Ishning obyekti
–Salavkiylar davlati haqida umumiy tushunchalar.
Ishning predmeti
–Salavkiylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy
madaniyatini o’rganish jarayonlari.
5
Ishning maqsadi
– Salavkiylar davlatining tashkil topishi,ijtimoiy hayoti va
madaniyatini o’rganish.
Ishning vazifasi
– Yuqoridagi kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan holda
quyidagi vazifalar o’rganiladi:
-
Salavkiylar davlatida davlat tuzimida olib borilgan ishlarni
o’rganish
-
Salavkiylar davlatida dexqon ho’jaligida olib borilgan ishlar va
ularni o’rganish
-
Salavkiylar davlatining ijtimoiy va siyosiy hayotini o’rganish
Ishning
nazariy-metodologik
asoslari:
Salavkiylar
hukmronligida
qandaydir muxtoriyatga ega boʻlganidan dalolatdir. Baqtriya, Soʻgʻdiyona va Oʻrta
Osiyodagi boshqa viloyatlarning iqtisodiy hayoti Salavkiylar davlatining gʻarbiy
viloyatlaridagidan ancha farq qilgan.Shuning uchun salavkiylar davlati ko’p
jihatdan rivojlangan davlat hisoblangan.
Ishningning nazariy va amaliy ahamiyati:
Ushbu kurs ishi tarixda
Salavkiylar davlatini o’rganishga bag’ishlanadi.
Salavkiylar kimlar bo’lgan va ularni davlati qanday tashkil topganligini
o’rganishga bag’ishlanadi.
Salavkiylar davlatida aholining madaniy hayoti, dehqonchilik hpo’jaligida
olib borilgan ishlarini o’rganishga bag’ishlanadi.
6
I-BOB. SALAVKIYLAR DAVLATI TASHKIL TOPISHI VA
IJTIMOIY TUZUMI
1.1.
Salavkiylar davlati tashkil topishi
Mil.avv. 323 yilda Aleksandr Bobilda to‘satdan vafot etdi. Uning vafot etishi
bilanoq davlatdagimarkazdan qochuvchi kuchlarning harakatlari faollashuvi
natijasida Aleksandr tuzgan davlat parchalanib uning o‘rniga nisbatan
barqarorroq bo‘lgan davlat uyushmalari paydo bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki,
Aleksandr davlatining parchalanishi va uning xarobalarida yangi davlatlar
tizimining paydo bo‘lishi tinchlik yo‘li bilan emas balki, Aleksandrning
Makedonskiyning Yaqin sarkardalari – diadoxlar o‘rtasidagi tinimsiz urushlar
tufayli bo‘lib o‘tdi. Diadoxlar o‘rtasida 40 yildan ziyodroq davom etgan jangu-
jadallar natijasida Aleksandr mulklari bo‘lib olinadi.Bu paytda Yunonlar va
makedonlar O‘rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi qatlamlarini tashkil etar
edilar. Aleksandr vafotiga qadar Barqtriya va So‘g‘diyona satrapi asli
makedonlardan bo‘lgan Filipp edi. Undan keyin esa bu hududlar asli Kipr orolidan
bo‘lgan Yunon Stasanor qo‘l ostiga o‘tadi. Bu paytda ikki diadox – Evmen va
Antigon Aleksandr davlatining asosiy erlarini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro
kurashayotgan edilar. Filippning katta qo‘shinlari bilan yordam bergani
tufayli Antigon Aleksandr davlatining katta qismiga hukmronlik o‘rnatishga
muvaffaq bo‘ldi. Ammo, uning bu hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi.Aleksandr
Makedonskiy mulklariga egalik qilish shu bilan yakunlandiki, mil.avv. 306 yilda
nisbatan kuchli bo‘lgan diadoxlar – Antigon Birko‘zli (Odnoglazыy), Demetriy
Poliorket, Ptolomey Lag, Lazimax, Salavka, Kassandrlar o‘zlarini podsho deb
e’lon qildilar hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida o‘z davlatlarini barpo
etishni ma’lum qildilar. SHu tariqa tarix sahnasida G‘arb va Sharq an’analarini
uyg‘unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo‘ldi. Ana shunday yirik davlatlardan
biri-Salavkiylar davlati edi.O‘zining eng gullab – yashnagan davrida bu davlat
ilgari Aleksandr saltanatiga kirgan katta hududlarni egallab, g‘arbda Egey
dengizidan Sharqda Hind subkontinentigacha cho‘zilgan hamda Kichik Osiyoning
janubiy qismini, Suriya, Shimoliy Mesopotamiya, Bobil, Eron, O‘rta Osiyoning
janubiy viloyatlari va Afg‘onistonning katta qismini o‘z ichiga olgan edi. Bu
ulkan davlatning asoschisi – dastavval Aleksandrning tansoqchisi, keyinroq
yirik sarkardasi bo‘lgan Salavka edi.Yunon tarixchisi Pompey Trogning
yozishicha, «Salavka ba’zi bir o‘lkalarni muzokaralar yo‘li bilan egalladi, ammo
Baqtriya, Parfiya, Sug‘d erlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og‘ir janglar
olib borishiga to‘g‘ri keldi». Bu ma’lumotni qadimgi tarixchi Arrian ham
tasdiqlaydi. Ya’ni u shunday xabar beradi: «Salavka I baqtriyaliklar, Sug‘diylar,
7
parfiyaliklar va girkaniyaliklar bilan ko‘p urushlar olib borgach, ular erlariga
hukmronlik qila boshladi». Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyo erlarining
Salavka tomonidan bosib olinishi mil.avv. 306-301 yillarga to‘g‘ri keladi.Ammo,
Hindistondagi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli bu hududlardagi yurishlar Salavkiylar
foydasiga hal bo‘lmadi. Mil.avv.IV asrning oxirlarida bu yerdagi Chandragupta
asos solgan kuchli Maurya davlati Salavkaga qattiq qarshilik ko‘rsatiganligi
sababli Salavka sulh tuzishga mavjudd bo‘ldi.Uning Hindistondagi mag‘lubiyati
salavkiylarning O‘rta Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarni darajada salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Bu holat bu erda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholining ko‘p sonli qo‘zg‘olonlari bu
kurashlardan dalolat berdi. Ular salavkiylarning tayanch nuqtalari bo‘lgan
Marg‘iyonadagi Aleksandriya (Mari atroflari) va Aleksandr Esxata (Chekkadagi
Aleksandriya, Xo‘jand atroflari)ni vayron etadilar. Tadqiqotchilarning fikricha, bu
kurashlar natijasida yirik etnik ko‘chishlar bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin. Xullas,
salavkiylar hokimiyatniegallagan paytdayoq ularning O‘rta Osiyodagi ahvoli
tahlikali edi. Aynan shu sababli O‘rta Osiyo viloyatlari erlaridan mahrum
bo‘lishidan qo‘rqib ketgan Salavka I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy
noiblik (satraplik)larni ta’sis etgan edi.Mil.avv.293 yilda Salavka I o‘g‘li Antiox I
ni Sharqiy satrapliklarga, Ya’ni, O‘rta Osiyo viloyatlariga o‘zining noibi etib
tayinlaydi. Antiox I vayron etilgan qal’alarni tikladi, yirik va qalin devor
(Marg‘iyona devori) bunyod etdi, qo‘zg‘olonlarni bostirdi. U salavkiylar qudratini
namoyish etish maqsadida atrof o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy
yurishlar uyushtirdi. Antiox I tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy-siyosiy va
diplomatik tadbirlar tufayli O‘rta Osiyodagi salakiylarga qarshi harakatlar
bostirildi.O‘rta Osiyo viloyatlari salavkiylar davlati siyosiy tarixida etakchi
o‘rinlardan birinchi egallaydi. O‘zining uzoq yillik hukmronligi davrida
(mil.avv.293-261 yy.) Antiox I G‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan
shuhrat qozondi. U o‘z davlatining Sharqiga, jumladan O‘rta Osiyo erlariga kam
e’tibor qaratdi. Bu paytda O‘rta Osiyo viloyatlarida iqtisodiy o‘zgarishlar yuz
berdi. Ancha tinch hayot boshlanib qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-
sotiq, anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo‘lishiga
qaramay, O‘rta Osiyo viloyatlari ular davlatining eng muhim qismi edi. O‘rta
Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, salavkiylar bu hudud
bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llari bo‘yida Shaharlar va qishloqlar qurdirib ularda
hunarmandchilik, o‘zaro almashinuv va savdo-sotiqni rivojlantirganlari bejiz emas
edi.Salavka I va Antiox I (mil.avv. 281-261 yillar mustaqil) hukmronligi davrida
Salavkiylar davlati siyosatining asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. Salavkiylar uchta
mintaqada – Janubiy Suriya, Kichik Osiyo va Sharqda faol tashqi siyosat olib
borishga majbur bo‘lgan edilar. Janubiy Suriya va Kichik Osiyo uchun
Ptolemeylar (Ptolomey Lag asos solgan O‘rta er dengizining Sharqidagi davlat
sulolasi) bilan tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. Chunki bu hududlarda muhim
8
savdo yo‘llari tugab, gullab-yashnagan port- Shaharlar mavjud edi. Kichik
Osiyoning Yunon Shaharlari ham muhim ahamiyatga ega edi.Sharqiy viloyatlarda
xususan, O‘rta Osiyodagi ahvol birmuncha murakkabroq vaziyatda edi.
Birinchidan, bu hudud boshqaruv markazlaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lib,
bu viloyatlar bilan aloqa qilishda qiyinchiliklar mavjud edi. Ikkinchidan,
Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan ko‘chmanchilarning doimiy
xavfi mavjud edi. Mil.avv. III asrdan boshlab ko‘chmanchilarning
ko‘chishlari
boshlanishi
natijasida
chegaralardagi
bu
xavf
yanada
kuchayadi.Davlatning nihoyatda katta hududlarni qamrab olganligi ayrim hollarda
ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Manbalarning guvohlik
berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida kabilalar, Yunon
polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat
olib borishga harakat qilganlar.
Har qaysi satrapiyani podsho tomonidan tayinlanib qo‘yilgan satrap yoki
strateg mansabidagi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular
ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvni qo‘lga olganlar. Satrap-strateg ma’muriy
boshqaruvda eng Yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi
soliq yig‘uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo‘jalik hayotini nazorat qilib
borgan.Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari Yunoncha nomda
(Stratonik, Aleksandr, Gieraks, Antiox va boshqalar) tilga olinadi. Demak,
salavkiylar hukmdorlari asosan Yunonlardan va ayrim hollarda ellinlashgan
mahalliy zodagonlardan tayinlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, O‘rta Osiyoda
Yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan Yunon zodagonlari bilan birga
mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilar edilar. Salavkiylar hokimiyati O‘rta
Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan
edi.Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Parfiya hududlarida
ko‘p aholili Shaharlar ko‘p edi. Maroqand, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi
Shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan
topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari
rivojlanganligidan dalolat beradi.Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki
elatlardan iborat bo‘lmay, ko‘pdan ko‘p etnik guruhlarni harbiy yo‘l bilan
birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha
siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lib, bu
holat davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ahamoniylar davlatida
bo‘lgani kabi salavkiylar davlatida ham ko‘pgina davlat ishlarini olib boruvchi
devonxona mavjud bo‘lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat-hujjat
ishlarining boshlig‘i lavozimi haqida ma’lumotlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |