Toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalari



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/76
Sana29.04.2022
Hajmi7,03 Mb.
#592541
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
Bog'liq
komp grafik met lot

Hard Light 
ga
 
o’zgartiramiz.
26-rasm. Deyarli yakunlangan tasvir 
8. 
Rang
 
palitralarini o’zgartiramiz: 
Image > Adjust > Hue/Saturation

“Colorize” rejimida qiymatlarni o’zgartiramiz. Keltirilgan misolda 
Hue=32, 
Saturation=79 qilib o’rnatilgan

27-rasm.
 
Natija 
 


Mustaqil bajarish uchun mashqlar. 
 
3-laboratoriya mashqi. Mo’yqalamdan foydalanib shaxsiy kompozitsiya
yaratish 
Eni 500 piksel, balandligi 400 piksel bo`lgan yangi fayl yarating. Yangi 
qatlam hosil qiling (Layer > New > Layer... yoki Ctrl-Shift-N) va uni 'Back green' 
deb nomlang. Qatlamni 
uskunasi yordamida to`q yashil rangga bo`yang, 
masalan rang kodi #2A690B bo`lsin. So`ngra 500 diamentrli yumshoq kistni oling, 
rangni och yashil #4F9F27ga o`zgartiring. Yuqori chap burchakka kistni bir marta 
bosing, natija xuddi quyosh nuri qalin o`rmonni yoritayotgandek ko`rinishga ega 
bo`lishi lozim. Aktiv rang sifatida #D4F14Dni o`rnating, kist o`lchamini 400 px 
gacha kamaytiring, yana o`sha yuqori chap burchakka bir marta bosin. Kist rangini 
#163D03 to`q yashilga o`zgartiring, diametr o`lchamini 500px qilib belgilang va 
pastki o`ng burchakka bir marta bosing. Natijada quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi. 
28-rasm. Fon tasviri 
1.
Rasm foni tayyor. Yangi qatlam yarating, uni 'Leaves' deb nomlang, 
bu qatlam bizga daraxt barglarini chizish uchun zarur. Kist shakllari orasidan 
bargni tanlang, kist o`lchami 55, aktiv va passiv ranglarning ikkalasi ham #385F16 
qilib o`rnating, rasmning youqori qismiga istaganingizcha barglarni chizing. 


2.
Endi Burn 
uskunasini oling, kistning rang va o`lchamlarini 
o`zgartirmagan holda rasmning yuqori o`ng qismlaridagi barglarni nisbatan to`qroq 
qilib bo`yang. Keyin Dodge 
uskunasini oling yuqori chap burchakdagi burglar 
rangini nisbatan ochroq qilib bo`yang. Chunki keyinchalik quyosh nurlari aynan 
shu yerdan taralib turadi. 
29-rasm. Barglar chizilishi 
3.
 
'Back green' va barglar qatlami orasida yangi qatlam hosil qiling, uni 
'Small leaves' deb nomlang. 35px o`lchamdagi to`q yashil rangli kist yordamida 
orqa fonga mayda burglar chizing. Didingizga mos holda Burn 
uskunasi 
yordamida Exposure = 20% bilan barglarning ayrim qismlarini to`qroq rangga 
bo`yash mumkin, yoki Opacity darajasini 65-50% gacha kamaytirish ham mumkin.
 
30-rasm. Shaffoflik darajasi orttirilgan barglar 
4.
 
Maysalarni chizishni boshlaymiz. 'Back green' va 'Small leaves' 
qatlamlari orasida yangi qatlam hosil qiling va uni 'Grass'deb nomlang. Mysa-o`t 
shaklidagi kistni tanlang. O’lchamni 70, ranglarni #A4D479 va #385F16 qilib 
o’rnating. Bu kist yordamida bir necha qator o’tlarni chizing. Tasvirning eng pastki 
qismini bo’sh qoldiring. O’tlarga tabiiy ko’rinish berish uchun Brush 
hususiyatlarini o’zgartirsangiz ham bo’ladi.
 


31-rasm. O`tlar tasvirining chizilishi 
5.
Endi shu qatlamning o’zida 112 o’lchamli, #629633 va #1B3405 
ranglardagi kist bilan tasvirnig quyi qismiga o’tlar chizing, bu eng birinchi 
qatordagi maysalar bo’ladi. 
32-rasm. Maysalar chizilishi
6.
 
'Small Leaves' va 'Grass' qatlamlari orasida yangi qatlam hosil qiling, 
uni 'Light'deb nomlang. Gradient 
. Uskunasini oling va yarim shaffof 
gradientni (boshidan ikkinchi) tanlang, ikkala rangni ham #FFFED5 ga 
o’zgartiring. Asosiy ishchi sohaga qayting chapdan uchinchi gradient (conus)ni 
tanlang va yana rang maydoniga bosing:
 
33-rasm. Gradient uskunasining yuqori paneli.
 
7.
 
Parametrlarni huddi rasmda ko’rsatilganidek o’zgartiring, bu 
o’rinda juda ehtiyotkor bo’ling, har bir mayda detalni ko’zdan qochirmang. 
 


34-rasm. Gradient sozlash oynasi 
Hammasi tayyor bo’lgach hosil qilingan gradientdan rasmda ko’rsatilganidek 
foydalaning. Yuqori chap burchakdan boshlab tasvir umumiy uzunligining 
yarmidan pastrog’igacha bo’lgan vertikal chiziq torting. 
35-rasm. Gradientdan foydalanish 
Natija quyidagicha ko’rinishga ega bo’lishi zarur. 
36-rasm. Gradientdan foydalanishning natijasi 
Bu juda ham yorqin bo`lganligi sababli qatlam shaffofligini Opacity 20% gacha 
kamaytiring.
 


37-rasm. Qatlam shaffofligi kamaytirish natijasi 
9. Ozgina tabiiy nur qo’shamiz. 'Grass' va 'Back Green'qatlamini belgilab, 
ularni bir qatlamga birlashtiring (Ctrl+E). So’ngra Filter > Render > Lens 
Flare.ni tanlang va parametrlarni rasmdagidek qilib o’rnating: 
38-rasm. Lens flareni o`rnatish 
10. Mana oxirgi natiga: 
39-rasm. Ishning natijasi 


Mustaqil bajarish uchun mashqlar. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish