Toshkent-chirchiq davlat pedagokika instituti ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana11.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#775322
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'lmasov Komilxon

 
 



1.2. Salavkiylar ijtimoiy tuzumi va uning bosqichlari 
 
Millodan avalgi 323-yilda Makedoniyalik Iskandarning vafoti dan so’ng, 
taxt vorisligiga davogar shaxs yo’q edi. Aleksandr vafotidan so’ng to’rt oy o’tgach 
uning xotini Roksana o’g’il farzand ko’radi. Unga Aleksandr deb ism 
qo’yadilar.Kichik Aleksandr sharqiy viloyatlar hukmdori etib tayinlanadi. 
Hukmdor hali yosh bo’lganligi sababli bu viloyatlarga rahbarlik qilish 
qo’mondonlardan Perdikka va Antipatr zimmasiga yuklanadi. Ammo toj-taxt 
uchun olib borilgan kurash yosh go’dakni ham omon qoldirmaydi.Taxt uchun 
kurashda Aleksandr lashkarboshlari o’rtasida kurash avj olib ketadi, Aleksandr 
lashkarboshilarining birontasi ham yorqin g’alabaga erisha olmaydi.Buning ustiga 
Aleksandr vafotidan habar topgan xalqlar ozodlik kurashiga otlanadilar. Natijada 
miloddan avvalgi 301-yilda Frigiyaning Ips deb atalgan joyida Aleksandr 
lashkarboshlari o’rtasida yuz bergan qonli janglar oqibatida Aleksandr saltanati 
uch mustaqil davlatlarga bo’linib ketdi: Misr, Makedoniya va Suriya ya’ni 
Salavkiylar davlatiga bo’linib ketdi. Makedoniya IV asrning oxiri, III asrning 
o’rtalarida Baqtriyada Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan 
biri Salavka asos solgan Salavkiylar davlati tarkibiga kirar edi. Millodan avvalgi 
312-yilda Salavka atrofidagi sarkardalar bilan qattiq kurash olib borib, 
Vaviloniyaga ega bo’ldi, va shu yili Bobilni bosib olib, Bobilda o’z hukmronligini 
mustahkamlab, Bobil davlati hukmdori bo’ldi. Shundan so’ng Salavka sharqiy 
satrapliklarni ham egallaydi. U tez orada o’z yerlarini Sirdaryo va Hind daryolari 
qadar kengaytirdi. Bu masalada Salavka bilan Nikanor o’rtasida kurash 
kuchayadi.Nikanor, birinchi jangdayoq mag’lubiyatga uchraydi. Salavka miloddan 
avvalgi 311-302-yillarda boshqa satraplar bilan jang olib boradi va sharqda o’z 
hukmronligini mustahkamlaydi. U bir necha yil davomida urushlar olib borib, 
davlat chegaralarini G’arbga va Sharqga tomon kengaytirib E’ron va Markaziy 
Osiyo xududlarini ham bosib olishga erishdi. Salavka davlati tarkibiga 
Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona kirgan. 
Miloddan avvalgi 302-yildagi Suriya, Kichik Osiyo va Mesopatamiya 
viloyatlari uchun Salavka bilan Antigon o’rtasidagi jang bir yilga cho’ziladi, bu 
jang Salavkaning yorqin g’alabasi bilan yakunlanadi. Ana shu tariqa Iskandar 
saltanatining katta qismi Salavka qo’li ostida birlashadi. U mustaqil siyosat olib 
bordi, satrapliklarni maydalab yubordi, ularni sonini 72 taga yetkazdi. Salavkaning 
maqsadi satrapliklarning qudratini pasaytirish va ular ustidan hukmronlikni 
kuchaytirishdan iborat edi. Ammo Salavka I ning o’g’li Aktiox I davrida 
satrapliklar yana yiriklashtirildi. 
Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka o’z poytaxtini Bobildan Suriyaga — 
Antioxiyaga ko’chiradi. 


10 
Satraplar qo’lida katta hokimiyat bo’lgan, ammo ularda oliy harbiy 
hokimiyat yo’q edi.Oliy harbiy hokimiyat markaziy hukmdor podshoh ixtiyorida 
bo’lgan.Bumarkaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlash uchun zarur edi.Ammo 
bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda keyinchalik buzilgan bo’lsa-da, g’arbiy 
viloyatlarda saqlangan edi. 
Salavkiylar hokimiyatni Sharqdagi harbiy manzilgohlarda joylashgan 
yunon-makedon qurol -aslahalar bilan qurollangan, mahalliy xalqlarni vakillari 
harbiy kuchlariga tayangan edi.Yunon-makedon hokimiyatini mustahkamlash 
maqsadida Sharqda ko’plab harbiy tayanch nuqtalarni barpo etish Iskandar davrida 
boshlangan edi. 
Salavkiylar o’zlariga tobe o’lkalarda g’oyat qattiq qo’llik siyosatini olib 
borganlar. Agar Aleksandr qaram yerlariga axoliga nisbatan, murosasozlik yo’li 
bilan ham siyosat yurg’izgan bo’lsa, Salavkiylar aksincha mahalliy axolini, uning 
madaniyatini umuman inkor etish, noiblarni faqat yunonliklar orasidan tayinlash, 
mahalliy boshqaruvda ko’plab harbiy istexkomlar, inshootlar qurib, harbiy kuch 
orqali axolini bo’ysindirib turish tadbirlariga zo’r berganlar.Aleksandr yunon va 
mahalliy madaniyatlarini o’zaro uyg’unlashtirishdagi say harakatlari bo’lganini 
bilgan holda, Salavkiylar aksincha tobe xalqlar orasida faqat yunon madaniyatini 
targ’ib etishni vazifa deb bilganliklarini qayd etish lozim. 
Iskandar, O’rta Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi.Salavk I Nikotar asos 
slogan 75 ta shahar Salavkiylar davlatining asosiy tayanchi bo’lgan.Salavkiylar 
davlati satrapliklarga bo’lingan, tobe o’lkalarni satraplar (noiblar) orqali 
boshqargan. Starteglar sobiq lashkarboshilardan tayinlangan bo’lib, ular davlat 
mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan shug’ullangan. Yunon tarixchisi 
Pomkey Trogning yozishicha, Salavka ba’zi joylarni muzokaralar yo’li bilan 
egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, So’g’d yerlarida u qattiq qarshilikga uchradi va 
og’ir janglar olib borishga to’g’ri keldi. Malum bir vaqt o’tgach taxminan mill. 
avv, III asr o’rtalarida Baqtriya Salavkiylar saltanati tarkibidan ajralib chiqishga 
muvaffaq bo’ladi.Markaziy Osiyo janubiy viloyatlarni Salavkiylar tomonidan 
bosib olinishi millodan avvalgi 306-yilga to’g’ri keladi. Bu davrda qishloq 
ho’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq ancha rivojlangan.Bu hududlarda 75 ta 
shahar qurilgan. Antiox davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar oltin , 
kumush, mis drham va tetradrhamlar (pul birligi) zarb qilingan. Ellinlashtirish 
jarayoni boshlanadi. Ellinlashtirish – Sharqga yunon madaniyatining 
yoyilishi 
jarayoni
, aralash madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil 
topish jarayonidir. Markaziy Osiyodagi viloyatlar Salavkiylar davlati siyosiy 
tarixida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.Salavka Iskandar davrida 
Spitamenning qizi Apamaga uylanadi. Qarindoshchilikni hisobga olibmi, yoki 
boshqa maqsadni nazarda tutibmi, Salavka millodan avvalgi 293-yilda o’g’li 


11 
Antiox I ni Parfiya, Marg’iyona, So’g’diyona, Baqtriya ya’ni Sharqga, Markaziy 
Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. Bu viloyatlar Salavka davlati iqtisodiyotida 
katta o’rin tutar edi.Xorazm Salavkiylarga bo’ysunmagan.Iskandar davrida ham 
Xorazm o’z mustaqilligiga ega bo’lgan.Antiox Spitamenning qizi Apamadan 
tug’ilgan edi.Salavkaning to’ng’ich o’gli ham bo’lgan. Salavk va Antiox O’rta 
Osiyoda o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan. Yunon 
muarrixlari Salavka I va Antioxlar O’rta Osiyoga juda katta e’tibor berganliklarini 
yozadilar. Ko’plab qal’a va shaharlar barpo etilgan va ular asosan greklar bilan 
to’la bo’lgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Salavka 75 ta shahar qurdirgan.Eng olis 
shaharlardan biri Yaksart ortida joylashgan Antioxiya shahri bo’lgan.Taxminlarga 
ko’ra, mazkur shahar hozirgi Toshkent viloyati hududida, yoki Fag’ona vodiysida 
joylashgan.Eramizdan avvalgi III asrning 60-yillariga qadar Baqtriyada 
Salavkiylarning zarbxonasi saqlanib qolgan. Bu zarbxonada oltin va kumush 
tangalar zarb etilgan. Baqtriya, So’g’duyona va O’rta Osiyodagi boshqa 
viloyatlarning iqtisodiy hayoti Salavkiylar davlatining g’arbiy viloyatlaridan ancha 
farq qiladi. Salavka xalqaro savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish masalasiga ham 
katta e’tibor beradi.Ana maqsadda u Kaspiy bilan Qora denizni bog’lab Amudaryo 
orqali ‹‹Tosh minora›› ga yo’l ochishga qaror qiladi.(Beruniy fikricha ‹‹Tosh 
minora›› yoki ‹‹Tosh shahar›› bu Toshkentdir.) 
Antiox I davridan so`ng, er. avv. III asr o`rtalarida Baqtriya, So`g`diyona va 
Parfiya ajralib chiqdi. Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi 
davlatlar paydo bo`ldi. Qora va Kaspiy dengizlari oralig`ida Armaniston 
davlati, 
Midiyaning shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylar davlatidan ajralib 
chiqib, 
Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya 
podsholiklari vujudga keldi (Yunon-Baqtriya er. avv. 130 yillargacha, 
Parfiya 
davlati esa, eramizning 227-yiligacha mavjud bo`ldi). Antiox III bu 
davlatlarni 
bo`ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda Sharqqa yurish qildi. Yurish 
davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita 
ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo`ysundirildi. Yunon- 
Baqtriya shaharlarining ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman 
Salavkiylar 


12 
hokimiyatini tan oldi. Antiox qo`shinlari Hindiqush tog`laridan o`tib, 
Hindiston 
yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzib, Antiox 
hind 
jangovar fillariga ega bo`ldi. 
Antioxning bu yurishi Salavkiylar davlatining yemirilishini vaqtincha 
to`xtatdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta 
qismi 
bosib olindi va Kelesiriya Misrdan batamom tortib olindi. Kuchayib ketgan 
Salavkiylar davlati Pergam va Rodosni xavfsizligiga jiddiy xavf sola 
boshladi. 
Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, Rimdan yordam so`radi. 
Rim ham 
Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo`mondoni Gannibalni maslahatchi 
bo`lib 
turganidan norozi edi. Er. avv. II asr boshlarida Salavkiylar bilan Rim 
respublikasi 
o`rtasida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Er. avv. 189-yilda Rim bilan 
bo`lgan urushda Antiox III qo`shinlari yengildi. Mamlakat hududlarida 
norozilik, 
Salavkiylarning zulmiga qarshi qo`zg`olon va isyonlar boshlanib ketdi. 
Yunon- 
Baqtriya va Parfiya o`z mustaqilliklarini qayta tikladi va Parfiya g`arbga 
tomon 
yurish qilib, Salavkiylar hududlarini bosib ola boshladi. Midiyada satrap 
Timarxning isyon ko`tarishi bu viloyatni parfiyaliklar tomonidan bosib 
olinishiga 
yordam berdi. Bundan tashqari, parfiyaliklar Fors va Elamni egalladilar. 
Antiox III ning o`g`illaridan biri Antiox IV (er. avv. 176-164 yillar) shijoatli 
hukmdor bo`lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. 
Uning 


13 
boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik 
qildi. 
Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o`tmishdagi kuch-qudratini 
tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni 
vujudga 
keltirib, uning hududini kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib 
olish 
uchun kuchli qo`shin bilan yurish boshladi. Yo`lda uni Rimning Misrdagi 
elchisi 
Gay PopiliyLena to`xtatdi. Aytishlaricha, Salavkiylardan ko`ra, qudratli 
bo`lgan 
Rim elchisi Antiox IV o`tirgan joyning atrofini doira chizib, Rimning talabi 
bajarilmaguncha (Misrga yurishni to`xtatish) Antiox IV ni doira ichidan 
chiqib 
ketishini ta`qiqlagan. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi 
to`xtatilgan. 
Antiox VII Sidet (er. avv. 238-129-yillar) davlatning yaxlitligini tiklashga 
urinishi uning mag`lubiyati va halokati bilan yugadi. Bu Bobil, Pardiya va 
mahalliy sulolalar hokimiyati ostiga o`tgan Fors v amidiyaning ajralib 
ketishiga 
olib keldi. Er. avv. I asr boshlarida Yahudiya va Kommagen o`z 
mustaqilligini 
qo`lga kiritdi. Salavkiylar davlatining yemirilish jarayoni tezlashib ketdi. 35 
yil 
ichida taxtda 12 da`vogar almashdi. Ko`p hollarda bir vaqtning o`zida ikki 
yoki 
uch podsho taxtga chiqdi. Natijada Salavkiylar davlati hududi Suriya, 
Finikiya va 
Klikiyaning bir qismi bilan chegaralanib qoldi. Salavkiylar sulolasining 
so`ngi 
vorisi Antiox XIII edi. Uni Rim respublikasi podsho deb tan olgan bo`lsada, 
Antiox XIII ikki yillik hukmronligidan so`ng Pompey tomonidan taxtdan 


14 
tushirildi. Er. avv. 64-yilda Salavkiylar davlatining qoldiqlari Rim 
tomonidan 
bosib olinib, uning hududida Suriya provinsiyasi tashkil etildi. Sharqiy Pont, 
Paflagoniya, Galatiya, Kappadokiya, Armaniston va Kommagenrimliklarga 
vassal 
bo`lgan mahalliy hokimlar qo`lida qoldi. 
Boshqa ellinistik hukmronlar singari, Salavkiylar ham professional armiyaga 
ega bo'lib, uning asosini Aleksandr Makedonskiy ishlab chiqqan. Qo'shinlar 
imperiyaning barcha viloyatlari bo'ylab tarqalib ketgan, chunki ular bunday yirik 
davlat chegaralarini himoya qilish uchun etarli emas edi. 
Salavkiylar juda katta qo'shin to'plashlari mumkin edi. Sulola asoschisi - 
Selevk I Ipsus jangida 20 000 piyoda, 12 000 otliq, 480 fil va 100 ta jang aravasini 
joylashtirgan. Miloddan avvalgi 217 yilda. e. Rafiya jangida Salavkiylar armiyasi 
62000 piyoda va 6000 otliq askardan iborat edi. Miloddan avvalgi 193 yilda. e. 
Magnesiya jangida Salavkiylar armiyasi 72 000 askardan iborat bo'lib, ulardan 60 
000 tasi piyoda askarlar edi. Antiox IV davrida Dafna shahrida bo'lib o'tgan 
ko'zdan kechirish paytida 50 000 ga yaqin odam taqdim etildi. Oxirgi hukmdorlar 
kamida 10 000 piyoda va 1 000 otliq qo'shinni joylashtira oldilar. 
Armiyani yollashda yunon-makedoniya aholisiga ustunlik berildi. Ularga er 
uchastkasi berildi, uning hajmi xizmat muddati va xususiyatiga bog'liq edi. 
Ularning asosiy yashash joylari Lidiya, Frigiya va Suriya edi. Qo‘shinning qolgan 
qismini mahalliy qabilalar va yollanma askarlar tashkil qilgan. 
Butun Salavkiylar armiyasini bir necha qismlarga bo'lish mumkin: 
Diadochi qo'riqchisi. Elita otliq qo'shinlaridan iborat qirollik eskadroni: 
Makedoniya armiyasi Argiraspida ("Kumush qalqonlar") davridan beri mavjud 
bo'lgan getairs va agemlar. Ular harbiy ko'chmanchilarning avlodlaridan tashkil 
topgan diadochining piyoda qo'riqchilari edi. Ular sarissa va kumush qalqonlar 
bilan qurollangan edi. Taxminan soni 10 000 kishi edi. 
Piyodalar: engil va chiziqli. Yengil piyodalar asosan mahalliy aholidan jalb 
qilingan, ammo yunon yollanma askarlari ham bor edi. U peltastlar, kamonchilar, 
sling va nayza otuvchilardan iborat edi. Chiziqli piyodalarning asosi mahalliy 
aholidan olingan falanks edi, ammo mahalliy makedoniyaliklarga ustunlik berildi. 
Phalanx jangchilarining qurollari sarissa va qalqon edi. 
Qolganlari yollanma askarlar va ittifoqchilar kontingentlari edi, chunki 
Osiyo satrapiyalari og'ir piyoda qo'shinlarni joylashtira olmadilar. Antiox IV 


15 
Epifan Dafnadagi parad paytida birinchi marta Rim Respublikasining harbiy 
qoidalariga muvofiq qurollangan va o'qitilgan 5000 kishilik otryadni ko'rsatdi. 
Ushbu qurilma prototipiga qanchalik o'xshashligi noma'lum. Ular oval kelt tipidagi 
qalqonlar va nayzalar, shuningdek, nayzalar bilan qurollangan degan taxmin 
mavjud. 
Bo'limni tashkil etish sabablari quyidagilar edi: 
Antiox IV yoshligida Rimga tashrif buyurib, davlat boshqaruvi va harbiy 
tashkilotiga qoyil qoldi. 
Kelajakdagi urushlar sharqiy satrapiyalarda ko'chma dushmanga qarshi va 
uzoq masofalarda olib borilishi kerak edi. Yangi qo'shinlar Makkabilar bilan 
bo'lgan janglarda o'z samaradorligini ko'rsatdi, shuningdek, imperiya qurolli 
kuchlarining jangovar samaradorligini oshirdi. 
Pidna jangi Makedoniya falanksining Rim legionini mag'lub eta olmasligini 
ko'rsatdi. Yangi qo'shinlarning samaradorligi shuni ko'rsatdiki, Antiox IV ning 
isloh qilingan armiyasi ellinistik dunyoda hech qanday raqibga ega bo'lmaydi. 
Otliq qoʻshinlar qirollik otryadidan ham, ixtisoslashgan boʻlinmalardan: 
otliq kamonchilar, nayzachilar, nayza otishchilar, katafratlar va arab tuya 
chavandozlaridan iborat edi. 
Shahar militsiyasi suverenga harbiy yordam ko'rsatish uchun shaharlar 
tomonidan namoyish etildi. Biroq, ular o'z ixtiyori bilan xizmat qilganlar, ularni 
yollash shaharlarning vazifalariga ta'sir qilmagan, otryadlarning o'zi esa rasmiy 
hujjatlarda chor qo'shinlari tarkibida qayd etilmagan. 
Ixtisoslashgan qoʻshinlar (jang aravalari va fillar. Imperiya hukmdorlari 
ularga katta eʼtibor berib, ularni Pontusdagi Apomeya shahrida saqlash uchun 
mablagʻ ayamasdi. Fillar hind millatiga mansub boʻlib, Afrika fillari ulardan 
qoʻrqishadi, deb hisoblar edi. Jang maydonida. , filni haydovchi boshqargan va 
uning orqa tomonida minora o'rnatilgan bo'lib, u erdan to'rtta o'q otgan. 
Bundan tashqari, qamal uskunalari (ballistalar, katapultlar va chayonlar) faol 
ishlatilgan.Salavkiylar imperiyasi turli soliqlar tufayli mavjud edi: 
Foros - siyosiy elementlarning qiroliga bog'liq to'lovlar. Bu soliq Doro I 
tomonidan kiritilgan bo‘lib, keyinchalik Salavkiylar tomonidan qo‘llanilgan. U 
alohida shaxslardan emas, balki jamoalardan (shaharlar, qishloqlar, xalqlar, 
qabilalar) yig'ilib, ular o'rtasida taqsimlangan, miqdori o'zgarmagan. Qirollik 
imtiyozini olish orqali to'lovlardan qutulish mumkin edi. 
Forosga Kichik Osiyodagi yunon shaharlari, Falastin xalqlari, Yuqori Osiyo 
hukmdorlari va ellinistik jamoalar ham isteʼdodlar shaklida, ham natura shaklida 


16 
toʻlangan. Soliq yig'ish mahalliy amaldorlar tomonidan amalga oshirilgan, shuning 
uchun markaziy boshqaruv to'lovchilarning moliyaviy ishlariga aralashmagan. 
Anketa solig'i. U shtatning har bir aholisidan yig'ilgan. 
Toj solig'i. Hukmdor kelishi davrida unga bo'ysunuvchi shaharlar va 
hukmdorlar tomonidan to'langan. Biroq, miloddan avvalgi III asrga kelib. e. oltin 
gulchambarlarning majburiy sovg'alarini to'ldirib, to'g'ridan-to'g'ri soliqqa aylandi. 
Tuz solig'i. Ular Bobil va Falastinni soliqqa tortdilar. 
Ibodat 
soliqlari. 
Bu 
imperiya 
hududida 
mavjud 
bo'lgan 
turli 
konfessiyalarning ibodatxonalari tomonidan to'langan. 
Bojxona to'lovlari. Ular har bir viloyatga alohida yuklanib, tovarlarni olib 
kirish va eksport qilish uchun haq undirildi. Bundan tashqari, qo'shimcha to'lovlar 
ham bor edi: Furotda sayohat qilish huquqi uchun, port to'lovlari, tuyalar, cho'lda 
eskortlar va boshqalar. 
Mulkni bir mulkdordan boshqasiga o'tkazish uchun yig'im. U qullarni sotish 
va sotib olish uchun soliqni o'z ichiga olgan. 
Munitsipal soliqlar. Imperiya shaharlari oʻzlarining moliyaviy ahvolini 
saqlab qolish uchun mulk va yer soliqlarini joriy qilganlar. 
Soliqlardan 
tashqari 
Salavkiylar 
imperiyasi 
xazinasi 
Suriya 
va 
Mesopatamiyaning unumdor dalalarida moʻl-koʻl oʻsgan gʻalla savdosi hamda 
Kichik Osiyo kumush konlaridan keladigan daromadlar hisobiga toʻldirildi. 
Salavkiylar imperiyasi ellinistik madaniyatning yirik markazi bo'lib, u Yaqin 
Sharqning mahalliy madaniyatlaridan yunon urf-odatlari va odob-axloqlarining 
ustunligini saqlab qolgan. Salavkiylar davlatida oʻz tarixi davomida yunon tilida 
soʻzlashuvchi makedon aristokratik tabaqasi hukmronlik qilgan, garchi bu 
hukmronlik eng kuchli shaharlarda sezilgan. Yunon madaniy gegemonligiga 
qarshilik Antiox IV davrida (175-163) eng yuqori cho'qqisiga chiqdi, uning yunon 
madaniyatini targ'ib qilish Quddusdagi ma'badda Zevs haykalini o'rnatishi bilan 
yakunlandi. U ilgari yahudiylarga butlar uchun ziyoratgohlar qurishni, cho'chqalar 
va boshqa nopok hayvonlarni qurbon qilishni buyurgan va sunnatni taqiqlagan, 
ya'ni o'lim azobida yahudiy qonunlariga amal qilishni taqiqlagan. Yahudiylarni 
ta'qib qilish va ma'badni tahqirlash 165-yilda boshlangan Makkavilar qo'zg'olonini 
qo'zg'atdi. Chorak asrlik Makkaviylarning qarshiligi Yahudiya ustidan Salavkiylar 
ustidan nazoratning yakuniy kurashi va Falastinda mustaqil Yahudiyaning 
yaratilishi bilan yakunlandi. 


17 
Salavkiylar imperiyasi miloddan avvalgi 3-asrda katta hududlar ustidan 
nazoratni yo'qota boshladi. 190-yilda salavkiylarning rimliklar tomonidan 
magʻlubiyatga uchraganidan soʻng murosasiz tanazzul sodir boʻldi. Oʻsha vaqtga 
kelib Egeydagi yunon shaharlari salavkiylar boʻyinturugʻidan voz kechgan, 
Kappadokiya va Attalid Pergam mustaqillikka erishgan, boshqa hududlar keltlar va 
Pontlar qoʻliga oʻtib ketgan edi. va Vitniya. 3-asr oʻrtalarida Parfiya, Baqtriya, 
Soʻgʻdiyona mustaqillikka erishdi; Antiox III tomonidan Coele Suriya (Livan) va 
Falastinni zabt etish (200) va Armanistonning qisqa muddatli bosib olinishi 
Anadoluning katta qismini rimliklar uchun yo'qotish uchun ma'lum darajada 
qopladi. Bu pasayish Antiox IV vafotidan keyin (164) Suriyada Kommagenni va 
Falastinda Yahudiyani yo'qotishi bilan tezlashdi. 141 yilga kelib, Furotning 
sharqidagi barcha erlar yo'q bo'lib ketdi va Demetriy II (141) va Antiox VII 
(130)ning urinishlari imperiyaning tez parchalanishini to'xtata olmadi. Miloddan 
avvalgi 64-yilda rimliklar tomonidan zabt etilganda, ilgari qudratli Salevkiylar 
imperiyasi Suriya va Sharqiy Kilikiya provinsiyalari bilan chegaralanib qolgan va 
hatto bular ham qattiq nazorat ostida edi.Antiox Ierax, (miloddan avvalgi 263-226 
yillarda gullab-yashnagan), Selevk II ning ukasi, Yaqin Sharqdagi Salavkiylar 
hukmronligining vorisi. Ukasining Misr bilan urushi paytida u Anadoluda 
mustaqillik e'lon qildi va taxtni egallashga harakat qildi. 
Antiox Ierax va Selevk II Antiox II ning sobiq xotini Laodikiyaning o'g'illari 
edi. Uning ukasi otasining ikkinchi xotini (Ptolemey II ning qizi) o'limi tufayli 
boshlangan Misr bilan Uchinchi Suriya urushida (246-241) qatnashgan bo'lsa, 
Antiox Laodikiya yashagan Salavkiylar Anadolusiga hukmdor sifatida yuboriladi. 
Ehtimol, onasi bilan ittifoqda, urush oxirida u go'yoki Selevkga yordam berish 
uchun Suriyaga qo'shin yuborgan, lekin aslida imperiyaning qolgan qismini egallab 
olish uchun. Ierax qo'shinlarining paydo bo'lishi Misr va uning ukasi o'rtasida 
tinchlik o'rnatdi va Selevk zudlik bilan Anado'lini bosib oldi va Birodarlar urushini 
boshladi (239-236). Antiox Ierax Galatiyaliklar (Keltlar) va Salavkiylar 
qirolligining an'anaviy dushmani bo'lgan boshqa ikki davlat bilan ittifoq 
tuzmaguncha yomon ahvolda qoldi. Bu kuchlar yordamida u Ankirada ukasining 
qoʻshinini qattiq magʻlubiyatga uchratdi (236). Biroq, uning galatiyaliklar bilan 
ittifoqi Pergam hukmdorini (boshqa ellinistik davlat) qo'zg'atdi, u 236-228 
yillardagi urushda Ieraxni Anadoludan quvib chiqardi. 
Suriyaga qaytib, Antiox Suriya va Sharqda o'z ukasiga qarshi qo'zg'olon 
ko'tarishga harakat qildi. Binobarin, u 227 yilda Frakiyaga surgun qilingan va u 
yerda virtual mahbus sifatida yashagan. Keyingi yili u qochishga muvaffaq bo'ldi 
va qo'shin to'plash uchun tog'larga qochib ketdi, lekin uni Galatiyaliklar guruhi 
o'ldirdi.Evtidem, shuningdek, Evtidem (miloddan avvalgi 3-asrda gullab-
yashnagan), Baqtriya shohi. Dastlab u, ehtimol, Baqtriya podshohi Diodot II ning 
satrapi (gubernatori) boʻlgan, keyinchalik uni oʻldirgan va taxtini tortib olgan. 208-


18 
yilda salavkiylar shohi Antiox III tomonidan hujumga uchradi va ular oʻrtasida 
uzoq davom etgan urush boʻladi. Evtidim Arius (Xarirud) daryosi chizigʻini 
himoya qilishga urinishida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, oʻzining poytaxti 
Baqtraga (Afgʻoniston shimolidagi Balx boʻlsa kerak) qaytib keldi va u yerda ikki 
yillik qamalga dosh berdi. Nihoyat tinchlik tuzildi, unga ko'ra Evtidim 
Salavkiylarning hukmronligini tan olib, o'z shohligini saqlab qoldi. Keyinchalik 
Evtidim Parfiyadan hududni egallab oldi. Ayrim olimlarning fikricha, u Sharqiy 
So‘g‘diyona, Araxosiya, Drangiyana, Ariya viloyatlarini ham egallagan. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish