Kashfiyot
Kashfiyot —
izlanish, tekshirish, i. t.
natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan,
yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat
hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli
ravishda ilmiy idrok qilish natijasida
erishiladi. K. tufayli moddiy dunyoning
ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan
obʼyektiv qonuniyatlari, xossalari va
hodisalari maʼlum boʻladi. K.
insoniyatning bilish jarayoni darajasini
tubdan oʻzgartiradi. K. fan-texnika
inqilobining asosini tashkil etadi, fan va
texnika taraqqiyotiga tubdan yangi
yoʻnalishlarni baxsh etadi. Inson bosib
oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp K.lar
qilindi. K. bilan ixtironi bir-biridan farqlay
bilish kerak. K. natijasida muayyan
qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida
esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin.
Mac, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta
yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi, I.
Nyutonning butun olam tortishish qonuni
esa olamshumul K.dir. Hatto ichki yonuv
dvigatelining yaratilishi ham ixtiro, lekin
N.Kopernikning Yerning oʻz oʻqi atrofida
va sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning
Quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi
gʻoyasi — olamshumul K. Avtomobil va
samolyotning yaratilishini ham ilmga,
tabiat krnuniyatlariga
asoslangan ixtiro
deyish mumkin. Lekin Galileo Galileyning
qushlarning uchishiga taqlid qilib
samolyotning uchish sxemasini yaratishi
K. hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek
yaratgan qonuniyatlar ham K.lar
jumlasiga kiritiladi.
Har qanday ixtiro ham K. boʻla olmaydi,
lekin ixtiro K.ga suyangan holda qilinadi.
Atom va vodorod bombalarining kashf
qilinishini K. jumlasiga kiritish mumkin,
biroq, raketalarni yasash ixtiro
hisoblanadi (yana q.
Ixtirochilik
).
K. ham, ixtiro ham qonunchilikda
muhofazalanadi. Ilmiy K.lar va ixtirolarni
roʻyxatga olish, mualliflik huquqini
qonunlarda mustahkamlab qoʻyish
davlat
tizimi mavjud. Oʻzbekistonda K. va
ixtirolarni muhofazalash ishlari bilan OʻzR
Davlat patent idorasi shugʻullanadi
(qarang
Ixtirochilik
huquqi]]).
[1]
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Kashfiyot&oldid=2001159
"
dan olindi