob'ektivi orqali tekshirilganda har xil kattalikdagi son-sanoqsiz kraxmal donachala-
ri ko‘rinadi, bular tuxumsimon va dumaloq shakllarda bo‘ladi. Kraxmal donachala-
rining kattaligi 30-45 mkmga teng. Kraxmalni mikroskopda tekshirishda uning bir-
biridan ajralib alohida yotgan yirikroq donachasi tanlab olinadi. Mikroskopni
mikrovintini biroz orqaga yoki oldinga burash yo‘li bilan kraxmal donachasining
ekstsentrik tuzilishda ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Ularning hosil qiluvchi markazi
kraxmal donachasining bir tomonida joylashib, qavatlari undan kengaygan tomon-
ga tarqalgani ko‘rinadi. Kraxmal donachalarining qavatma-qavat bo‘lishiga sabab
shuki, uning ichida bir tekisda tarqalgan suv bo‘lmaydi, ya'ni sersuv
joyi(qoramtir), kamsuv joyi (ochiq) bo‘lib, galma-gal joylashadi. Yod eritmasi
ta'sirida kraxmalni moviy tusga bo‘yalishiga e'tibor berish kerak.
Sholi donidagi murakkab kraxmal donachalarini o‘rganish.
ISh TARTIBI
. Guruch kraxmali o‘ziga xos shaklga ega bo‘lib, boshqa
o‘simlik kraxmaliga qaraganda maydaroqdir. Guruch unidan kraxmal preparati
tayyorlanadi. Buning uchun guruch unidan ozroq olinib buyum oynasidagi suv
tomchisiga solinadi va usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi barmoq bilan oyna usti
biroz bosib qo‘yiladi. Shu tartibda tayyorlangan preparatga mikroskop orqali qaral-
sa, bir-biri bilan qo‘shilib yoki ba'zan yakka-yakka ajralib turadigan son-sanoqsiz
yassi donachalarni ko‘rish mumkin. Bu donachalarning o‘rtacha kattaligi 5-15
mkm bo‘ladi. Bu kraxmal ham yod yoki kaliy eritmasi ta'sirida moviy tusga kiradi.
Guruchning murakkab kraxmal donachalari mikroskopning katta qilib
ko‘rsatadigan ob'ektivi ostida yaxshi ko‘rinadi.
Oqsillar.
O‘simlikda ko‘pincha aleyron yoki protein donachalar deb ata-
ladigan oqsil zahira moddalar uchraydi. Bu moddalar ayniqsa dukkakli o‘simliklar
(mosh, loviya) kabi ekinlar urug‘ida ko‘p miqdorda, shuningdek g‘alla va boshqa
o‘simliklar urug‘larida qisman bo‘ladi. G‘alla o‘simliklari donida aleyron donacha-
lari kraxmal donachalari orasida bir qavat hujayralarda joylashgan. Aleyron
donachalar juda mayda, yaltiroq, dumaloq, yod ta'sirida sarg‘ish tusga kiradi. Shu
xususiyati tufayli kraxmal donachalardan farq qilish oson, bu donachalar po‘st,
globoit va kristalloiddan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: