Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich



Download 12,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/99
Sana15.06.2022
Hajmi12,21 Mb.
#672154
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99
Bog'liq
bogdorchilik

Qayin (Betula)
Bu turkumning vakillari daraxt va buta o‘simliklardir. 
IJlarning tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i silliq, oq va jigarrang 
bo‘lib, yupqa po‘st tashlab turadi. Tanasining tubidagi po‘stlog‘i
165


bo‘yiga, ingichka yoriladi, rangi qorayadi. Kurtak va barglari 
navbat bilan joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez 
to‘kiladigan yonbargchalari bor, kuzda to‘kilib ketadi. Barg 
plastinkasi butun, yumaloq va lanset shaklida, cheti tishchali
patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt. Erkak gullari 
kuzda hosil bo‘ladi, ular silindrsimon kuchala bo‘lib, shoxining 
uchida bittadan joylashadi. Urg‘ochi gulli kuchalalari erta 
bahorda kalta novdalar qo‘ltig‘ida 2 ta yoki 4 tadan bo‘lib 
rivojlanadi.
Qayin erta bahorda gullaydi va shu paytda barg ham yozadi. 
Shamol vositasida changlanadi. Mevasi yetilganda o‘rama 
tangachasi dag‘allashadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oqcha bo‘lib, 
bo‘yi 1-5 mm keladi, yassi, ikki qanotchali. Kuchalasi 
yetilganda mevasi sochilib ketadi va shamol vositasida tarqaladi. 
Ildizi yuzaki joylashadi. To‘nkasidan ko‘karadi, katta yoshida 
bu xususiyati yo‘qoladi. Qayin 40 yoshgacha yaxshi o‘sadi, 
so‘ng o‘sishi susayadi. U 100-120 yil yashaydi. Turkumning 
100 dan ortiq turi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi MDH da uchraydi. 
Ular tundra zonasidan dasht zonasigacha tarqalib, katta-katta 
o‘rmonzorlar hosil qiladi.
Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib, mexanikaviy xususiyatiga 
ko‘ra emanning yog‘ochidan qolishmaydi. Yog‘ochining 
tevaragi oq-sariq yoki oq-qizg‘ish rangda, mexanikaviy 
xususiyatlari yuqori, qattiq, bukiluvchan, bir xil tuzilgan. Undan 
faner, miltiq qo‘ndog‘i tayyorlanadi, bochka, g‘ildirak kegayi, 
shoti va boshqalar yasaladi. Qishloq xo‘jaligi mashinasozligida, 
mebel ishlab chiqarishda ham keng qo‘llaniladi. Undan pista 
ko‘mir tayyorlanadi va o‘tin sifatida foydalaniladi.
U ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli da­
raxt. 0 ‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. 0 ‘zbekistonda ikkita 
qayin turi tarqalgan.

Download 12,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish