Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Telekommunikatsiya va kasbiy ta`lim fakulteti



Download 226.54 Kb.
bet3/3
Sana13.01.2020
Hajmi226.54 Kb.
1   2   3

Telekommunikatsiya va kasbiy ta`lim fakulteti




Tillar kafedrasi
SILLABUS
AKADEMIK YOZUV 1

FAN DASTURI

Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish texnik sohasi

Ta’lim sohasi: 330000 - Kompyuter texnikari va informatika

texnikalari 350000 - Aloqa va axborotlashtirish,telekommunikatsiya

Ta’lim yo‘nalishi: 5350400 - AKT sohasida kasb ta`limi

5330500 - Kompyuter injinering

5350101-Telekommunikatsiya texnologiyalari

(telekommunikatsiya texnologiyalari,teleradio

eshittirish, mobil tizimlari)

5330300 - Axborot xavfsizligi

5330600 - Dasturiy injiniring


Samarqand – 2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019__ yil “___” _____dagi ______ - sonly buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.

Fan dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2019 yil “ _ ” ___________dagi “__” -sonli bayonnoma).

Tuzuvchi:

Abdiyev M. Б. - filologiya fanlari doktori, professor

Raxmatova S.A. – kat.o’qituvchi

Yuldasheva D.B. – assistant



Taqrizchilar:

Eltazarov J.D. – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d.

Mahmadiyev Sh.– SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f. n.

“Akademik yozuv ” fanining ishchi o‘quv dasturi tillar kafedrasi a’zolarining 2019-yil ____-avgustdagi yig‘ilishida muhokama etilgan va fakultet ilmiy va uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan(1-bayonnoma).



Kafedra mudiri: dots.Toirova D.F.

Fanining ishchi-o‘quv dasturi TKKT fakulteti ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan(2019-yil ____-avgustdagi 1- bayonnoma)



Fakultet ilmiy kengashi raisi: dots.Narzullayev U.X.

Kelishildi:

Filial o‘quv-uslubiy

boshqarmasi boshlig‘i: Ahmedjanov A.R.

Kirish

Inson jamiyatda yashaydi, uning a‘zosi hisoblanadi. Jamiyat a‘zolari bir- birlari bilan munosabatda bo’ladilar.

Kishi o’z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo’lishi, kundalik so’zlashuv tilidan tashqari, rasmiy-ish yuritish tilini ham bilishi kerak.Chunki oddiy ishchimi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir, hech bo’lmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to’g’ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog’ozlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida» gi qonunning o’zak moddalari (8-14 moddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.

Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo’lgan hujjatlar jamoalarning, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo’lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyoj barobarida dastlabki hujjatlar yuzaga kelgan.

Rasmiy munosabat - ish yuritish har bir davrda o‘ziga xos ro‘y beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, hujjatlar kishilik jamiyatini tartibga solib turuvchi vositadir. Taniqli hujjatshunos A.S.Golovich ta‘biri bilan aytganda, boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri soha xodimlarining ko'pchiligi nazariy va amaliy tayyorgarligining bo‘shligidir (“Оформление документов” (Киев, 1983). Shuningdek, ba‘zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo’linmaydi. Mukammal va oqilona tashkil qilingan hujjatchilik har qanday idoradagi ish yuritishning asosi hisoblanadi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonda ish yuritish xalqimizning birligi va borligi sifatida ijtimoiy hayotdagi o‘rni alohida. Yosh mutaxassislarga bu sohada bilim berish davr taqozosidir.

Akademik yozuv 1 fanini o’qitishning maqsad va vazifalari

Hujjatlar inson faoliyatida muhim o‘rin tutadi. U yoki bu hodisani, holatni tasdiqlash va qayd qilish, ro‘yxatdan o'tkazish maqsadida tuziladi. Hujjatlarning asosiy vazifasi axborot berish, to'plash, saqlashdan iborat. Boshqaruv faoliyatida hujjatlar boshqaruv vazifasini o'tashda asosiy omil hisoblanadi. Hujjat axborot manbai sifatida ham xizmat qiladi.

Hujjatlarni yaratish jarayoni hujjatchilik deb yuritiladi. Hujjatchilik fani korxona va tashkilotlarda olib boriladigan hujjatlarning nazariy va amaliy jihatlari bilan tanishtiradi. Hujjatchilikning muhim vazifasi ma’muriy faoliyatni hujjatlash, barcha hujjatlarni ishlab chiqish, ularni saqlash. Hujjatlarni rasmiylashtirish, ular ustida ishlash, foydalanish, yig‘ma jildlarni shakllantirish, hujjatlarni guruhlash haqida ma’lumot berish ham hujjatchilik vazifalari qatoriga kiradi.

Akademik yozuv fanini o'qitishdan maqsad:

- Hujjatning o‘zi nima, hujjatlar tarixini o‘rganish.

- Hujjatlarning o'rni va ahamiyatini talabalarga yetkazish.

- Hujjat matnining tuzilishi, hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlari; hujjatlarni rasmiylashtirish.

- Hujjatlariga qo'yiladigan talablarni o'rganish.

- Hujjatlar tili va uslubi haqida nazariy ma’lumotga ega bo'lish.

- Hujjat turlari va ularning xususiyatlari va har bir tur ustida kengroq ma’lumot berish.

- Sohalarga oid hujjatlar mavjudligi, ularning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishish.

- Kundalik hayotda keng qo'llaniladigan hujjat namunalari ustida ish olib borish va amaliy jihatdan ko‘nikmalarini hosil qilish.

- Mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.

Fan mazmuniga qo’yiladigan malakaviy talablar

Bakalavr “Akademik yozuv 1” fani bo’yicha:

bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1 ” fanidan:

- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;

- o’zbek tilining gap qurilishi;

- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak.

- hujjatchilik tarixi va qonuniyatlari bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi lozim;

- hujjat matnining tuzilishini;

- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini;

- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ;

- o’zbek tilida sintaktik jihatdan to’g’ri gap tuza olishni;

- rasmiy qog’ozlarni yozilish shaklini o’zlashtirishi kerak.

- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo’lish, ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;

- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llashi, o’zbek tilida ish yuritish ko’nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olishi, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.

- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;

- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalari-


dan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini
asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Akademik yozuv 1 fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Akademik yozuv fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.

Akademik yozuv fani avvalo til fani bilan bog'liq bo'lib, ish qog'ozlarining nutqi rasmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Hujjatlar tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ish ko‘radi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi.

Hujjatlar tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ular haqida tarixiy manbalar ma’lumotlar beradi. Hujjatlar ham tarixiy jarayonni boshidan o'tkazgan. lshlab chiqarish va munosabatlarning o‘zgarishi bilan rivojlangan, takomillashgan. Eskirib, iste'moldan chiqib ketgan ayrim hujjatlar tarix bo‘lib qoldi. Demak, tarixning bir bo'lagi sifatida kishilik jamiyati tarixida o‘z o’rnida ahamiyat kasb etadi degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo'ladi.

Har bir hujjat huquqiy kuchga ega. Uning mazmuni, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi qonunchilik mohiyatiga mos kelishi, huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan hujjatlardan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan ish qog‘ozlari mavjud. Ularni o‘rganish ham ish yuritish fanining maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda ish yuritish ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.



Akademik yozuv 1 fanini o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Akademik yozuv fanini o’qitish va o’rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o’rganishda yaxshi samara beradi.

Ta’limning oliy bosqichida ish qog’ozlarini o’qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ish yuritish uslubini qo’llash uchun yozma nutqni o’stirish ko’zda tutiladi. Rasmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o’rganish va mehnat faoliyatida ishlatiladigan hujjatlar matnini tuza olish ko’nikmalarini hosil qilish ko’zda tutiladi. Bunda hujjatchilikka doir adabiyotlarni o’qib o’rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida talabalarning o’zbek tilida hujjatlarni tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to’g’ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o’rinli foydalanishni qanchalik puxta o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida hujjat yuritish va ish qog’ozlarida tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, o’qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo’llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo’llaniladi:

Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o’yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari.



O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

“Akademik yozuv 1 ” fani yozma nutq, hujjat yuritish, tilning stilistik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish masalalarini qamrab oladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar

Bakalavr “Akademik yozuv 1” fani bo’yicha:

- bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining og’zaki va yozma nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, uning so’z boyligidan grammatik bilimlar asosida to’g’ri foydalana bilishi, ish yuritish va rasmiy hujjatlar tayyorlashda yetaril savodxonlikka ega bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 1” fanidan:

- o’zbek tilida rasmiy ish uslubining qonuniyatlarini;

- o’zbek tilining gap qurilishi;

- rasmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak.

- hujjat matnining tuzilishini;

- hujjatlarning zaruriy (rekvizit) qismlarini;

- hujjatlarni rasmiylashtirishni bilishi lozim ;

- o’zbek tilida sintaktik jihatdan to’gri gap tuza olishni;

- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo’lish, ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;

- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llash, o’zbek tilida ish yuritish ko’nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini o’zbek tilida asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.

- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;

- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Asosiy qism (amaliy mashg‘ulotlar)



Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Dars soatlari hajmi

1.

Akademik nutq.Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari.

4

2.

Rasmiy idoraviy uslub. Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi.

6

3

Hujjat turlari va xususiyatlari. Ish yuritish terminlarining lug‘ati.

8

4

Publitsistik nutq. Matn turlari va tarkibi. Maqola va uning janrlari.

6

5

Taqdimot nutqi. Internet tili. Reklama.

6




Jami

30

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhda o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tkazilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanishi maqsadga muvofiq.

Akademik yozuv” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:



T\r

Mavzular nomi

Amaliy mashg’ulot

Mustaqil ta’lim

I

Akademik nutq.Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi. Nutq uslublari.







1

Fanga kirish, idoraviy muloqotda nutqiy madaniyat turlari

2

2

2

Nutq madaniyati va nutqiy xulq prinsiplari

2

2

II

Rasmiy idoraviy uslub. Ish yuritish tili va uslubi. Hujjatchilik таrixi va uning takomillashuvi.







3

Idoraviy uslubning shakllanish tarixi

2

2

4

Idoraviy yozma nutq shakllari

2

2

5

Yozma idoraviy nutqning asosiy ko’rinishlari

2

2

III

Hujjat turlari va xususiyatlari. Ish yuritish terminlarining lug‘ati.







6

Ma’lumot-axborot hujjatlari

2

2

7

Idoraviy og’zaki nutq

2

2

8

Idora etikasi, madaniyati, og’zaki idoraviy nutqning janrlari, idora yig’ilishi, idoraviy nutq madaniyati

4

4

IV

Publitsistik nutq. Matn turlari va tarkibi. Maqola va uning janrlari.







9

Matn turlari va tarkibi.

2

2

10

Maqola va uning janrlari.

4

4

V

Taqdimot nutqi. Internet tili. Reklama.







11

Taqdimot nutqi – jamoatchilik nutqining turi sifatida. Idoraviy taqdimot (Taqdimotni tashkillashtirish)

2

2

12

Internet maydonida kommunikatsiya tili. Internetda verbal va noverbal muloqot.

2

2

13

Reklama – idoraviy muloqot janri. Reklama matnining tuzilishi, reklama matni

2

2

JAMI

30

30

1. Fanga kirish, idoraviy muloqotda nutqiy madaniyat turlari. Nutq madaniyati va nutqiy xulq prinsiplari.

Bu bo’limda nutq madaniyati tushunchasi va uni shakllantiruvchi omillar, nutqiy savodxonlik o’lchovlari, o’zbek nutqidagi kamchiliklar va ularni tuzatish yo’llari haqida tushuncha beriladi. Nutq odobi tushunchalari, donolarning nutq odobi haqidagi qarashlari bo’yicha ma’lumot beriladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

- nutq madaniyati tushunchasini hamda uni shakllantiruvchi omillarni bilish,

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish,

- ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lish,

- nutq odobi tushunchalari va donolarning nutq odobi haqidagi ma’lumotlarni to’liq o’zlashtirish.



2. Idoraviy uslubning shakllanish tarixi. Idoraviy yozma nutq shakllari. Yozma idoraviy nutqning asosiy ko’rinishlari. Ma’lumot-axborot hujjatlari.

Ushbu mavzuda rasmiy –idoraviy uslub,hujjatchilik tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, idoraviyyozma nutq shakllari va ularning asosiy korinishlari, ma’lumot-axborot hujjatlari haqida ma’lumot beriladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

- hujjatning o‘zi nima, hujjatlar tarixini o‘rganish,

- hujjatlarning o'rni va ahamiyatini talabalarga yetkazish,

- o’zbеk tilida sintaktik jihatdan to’g’ri gap tuzish ko’nikmasiga ega bo’lish,

- rasmiy hujjatlarning yozilish shaklini o’zlashtirish,



- ish yuritish ko’nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilish.

3. Idoraviy og’zaki nutq. Idora etikasi, madaniyati, og’zaki idoraviy nutqning janrlari, idora yig’ilishi, idoraviy nutq madaniyati.

Bu bo’limda idoraviy o’g’zaki nutq, idoraviy nutq madaniyati o’rganiladi. Hujjatlar tilining o'ziga xosligi shundaki, unda qolipli va andozali so'z, birikma va gaplar ishlatiladi. Bu jihati bilan hujjatlar tili ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • hujjatlarning zaruriy qismlari (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirishni o’rganish,

  • ish yuritish terminlaridan to’g’ri foydalanish,

  • ish qog'ozlari tili va uslubi haqida nazariy ma’lumotga ega bo'lish,

  • ish qog’ozlari, hujjatlar namunasini tuzish, ularda mantiqiy izchillikka erishish hamda zarur leksik-sintaktik vositalardan o’rinli foydalanish,

  • кundalik hayotda keng qo'llaniladigan hujjat namunalari ustida ish olib borish va amaliy jihatdan ko‘nikmalar hosil qilish.

4. Taqdimot nutqi – jamoatchilik nutqining turi sifatida. Idoraviy taqdimot Taqdimotni tashkillashtirish.

Talabalarga taqdimot nutqi haqida to’liq ma’lumot beriladi hamda idoraviy taqdimot, taqdimotni tashkillashtirish birma-bir tushuntirilib mavzuga mos ravishda mustaqil ravishda taqdimot bajarishni ko’zda tutiladi. Bo'limda taqdimotning tuzilishiga ko'ra o'ziga xos xususiyatlari o’rganilib, ma'lum qonuniyatlar asosida shakllanishi qayd etiladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • Taqdimot nutqi haqida bilib olish;

  • taqdimotni tashkillashtirishni o’rganish,

  • Haq bir o’quvchi mavzuga doir taqdimot tayyorlab kelish,

  • har bir hujjatning o’ziga xos xususiyatini o’rganish,

  • xizmat xatlarining barcha turdagi namunalari bilan ishlay olish.

5. Internet maydonida kommunikatsiya tili. Internetda verbal va noverbal muloqot.

Bu bo'limda xizmat yozishmalari faoliyatida internet tizimi bilan bog’liq hujjatlar o'rganiladi.Internetdagi verbal va noverbal muloqot tushuntiriladi. Internet maydonida ro’y berayotgan yangiliklar haqida ma’lumot beriladi va uni internetdan izlab topishni o’rganadilar.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

- sohaga oid internet ma’lumotlarni o’rganish,

- ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olish,

- internetda verbal va noverbal muloqotni o’rganish,

- kundalik hayotda internetdan to’g’ri foydalanish.

6. Reklama – idoraviy muloqot janri. Reklama muloqoti. Reklama matnining tuzilishi, reklama matni.

Bu bo’limda reklamaning idoraviy muloqot janri ekanligi hamda reklama matnining tuzilishi, uning matni haqida ma’lumot beriladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • reklamaning idoraviy muloqot janri ekanligini bilish,

  • reklama muloqoti haqida ma’lumotga ega bo’lish,

  • reklama matnini imloviy xatolarga yo’l qo’ymagan holda tuzishni o’rganish.

Mustaqil ta’lim

Mustaqil ish o‘qituvchining talabalarga avvaldan berib qo‘yiladigan fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:



  • amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • ma’lumot hujjatlarini yozish;

  • berilgan mavzu bo’yicha hisobot yozish;

  • mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash;

  • rezyume yozish;

  • reklama matnlari yaratish;

  • publitsistik maqola tayyorlash.



Ishchi o’quv dasturining mustaqil ta'limga oid bo'lim va mavzular

Mustaqil ta'limga oid topshiriq va tavsiyalar

Hajmi (soatlarda)

Hujjat namunari yozish

Bayonnoma, rezyume, tavsiyanoma, tavsifnoma

10

Berilgan mavzu bo’yicha hisobot yozish. Publitsistik maqola yozish.

Mavzuga ijodiy yondashuv.

10




Jami:

20

BAHOLASH

Amaliy mashg’ulotlarda baholash talabalarning darsga qatnashishi, amaliy mashg’ulotlardagi topshiriqlarni bajarishi hamda yakuniy nazorat va mustaqil ishlarni o'z vaqtida topshirishlari asosida amalga oshiriladi. Baholash foiz hisobida quyidagicha:

Amaliy mashg’ulotlar - 30%

Mustaqil ta'lim- 20%



Yakuniy nazorat -50%

I semestr

Hafta

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

XIII

XIV

XV

Jami

Ballar

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

30

Мustaqil ish

20

Yakuniy nazorat ishi

50

Jami :

100



Ball

Talabalarning bilim darajasi

86-100

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo'llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo'lish.

71-85

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo'llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo'lish.

55-70

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo'lish.

0-54

Aniq tasavvurga ega bo'lmaslik. Bilmaslik.

VIII. ADABIYOTLAR RO'YXATI

Asosiy adabiyotlar

  1. М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.

  2. X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.

  3. Д.А. Бабахонова. Официальный делoвой стиль современного узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г.

  4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.

  5. Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003.

  6. Stephen Bailey. Akademic writing. Handbook for international student`s. London, 2015

  7. Vikram Bisen Priya. Business communication. New Delhi.2009.

Qo'shimcha adabiyotlar

1. А.Н. Белов, В.Н.Белов. Корреспонденция и делопроизводство. М., 1988 г.

2. Д.В.Васильев. Делопроизводство на компьютeре. Прaктические рекомендации. М., 1999 г.

3. С.В.Усманов ва .б. Ўзбек тилида иш юритиш амалиёти. Т. 1999 й.

4.Ruscha - o'zbekcha lug‘at (2 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013.

5.O'zbek tilining izohli lugati (5 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005-2008.

6.Qo’g;urov R.,Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b.

7. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b.



Internet saytlar

1.http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик.

2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx - Узбекско-русский переводчик.

3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали



Test savollari
Test savollariasosiy tushunchalar , umumilmiy va mutaxassislik leksikasi sohasidagi bilimlarni nazorat qilishni amalgam oshiradi; bo’lg’usi mutaxassislik ko’nikmasining shakllanishi darajasini tekshirish; leksik malaka, ko’mikmalar va talablar tayyorgarlik darajasini tekshirish va nutqiy faoliyatni loyihalashtirishda ulardan foydalana olishni amalgam oshirish.

1. Nutq uslublari qaysi qatorda to'liq berilgan?

a) ilmiy, publitsistik, badiiy, rasmiy, so'zlashuv

b) Ilmiy-ommabop, so'zlashuv, rasmiy-idoraviy

c) Badiiy, so'zlashuv, ilmiy, ommaviy

d) Rasmiy-idoraviy, publitsistik, ilmiy, og’zaki

2. Ilmiy uslub janrlari:

a) ilmiy maqola, referat, tezis, dissertatsiya

b) maqola, ocherk, she'r, hikoya

c) referat, drama, komediya, qissa

d) maqola, g’azal, qissa, konspekt

3. Terminlar asosan qaysi uslubda ishlatiladi?

a) Ilmiy uslubda

b) Publitsistik uslubda

c) Rasmiy idoraviy uslubda

d) So'zlashuv uslubida

4. Badiiy uslub janrlari qaysilar?

a) Roman, hikoya, she'r, g‘azal, tragediya

b) Hikoya, roman, ilmiy maqola

c) G’azal, qissa, referat, taqriz

d) Maqola, ocherk, konspekt, doklad

5. O'zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan?

a) 1989 yil 21 oktyabr

b) 1990 yil 21 oktyabr

c) 1991 yil 1 sentyabr

d) 1992 yil 8 dekabr

6. Imlo qoidalari nima?

a) to'g’ri yozish qoidalari

b) Talaffuz qoidalari

c) so'z yasash qoidalari

d) Tinish belgilarining ishlatilishi

7. Lug’aviy birliklarga nimalar kiradi?

a) so'z, ibora, termin, qo'shma so'z

b) termin, frazeologizm, gap

c) so'z birikmasi, ibora,gap

d) sifat, ot, ravish, bog’lovchi

8. Qaysi tushuncha lug’aviy birlik hisoblanmaydi?

a) gap


b) so'z

c) ibora


d) qo'shma so'z

16. Tasviriy ifodani toping

a) oq oltin

b) paxta


c) paxtakor

d) tilla


9. Qaysi tushuncha lug’aviy birlik hisoblanadi?

a) so'z


b) gap

c) so'z birikmasi

d) sodda gap

10. Adabiy janrlar qaysi?

a) epik, lirik, dramatic

b) she'riyat, publitsistika

c) komediya, nasr, drama

d) nazm, tragediya, roman

11. Ommaviy axborot vositalari bu –

a) gazeta, jurnal, televideniye, radio, internet

b) maqola, reportaj, ahborot

c) intervyu, maqola, ko'rsatuv

d) axborot, jurnal, reklama

12. Ommaviy axborot vositalarining uslubi –

a) publitsistik uslub

b) ilmiy uslub

c) rasmiy uslub

d) so'zlashuv uslubi

13. Qaysi uslub faqat og’zaki shaklga ega?

a) So'zlashuv uslubi

b) Badiiy uslub

c) Ilmiy uslub

d) Publitsistik uslub

14. Ommaviy axborot vositalariga nimalar kiradi?

a) televideniye, radio, gazeta, jurnal

b) gazeta, maqola, hikoya

c) internet, risola, o'quv qo'llanmalar

d) saytlar, maqola, ma'ruza

15. Publitsistik uslubning qanday janrlari mavjud?

a) maqola, intervyu, reportaj

b) esse, hikoya, roman

c) ilmiy maqola, tezis, konspekt

d) lavha, dialog, monolog

16. Maqolaning qanday turlari bor?

a) ilmiy, publitsistik, ilmiy-ommabop

b) ilmiy, rasmiy, esse

c) ommaviy, badiiy, rasmiy

d) ilmiy-ommabop, feleton, intervyu

17. Ilmiy uslubga xos terminlarni aniqlang

a) Kvant, teorema, molekula

b) Siyosat, ixtiro,mavzu

c) Fan, dastur, kitob

d) Maqola, musiqa, sport

18. Qaysi so'z termin emas?

a) universitet

b) fonetika

c) kosinus

d) molekulyar

19. Quyidagi birikmalar qaysi uslubga xos: kvadrat tenglama, katetlar yig’indisi

a) ilmiy


b) so'zlashuv

c) badiiy

d) publitsistik

20. Maqolalar qanday qismlardan iborat?

a) Kirish, asosiy qism, xulosa

b) Boshlang’ich va yakuniy qismlar

c) Faqat asosiy qismdan

d) Asosiy qism, xulosa

21. Tilshunoslikka doir terminlarni aniqlang

a) Fonema, unli va undosh tovushlar

b) Gap, dialog, maqola

c) Uchburchak, ko'p qirrali

d) Modda, zarra, atom

22. AKT terminlarini aniqlang

a) Axborot, kompyuter, dastur

b) Monolog, dialog, disput

c) Tovush, unli, undosh

d) Simmetrik, to'g’ri, uchburchak

23. Uslubini aniqlang: Vodiylarni yayov kezganda Bir ajib his bor edi menda

a) badiiy

b) ilmiy


c) publitsistik

d) so'zlashuv



24. Maqolaning qismlari:

a) Kirish, asosiy qism, xulosa

b) Boshlang’ich va yakuniy qismlar

c) Faqat asosiy qismdan

d) Asosiy qism, xulosa

25. AKT terminlarini aniqlang

a) Interfeys, ma'lumotlar bazasi

b) Kub, kvadrat, sinus

c) Atom, yadro, issiqlik,

d) Konvergensiya, molekula

26. Ma'ruza qaysi uslubga xos?

a) Ilmiy uslubga

b) Rasmiy uslubga

c) Publitsistik uslubga

d) Badiiy uslubga

27. Intervyu matni qaysi uslubga xos?

a) publitsistik

b) ilmiy

c) badiiy

d) rasmiy

28. Reportaj qaysi uslubda yoziladi

a) publitsistik

b) badiiy

c) bilmiy

d) so'zlashuv

29. Adabiy til nima?

a) grammatik, fonetik, leksik, frazeologik va stilistik tomonidan puhta ishlangan til

b) hamma bemalol so'zlasha oladigan til

c) shevaga mos so'zlardan holi bo'lgan til

d) jargonlardan tozalangan til

30. Nutqning qanday shakllari bor?

a) yozma va og’zaki

b) she'riy, yozma

c) musiqiy, og’zaki

d) tasviriy, yozma
31. Uslubini aniqlang: hunarni asrabon netkumdir ohir, Olib tuproqqamu ketkumdir ohir

a) badiiy uslub

b) ommabop uslub

c) so'zlashuv uslubi

d) ilmiy uslub

32. Uslubini aniqlang: Nutq tovushlari unli va undoshlarga bo'linadi

a) ilmiy uslub

b) badiiy uslub

c) ommabop uslub

d) ommabop uslub

33. Uslubini aniqlang: Ta'lim tizimini yangilash lozim

a) publitsistik

b) badiiy

c) ilmiy


d) ilmiy-ommabop

34. Internet bu –

a) global tarmoq

b) local tarmoq

c) mintaqaviy tarmoq

d) ichki tarmoq

35. Intervyu bu –

a) muxbirning (umuman so'zlovchining) biror mashhur shaxs bilan ma'lum bir masala bo'yicha savol-javobidir.

b) muxbir o'z savollarini tayyorlab qo'yishidir.

c) shu kunda hammani qiziqtirgan muhim masalalar haqida maqola.

d) muxbirdan bilimdonlikni, notiqlikni, turli etik qoidalarga amal qilishlikdir.

36. Matn bilan ishlash asoslari qaysi bandda to'gri ko'rsatilgan?

a) asarning g’oyasini aniqlash, muallifning aytmoqchi bo'lgan fikrini mantiqiy tahlil qilish orqali

b) matnni yod olish orqali

c) urg’u oluvchi so'zlarni belgilash orqali

d) matnni ko'chirib olish

37. Nutq uslublarida asosiy e'tibor nimaga qaratiladi?

a) uslubiy xususiyatlarga

b) tinish belgilariga

c) terminlarga

d) so‘zlarga

38. Ommaviy axborot vositalariga nimalar kiradi ?

a) matbuot, radio, televideniye

b) kino, serial va qo’shiqlar

c) so’zlar, maqolalar va iboralar

d) radio, gazeta, kino

39. Atamalarni (termin) o’rganuvchi soha nima deb ataladi?

a) atamashunoslik(terminologiya)

b) fonetika

c) leksika

d) audit

40. Nutq uslublari nechta?

a) 5 ta


b) 3 ta

c) 2 ta


d) 4 ta

41. O`zbek adabiy tili qaysi tillar

oilasiga mansub?

a. Turkey tillar

b. Forsiy tillar

c. Yunon tillar

d. Hind tillar

42. Har yili 21-oktabr sanasida

qaysi bayram nishonlanadi?

a. O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani

b. Navruz bayrami

c. Mustaqillik bayrami

d. Xalqaro ona tili kuni

43. Informatsiya so`zi qanday ma’noni anglatadi?

a. ma’lumot, tushuntirish, axborot

b. tabiat haqida tushuncha

c. o`qish, yozish, chizish

d. bilish, egallash

44. Terminlar qatorini belgilang.

a. ega, sinus, hosila

b. kuchukcha, asalli, qurbaqa

c. deraza, olmos, uzuk

d. qilich, cho`mich, tegirmon

45. Siyosiy-ijtimoiy doira munosabatlariga xizmat qiluvchi uslub qaysi?

a. publitsistik uslub

b. badiiy uslub

c. ommaviy uslub

d. ilmiy uslub

46. Adabiy terminlarni ko`rsating

a. masal, g’azal, hikoya

b. protsessor, taqa,afisha

c. odillik, metall, molekula

d. tomir, leykotsit, yurak

47. Matematik terminlarini aniqlang

a. kub, kvadrat, sinus

b. interfeys, ma'lumotlar bazasi

c. atom, yadro, issiqlik

a. konvergensiya, molekula

48. Ilmiy uslubga xos xususiyatni toping

a. terminlar ishlatilishi

b. jargonlar ishlatish

c. shevaga hos so'zlar ishlatilishi

d. tub so'zlarni ishlatish

49. Intervyu matni qaysi uslubga xos?

a. publitsistik

b. ilmiy

c. badiiy

d. rasmiy

50. Reportaj qaysi uslubda yoziladi?

a. publitsistik

b. badiiy

c. ilmiy

d. so’zlashuv


BAHOLASH (аssessment)
Amaliy mashg’ulotlarda baholash talabalarning darsga qatnashishi, amaliy mashg’ulotlardagi topshiriqlarni bajarishi hamda yakuniy nazorat va mustaqil ishlarni o'z vaqtida topshirishlari asosida amalga oshiriladi. Baholash foiz hisobida quyidagicha:

Amaliy mashg’ulotlar - 30%

Mustaqil ta'lim- 20%

Yakuniy nazorat -50%



I semestr


Hafta

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

XIII

XIV

XV

Jami %

Ballar

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

30

Мustaqil ish

20

Yakuniy nazorat ishi

50

Jami :

100


Talabalar bilimini baholash mezonlari

a) “5” (a’lo) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:



  • talaba mavzuning maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa;

  • mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • mavzu doirasida mustaqil fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • amaliy mashqlarga puxta tayyorlangan bo‘lsa.

b) “4” (yaxshi) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • talaba mavzuning maqsadi va mazmunini yaxshi tushungan bo‘lsa;

  • mavzu materiallarining amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;

  • berilgan vazifani o‘quv dasturi doirasida bajarsa;

  • berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • amaliy mashqlarni yaxshi bajargan bo‘lsa.

v) “3”(qoniqarli) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • talaba mavzu haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • mavzu tor doirada yoritilib, chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;

  • bayon ravon bo‘lmasa;

  • berilgan savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • amaliy mashqlarni yaxshi bajarmagan bo‘lsa.

g) talabaning bilim darajasi “2” (qoniqarsiz) deb quyidagi hollarda baholanadi:

  • talaba mavzuga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

  • mavzu matnining boshqalardan ko‘chirib olingani ko‘rinib tursa;

  • fikrini bayon eta olmasa;

  • berilgan savollarga javob olinmagan bo‘lsa;

  • mashg‘ulotlarga tayyorlanmagan bo‘lsa.




Download 226.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar