5.1-rasm. Gulzor va manzarali daraxtiaming uyg‘imlashgan
holdagi kompozitsiyasi.
Rang bo‘yicha ma’lum kompozitsiyani yaratishda quyidagi
ranglar majmuasi qo‘llanadi:
a) kontrastli: dumaloq shakldagi gulzorda bir-biriga
qarama - qarshi joylashgan, ya’ni
qizil yashil bilan; to‘q sariq
havorang bilan, sariq binafsha rang bilan;
b) garmonik: dumaloq gulzorda bittadan keyin joylashgan,
ya’ni qizil sariq bilan; to‘q sariq yashil bilan; sariq havorang
bilan;
yashil binafsharang bilan, havorang qizil bilan va shu
ranglaming majmuasi jigarrang bilan;
v) disgarmoniyali: aylana shaklidagi gulzorda yonma - yon
joylashgan, ya’ni qizil to‘q sariq bilan; to‘q sariq sariq bilan;
sariq yashil, havorang bilan;
havorang binafsharang bilan, bu
joylashuv chiroyli emas va ulami alohida holda qo‘llash tavsiya
etilmaydi, balki markazlashgan ranglar bilan birga qo‘llaniladi:
g) nyuansli: bir rangning har xil ko‘rinishda bo‘lishi: atirgul,
ochqizildan to‘q qizilgacha; havorang: och havorangdan to‘q
havoranggacha.
40
Klumbalar: shakli deyarli bir xil o‘lchamda, turli perpen-
dikulyar yo‘nalishda, geometrik tugallangan kontur shaklida
boMadi. Boshqacha qilib aytganda, gulzor - bu jimjimador gulli
jo ‘yak, barcha yo‘nalishlarda deyarli bir xil o‘lchamga ega.
Klumbalar atrofidagi maysazor yoki yo‘lakchalardan
yuqoriroq
qilib hosil qilinadi va manzarali o‘simliklar ekiladi. Klumbalar,
odatda, maysazor fonida joylashtiriladi, ochiq maydonlarda esa
ulaming chetlari chim - ajriq bilan hoshiyalanadi. Maysazordagi
gulzorlar bir vaqtning o‘zida gulzor qismi yoki uning markazi
bo‘lishi yoki parterda markaziy holatni egallashi mumkin.
Klumbalar shakli bo‘yicha yumaloq, kvadrat, to‘g‘riburchak,
cho‘zinchoq, yulduzsimon va boshqacha ko'rinishlarda bo‘ladi.
Gulzorlar o‘lchamining kattaligi turlichadir: 0,75 sm dan
7 m gacha, hatto, diametri 20 m bo‘lishi ham mumkin, lekin 4 m
dan 6 m gacha bo‘lgan o‘lchamdagilari eng ko‘p tarqalgan.
Klumbalar yuzasida uning markaziy qismi biroz balandroq , 5 -
10°
ga qiya qilinadi, ya’ni yuza radiusining har bir uzunasiga
o‘lchangan metrida 5-15 va undan ko‘proqqa ko‘tariladi.
Markaziy qismi balandroq gulzorlarda gullar juda yaxshi
ko‘rinadi va suvning turib qolishi bo‘lmaydi. Juda baland yoki
yer yuza qismiga «yopishtirilgan» gulzorlar noqulay bo‘ladi,
chunki sug‘orish va yomg‘ir suvlaridan tuproq yuvilib ketishi
mumkin, bunday gulzorlar tezda qurib qoladi. Klumbalaming
eng katta balandligi 50 - 80 sm, asosiy ko‘rinishi
maysazor-
lardan 8 - 10 sm baland bo‘ladi va chetlari ajriq yoki 25 - 50 sm
kenglikdagi maysazor ekinlarining aralash urug‘ini sepish bilan
hoshiyalanadi. Markazga nisbatan unchalik do‘ng bo‘lmagan
gulzorlaming markaziy qismiga balandroq, chetlariga esa past
bo‘yli o‘simliklar ekiladi. Aks holda, gulzorlaming markaziy
qismini ko'rish mumkin bo‘lmay qoladi.
0 ‘simliklaming qaysi guruhga mansubligiga ko‘ra, klumba
lar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Gilamli, ya’ni past bo‘yli, gullovchi yoki
manzarali turli
xil o‘simliklar ekilgan klumbalar. 0 ‘simliklami bir xil
41
balandlikda saqlash, ulaming ko‘rinish shaklini ta’minlash
uchun ulami o‘z vaqtida kesib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: