Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Download 226,54 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2020
Hajmi226,54 Kb.
#33564
1   2   3
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua (2)(1)

Savol - javob dialoglari


Dialog o`zaro almashinib keluvchi replikalarning ifodasi ekanligini ta`kidlab o`tdik. Replikalar mazmunidan kelib chiqqan holda dialoglarning savol-javob, xabar, baxs –munozara xarakteridagi dialoglarga bo`linishi mumkin.

So`rash surushtirish dialoglari.

Murojaat replikasi savolni, javob replikasi esa qo`yildan savolining javobini ifodalab keladi. Qayta so`rash dialogida esa javob replikasi murojaat replikasi mazmunini echiishga xizmat qiluvchi savolni ifodalab keladi. Masalan:


  • Sen Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanini o`qidingmi?

  • Yo`q hali. Roman nima haqida?

  • Muqaddas dargohda namunaviy kishilar haqida.

Intervyu. Xarakteridagi dialoglar savol - javob diologlariga misol bo`ladi. Intervyu muxbirning suhbatdoshi bilan axborot olish maqsadida o`tkazadigan muloqotidir. Intervyu gazeta, radio televideniye uchun mo`jallangan bo`ladi. Intervyu o`tkazishdan oldin suhbat mavzusi bitiladigan savollar tayyorlab qo`yiladi.

Xabar dialoglari.

Ta`kidlab o`tkanimizdek, kishi fikri yoki maqsadini ikkinchi bir kishiga so`zlar vositasiga yetkazib, o`zaro fikr almashadi, aloqada bo`ladi, kayfiyatni ifoda etadi. Dialogik nutq buning yaqqol namunasidir. Fikr almashuv, aloqa bog`lash dialogning xabar turiga kiradi.

Xabar dialoglarida har bir replika o`zidan oldingisi uchun javob o`zidan keyingisi uchun murojaat replikasi bo`lib xizmat qiladi. Xabar dialoglarida murojaat va javob replikalarida biror voqea hodisa, narsa to`g`risida xabar beriladi,tinchlantirish, kechirish ma`nolari ifodalanadi.

Axborot – almashuv dialoglari.

Bunday dialoglarda suhbatdoshlar o`zaro axborot almashadilar, o`z hissiyotlarini bayon etadilar, insonlar, voqea – hodisalarga baho beradilar.

Bahs - munozara dialogi.



Bunday dialogda murojaat replikasi savol yoki xabarni, javob replikasi esa qarama – qarshi nuqtan nazar bayon etilgan e`tirozni ifodalaydi.

Alohida bir kishiga taalluqli bo‘lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil ko‘rinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq.

Ochiq nutq jamoaga qaratilgan bo‘ladi va turli xarakterdagi yig‘ilishlarda – qurultoylarda, sessiyalarda, ilmiy anjumanlarda, dars jarayonida, hisobot yig‘ilishlarida, har xil jamoalarning majlislarida, uchrashuvlarda, bayramlarda, to‘y-tomoshalarda, tug‘ilgan kunlar, do‘stlar uchrashuvi singari kichik davralarda, motam mitinglarida so‘zlanadi. Bu yig‘ilishlarning mazmuni turlicha bo‘lganligi sababli ularda so‘zlanadigan monologik nutq xarakteri ham bir-biridan farq qiladi. Masalan bayramlar, uchrashuvlar, to‘y-tomoshalar, tug‘ilgan kunlar tantanali tarzda kechadigan yig‘inlar bo‘lganligi tufayli ularda so‘zlanadigan nutq ham tantanali ruh asosiga qurilgan bo‘ladi. Hisobot yig‘ilishlari va jamoalarning (ishlab chiqarish, rejalashtirish) majlislari rasmiy xarakterda bo‘ladi. Qurultoy va sessiyalar keng qamrovli yig‘ilishlar bo‘lganligi tufayli ularda rasmiylik ham, norasmiylik, va tantanavorlik ham bo‘ladi. Mavzuga qarab har xil faktlar, raqamlar keltiriladi. Motam mitingida so‘zlanadigan nutq esa yuqoridagi nutqlarning barchasidan tubdan farq qiladi.

Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so‘zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yori-

qacha aytganda, nutq so‘zlashdan ma’lum maqsad bo‘lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o‘tkazish, ta’sir o‘tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o‘zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo‘ladi.

Xullas, bu har ikkala nutq ham qanday vaziyatda ijro etilishidan qat’iy nazar ular muallifning dunyoqarashi va maslagini, ma’naviyati va madaniyatini o‘zida mujassam qiladi. Insonning saviyasi qanday bo‘lsa, uning muomalasi ham shunday bo‘ladi. Bu har ikkala nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olganimizdan keyin biz ham vaziyatga qarab so‘zlashimiz va har bir nutqiy vaziyatdan o‘z maqsadimizdan kelib chiqib unumli foydalanishimiz, bor imkoniyatimizni tinglovchilarning hurmat-e’tiborini qozonishga qaratishimiz lozim bo‘ladi.



Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

  1. Radioeshittiruv va teleko‘rsatuvlar uchun o‘quvchilar hayotidan matnlar tayyorlang.

  2. Xabar, yangilik mazmunida matn tayyorlang.

  3. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan olingan Farhod va Xisrav o‘rtasidagi savol-javobni aks ettiruvchi ushbu dialogni tahlil qiling:

Dedi: - «Qaydinsen, ey majnuni gumrah ?!»

Dedi: - «Majnun vatandin qayda ogah?»

Dedi: - «Nedur sanga olamda pesha?»

Dedi: - «Ishq ichra majnunluq hamisha».

Dedi: - «Bu ishdan o‘lmas kasb ro‘zi!»

Dedi: - «Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi».

Dedikim: - «Ishq o‘tidin ne fasona!»

Dedi: - «Kuymay kishi topmas nishona».

Dedikim: - «Kuymagingni ayla ma’lum!»

Dedi: - «Andin erur joh ahli mahrum!»

Dedi: - «Qay chog‘din o‘lding ishq aro mast?»

Dedi: - «Ruh ermas erdi tang‘a payvast»

Dedi: - «Bu ishqdin inkor qilg‘il!»

Dedi: - «Bu so‘zdin istig‘for qilg‘il!»



Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Dialogik nutq shakllarini tavsiflab bering.

2. Dialogik nutq va uning turlarini izohlab bering.

3.Monologik nutqning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?

4.Diologik va monologik nutq shakllarining bog’liqligi?



8-MAVZU: IDORA ETIKASI, MADANIYATI, OG’ZAKI IDORAVIY NUTQNING JANRLARI, IDORA YIG’ILISHI, IDORAVIY NUTQ MADANIYATI

Reja:

  1. Nutqning asosiy xususiyatlari.

  2. Nutqning to’g’riligi va aniqligi.

  3. Nutqning mantiqiyligi va tozaligi.

  4. Nutqning ta’sirchanligi.

Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina tilga bog‘liq hodisa sanalmasdan, shu bilan birga, ham ruhiy, ham estetik hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ham unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko‘zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo‘lgan muddaoning to‘liq borib yetishi, ularga ma’lum ta’sir o‘tkazishi nazarda tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirilishida nutq oldiga ayrim talablar qo‘yiladi. Bu talablar grammatik jihatdan nutqning to‘g‘ri bo‘lishini, so‘zlar ko‘zlangan ma’noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta’sirchan bo‘lishini taqozo qiladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta’limot – ortologiya ana shu sifatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Xullas, ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun notiqlik san’ati inson faoliyatida muhim omillardan sanalgan hamda asosiy e’tiborni nutqning yaxshi bo‘lishiga qaratgan o‘z nazariyotchilari ham bo‘lgan.

Agar nutq ma’lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirilishini nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aytilganlarni qisqacha umumlashtiradigan bo‘lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo‘ladi: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ta’sirchanlik, obrazlilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.

Nutqning to‘g‘riligi. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi tomonlarning – so‘zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o‘quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo‘lmaydi. «To‘g‘rilik deganda, - deb yozadi rus tilshunosi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug‘at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo‘ladi» (Kostomarov V.G. Kultura rechi i stil. – M.,1960, s.24). Demak nutqning to‘g‘ri bo‘lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo‘lib hisoblanadi.

Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi asosan ikki me’yorga – urg‘u va grammatik me’yorga amal qilishni taqozo qiladi



Nutqning aniqligi. Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqaridan bo‘lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o‘zidir.

Shunday qilib, aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishidir.



Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, olti oylik birikmasining davlat so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapti, fikrni bayon qilishda xatolik yuz berayapti.

Nutqning mantiqiy bo‘lishi so‘zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo‘lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo‘lish ham talab qilinadi.



Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo‘lishi, turli g‘ayriadabiy va g‘ayriaxloqiy til elementlaridan xoli bo‘lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo‘lib, nutqiy tozalikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqyeda muloqotda bo‘layotgan o‘zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo‘lishi lozim.

So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo‘lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida samimiyat paydo bo‘ladi. Notiq fikrlarini o‘zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subyektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi.

Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bilishi, jest va mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutqning tinglovchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi.

Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma’lum ma’noda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulohazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish piravord natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ana shunday nutqgina tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchidan va omma oldiga chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.



Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1.Quyidagi gapdan noto‘g‘ri qo‘llangan grammatik vositani toping va uni ma’quli bilan almashtiring: Ana shu azamatlarning g‘ayrat-himmatlari tufayli kanalda hozirgachayoq 300 ming kubometrga yaqin tuproq ishlari bajarib qo‘yildi. Biz govmishlarni sershira yemishlar bilan boqib, ularni qishdan betalofatsiz olib chiqdik.

2.Quyidagi gapdan noto‘g‘ri qo‘llangan leksik vositani toping va uni ma’quli bilan almashtiring: Juda ham ingichka hislar bilan o‘ralgan bunday sodda-nafis misralarni o‘qib yuqorida aytilgan fikrlarni qayta takrorlagim keldi. Sulaymon Safoyev bemor - Zulayhoni qanday davolash haqida fikrga sho‘ng‘iganida birdan telefon jiringladi.

3.Quyidagi gap mantiqi buzilgan holatni aniqlang va uni tahrir qiling: Darslardan uzrsiz sabablar bilan qoluvchi yoki uy vazifasini bajarmaydigan o‘quvchilar butunlay tugatiladi. Uxlashdan oldin uch soat ovqatlanish kerak.



Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :

  1. «Nutqning to‘g‘riligi» deganda nimani tushunasiz?

  2. Nutq aniqligi talablarini tushuntirib bering.

  3. Nutqning mantiqiyligi tildan boshqa yana nimalarga bog‘liq?

  4. O‘zbek tilining tozalik darajasini izohlang.

5. Tilning ta’sirchan vositalarini badiiy adabiyot matnidan olingan misollar asosida ko‘rsating.



  1. PUBLITSISTIK NUTQ. MATN TURLARI VA TARKIBI. MAQOLA VA UNING JANRLARI.

9-MAVZU: MATN TURLARI VA TARKIBI.

Reja:

1.Publitsistik uslub va uning xususiyatlari.

2. Matn va uning ko’rinishlari.

3. Matn tahlili va tahriri.

4.Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume).
Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.

Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi.



Matn va uning ko‘rinishlari

Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.

Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.

Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.

Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.

Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.

Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.

Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.



Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.

Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) -

1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;

2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;

3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.

Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.

Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Jumladan,

Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ) . Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki monolog).

Matn tahlili va tahriri.

Badiiy tahlil - matn tahlilining murakkab turlaridan bo‘lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir.

Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog‘langan kishilar hayotining ma’lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi.

Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim:

1.Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini ilgari suradi.

2. Tahlilda asarning mazmuniga ham shakliga ham e’tibor berish va mazmunning yetakchi rolini ta’kidlab o‘tish zarur.

3. Asar tahlilida obrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.

4.Asar syujeti va kompozisiyasini o‘rganish ham adabiiy tahlilning asosiy vazifasidir. Badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozisiya, muayyan g‘oyani ifodalaydi. Mavzu va g‘oyaning aktualligi va xalqchiligi, mazmun va shaklning o‘zaro mosligi, obrazning tipikligi va xaqqoniyligi syujet va kompozisiyaning pishiqligi, badiiy tilning tasviriyligi va ekspressivligi adabiy tahlil jarayonida aniqlanadi.

Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni sharhlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g‘oyaviy va estetik mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharxlashda lingvistik aspekt asosiy o‘rinni egallaydi. U traditsion adabiiy tahlilda ham yetakchi sanaladi, chunki u matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.

Badiiy matn murakkab va ko‘p qatlamdir. Uni tahlil qilishdan maqsad- ijodkor o‘ylagan ma’no va ichki kechinmalarni maksimum holda payqab olishdir. Ijodkorni o‘ylagan narsasi faqat badiiy asar orqali namoyon bo‘ladi.



Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume)

Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.

Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.

Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:

1. Shaxsiy ma’lumot

a. Ism-sharif (talab qilinadi)

b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)

c. Jins (majburiy emas)

d. Millat (majburiy emas)

e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)

2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy)

a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :


  1. O’zingiz qiziqqan mavzuda matn tuzib, uni tahlil qiling.

  2. Mavzuga doir slaydli taqdimot tuzing.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1. Matn va turlarini tavsiflab bering.

2. Xizmat xatlari va uning turlarini izohlab bering.

3. Matnning tahlili va tahriri haqida nimalarni bilasiz?

4.Rezyumening asosiy qismlarini qanday turlardan iborat?



10-MAVZU: MAQOLA VA UNING TURLARI

Reja:

  1. Maqola haqida umumiy ma’lumot.

  2. Maqolaning tarkibiy qismlari.

  3. Bosh maqolaning o’ziga xos ko’rinishlari.

  4. Maqolaning kundalik hayotda tutgan o’rni.

Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot,texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.

  2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.

  3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.

Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.

Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.

Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar

Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.

Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.

Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassis -largagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.



Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1.O’z sohangizga oid mavzuda maqola yozing.

2.Mavzuga doir slaydli taqdimot tayyorlang.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Maqola haqida ma’lumot bering.

2. Maqola va uning turlarini izohlab bering.

3.Bosh maqolaning o’rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

4.Sohaga oid maqola yozishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?



  1. TAQDIMOT NUTQI. INTERNET TILI. REKLAMA.

11-MAVZU: TAQDIMOT NUTQI – JAMOATCHILIK NUTQINING TURI SIFATIDA. IDORAVIY TAQDIMOT (TAQDIMOTNI TASHKILLASHTIRISH)

Reja:

  1. Taqdimot haqida umumiy ma’lumot.

  2. Taqdimotda vazifalar va uning tarkibiy qismlari.

  3. Taqdimotni tuzish jarayoni.

  4. Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.

Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o`z nuqtai nazarini taqdim etishdir. Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yig`ilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.moTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTtda

Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim:



1. Taqdimot qilinishi kerak bo`lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin.

2. Matnni va ko`rgazmali qurollarni tayyorlash.

3. O`zining ko`rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.

4. Taqdimot qilishni mashq qilish.

Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:



1. O`tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o`zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo`lsa, siz xona, o`rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko`rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.

2. Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha ko`p bilishga harakat qiling.

3.Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?

4. Mavjud vaqt: sizga mo`ljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bog`liq bo`ladi.

5. Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir bo`ladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat’i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor bo`ling.

6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo`lishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog`liq bo`ladi. Taqdimotda foydalangan so`zlaringizga e’tibor qarating, mos bo`lmagan hech narsaga murojaat qilmang.

Taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:

1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;

2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;

3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;

4.Slayd hajmi yo‘lchamlarin itanlash;

5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;

6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushl ianimatsiya jihatlarini yaratish.

Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:

A) slaydlar soni (7 – 10 ta);

V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;

S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;

D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak;

Imidj tushunchasi reyting, obro`, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi ko`rinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y- harakatlar, inson axloqi va o`zini tutishida, xarakterida, do`stlari va o`zaro munosabatlarida namoyon bo`ladi.

Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalar dan foydalanish

Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot

taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib kompaniya saytidan eng yangi ma’lumotni olish mumkin.

Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma`ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o`zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.

So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o`zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tibornni tortish, qiziqtirish uchun ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g’risida savol tug’iladi.



Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1.Taqdimot uchun jonli rasmlar oling va uni slaydlarda joylashtiring .

2.O’zingiz qiziqqan sohaga doir multimediali taqdimot tayyorlang.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :

1.Taqdimot haqida ma’lumot bering.

2. Taqdimot va uning turlarini izohlab bering.

3. Taqdimot jarayonida qanday ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak?

4. Multimediali taqdimotni tushuntiring.

12-MAVZU: INTERNET MAYDONIDA KOMMUNIKATSIYA TILI. INTERNETDA VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT

Reja:

1.Uslublar , taqdimot nutqi va axborotlar tili.

2. Internet va undan foydalanish madaniyati.

3. Ta’lim sohasida internet texnologiyalari.

4. Internetda verbal va noverbal muloqot.

Ilmiy uslubning о‘ziga xos xususiyatlari. Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki madaniyat mavzusidagi maqolani о‘qish, til xususiyatiga kо‘ra boshqa nutq uslubidan farqlanishini izohlash. Badiiy adabiyot va kundalik matbuot sahifalaridan gap bо‘laklari tartibi buzilish holatlari. Ularning uslubiy bо‘yog‘ini aniqlash.

Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi ahborot manbaidir.

Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan habardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta engilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beihtiyor virtual olamga jalb etib bormoqda.

Ayniqsa, bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahassislarning so'zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi. Lekin qiziquvchanlik sababli Internet ahborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlari mumkin.

bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushohada, tahlil qilish qobiliyati va hotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda.

Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan ahborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan ahborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda. Barchamizga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. YUqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli - tuman ahborot tehnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa-da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.



Topshiriq. O'zbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan tanishing.

KLASTER


172ta jurnal

813ta ommaviy axborot vositasi bor



O`zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari

562ta gazeta



4ta axborot agentligi





75ta teleradiostudiya

mavjud




kabel telestudiyalar mavjud


Intervyu olish va intervyu berish qoidalari

Intervyu - muxbirning (umuman so'zlovchining) biror mashhur shaxs bilan ma'lum bir masala bo'yicha savol-javobidir. Muxbir intervyu oligunga qadar o'z savollarini tayyorlab qo'yadi. Intervyu savollari shu kunda hammani qiziqtirgan muhim masalalar haqida bo'lishi lozim. Intervyu olish muxbirdan bilimdonlikni, notiqlikni, turli etik qoidalarga amal qilishlikni talab etadi. Muxbir intervyu beruvchi shaxs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi zarur.



Reportaj tayyorlash.

Reportaj- OAV sodir bo'layotgan voqea -hodisalardan olib beriladigan mahalliy mavzulardagi xabar, maqola.



Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi. Jurnalistlar,asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta’sir qilish va nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi.

Muxbir (arab. — xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy- axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy- axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gaz., jur., radio, televideniye tahririyati xodimi.

Jurnalist - muxbir, reportyor (axborot-yangiliklar xizmati xodimi) va sharhlovchiga teleoperator, produser va boshqa texnik xodimlari yordam berishi mumkin.



OAV fotografi (suratkashi) reportyor yoki muxbir bilan birgalikda ishlashi yoki mustaqil ravishda o‘z nashri uchun fotoreportajlar tayyorlashi mumkin.Bu jarayonda u fotojurnalistga aylanishi mumkin.

Ta’lim sohasida internet texnologiyalari

Bugungi kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan -yilga Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Internet deyarli ta’lim jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib, ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar. Internetdan yangilik, axborot va ish qidiradilar. Amerikalik 5 dan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning deyarli 90% i kompyuterdan foydalanadilar, bu foydalanuvchilarning 59%i Internetdan foydalanuvchilardir. 15 yoshli amerikaliklarning har to‘rtinchisi Internetdan foydalanadilar, 10 yoshlilar guruhida bo‘lsa 60% ni, 16 va undan kattalarda bu ko‘rsatkichlar 80% ni tashkil etadi (bu ko‘rsatkichlar ham vaqt o‘tishi bilan ortib bormoqda).

Mashq. Quyida berilgan reportaj matnini o‘qib, qaysi uslubga xosligini aniqlang. Uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.

OAV

Olib borilayotgan ishlarni aholiga yetkazib berish, uni targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rni juda katta. Aynan ushbu soha vakillari sabab joylarda bo‘lib o‘tayotgan tadbirlar, amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar, muvaffaqiyatlar va kamchiliklardan boxabar bo‘lamiz. Ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo‘lib, davlat va xalq orasidagi haqiqiy «ko‘prik» vazifasini bajarmoqda. Xususan, sport rivoji yo‘lida ham «to‘rtinchi hokimiyat» vakillarining o‘rni beqiyosdir. 27 iyun Ommaviy axborot vositalari kuni. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan qalam ahli uchun o‘ziga xos tadbir tashkil etildi. Unda jurnalistikaning turli yo‘nalishlarida, jumladan TV, gazeta, internet nashrlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.



Topshiriq. Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring.

Tushunchalar

Tushunchalar tahlili

OAV




Reportaj




Intervyu




Muxbir




Jurnalist




Internet




O‘zbek tili ta’limida zamonaviy ta’lim

texnologiyalaridan foydalanish

Ta’lim jarayonida ilg‘or pedogogik texnologiyalarni joriy etish, darslarda kommunikativ-nutqiy tamoyilni tadbiq etish, texnik vositalar: audio-video apparatlar, o‘quv videofilmlaridan foydalanish, o‘qituvchilarga darslarini texnik vositalar bilan to‘liq ta’minlangan auditoriyalarda o‘tkazish uchun to‘liq shart-sharoit zarur. O‘zbek tili ta’limida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, mashg‘ulotdan ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. Interfaol metodlar boshqa metodlar singari o‘quv mashg‘ulotining tarkibiy qismi sifatida o‘qituvchi va talaba hamkorligini tashkil etishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, texnologik jarayonning to‘liq amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, til ta’limida ular beqiyos.



Verbal va noverbal muloqot.

Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.



Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida soʽz muhim oʻrin tutadi. Soʽz talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, koʽz qarash, koʽz yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir soʽzga koʻplab ma’no berish mumkin.

Tillarni oʽrgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham oʽrgatish lozim. Aks holda chet til toʻla oʽzlashtirilmaydi.

Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham soʽzlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi.

Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.



Noverbal soʽzlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bogʻlanadi. Muloqot qabul qiluvchi soʽzlovchini koʻrish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida boʻlishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi soʽzlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, koʻrinishini aniq koʻrishi va ovozini ham eshitadigan joyda boʻlishi kerak. Bu kuzatish orqali boʻlarkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan boʻlishi mumkin. Soʽzlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi boʻlganda rejalashtirilgan boʻladi. Noverbal muloqot esa, soʽzlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki koʻrinishi qabul qiluvchi tomonidan gʻayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala-partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli boʻlsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.

Noverbal muloqotning ahamiyati

1. Geografiya, kartalar, diagrammalar va hokazolar bilan bogʻliq fikrlarni bidirishda, qabul qiluvchi masalani bir qarashda tushunib olishi mumkin, noverbal metodlar ixcham shaklda katta miqdordagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi.

2. Haydovchilar yoki yoʻlovchilardan darhol javob boʻlishi shartligi sababli yoʻl harakati belgilari, signallar uchun noverbal muloqot shak-shubhasiz asosiy oʻrinni tutadi.

3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan oʻrinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga koʻra, birinchi marta koʻrishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy boʻlishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1.Internet materiallaridan foydalanib, ta’lim sohasidagi yangiliklardan namunalar yozish .

2.Mavzuga doir multimediali taqdimot tayyorlang.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Internet va udan foydalanish madaniyati haqida ma’lumot bering.

2. Ta’lim sohasida internet texnologiyalarini izohlab bering.

3. Internetda verbal muloqotni tushuntiring

4. Internetda noverbal muloqotni tushuntiring.



13- MAVZU: REKLAMA – IDORAVIY MULOQOT JANRI. REKLAMA MATNINING TUZILISHI, REKLAMA MATNI

Reja:

  1. Reklama haqida umumiy ma’lumot.

  2. Reklamaning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Reklama shiorlaridagi bog’liqlik.

  4. Reklama matnlarining tuzilishi.

Har qanday reklama axborot matnini tinglovchiga yetkazish uchun xizmat qiluvchi vosita sanaladi. Demak, reklamaning birlamchi va asosiy elementi bu tildir. Reklamalar matni (peshlavha, shior, afishalar) matnlariga nisbatan o’ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Quyida ana shunday matnlar haqida so’z yuritamiz.

Ma’lumki, har qanday matndan anglashilayotgan fikrlar undagi til birliklari orqali ifodalanadi.Matnning o’iga xos xususiyati undagi til birliklarining o’zaro bog’liqligi, mosligi va yaxlitligidir. Ko’chma reklama matnlari tuzilishiga ko’ra alohida ahamiyatga ega. Ularda aks etuvchi yozuvlar, rasmlar, shartli bekgilar, simvollar reklama matni semantikasiga bog’liq bo’ladi.

Tilning ifoda vositalari reklama qilinayotgan mahsulotning muhim qirralarini ochishda zaruriy vosita hisoblanadi. Masalan, vizual (ko’ruv) reklama matnlarida lingvistik vosita sifatida asosan yuqori emotsional -ekspressivlikka ega bo’lgan sifat turkumiga ega bo’lgan so’zlar qo’llaniladi.Chunki reklama qilinayotgan xizmatlar, tovarlarning o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklarini alohida ta’kidlab, bo’rttirib ko’rsatish, asosan, sifat so’z turkumi orqaligina amalga oshiriladi. Masalan, xushbo’y, nozik, shaffof, sof, asl, toza, haqiqiy, tabiiy, chin, arzon, ommabop, hammabop, yoqimli, ko’rkam, yorqin, porloq, xushbichim, orasta, zebo kabi.

Shuningdek, reklama matnlarida buyruq tarzidagi da’vat fe’llari ham ko’p qo’llanishi mumkin. Masalan, his eting, tashrif buyuring, marhamat qiling, tanishib chiqing, tanlang, kuting, ishtirok eting,ega bo’ling, shoshiling, lazzatlaning, quvoning va hokazo. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki,vizual reklamalarturiga kiruvchi ko’cha reklama tilining muhim va jonli bo’lishi hamda ta’sirchan shaklda o’quvchiga yetkazilishi uchun uning matni mazmunli, siqiq shaklda va tasviriy san’at bilan omuxta bo’lishi, ya’ni reklamalarda til birliklari va tasviriy san’at uyg’unligi ta’minlanishi kerak. Vizual reklamalarni til birliklarining qo’llanish yoki qo’llanmasligiga ko’ra shartli ravishda lingvistik matnli reklamalar lingvistik matnlarsiz reklamalarga qaraganda ko’proq axborot tashiydi. Lingvistik matnli reklamalarda ko’zlangan maqsadga erishish reklama mazmunini ifodalovchi asosiy so’zlarning qisqaligiga, yozilish shakli, rangi va boshqa xususiyatlariga ham bog’liq.

Tuzilishiga ko’ra reklama shiorlarini 3 guruhga ajratish mumkin:


  1. Bog’langan shior. Bunda tovar nomi ishtirok etadi: Har doim Coca-Cola!

  2. Uyg’unlashgan shior. Unda shior tovar nomi bilan ritmik va fonetik uyg’unlikda bo’ladi: Alyumag – oshqozonga ko’mak; Ermak – bu foydali, mazali va toza yemak; Muza bilan siz, betakror pazandasiz.

  3. Erkin shior. Bunda tovar markasi alohida qo’llanadi: Nescafe. Hammasi yaxshilikka. Nestle. Musaffo hayot davri keldi! Shaffof. Birinchi buloq suvi!

Reklama matnlari quyidagicha bo’lishi lozim:

  • qisqa so’z, qisqa gap, qisqa abzaslardan foydalanib mazmunli matn tuzish;

  • reklama qilinayotgan taklifni bevosita sarlavhaning o’zida isbotlash;

  • “qulay” so’ziga asosiy e’tiborni qaratish;

  • sarlavha osti qismida matnni takroran eslatish;

  • reklama matnini mahsulot yoki xizmatni harakatda tasvirlovchi rasmlar bilan berish;

  • taklifning qat’iyligi to’g’risidagi iborani kiritish;’so’z yoki iborani katta harflarda yozish.

Reklama shunday jarayonki, unga har kuni, har yerda har bir kishi duch keladi. Reklama ommaviy kommunikatsiyaning barcha sohalariga kirib bormoqda.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1.Internet materiallaridan foydalanib, sohangizga oid reklama matnini yarating va ularga namunalar yozish .

2.Mavzuga doir multimediali taqdimot tayyorlang.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
1.Reklama haqida ma’lumot bering.

2. Reklamaning o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering.

3. reklama shiorlaridagi bog’liqlikni tushuntiring

4. reklama matnlarini tuzishda nimalarga ahamiyat berish kerak?



Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talabalarga “Akademik yozuv” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi va joriy nazorat sifatida baholanadi:

1)mavzular bо‘yicha konspekt (referat, taqdimot) tayyorlash. Nazariy materialni puxta о‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul о‘quv materialiga diqqatni kо‘proq jalb etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;

2)О‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Talabalar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari davomida olgan bilimlarini о‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik kо‘rishlari uchun tavsiya etilgan elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, о‘z-о‘zini nazorat uchun test topshiriqlari v.b.;

3)fan bо‘yicha qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. Mustaqil о‘rganish uchun berilgan mavzular bо‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qо‘shimcha о‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanish rag’batlantiriladi;

4)INTERNET tarmog’idan foydalanish. Fan mavzularini о‘zlashtirish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bо‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qо‘shimcha reyting ballari bilan rag’batlantiriladi;

5) mavzuga oid masalalar. Keys-stadilar va о‘quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok etish;

6) amaliyot turlariga asosan material yig’ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish, hisobotlar tayyorlash;

7) ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;

8) masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg’ulotlarni tashkil etish bо‘yicha metodik kо‘rsatmalar tayyorlash va h.k.

Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil о‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yо‘llarini aniqlash. Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar tо‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy tо‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni о‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.

Mustaqil ishni tashkil etish bо‘yicha uslubiy kо‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar tо‘plami ishlab chiqiladi. Bunda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bо‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar beriladi.

Glossariy

Fonetika -Звуко-буквенный состав языка

Unlitovushlar – гласные звуки

Undoshtovushlar – согласные звуки

So’zo’zgartiruvchiqo’shimchalar – формообразующие окончания

So’zyasovchiqo’shimchalar – словообразующие окончания

Tovush - звук

Bo’g’in - слог

Urg’u - ударение

So’zturkumlari - части речи

Ot - имя существительное называет лицо, предмет, место или время

Kelishiklar - падежи

Egalikaffikslari - аффиксы принадлежности

Sifat - прилагательное, обозначающее признак лица или предмета

Sifat darajalari - степени прилагательных. Сопоставление одинаковых качеств предмета

Son – числительное. Слова, обозначающие количество или порядок предмета

Ravish - наречие.Часть речи, обозначающая признак действия, качества, реже предмета.

Olmosh - местоимение. Слова употребляемые вместо существительных, прилагательных, числительных и иногда наречий

Fe’l – глагол. слова, обознaчающие действие или состояние предмета

Ko’makchi - послелоги. Служебные слова, связывающие имена существительные и слова, употребляемые вместо них с другими частями речи, особенно с глаголом.

Bog’lovchi – союзы. служебные слова, связывающие однородные члены предложения или части сложного предложения.

Yuklama - частицы.Служебные слова, придающие предложению или отдельным словам различные дополнительные значения.

Sinonim- Синонимами называются слова, различные по своему звучанию, но близкие по значению

Antonim - слова с противоположным значением

Omonim - слова одинаковые по форме и различные по значению.

So’ztarkibi - состав слова

Qo’shmaso’zlar - сложные слова состоят из или более корней

Juftso’zlar - парные слова образуются от двух различных слов

Frazeologizmlar - устойчивое сочетание слов, употреблямое чаще в переносном значении. Фразеологизмы по смыслу равны одному слову

Leksika - раздел языкознания, изучающий словарный состав языка.

Morfologiya - Морфология изучает части речи и их грамматические категории

Sintaksis- раздел грамматики, изучающий формы и типы предложений, структуру словосочетаний и связи слов в словосочетании и предложении.

Soddagaplar - простое предложение. В нём одно подлежащее и сказуемое, т.е. в котором повествуется об одном действии

Qo’shmagaplar - сложное предложение , состоит из двух или более простых предложений

Ishqog’ozlari - деловые бумаги

Nutquslublari - Стили речи



ILOVALAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“ТАSDIQLAYMAN”

ТАТU rektori _____________Т.Теshabayev

2019 yil “___” _________





“KELISHILDI”

Оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

___________________

2019 yil “_____”__________









Ro‘yxatga olindi: № BD- __________

2019 yil “___” ____




AKADEMIK YOZUV 1

FAN DASTURI

Bilim sohalari:

300000

  • Ishlab chiqarish-texnik soha

Та’lim sohasi:

330000

  • Коmpyuter texnologiyalari va informatika

Та’lim yo’nalishlari:

5330500

  • Коmpyuter injiniring ("Коmpyuter injiniring ", "IТ-servis","Ахborot xavfsizligi","Мultimedia texnologiyalari")




5330600

  • Dasturiy injiniring




Та’lim sohasi:

350000

  • Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari

Та’lim yo’nalishlari:

5350100

  • Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Теlekommunikatsiya", "Теleradiouzatish", "Моbil tizimlar")




5350200

  • Теlevizion texnologiyalar ("Аudiovizual texnologiyalar", "Теlestudiya tizimlari va dasturlari")


5350300
5350500
5350400
5350600


  • Ахborot-коmmunikatsiya texnologiyalari sohasi iqtisodiyoti va menejmenti

  • Pochta aloqasi texnologiyasi




  • Ахborot-коmmunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

  • Ахborotlashtirish va kutubxonashunoslik



Тоshkent 2019

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2019__ yil “___”_________ dagi ____ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019__ yil “___” _____dagi ______ - sonly buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan - sonli buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oily ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.

Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:

Axmedova M.X.- TATU, «O’zbek va rus tillari » кafedrasi dotsenti, p.f.n Gayubova K.A. – TATU, «O’zbek va rus tillari » kafedrasi katta o’qituvchisi

Yulanova N.D. – TATU, «O’zbek va rus tillari » kafedrasi katta o’qituvchisi

Taqrizchilar:

G.A.Narimova –TDPU, “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi dotsenti, f.f.n.

M.T.Abdurahmonova – O’z MU “O’zbek filologiyasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n.







Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2019 yil “ _ ” ___________dagi “__” -sonli bayonnoma).

Fanning mazmuni

Kishi o’z fikrini aniq va ravon ifodalash uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo’lishi, kundalik so’zlashuv tilidan tashqari, rasmiy-ish yuritish tilini ham bilishi kerak.Chunki oddiy ishchimi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo’lmaganda, ariza, tilxt yoki ishonchnoma yozishiga to’g’ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog’ozlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida» gi qonunning o’zak moddalari (8-14 moddalar) da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.

Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo’lgan hujjatlar jamoalarning, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo’lgan narsa emas, kishilik jamiyati shkllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyoj barobarida dastlabki hujjatlar yuzaga kelgan.

Rasmiy munosabat - ish yuritish har bir davrda o‘ziga xos ro‘y beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, hujjatlar kishilik jamiyatini tartibga solib turuvchi vositadir. Mukammal va oqilona tashkil qilingan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonda ish yuritish xalqimizning birligi va borligi sifatida ijtimoiy hayotdagi o‘rni alohida. Yosh mutaxassislarga bu sohada bilim berish davr taqozosidir.


II. Ta'limdan olinadigan natijalar

Bakalavr “Akademik yozuv 1” fani bo’yicha:

- bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1” fanidan:

- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;

- o’zbek tilining gap qurilishi;

- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak;

- hujjat matnining tuzilishini;

- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini;

- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ;

- o’zbek tilida sintaktik jihatdan to’gri gap tuza olishni;

- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo’lish, ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;

- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llash, o’zbek tilida ish yuritish ko’nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim;

- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;

- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.

III. Akademik yozuv 1 fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Akademik yozuv 1fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.

Hujjatlarni o'rganuvchi ish yuritish avvalo til fani bilan bog'liq bo'lib, ish qog'ozlarining nutqi rasmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Hujjatlar tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ish ko‘radi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonuniyatlariga rioya qiladi.

Hujjatlar tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ular haqida tarixiy manbalar ma’lumotlar beradi. Hujjatlar ham tarixiy jarayonni boshidan o'tkazgan. lshlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi bilan rivojlangan, takomillashgan. Eskirib, iste'moldan chiqib ketgan ayrim hujjatlar tarix bo‘lib qoldi. Demak, tarixning bir bo'lagi sifatida kishilik jamiyati tarixida o‘z o’rnida ahamiyat kasb etadi degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo'ladi.

Har bir hujjat huquqiy kuchga ega. Uning mazmuni, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi qonunchilik mohiyatiga mos kelishi, huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan hujjatlardan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan ish qog‘ozlari mavjud. Ularni o‘rganish ham ish yuritish fanining maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.

IV. Nazariy qism (ma'ruza)

Ushbu fan bo'yicha nazariy mashg’ulotlar ko'zda tutilmagan.


V. Amaliy qism (amaliy mashg’ulotlar)


Мавзулар

Соат

лар(база)

Соат

лар

1.Akademik nutq.Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari.




6

2. Rasmiy idoraviy uslub. Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi.




4

3. Hujjat turlari va xususiyatlari. Ish yuritish terminlarining lug‘ati.




4

4.Publitsistik nutq. Matn turlari va tarkibi. Maqola va uning janrlari.




8

5.Taqdimot nutqi. Internet tili. Reklama. Reportaj tayyorlash,intervyu olish qoidalari.




8

Jami

30

30


1. Akademik nutq.Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari. Bu bo’limda akademik nutqning yozma va og’zaki turlari haqida tushuncha beriladi. Nutq uslublari va adabiy til me’yorlari bo’yicha ma’lumot beriladi.

Ta'limdan olinadigan natijalar:

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish;

- ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lish;

- adabiy til me’yorlarini to’liq o’zlashtirish;

- bog’lanishli matn tuzish va o’z sohasi doirasida fikrlarni o’zbеk tilida to’g’ri bayon qila olish.

2. Rasmiy- idoraviy uslub. Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi. Ushbu mavzuda hujjatchilik tarixi, uning rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi.

Ta'limdan olinadigan natijalar:

- hujjatning o‘zi nima, hujjatlar tarixini o‘rganish;

- hujjatlarning o'rni va ahamiyatini talabalarga yetkazish;

- o’zbеk tilida sintaktik jihatdan to’g’ri gap tuzish ko’nikmasiga ega bo’lish,

- rasmiy hujjatlarning yozilish shaklini o’zlashtirish;



- ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilish.
3. Hujjat turlari va xususiyatlari. Ish yuritish terminlarining lug‘ati. Hujjatlar tilining o'ziga xosligi shundaki, unda qolipli va andozali so'z, birikma va gaplar ishlatiladi. Bu jihati bilan hujjatlar tili ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.

Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirishni o’rganish;

  • ish yuritish terminlaridan to’g’ri foydalanish;

  • ish qog'ozlari tili va uslubi haqida nazariy ma’lumotga ega bo'lish;

  • ish qog’ozlari, hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy izchillikka erishish hamda zarur leksik-sintaktik vositalardan o’rinli foydalanish;

  • кundalik hayotda keng qo'llaniladigan hujjat namunalari ustida ish olib borish va amaliy jihatdan ko‘nikmalar hosil qilish.

4. Publitsistik nutq. Matn turlari va tarkibi. Maqola va uning janrlari. Talabalarga publitsistik uslubning yozma va og’zaki turlari hamda maqola yozish qoidalari haqida to’liq ma’lumot beriladi. Bo'limda matnning tarkibi o’rganilib tahlil qilinadi.

Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • publitsistik maqola yozish haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish;

  • maqola matnini tahlil qilish;

  • gazeta va jurnallarga maqola yozish ko’nikmasini hosil qilish;

  • matnni tahrir qilish qoidalarini o’rganish.

5. Taqdimot nutqi. Internet tili. Reklama. Reportaj tayyorlash, intervyu olish qoidalari. Bu bo'limda ommaviy axborot vositalari tili haqida ma’lumot beriladi. Reklama matnini tayyorlash, reportaj tayyorlash, intervyu olishning til xususiyatlari o'rganiladi.Talabalarga taqdimot matnlarini yaratishni o’rgatish.

Ta'limdan olinadigan natijalar:

- taqdimot matnlarini tuza olish;

- reklama matnini tayyorlay olish;

- mustaqil intervyu va reportaj tayyorlay olish;

- Internet tili xususiyatlarini o’zlashtirish.
VI. Mustaqil ta’lim bo’yicha tavsiyalar
Mustaqil ish o‘qituvchining talabalarga avvaldan berib qo‘yiladigan fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:

• amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

• ma’lumot hujjatlarini yozish;

• berilgan mavzu bo’yicha hisobot yozish;

• mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;

• rezyume yozish;

• reklama matnlari yaratish;

• publitsistik maqola tayyorlash.


VII. O’zlashtirishni baholash bo’yicha tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlarda baholash talabalarning darsga qatnashishi, amaliy mashg’ulotlardagi topshiriqlarni bajarishi hamda mustaqil ishlarni o'z vaqtida topshirishlari asosida amalga oshiriladi. Baholash foiz hisobida quyidagicha:

Amaliy mashg’ulotlar - 30%

Mustaqil ta'lim- 20%

Yakuniy nazorat -50%


VIII. ADABIYOTLAR RO'YXATI
Asosiy adabiyotlar
1. М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.

2. X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.

3. Д.А. Бабахонова. Официальный делавой стиль современного узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г.
Qo'shimcha adabiyotlar
1. А.Н. Белов, В.Н.Белов. Корреспонденция и делопроизводство. М., 1988 г.

2. Д.В.Васильев. Делопроизводство на компьютeре. Прaктические рекомендации. М., 1999 г.

3. С.В.Усманов ва .б. Ўзбек тилида иш юритиш амалиёти. Т. 1999 й.

4. Ruscha - o'zbekcha lug‘at (2 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013.

5. O'zbek tilining izohli lugati (5 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005-2008.

6.Qo’g;urov R.,Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b.


Internet saytlar

1..http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик.

2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx - Узбекско-русский переводчик.

3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали.



O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Samarqand filiali
Ro‘yxatga olindi: «TASDIQLAYMAN»

O‘quv va lmiy ishlari bo‘yicha

direktor o`rinbosari:

_______________ dots. Qarshiyev Z.A.

___________________

2019-yil____ ____________ 2019-yil ____ __________




Download 226,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish