Yashil hududlar barpo etishda uch turdagi ko‘kalamzorlash-
tirish uslubi qabul qilingan:
muntazam, peyzaj va aralash
holdagi.
Muntazam uslubda - barcha ko‘kalamzorlashtirish element
lari va obyektlari muntazam yoki to‘g‘ri geometrik shaklga ega
bo‘ladi. Tashkil etiladigan gulzorlar aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak,
rombsimon,
uchburchak, yuraksimon va hokazo ko‘rinishda;
quriladigan yo‘laklar to‘g‘ri chiziq yoki yarim aylanasimon
shaklda bo‘ladi. Manzarali daraxtlar, butasimon o‘simliklar
turlari bo‘yicha va gullaming ekilish sxemalari rejaga kiritilgan
holatda qat’iy belgilab olinadi.
Ekilish sxemasiga muvofiq
ravishda, bir xil tur va o‘lchamdagi manzarali daraxtlar, butalar
va gul o‘simliklari tanlanadi. Eng asosiysi, ko‘kalamzor-
lashtirishda o‘simliklar dunyosining
navbatma-navbat gullar
to'lqinini namoyon qilishi e’tiborga olinadi. Agar gullaming
rangi biri ikkinchisini toTdirib yoki orttirib ko‘rsatsa, u inson
tomonidan yaxshi qabul qilinadi (yashil-qizil, havorang-to‘q
sariq). Qizil to‘q sariq va sariq ranglar - issiq, yorqin ranglar va
uzoqdan yaxshi ko‘rinadi, yashil, havorang va binafsharang
sovuq, xira va biroz masofada mavhum bo‘lib qoladi,
atrofdagi
fonda yutilib ketadi. Oq rang boshqa hamma ranglar bilan mos
keladi. Kumushrang va kulrang o‘simliklar markazlashgan rang
hisoblanadi. 0 ‘simliklarda ranglar majmuasi quyidagicha
tartibda bo‘lishi mumkin:
1. Kontrast, ya’ni qarama-qarshi ranglami joylashtirish.
Qizil-yashil, havorang-to‘q sariq, sariq-binafsharang.
2. Garmonik. Ranglar navbatma-navbat joylashtiriladi.
Qizil-sariq, to‘q sariq-yashil, sariq-ko‘k, yashil-havorang.
3. Disgarmonik. Ranglar yonidagi
boshqa ranglar bilan
joylashtiriladi:
qizil-to‘q
sariq-yashil-ko‘k-havorang-binaf-
sharang.
4. Nyuans. Bir xil rangning och rangidan to‘q rangigacha;
och qizildan to‘q qizilgacha, havo rangdan to‘q ko‘k rang
ko‘rinishigacha davom etadi.
Peyzaj uslubi ko‘kalamzorlashtirilayotgan hududning may
doni bir-biridan farqli bo‘lgan uchastkalarga bo‘linishi bilan
farqlanadi: bir xil simmetrik bo‘lmagan
holdagi maydonlarga
36
bo‘linishi, daraxtlar, butalar va gullami erkin holatda, tartib
bilan
ekib borish, ko‘rkam ko‘rinishdagi suv havzalari barpo
etish bajariladi. Peyzaj uslubida hududning elementlari nosim-
metrik tarzda joylashtiriladi. Masalan, Toshkent shahridagi
Mirzo Ulug‘bek, G‘afur G‘ulom istirohat bog‘lari va “Shahidlar
xiyoboni”dagi suv havzalarini bunga misol qilib ko‘rsatishimiz
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: