3. Jahon mamlakatlari sug‘urta tizimi va uning xususiyatlari.
Sug‗urta bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko‗lami va barcha jahon
mamlakatlari miqyosida qo‗llaniladi. Jahon sug‗urta bozori o‗z tarkibiga
rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug‗urta kompaniyalaridan tashkil topgan
bo‗lib, jahon miqyosida markaziy jahon sug‗urta tashkiloti huquqiy jihatdan bir
butun assotsiatsiya sifatida shakllanmagan bo‗lsa ham, lekin Yevropa miqyosida
bunday yuridik assotsiatsiya mavjud. Bular tomonidan birgalikda qator umumiy
qonunlar qabul qilingan.
Bunday assotsiatsiyalarning xizmati faqat huquqiy tomondan amalga
oshirilmasdan, balki iqtisodiy jihatdan ham amalga oshirilmoqda. Bunday
assotsiatsiyalarni shakllanishida qayta sug‗urtalash muhim rol o‗ynamoqda. Bitta
ma‘ruzada bunday sug‗urta birlashmalarining barcha xillari haqida ma‘lumot
berish mumkin emas, shu sababli ayrim mamlakatlar sug‗urta tizimlari haqida,
asosan ularni tashkiliy tomonlari, boshqarish usullari bilan tanishtiriladi.
AQSh sug‘urta tizimi
AQSh sug‗urta biznesi uslubiy jahatdan Buyuk Britaniyadan keyin rivojlangan
bo‗lsa ham, jahon miqyosida tutgan o‗rni jihatdan tengi yo‗q hisoblanadi. Uning
sug‗urta monopoliyalari rivojlangan industrial mamlakatlar sug‗urta bozorining
taxminan 50 %ini nazorat qiladi. AQShda 8000 dan ortiq mulk va 2000ga yaqin
hayotni sug‗urtalash kompaniyalari amal qiladi.
AQSh sug‗urta tizimining o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki, mamlakat
miqyosida yagona birlashgan markaziy sug‗urta boshqarmasi bo‗lmasada,
sug‗urtani boshqarish har bir shtat miqyosida tashkil qilingan, har bir shtat o‗zining
sug‗urta qonunlariga ega.
AQSh sug‗urta tizimining birinchi xususiyati shundan iboratki, AQShda 3 xil
sohadagi sug‗urta mavjud. Bularning birinchisi - bikifitlar (hayot sug‗urtasi) bu
sug‗urta faqat shaxsiy sug‗urtadan iborat bo‗lmasdan, tibbiy sug‗urta, omonatlar,
pensiya sug‗urtasini ham qamrab oladi.
Ikkinchisi - tijorat sug‘urtasi hisoblanadi. Bu keng ko‗lamda tashkil qilinadi.
Uchinchisi - fuqarolarning shaxsiy mulk sug‘urtasi. Sug‗urta xillarining umumiy
ko‗lami xaqida gapirganda barcha sug‗urta kompaniyalarining aktivlari 1,6 trl.
dollar hisoblanib, har bir kompaniya bo‗yichi o‗rtacha 950 mln. dollarni tashkil
qiladi. Bular orasida 12 yirik sug‗urta kompaniyasi bo‗yicha aktivlar 45 mlrd.
dollarga teng keladi. Barcha sug‗urta kompaniyalarining faoliyati 3 konsalting
kompaniyasi tomonidan tahlil qilinadi.
Bu tahlilda to‗lanadigan qoplama, daromadalar va foyda koeffitsienti, debitor
qarzlari markaziy o‗rin tutadi.
Ikkinchi xususiyati shundan iboratki, sug‗urta kompaniyalarining obro‗si
yuqori bo‗lganligi sababli pensiya ta‘minotini boshqarish ularning ixtiyoriga
berilgan. Pensiya fondlarini boshqargani uchun sug‗urta tashkilotlari tegishli
xizmat haqi oladilar. Bundan tashqari, o‗z mablag‗laridan investitsiya
maqsadlarida foydalaniladi.
Uchinchi xususiyati shundan iboratki, sug‗urta kompaniyalari Amerika sanoat
kompaniyalari bilan birgalikda ishlaydilar. Tashkiliy jihatdan sug‗urta ishlari
aksionerlik jamiyatlari va hamkorlikda sug‗urtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish
olib boradilar. Ularning asosiy vazifalarini anderrayterlar va sug‗urta brokerlari
amalga oshiradilar. Masalan, Purdenshnl jamiyatida 22 ming sug‗urta brokeri
xizmat qiladi. Steyd, Signa, Amerikan interneyshnl grupp (AIG) kabi sug‗urta
kompaniyalari jahon miqyosida faqat sug‗urta operatsiyalarinigina emas, balki
kredit, hisob-kitob operatsiyalarini ham boshqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |