Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Download 226,54 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2020
Hajmi226,54 Kb.
#33564
  1   2   3
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua (2)(1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI



Tillar kafedrasi

AKADEMIK YOZUV 1 O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish texnik sohasi

Ta’lim sohasi: 330000 - Kompyuter texnikari va informatika

350000 - Aloqa va axborotlashtirish,telekommunikatsiya

texnikalari

Ta’lim yo‘nalishi: 5350400 - AKT sohasida kasb ta`limi

5330500 - Kompyuter injinering

5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari

(telekommunikatsiya texnologiyalari,teleradio

eshittirish, mobil tizimlari)

5330300 - Axborot xavfsizligi

5330600 - Dasturiy injiniring



Samarqand – 2019

Fanning o’quv-uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019__ yil “___” _____dagi ______ - sonly buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan dasturi asosida tuzilgan .



Tuzuvchi:

Abdiyev M. Б. - filologiya fanlari doktori, professor

Raxmatova S.A. – kat.o’qituvchi

Yuldasheva D.B. – assistent



Taqrizchilar:

Eltazarov J.D. – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d.

Mahmadiyev Sh.– SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f. n.

Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ilmiy -uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan (2019 yil “ _ ” ___________dagi “__” -sonli bayonnoma).



Mundarija

O’quv materiallar 4

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari………………………………………………….....……………73

Glossariy 75

Ilovalar 77

O’QUV MATERIALLAR

O’zbek tili O’zbekiston Respublikasi davlat tilidir. O’zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaro davlat tilida ifoda eta olishi kerak. Talabalar o’zbek tilida o’rta va o’rta maxsus o’quv yurtlarida olgan bilimlari asosida ma’lum bilim malaka va ko’nikmaga egalar. Oliy o’quv yurtida esa ushbu bilimlarni chuqurlashtirish vazifasi qo’yilgan.

Akademik yozuv kursi o’quv reja asosida 1 semestr davomida o’qitiladi.

Ushbu dastur o’zbek tili fani o’qituvchisidan o’ soxasini chuqur bilishni talab etadi. Chunki o’zbek tilini biluvchi o’qituvchi rusiyzabon talabalarga o’rgatiluvchi fanning o’ziga xos tomonlari to’g’ri tushuntirish mumkin. Shu bilan bir qatorda o’qituvchi rus tilini ham mukkamal bilishi shart. Bu ikki tilni taqqoslab, qiyosiy gramatikani tadbiq qilish imkonini beradi.

Ikkinchidan, akademik yozuv kursi o’qituvchisi o’zga til o’qitish uslub etishni ham egallagan bo’lishi kerak. Shuningdek, u har xorijiy amaliyotda ma’lum bo’lgan ilg’or texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq qila olishi kerak.

O’qitish jarayonida turli asosiy didaktik va lingvodidoktik prinsplarga amal qilishga katta ahamiyat beriladi.

O’qituvchi keng dunyoqarashga ega bo’lishi o’z kasbining ustasi bolish, hamda iqtisodiyot va siyosat borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.

O’quv jarayoniga texnologik harakatning kengaytirilgan ko’rinishini tadbiq qilish lozim.




  1. AKADEMIK NUTQ.YOZMA VA OG’ZAKI USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. ME’YOR TUSHUNCHASI. NUTQ USLUBLARI.

1-MAVZU: FANGA KIRISH, IDORAVIY MULOQOTDA NUTQIY MADANIYAT TURLARI

R e j a :

  1. Nutq madaniyati tushunchasi.

  2. Nutq madaniyatini shakllantiruvchi omillar.

  3. Nutqiy savodxonlik o‘lchovlari.

  4. O‘zbek nutqidagi kamchiliklar va ularni tuzatish yo‘llari.

Nutq madaniyati nima, uni yetarli darajada egallash uchun qanday vazifalarni amalga oshirish lozim va bunda adabiy til me’yorlarining o‘rni qanday bo‘ladi? Nutq madaniyati qanday ifodalaniladi?

Bu savolga javoblarni, avvalo taniqli tilshunos olimlarning asarlaridan topamiz.

S.I.Ojegov shunday degan edi : « Yuqori nutq madaniyati nima? Yuqori nutq madaniyati - bu o‘z fikrlarini til vositalari bilan to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. To‘g‘ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me’yorlarga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina me’yorga rioya qilishidan iborat emas. U yana fikrni ifodalashning aniq vositasini topishdangina iborat bo‘lib qolmasdan, birmuncha ta’sirchan va maqsadga muvofiq vositalarni topish uquvini ham o‘z ichiga oladi»

L.I. Skvorsov : «Nutq madaniyati» tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan tilshunoslik fanining madaniyat quroli bo‘lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish muammolari bilan shug‘ullanuvchi sohadir» .

Ma’lum bo‘ladiki, nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, bu dastlab nutqning grammatik to‘g‘riligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak, ya’ni yaxshi nutqda noaniqlikka, ikki ma’nolilikka, uzundan uzoqlikka yo‘l qo‘yilmasligi, qisqalik, aniqlik va soddalik uning o‘lchovi bo‘lishi lozim. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o‘tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.

Keltirilgan ikki omil asosida nutq madaniyati hodisasi ham, bizningcha, ikki xil talqin qilinishi va nomlanishi lozim bo‘ladi.

1.Til madaniyati. 2. Nutq madaniyati yoki so‘zlashuv madaniyati.

Tilshunoslikda nutq madaniyati tushunchasini til madaniyati va so‘zlash madaniyati tushunchasiga ajratish izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki tushuncha, asosan, birga yoki qorishtirilgan holda nutq madaniyati yoki til madaniyati termini bilan yuritilmoqda. Demak, bu holda til madaniyati termini nutq madaniyati terminiga ekvivalent bo‘lib kelmoqda. Shu sababli ham, biz nutq madaniyati nomi bilan umumiy tarzda yuritilayotgan tushuncha (hodisa)dagi ikki holatni til madaniyati va nutq, ya’ni so‘zlash madaniyatini farqlash tarafdorimiz. Nutq madaniyati tushunchasi va termini keltirilgan ikki hodisa uchun umumiy tasavvur va umumiy nom tarzida tushunilishi mumkin. Xo‘sh, til madaniyati tushunchasi nima ?

Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining o‘zini, masalan, o‘zbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini, «madaniylashtirishni» ko‘zda tutadi. Demak, til madaniyati termini bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, ya’ni uning qanchalik ishlanganligi, normalanganligini ko‘rsatadi»

Ko‘rinadiki, garchi «til madaniyati» va «nutq madaniyati» tushunchalari tilga oid atama sifatida bir-birlaridan farqlansa ham, aslida ularning birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. «Nutq madaniyati» aniq ma’noda til birliklarini nutq jarayonida qo‘llashning me’yori, maqsadga muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning umumtil doirasida qaraladi. To‘g‘ri, nutq til va tildan tashqaridagi (lingvistik va ekstralingvistik) omillarni o‘z ichiga oladigan murakkab jarayon bo‘lib, u mantiq, ruhshunoslik, pedagogika, etika, estetika masalalari bilan ham bog‘liq. Ammo nutq uchun tilning birinchi darajada turishini hyech kim inkor eta olmaydi.

Ma’lum bo‘ladiki, til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo‘lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, me’yor muammolari hamisha ushbu sohaning tadqiqot obyekti bo‘lib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo‘llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, kamchiliklarni tugatishning eng ma’qul yo‘llari ko‘rsatib turiladi. «Nutq madaniyati keng miqyosdagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tadbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi» .

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1. Ustoz va shogird o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib ko‘rsating.

2. Boshliq bilan xodim o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib ko‘rsating.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :



  1. «Nutq madaniyati» deganda nimani tushunasiz?

  2. Nutq madaniyati qoidalarini o‘rganish nima uchun kerak?

  3. Nutq madaniyatiga rioya qilish nimalarni talab etadi?

  4. Savodxonlik nimalarga asoslanishini tushuntiring.


2-MAVZU: NUTQ MADANIYATI VA NUTQIY XULQ PRINSIPLARI

R e j a :

1.Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalari.



2. Donolar nutq odobi haqida.

3.Nutqning shakllanishidagi shart-sharoitlar va nutq odobi.

4.Nutqiy vaziyat va nutq odobi.

O‘zbek millatining ko‘p ming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilsunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni lo‘nda qilib, bir tomondan, tilshunoslikning nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.

Darhaqiqat, tilning barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga, odatdagi, an’anaviy usullardan voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.

To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizasiyasining barcha bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Grek notig‘i Demosfen (eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig‘i Siseron (eramizgacha 106-43) larning hayoti bunga misol bo‘la oladi.

O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug‘ullanish o‘ziga xos mavqyega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlari bu masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U paytlar «nutq odobi» deb yuritilgan sodda va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni qoralash singari bir qator qoida va ko‘rsatmalar bugun biz «nutq madaniyati» deb atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir.

Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo‘lgan til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go‘zallikka oid qimmatli ma’lumotlar mavjud. Birgina misol:



Ko‘p sukutga qush qo‘nar,

Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar,

ya’ni, shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z (maqtov) keladi. Yana: Ardam boshi til, ya’ni odob va fazilatning boshi tildir.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda va zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblari bo‘lib, ular so‘zlash madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz.
So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin,

Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin…

(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin,

Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin…)

Esanlik tilasa saning bu o‘zung,

Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung.

(Sening o‘zing esonlik tilasang,

Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma).

Bilib so‘zla so‘z biligka sonur,

Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur.

(Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,

Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi).


Bu o‘rinda biz ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning nomini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. O‘z ijodi bilan so‘z qudrati va notiqlik san’atini yuksak darajaga ko‘targan alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy shug‘ullangan. U «Mahbub-ul qulub» asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik san’atiga) bag‘ishlagan «Muhokamat-ul lug‘atayn» va «Majolis-ul nafois» asarlari esa bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, turkiy (o‘zbek) tilining boshqa tillar orasidagi o‘rnini belgilab berishga hamda nutq madaniyatini o‘rganishga qaratilgan edi.

«Xamsa» ning har bir dostonida so‘zga bo‘lgan ehtiromini alohida qayd qiladi. Quyida dostonlarning nasriy bayonidan ayrim parchalarni keltiramiz. «Hayratul - abror»dan: So‘z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo‘la olmaydi.

So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam unga ehtiyoj sezadi. So‘z dunyoda bor barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po‘lat zanjir bo‘lsa, so‘z unga qadalgan injulardir. Til shu chamanning ochilgan lolasi bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan shabnamlardir. So‘z o‘lgan odamning tanasiga pok ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik ruh halok bo‘lishi mumkin.

Yaxshi so‘z bilan o‘lganni tiriltirib olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini «Jonbaxsh» laqab bilan atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan. Jabroil ham so‘z yukiga hammol bo‘lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko‘targan ekan, uni so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun hayvonlardan ortiq qilib yaratdi.

Agar, qo‘l bilan berib xayr qilish iloji bo‘lmasa, til bilan ham naf yetkazish mumkin. Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak bo‘lgan vaqtda unga xazina bersang ham, u qaramaydi. So‘z bilan el o‘limdan najot topadi, so‘z bilan o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi, so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balolar daf bo‘ladi, qancha boylik sochsang ham bunday naf’ga yetishmaydi. Insonga xos konning gavhari, bu – so‘zdir, odamzod gulshanining mevasi ham shu so‘zdir.

«Sab’ai sayyor» dan: Har bir inson dunyoga kelgach, u so‘z bilan najot topadi. Eng avval so‘zni tavhid so‘zi (xudoga yetishuv) deb bil, chunki vahdat ahlida (birlik ahlida) bunga ikkilanish yo‘qdir. Avvalu oxiringga nazar solib, boshi ham, oxiri ham so‘z ekanligini anglab ol !



Haq insonni hayvondan mumtoz aylab (ajratib, saralab), uni o‘ziga mahram qildi.

Agar kamolotli xohish bildirib, ma’no durriga intilib, so‘z libosini kiysa, ul tovlanib turgan ipak matoday tuyuladi. Chunki u so‘zning nozik ipagidan kiyib, go‘zalning jamolini o‘ziga yoqimli qiladi.

Bularning barchasi so‘zdagi mo‘jiza, uning hikmatlari esa elni ojiz qoldiradi. Uning biri o‘likka so‘zi bilan jon berib, so‘z bilan jonga ruh kirgizadi.

Olloh, olloh qanday so‘zdur bu so‘z, bundan ortiq ham yana bo‘lurmu so‘z! So‘z jism bo‘stonidagi daraxtdir, so‘z daraxtlardagi mevadir. Insonning jismi gulshan bo‘lsa, nutq undagi xushovoz bulbuldir. Agar so‘z bo‘lmaganda baxtsizlik yuz bergan bo‘lur edi.

Ma’noli so‘z noziklikda jon rishtasiday, uning rohati rishtaga sarrishta jondaydir.

Alisher Navoiyning til madaniyatiga oid fikrlari uning boshqa asarlarida ham aytilgan. Ularning ayrimlarinigina keltirish bilan chegaralanamiz: Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz. So‘zni ko‘ngilda pishqarmaguncha tilga keltirma, va har nekim, ko‘ngilda bor tilga surma. Ma’dani inson gavhari so‘z durur, gulshani odam samari so‘z durur. Ko‘p demak so‘zga mag‘rurlik Va ko‘p yemak nafsga ma’murlik. Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdurki, gar nopisand zahir bo‘lsa, tilning ofatidur.

Yana bir allomaning nutq madaniyati va nutqiy me’yor, nutq qoidalariga oid qarashlariga qisqacha to‘xtalamiz. Bu XV – XVI asr ma’naviyatining yirik vakili Mavlono Husayn Voiz Koshifiydir. Uning «Futuvvatnomai sultoniy» asarining «Tariqat ahlining odobi» deb nomlangan beshinchi bobida inson ma’naviyati va madaniyatiga oid qarashlari e’tiborga molikdir. Olim bu bobda insonning yetti a’zosi – ko‘z, quloq, til, qorin, og‘iz, qo‘l va farj (tanosil a’zosi) ni saqlash odobi haqida mulohaza yuritar ekan, ularni inson organizmi deb emas, balki ma’naviyati va axloqi namoyon bo‘luvchi ramziy belgilar sifatida talqin qiladi.

Jumladan, uning muomala madaniyati va muloqot odobi haqidagi qarashlari ana shu umuminsoniy fazilatlarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Koshifiy quyidagilarni yozadi: «Tilning odobi qaysi deb so‘rasalar, bu olti narsaga tilni ochish va sakkiz narsadan tilni saqlash deb aytgil. Tilni ochish kerak bo‘lgan narsalar qaysi deb so‘rasalar, aytgil: hojat zarurati yuzasidan ko‘ngillarda yashirin bo‘lgan rozni izhor etish, mazlumlar faryodiga javob berish va marhumlar imdodi uchun so‘z aytish. Chunki bu so‘zlar orqali zolimning zulmi mazlumlar boshidan ko‘tarilishi mumkin.



Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1. Ustoz va shogird o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib ko‘rsating.

2. Boshliq bilan xodim o‘rtasidagi suhbat namunasini tuzing va undagi shogirdning nutqi madaniyatini shakllantiruvchi leksik-grammatik vositalarni ajratib ko‘rsating.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :


  1. Nutq odobi tushunchasini izohlab bering.

  2. Nutqiy muomala jarayonida so‘z tanlash deganda nimani tushunasiz?

  3. Oilada, ishda, jamoat joylarida nutq odobini qanday saqlash kerak?

  4. Nutq odobining shakllanishida tilga bog‘liq bo‘lmagan – paralingvistik omillarning ahamiyati bormi?




  1. RASMIY IDORAVIY USLUB. ISH YURITISH TILI VA USLUBI. HUJJATCHILIK ТАRIXI VA UNING TAKOMILLASHUVI

3-MAVZU: IDORAVIY USLUBNING SHAKLLANISH TARIXI

Reja:

1. “ Hujjat” so’zining ma’nosi haqida.

2. Hujjatchilik tarixi.

3. Hujjat tili va uslubi.

4. Hujjatlarning o’ziga xosligi.
O'zbek tilining izohli lug'atida “Hujjat” so'ziga quyidagicha izoh beriladi: "Hujjat” arabcha so‘z bo'lib, qayd qilish, tasdiqlash ma’nosini bildiradi. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham ifodalaydi.

O‘tmishdagi hujjatlar aslida yaqindagina vujudga kelmagan. U qadim davrlarga borib taqaladi.

Turkiy xalqlarda ham hujjat tuzish qadimdan mavjud bo'lgan. X- asr va undan oldingi davrlarga oid turli hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Hatto M.Qashg'ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, shuningdek, elchilarga beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asarida yorliq va noma ma’nosi o'rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi kunda faol qo‘llanishga o'tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so'zdan olingan. Sho'rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi. Qadimshunos olimlar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ko'pgina ma’lumotlarga ega bo'lindi. Namangan viloyati Kosonsoy shahri yaqinidagi Mug1 qal'asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat topilgan. Ular milliy so‘g‘d yozuvida bo'lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy qog‘ozlariga bitilgan.

Hujjatlar mazmunan huquqiy xarakterga ega. Bir turkumi diplomatik aloqalarga oid bo lib, arablarga qarshi harbiy kuchlami birlashtirish masalasiga bag'ishlangan. Hujjatlarda buyruqlar, soliq va boj yig‘ish moliyaviy harajatlar ro'yxati va boshqalar aks etgan. Xorazm xarobalaridan esa charm va taxtachaga yozilgan hujjatlar topilgan. Tuproqqal'a hayot bo‘lgan davrdagi xonadan a'zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon-mol ro'yxati, xo'jalik asboblarini olingani haqidagi tilxat qadimgi hujjatlardan darak beradi. Turkiy tillar mutaxassisi S.E.Malov “Памятники древнетюрской письменности” (М-Л, 1951) asarida qadimgi turkiy yozuvida XIII asrlarda bitilgan qadimgi hujjat (shikoyat, oldi- sotdi, ijaraga qo'yish, tilxat) namunalarini keltiradi.

Qimmatli ma’lumot beruvchi X-asr olimi Abu Abdulloh al-Xorazmiy “llmlar kaliti” asarining “arab” ilmlari qismida ish yuritish daftarlarini sharhlab, Samoniylar davlatidagi soliq xillari va ularni yig'ish yo'li, hajmi, Sharq mamlakatlarining hududlarida ishlatilgan og‘ irlik hamda o'lchov birliklarini keltiradi. Askarlar ro'yxati, beriladigan maosh, kiyim-kechak shakllarini keltiradi. O'sha davrda Markaziy Osiyoda keng tarqalgan o'lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. Ular boshqa manbalarda hozir uchramaydi.

“Eski uyg‘ur yozuvi” (Q.Sodiqov), «Древней Хорезм» (С.П.Толстой), «Ганчи, ганчибоши в Какандском хандстве» (А.Л.Тротская) kabi manbalarning ahamiyati katta. Ma’lum bo'lishicha, X-XIX asrlarda farmon, yorliq, noma, bitim, arznoma, qarsnoma, vasiqa, vaqfnoma, tilxat kabilar keng iste'molda bo'lgan. Hozirgi kunda vaqfnoma, vasiqa, noma, arsnoma kabi hujjatlar tilimizda ishlatilmaydi. Manba sifatida “Boburnoma" asarining o'z o‘rni bor, chunki unda farmon, mirzo, sulh, tamg'a hatto ariza o'rnida “arsadosh” qo'llanilgan. Shuni qayd qilish mumkinki, hozirgi kunda tilimizda tor ma’noga ega bo'lgan '"patta” so'zi XlX-asrda Qo'qon xonligida keng ishlatilgani ma’lum.

Dunyoning har bir mamlakatida qadimdan rasmiy ish qog'ozlari qo'llanilib kelgan. Masalan: eramizdan avval bo'lgan Bobil (Vavilion) davlatining 1792 - 1950 - yillar podshoxi Xammurapining buyrug'i bilan tayyorlangan qonunlar majmuasi mavjudligi haqida amerikalik sharqshunos Edvard Kira “Они писали на глине” (1984-у) asarida ma’lumot beradi. Qonun majmuasi 247 moddadan iborat bo'lib, u basalt ustuniga qadimgi mixxat bilan yozilgan. Qonunda yerga egalik, savdo- sotiq, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar aks etgan. Bobil hozirgi Iroqning janubiga to‘g‘ri keladi.

Rossiyada hujjat yuritish IX-X asrlardan boshlangan. X-asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo’llana boshlagan. XlV-asr oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng ma’noda-guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida qo‘llanilgan.

Turkiston Respublikasidan ajralib chiqqan O'zbekiston respublikasi 1924-yil 31-dekabrda 48-raqamli “Ishlarni o‘zbek tilida yuritish” to‘g‘risida muhim qaror qabul qildi. Qarorda butun boshqaruv idoralarida hamma rasmiy ish qog'ozlari faqat o‘zbek tilida yuritish, o‘zbekcha rasmiy hujjatlar tuzish, yo'riqnomalarni tayyorlash topshirildi. Qarorni hayotda qo'llash uchun ishchi hay’at yuzaga keldi. Har bir tashkilot, muassasa va idoralarda ish yuritish bo'limlari tashkil qilindi. Qarorda dekretga bepisand qarovchilarga chora ko'rish kerakligi ta'kidlangan edi. Ish qog‘oz namunalari maxsus tayyorlandi. Ammo 30-yillarda vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa 1938-yilgi qabul qilingan “Об обязательном изучении русского языка” qaroridan keyin milliy tillar, xususan, o'zbek tilini cheklash, mensimaslik siyosati boshlandi. Ish yuritish asosan, rus tilida yuritiladigan bo'ldi.

Nihoyat, 1989-yili O'zbekiston Kespublikasining “Davlat tili to'g'risida” qonuni qabul qilindi. Qonunga muvofiq 8 yil mobaynida barcha rasmiy hujjatlar o'zbek tilida yozilishi kerak edi. 1995-yil 21-dekabrda qonunning yangi tahrir qilingan variantida o'zgartirish va qo'shimchalar o'z ifodasini topdi. Qonunning 8-19-moddalarida ish yuritish o'zbek tilida, shuningdek, ish qog'ozlari rus hamda boshqa tillarda tuzish va qabul qilish mumkinligi ko'rsatib o‘tilgan. Bu respublikada milliy munosabatlarning barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq edi.

1995-yil 24-avgust 339-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi o'zbek tilining lotin imlosiga asoslangan yangi alifbo qoidalarini tasdiqladi. Ish qog'ozlari yangi alifboda qoidalarga rioya qilingan holda yoziladigan bo'ldi.

Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.

Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.

Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.

Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.

Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan. Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan.

Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik, ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.

Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.

Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar.

Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, eshitildi va b.

Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin.

Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash-kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi.

Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1 yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz, eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.)

Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish). Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz)dir.

Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.).

Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan bog‘liq hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan.

Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi.

Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi, ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi.

Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xatboshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin o‘zbek tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1. Peshlavhalardagi e’lonlardan namunalar tuzing va yozing. Undagi imloviy kamchiliklarni toping.

2. Hujjatchilik tarixi haqida slaydli taqdimot tayyorlab ko‘rsating.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :


  1. Hujjat tushunchasini izohlab bering.

  2. Hujjatchilik tarixi haqida gapirib bering.

  3. Rasmiy-idoraviy uslubda hujjatlarning o’rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

  4. Hujjatlardan foydalanishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?

4-MAVZU: IDORAVIY YOZMA NUTQ SHAKLLARI

Reja:

1. Hujjatlarga qo’yiladigan talablar.

2. Bosma ish qog’ozlari .

3. Tijorat yozishmalari.

4. Ish yuritish tili va uslubi.
Hujjatlarga qo’yiladigan talablar:

1.Hujjatlarni tuzish, ularni tayyorlashga oddiy, yengil qarash mumkin emas, chunki u huquqiy jihatdan kuchga ega bo’lgani uchun jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo qiladi.

Hujjatlarni tuzishda, avvalo zaruriy (tarkibiy) qismlar, ya’ni rekvizitlarga e’tibor berish, unga rioya qilish shart. Qismlarning majmuasi qoidalar (formulalar) deyiladi. Hujjatlar turli-tuman bo’lgani uchun ham zaruriy (rekvizit) qismlarida farqli jihatlar mavjud. Qismlar tartibli ravishda ketma-ket o’rin oladi. Bu ketma-ketlik qat’iylik xarakteriga ega. Formular -qoidalar talabi xuddi shu ketma-ketlikka rioya qilishdan iborat. Ayrim hujjatlarning zaruriy qismlari qonun chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan meyoriy hujjatlarda qayd qilingan, belgilab berilgan bo’ladi. Masalan: pasport, shaxsiy varaqa (so’rovnoma, rezyume) va h.k. Hujjatlarda u yoki bu qismning aks etmasligi uning huquqiy kuchini yo’qotishga olib keladi.

Zaruriy qismlar to’g’ri, aniq ifodalangan bo’lishi hujjatlarga qo’yiladigan talablarning asosini tashkil qiladi.

Hujjatlarni tayyorlashda qog’ozlarning shakli, o’lchami ham ahamiyatga ega. Ish qog’ozlarining chap tomonida 20mm, yuqorida kamida 10mm, o’ng va past tomonida 8-10mm bo’sh joylar bo’lishi kerak.

Bosma ish qog’ozlari 2 ta turga bo’linadi.



1)Umumiy blanka, 2) Xat blankasi.

Umumiy blanka-bosma ish qog’ozining farqi shundaki, unda “tashkilot nomi”dan keyin aloqa bo’linmasining ko’rsatgichi, pochta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bankdagi hisob raqami bo’lmaydi.

Rasmiy xizmat blanklari-firma (firmenniy) blankasi deb yuritiladi, chunki ayrim, masalan, dalolatnoma, ma’lumotnoma, ishonchnoma hujjatlari kseriya nusxa qilinib, ish yuritishda ishlatiladi, bular ham ish qog’ozlari hisoblanadi.

Hujjat matnlari mazmunan lo’nda, ixcham bayon qilingan, asosan, sodda gap tuzilishiga ega bo’lishi talab qilinadi. Matnlar asosan, ikki qismga bo’linadi. Birinchi qism asoslash, keyingisi esa xulosa qismlari.



Mashq. Tushunchalar tahlili metodidan foydalanib matnda ajratib ko’rsatilgan so’z birikmalariga izoh bering.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.

Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.

Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.

Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.

So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.

Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.

Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.

Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.

Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.



Hujjatlar tili va uslubi

Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och, sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan. Turkiy tilda bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan.

Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik, ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi.

Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy uslublardan farq qiladi.

Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va boshqalar.

Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, eshitildi va b.

Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin.

Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash-kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi.

Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1 yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz, eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.)

Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish). Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz) dir.

Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.).

Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan bog‘liq hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan.

Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi.

Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi, ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi.

Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xat boshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin o‘zbek tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi.

Topshiriq va savollar.

Mashq. Quyidagi so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing, so'ngra ( ^ ulami rasmiy yoki shaxsiy munosabatni itbdalashiga ko‘ra gumhlang, ular o'rtasidagi farqni izohlang.

0‘qishga kirmoq, vazifasidan ozod etilmoq, salom yetkazmoq, begilangan jadvalga muvofiq, ko'nglini ko‘- tarmoq, ko‘rishganimizda aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, «Kamolot» yoshlar harakatiga qo‘shilmoq, vaqt topolmaslik, o‘qituvchi bo‘lib ishlamoq, harorat pasayishi oqibatida, xushxabar eshitgandan keyin.

Mashq. Gaplarda tushirib qoldirgan so‘z va qo'shimchalami o'rniga qo‘yib ko‘chiring. Ushbu matnning oldingi matndan qanday farqlanishini tushuntiring.

Toshkent sharqshunoslik akademik litseyi 2- bosqich talabasi Ahror Rahmonov... shaxsiy a’zolik... ochishingiz... so‘raymiz. A. Rahmonov o‘qishni bitirgan taqdirda, hisob bo‘limiga kutubxona ma’lumotnoma... topshirma... unga shahodatnoma bermas... kafolat bera... .

Ushbu majburiyat bajaril... holat... A. Rahmonov... dan kutubxonaga qaytarilmagan adabiyotlar... barcha moddiy javobgar... o‘z zimmamizga... ola... .

Topshiriq. Klaster usulidan foydalanib rasmiy-ish uslubiga xos bo’lgan xususiyatlarni tushuntiring.

Mashq. Quyidagi so’z, atama va so’z birikmalarining qaysi uslubga xosligini aniqlang. Rasmiy-idoraviy uslubga xos bo’lgan so’zlar ishtirokida gaplar tuzing

Mehnat shartnomasi, axborot xati, modellashtirish, taklif etiladi, iltimos qilaman, so’rab ko’ramiz, dalil bo’la oladi, avtomatlashtirish, electron qurilma, biznes va boshqaruv, ko’chmas mulk, ko’rib chqilsin, zimmasiga yukaltilsin, chiziqli dasturlash.



Mashq. Quyidagi so’z birikmalari ishtirokidagi gaplar tuzing. Ularni rasmiy yoki shaxsiy munosabatni ifodalashiga ko’ra guruhlarga ajrating.

Iltimos qilmoq, talab etilmoq, o’qishga kirmoq, vazifadan ozod etilmoq, aytilganlarni inobatga olgan holda, salom yetkazmoq, jadvalga muvofiq, ko’ngilni ko’tarmoq, amalga oshirmoq, aytib bermoq, zimmasiga yuklamoq, vaqt topolmaslik, dasturlovchi bo’lib ishlamoq, ro’yxatga olinmoq, hushxabar yetkazmoq, haroratni pasayishi oqibatida.



Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :

  1. Hujjat tushunchasini izohlab bering.

  2. Hujjatchilik tarixi haqida gapirib bering.

  3. Bosma ish qog’ozlari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Hujjatlardan foydalanishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?

5-MAVZU: YOZMA IDORAVIY NUTQNING ASOSIY KO’RINISHLARI

Reja:

1.Hujjatlarning tuzilishiga ko’ra turlari.

2. Hujjatlarning maqsad va vazifasiga ko’ra turlari.

3. Tashkiliy va farmoyish hujjatlari.

4. Ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog’ozlari, hujjatlar ham hilma-hil va mikdoran juda ko'p. Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga bo'lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga qo'yiladigan ko'pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o'ziga hos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gan ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko'ra tasnif qilinadi. Tasniflashda mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo’lmasa-da, har qalay, ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlashtirish mumkin.

Hujjatshunoslikdagi ana shu an'anaga ko'ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo tuzilish o'rniga ko'ra tasnif qilinadi. Bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o'zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.

Hujjatlar mazmuniga ko'ra ikki turli bo'ladi: 1) sodda hujjatlar - muayyan bir masalani o'z ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani o'z ichiga oladi.

Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli (yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o'ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo'lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar).

Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo'lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo'ladi.

Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog’liq, bir- biriga o'xshash va ko'p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o'z ichiga oladi.

Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya'ni o'zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o'zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko'pincha «yozmoq» emas, balki «to'ldirmoq» so'zi ishlatiladi. Shu o'rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlari doirasini kengaytirish - ish yuritishni takomillashtirishdagi maqbul yo'llardan biridir. Chunki bu tadbir hujjat matnlarini bir xil qilish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma'lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safari guvohnomalari va boshqa ko'plab hujjatlarni kiritish mumkin.

Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko'ra xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat xujjatlari tayyorlanishiga ko'ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo'lsa, shahsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning hizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo'ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).

Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko'ra hujjatlar quyidagacha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko'chirma. Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya'ni tayyorlovchining qo'lyozma yoki kompyuterda ko'chirilgan dastlabki nusxasidir.

Bu nusxa tuzatilib, qayta ko'chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nushasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko'chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda o'ng tomonidagi yuqori burchagiga «Nusxa» degan belgi qo'yiladi.

Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nushalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini - hujjat zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to'rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to'liq aks ettiradi, masalan, fotonushani yoki kompyuterda chiqarilgan nusxani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to'la ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatidan bevosita asliga muvofiq kelmaydi, ya'ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o'rniga «muhr» deb, imzo o'rniga «imzo» deb, gerb o'rniga «gerb» deb yozib qo'yiladi va h.k. Ba'zan muayyan hujjatga emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko'chirma olinadi (masalan, bayonnomadan ko'chirma, buyruqdan ko'chirma va h.k.). Nusxa va ko'chirmalar, albatta, notarius, kadrlar bo'limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina, huquqiy kuchga ega bo'ladi. Asl nusxa yo'qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil HUQUQIY kuchga egadir.

Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqega ko'ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma'lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.

Hujjat namunalari bilan ishlash

Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi:

l. Tashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma va boshqalar)

2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma , farmoyish).

3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va boshqalar).

4. Xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).

Mazmun bayonining shakliga ko‘ra hujjatlar xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlarga bo‘linadi. Bojxona organlarida xususiy hujjatlarga fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir vaziyat va holatni izohlab, tushuntirib berish maqsadida yoziladi. Namunaviy hujjatlar sirasiga ish yuritish sohasiga oid hujjatlarning aksariyati, ya’ni har bir tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabi belgilangan tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi.

Qolipli hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi.



Ma’lumot-axborot hujjatlari

Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo'llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.



Tarjimai hol

Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.

Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari:

1. Hujjatning nomi (Tarjimai hoi).

2. Matn:

1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;

2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi;

3) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);

4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko'ra mutaxassisligi;

5) ish faoliyatining turlari;

6) oxirgi ish joyi va lavozimi;

7) mukofot va rag'batlantirishlar;

8) jamoat ishlarida ishtiroki;

9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;

10) turar joyi;

3. Sana.


4. lmzo.

Tarjimai hoi oddiy qog'ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog'ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.

Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimai hoi shunday tuzilishi kerak-ki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo'lsin.

Ariza

Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.

Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.

Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi.

Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, bo‘lim va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningaek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning hujjati bo‘lmaydi.

Ariza bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, yoki keng jamoatchilikni o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi—fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo'llaniladi

Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o'quv yurtlariga kirish yoki muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo'lish haqidadir.

Ish jarayonida ham xodimiar o'zlari ishlab turgan muassasasnning rahbariyatiga turli mavzularda arizalar yozadilar. Ular ish sharoitini yaxshilash, boshqa ishga o'tkazish, nafaqa belgilash, qo'shimcha ta’til berish, moddiy yordam ko‘rsatish, yashash sharoitini yaxshilash haqida iltimos mazmunida yoki ish sharoitini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish haqida taklif mazmunida yozilishi mumkin.

Mehnatkashlar va boshqa toifadagi aholi ish joyidan tashqari ko'plab rasmiy va jamoat tashkilotilariga turli mavzudagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar vositasida fuqarolar davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqali o‘zlariga ega bo‘lgan muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar, shu bilan birga shikoyat mazmunidagi arizalar fuqarolarning haq-huquqlarini, qonun yoli bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish haqida murojaatlar o‘z aksini topadi. Arizalar mahalliy (viloyat, tuman, shahar, qishloq) kengashlarning boshliqlariga, ijtimoiy ta’minot idoralariga, sud va prokuratura idoralariga, notarial idoralarga, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va arxiv bo‘limlariga, qurilish boshqarmalariga va boshqa idoralarga yozilishi mumkin.

Da’vo arizasining matni (mazmuni) matinda nizoning mohiyati, da’voga ming nizoni ko'ngilli ravishda hal qilish yo'lidagi chora-tadbirlari va uning natijalari, da’vogarning javobgarga qo‘ygan talablari, talablaming haqqoniyligiga dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi.

Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar sanaladi).

Da'vo arizalari fuqarolar tomonidan ham yoziladi. Bunday arizalar ko'pincha sud idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan faqat to'rtburchak muhrning bo'lmasligi bilan farqlanadi. Fuqarolarning da’vo arizalari aliment undirish, mol-mulkni bolish, bolani qaytarib olish, qo'shimcha ishlaganlik uchun haq undirish, turar joydan ko‘chirish, qarzni undirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin.

Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi) lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi.

Ma’lumotnoma

Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkita: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bolinadi. Xizmat ma’lumotnomasi-muassasa faoliyatiga doir voqea - hodisalarni rasmiy aks ettiradi va tasdiqlaydi. Xizmat ma’lumotnomasi axborot xususiyatiga ega bolgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko'rinishida tayyorlanadi. Bunday ma’lumotnomalar muassasa faoliyatiga aloqador voqea-hodisalar haqida yuqori idora yoki mansabdor shaxsni xabardor qiladi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar muassasa, jamoa xo'jaligi, ishlab chiqarish faoliyatining muhim masalalari bo'yicha, uning moliyaviy faoliyati, xodim (shtat) lar soni, rejalashtirilgan topshiriqlaming bajarilishi, moddiy tovar boyliklarining saqlanish holati: mehnat intizomining ahvoli haqida boshqa so‘ralayotgan masalalar to‘g‘risida bolishi mumkin. Masalan, Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida 2007-yildagi mehnat intizomi haqida ma’lumotnoma.

Xizmat ma’lumotnomasi ham o‘z navbatida ikkiga: ichki xizmat va tashqi xizmat ma’lumotlariga bolinadi. Ichki xizmat ma’lumotnomasi: muassasaning ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo’linma yoki ayrim xodim haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo'linma boshlig’i, ish yurituvchi (bo’linma boshlig’i, kadrlar bo’limi boshlig’i, ish yurituvchi oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog'oz varag’iga qo’lda yozilinshi ham mumkin.

Tashqi xizmat ma’lumotnomasi - muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ularning ko'rsatmasiga muvofiq tayyorlanib jo‘natiladi. Bunday ma’lumotnomalar oddiy ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog'oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.

Har qanday xizmat ma’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

Xizmat ma’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo'yiladi. Masalan, "Korxonaning ma’muriy boshqaruv xodimlari soni haqida". Ma’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlarga taalluqli sana alohida ajratib, asosiy matn oldidan yoziladi.

Shaxsiy ma’lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolaring turmush va ish faoliyatiga aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa ishchi yoki xodimga uning qayerda, kim bo’lib va qancha maosh olib ishlashi haqida o‘quvchi va talabaga esa qayerda o'qishi haqida fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va shaxsning tug'ilganligi va h.k. vafot etganligi to'g‘risida ma’lumotnomalar beradi.

Ma’lumot-axborot hujjatlari bilan ishlash yo’l-yo’riqlari:

Ma’lumotnoma: ma’lumotnoma rahbarlar ko’rsatmasi yoki fuqaro talabiga ko’ra beriladi.

Shaxsiy ma’lumotnomaning zaruriy qismlari: tashkilot nomi, berilgan sana, tartib raqami, ma’lumotnoma berilayotgan kishining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning mazmunini tashkil etuvchi qisqa matn, qayerga taqdim etilayotganligi, tashkilot rahbarining imzosi, familiyasi va tashkilot muhri bo’lishi kerak.

Bildirishnoma: bildirishnomaning zaruriy qismlari: tashkilot rahbari familiyasi, hujjat yozayotgan kishining lavozimi, familiyasi va hujjat matni, ilova hujjat hajmi va nusxasi ro’yxati, tuzuvchilarning imzo va familiyasi hamda sana keltiriladi. Bildirishnoma tashabbus, axborot, hisobot hususiyatiga ega, korxona doirasida va yuqori tashkilot, mansabdor shaxslar nomiga yoziladi.

Shaxsiy ma’lumotnoma o'zining zaruriy qismlari jihatidan rasmiy xizmat ma'lumotnomasiga yaqin turadi, chunki shaxsiy ma’Iumotnomlar ham aksar hollarda oddiy ish qog'oziga yoki oldindan tayyorlangan bosma ish qog'oziga yoziladi. Ushbu ish qog’ozlarida bir qancha zaruriy qismlar va takrorlanuvchi iboralar o'z aksini topgan bo'ladi Shaxsiy ma’lumotnomalarda u yo'llagan idora yoki shaxs nomi bo'lmaydi: Isli joyiga (yashash joyiga) ko'rsatish uchun beriladi. Bosma ish qog'ozlari bo'lmagan hollarda ma’lumotnomalar oddiy qog‘ozga qo‘lda yoki kompyuterda yoziladi va uning chap burchagiga korxona yoki jamoat, tashkilotining to'rtburchak muhri qo'yiladi, uning qarshisiga, o‘ng tomoniga so‘zi yoziladi. Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog'liq boshqa shaxsiy ma’lumotnomalarga tegishli muassasaning bosh (katta) hisobchisi ham imzo qo‘yishi kerak. Ma’lumotnomalarning bu turi ham jo'natma hujjatlar daftarida qayd etilib, xodim qo‘liga beriladi.

Ba’zan ma’lumotnomalar bosma ish qog‘ozida emas, balki oddiy qog'ozga yozilib birgina muhr va imzo bilan tasdiqlanadi.



Tilxat

Tilhat - ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat qimmatbaho

buyumlar yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.

Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.

Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:

1. Hujjatning nomi (Tilxat),

2. Matn:

1) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi;

2)pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zarur bo‘lganda

muassasa nomi);

3) pul, hujjat, buyum yoki boshqa bir narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat boMganda bahosi);

4)olinayotgan buyumning texnik holati (agar u mashina apparatlar va h.k. bo‘lsa).

3. Tilxat berilgan sana.

4. Tilxat muallifming imzosi.

Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko'rsatiladi, qavs ichida esa so'zlar bilan ham berilishi mumkin.

Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi.

Tilxatdagi yozuvlarni o'chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.

Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.



Tushuntirish xati

Xizmat sohasidagi xizmatga aloqador masalani uning ayrim jihatlarini yozma holda va muassasa (bo‘im) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘lovchi hujjatdir.

Tushuntirish xati huddi ma’lumotnoma va bildirishnoma singari ichki tashqi xususiyatga ega. Keyingi holatda, ya'ni tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda u ko'pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib mazkur hujjatni umuman yoki ba’zi o'rinlarini qisman izohlab tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqea-hodisaga rahbarning ba’zi xatti-harakatiga rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay, u muassasa oddiy ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.

Ichki - shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, talaba) tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (masalan, ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay u muassasa oddiy ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi.

Ichki — shaxsiy tushuntirish xatlari, asosan, xodim (ishchi, xizmatchi, talaba) tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish)

jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakatlar (masalan ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy varaqqa yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsnng talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo’llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo'lsa qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o'tash mumkin.

Tashqi xizmat yuzasidan korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari oddiy ish qog'ozida rasmiylashtiriladi, tabiiyki muassasaning to’liq nomi ushbu qog'ozda aks ctadi.

Zaruriy qismlari yoki yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarning joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qaratqich kelishigida rasmiylashtirish ma’qul.

Quyida shaxsiy xususiyatdagi tushuntirish xatlariga bir necha namunalar beriladi. Muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari boshqa asosiy hujjatlarga bog‘liqligi sababli ularga namunalar berilmaydi.

Ishonchnoma

Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolat hujjat. Ular o"z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkini boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarini olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.

Muallifni ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.

Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, tashkilotlar tomonidan muayyan lavozimli shaxsga uning. mazkur tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bfldirish uchun beriladi. Ular muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak.

Ayrim hollarda (masalan, kooperativ yoki ijtimoiy mulkni boshqarishda) ishonchnomaqonun talabiga ko'ra notarial tasdig‘idan o'tishi zarur bo‘ladi.

Mazmun hamda vakolatning hajmiga ko‘ra ishonchnomalar birgalikda maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. Bir gallik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazisfani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmatbaho buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnoma hisoblanadi (masalan, yil davomida sud-hakamlik idoralarida korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy ishonchnoma mulkni boshqarish bilan aloqador turli-tuman ishlarni amalga oshirish huquqini beradigan ishonchnomadir.

Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko'rsatilmagan bo‘lsa,bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi.

Rasmiy ishonchnomalar, odatda namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarda ishonchnomaning barcha zaruriy qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va ko'rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari boimagan chog'da ishonchnomalar oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma beruvchi muassasaning to'rtburchak muhri qo'yiladi.

Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish-' va berish borasida alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan shakldagi bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtirilib faqat shu korxona hodimlariga berilishi mumkin.

Tashkiliy hujjatlar

Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi.



Guvohnoma

Guvohnoma muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarini

tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo‘linadi.

1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi.

2. Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini ko'rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi. Ulaming zaruriy qismlari quyidagicha:

1) hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so'z muqova ustiga yoziladi;

2) guvohnoma beruvchi tashkilot nomi;

3) guvohnoma egasining ismi-sharifi (toMiq yoziladi);

4) lavozimi;

5) guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat ko'rsatiladi, so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi;

6) tashkilot rahbarining imzosi;

7) shaxsiy imzo;

8) guvohnoma egasining surati;

9) tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak);

3. Xizmat safari guvohnomasi xodimga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beruvchi hujjat. Guvohnoma maxsus blankada rasmiylashtriladi va xodim qo‘liga topshiriladi. Uning zaruriy qismlari yuqorida keltiriIgan tarkibiy qismda bir oz farq qiladi.

Xizmat safari guvohnomasi moliyaviy hujjat boMgani uchun u to'g'ri rasmiylashtirilishi kerak. Unda barcha imzo va muhrlaming bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari turli malaka oshirish muassasalarida ta'lim olgan shaxslarga tegishli guvohnoma hisoblanadi. Bunday guvohnomalarda amal qiiish muddati ko'rsatilmaydi. Guvohnomada berilgan sana va mansabdor shaxslar imzosigina bo'ladi.



Yo‘riqnoma

Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari:

1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.

2. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi).

3. Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k.

4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi.

5. Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi

Nizom

Muassasa yokl uning tarkibiy bo'llnmalarlng tuzlllshl, huquql, vazlfelarl,

burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko'rik, musobaqa, tanlov va boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin.

Ko'pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi.

Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi.

Nizomning asosiy zaruriy qismlari:

1. Hujjat turining nomi.

2. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa tarkibiy qismining nomi.

3. Matnning mazmuni: muassasa tuzilishidan maqsad va asoslar; asosiy vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashqil qilish tartiboti.

4. Muassasa rahbari imzosi.

5. Sanavajoyi.

6. Tasdiqlash usthati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi.



Ustav

Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi.



Qoida

Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan ma’muriyat o'rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi).

Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar soni va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqaai. Masalan, studentlarning oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan foydalanish qoidalari bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi.

Shartnoma

Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlami tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqorolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan.

Shartnomalar tashkilotlar 0‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq boMishi kerak.

Shartnomalar hajm jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi qismlardan iborat:

1.Shartnomaning nomi (mahsulot etkazib berish, uy-joy sotib olish va h.klar).

2. Shartnoma tuzilgan sana.

3. Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi).

4. Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar

vakillarining to'liq ismlari va vakoiatlari ko‘rsatiladi.

5. Shartnoma matni.

6. Tomonlaming huquqiy manzillari.

7. Tomonlarning imzolari va muhrlari.

Shartnoma matni ko'pincha rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar esa bandlarga bo‘linadi hamda ular arab raqamlari bilan ko'rsatiladi. Matnda tomonlar bajarish lozim boMgan shartlar va boshqa majburiyatlar aniq bayon qilinadi. Ba'zi shartnomalarda keltiriladigan zararlami to‘lash shartlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning barcha moddalari bo'yicha kelishib olganlaridan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Bitim

Muassasa va alohida xodim o'rtasida mehnat shartnomasi - bitim tuziladi.

Uning mazmuni va shartlari 0‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksida belgilab berilgan. Muassasalar bilan ulaming hisobida turmaydigan shaxslar o‘rtasida ham ma’lum mehnat munosabatlari o‘rnatilishi mumkin. Ba'zi hollarda ma'lum cheklangan muddatda bajariladigan xizmatni muayyan muassasaning o‘zidan bajaradigan xizmatchi bo'lmay qoladi. Shunday hollarda chetda taklif qilingan mutaxassis bilan mehnat bitimi tuziladi.

Bitimning zaruriy qismlari:

1. Hujjat nomi.

2. Tuzilgan sana va joy.

3. Mehnat bitimi, tuzayotgan tomonlarning to‘la va aniq nomi, ishlovchining lavozimi, to‘liq ism-sharifi.

4. Bitim mazmuni.

5. Ishni bajarish muddati va bajaruvchiga to'lanadigan ish haqining umumiy miqdori.

6. Ish sifatiga qo‘yiladigan talablar va uni qabul qilib olsh tartibi.

7. Bajaruvchiga haq toMash muddati va tartibi.

8. Tomonlaming manzillari.

9. Tomonlaming imzolari.

10. Muassasa muhri.

Shunday shartnomalar borki, ular notarial idoralar tomonidan iqlanishi shart. Bunday shartnomalar mazmun jihatidan turlicha boMadi day shartonomalar fuqarolar o'rtasidagi mulkiy munosabatlami tartibga di.

Farmoyish hujjatlari

Bunday hujjatlar sirasiga buyruq, ko'rsatma, farmoyish kabilar kiradi.



Buyruq

Daviat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan uqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik afalarni hal qilish maqsadida qoMlanadi.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning limlari faoliyatini tartibga solishda qoMlanadi. Ularda, odatda, yuqori ikilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning si yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, ma’sul shaxslar va bajarish idati tayinlanadi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni liqlash bilan bog'lik me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid ruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo'lib, muayyan bir

Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib avhaqo‘yiladi( ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mumkin).

Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan ib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad shart-sharoitlar, iblar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, imi, sanasi yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo'lgan hujjat uning loyish qismi tegishli bandida ham ko'rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni ilashga hujjat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to‘gridan-to‘gri loyish qismi bilan ham berilaveradi.

Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan JYURAMAN» so'zi bilan boshlanadi. Shu so'zdan so‘ng ikki nuqta 'ilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi.

Farmoyishlarda odatda, kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi satiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, minlansin”, “Yuklatilsin”, “Hisoblansin” va h.k). Bajaruvchilar-muassasa uning tarkibiy qismlari (bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari satilgan holda) ko‘pincha jo‘nalish kelishigida qayd qilinadi. Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo'yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish ga yuklatiladi» (lavozimi va famiiiyasi to‘liq yoziladi).

Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki indivudual buyruqlar biror xodim ishga qabul qiiinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo'Iimga o'tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo‘limlar rahbari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.

Ko‘p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlarida yoziladi.

Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo'yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «lshga qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan bo‘shatish haqida buyruq», «Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag'batlantirish haqida buyruq» va h.k.

Bunday buyruqlarda kirish qismi bo'lmasligi mumkin. Farmoyish qismida odatda, bandlar, paragraflar bo'ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QIL1NSIN», «TAY1NLANSIN», «OTKAZILSIN», « TASHAKKUR BILD1RILS1N», «BO'SHATILSIN» kabi fe’llar bosh harflar bilan yoziladi. Familiya ham bosh harflar bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi (Masalan, Karimov Sobit Holmatovich).

Buyruqdan ko‘chirma

Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa huquqiy shaxsga muayyan buyruqdan ko‘chirma berishga to'gri keladi.

Zaruriy qismlari:

1. Muassasa nomi.

2. Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma).

3. Sanasi.

4. Raqami (№).

5. Joyi.


6. Sarlavhasi.

7. Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan

kerakli bandi).

8. Imzo chekkan shaxs.

9. Tasdiqlash famiiiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi) belgisi...

Farmoyish

Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo'lib, uning kuchi bo‘limlaming tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqorolarga taalluqli boMadi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘miga «TAVS1YA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi.



Ko‘rsatma

ldoralarda xabarsifat - metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogMiq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko'rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ulaming o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko'rsatma muassasaning o'ziga xos ish qog'oziga bosiladi. U ham buyruq kabi odatda. sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» so'zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi qo’llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo’ladi.



Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

  1. Hujjatlardan namunalar tuzing va yozing. Undagi imloviy kamchiliklarni toping.

  2. O’zingizning tarjimai holingizni yozing.

3. Mavzuga doir haqida taqdimot tayyorlab ko‘rsating.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :

  1. Hujjatlarning turlarini tavsiflab bering.

  2. Ariza, tarjimai hol, ma’lumotnoma kabi hujjatlarni izohlab bering.

  3. Rasmiy-idoraviy uslubda hujjatlarning o’rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

  4. Buyruq, farmoyish matnlaridan foydalanishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?




  1. HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI. ISH YURITISH TERMINLARINING LUG‘ATI.

6-MAVZU: MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI

Reja:

  1. Xizmat yozishmalari.

  2. Xizmat xatlari.

3.Tijorat yozishmalari.

4.Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo’llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.

Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bogMiq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari O'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo’lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub hujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo’llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.

Xizmat yozishmalariga xizmat xatlari, xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, diplomatik va tijorat yozishmalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob, aloqa tizimi pochta xizmatini o‘zida ifodalovchi)da olib boriladigan yozishma, xatlarni

Xizmat xatlari

Tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali taiga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, ni iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga a bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular rcha tashkilotiarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizinr tashkil adi.

Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.

Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:

1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);

2) javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat itlar va .h.k).

Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish a’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga iratilgan bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi.

Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga iziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan ‘rtburchak muhr qo‘yiladi.

Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan orat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat ishga asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy maqsad ifodalanadi.

Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan boMishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin.

Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yoMlanadigan bo‘Isa, uni oluvchilar 4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal qilinishi rahbar bilan bog'liq boMsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.

Sarlavha xizmat xatlarida katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha mazmuni nima haqda ekanligini ko‘rsatib beriladi. Sarlavha qisqa, aniq berilishi qulaylik yaratadi. Sarlavha matndan oldin chap tomonda beriladi.

Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda esa uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi.

Moiiyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 yoki undan ortiq boMishn mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. Imzodan so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi.

Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi bilib olinadi.

Da’vo xati (Da’vonoma)

Bunday xatlarda talab va e’tirozlar bayon qilinadi.

Da’vo xatlari tuzilgan shartnomalar bajarilmay qolganda o‘z qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.

Da’vo xatlari, odatda 3 nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdor tashkilotga yuborilib, 2-nusxasi da'vogarning o'zida qoldiriladi. Aybdor muassasa da’vo xatda ko'rsatilgan talablarni bajarishdan bosh tortsa, xatning 3-nusxasi da’vo arizasiga qo‘yib sudga yoki hakamlikka topshiriladi.

Da’vo xatlarida da’vogar talabni asoslaydigan hamda tasdiqlaydigan dalillar, ko‘rsatmalar, dalolatnomalar xatga ilova qilinadi, ularning ro‘yxati ko'rsatilidi.

Axborot xati

Axborot xat amalga oshirilayotgan xabar qilish maqsadida tuziladi. Uni tashkilot yoki shaxs amalga oshirishi mumkin.

Axborot xat hajmi oddiy. Ma’lumotnoma k^'rinishiga o‘xshaydi. Xatlar ahamiyatiga ko‘ra mansabdor shaxs yoki kotib, yoki referent tomonidan imzolanishi mumkin.

Ilova xat

Xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qoMIanuvchi qisqacha xabar qog'ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng tarqalgan. Muassasalarda bunday xatlar shartnoma loyihalarini, ziddiyatli bayonnomalarni, da’vo materiallarini jo'natishda qo‘llaniladi.

Ilova xatlarda shartnomalar, da’vo materiallarini jo'natilish vaqti va turli hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish muddatlari ham qayd qilinadi, shu sababli da’vo — shikoyat ishlarida u yozma dalil sifatida qo‘lianishi mumkin.

Ilova xatlar boshqa hujjat materiallari bilan birga qo'shib jo‘natiladi,

Ilova xatlarning matnida, odatda, xulosa qismi asosiy o‘rinni egallaydi. Unda ilova qilinayotgan hujjatlar va ulami jo‘natishdan ko‘zlangan maqsad ham ko‘rsatiladi. Hujjatlami jo'natishda har doim ham ilova xat tuzilishi shart emas. Birgina hujjatni (ma’lumotnoma, buyruqnoma va boshqalar) jo‘natishda ilova xatlar tuzilmaydi. Agar ilova qilingan hujjatlar qo'shimcha izohlar, ma’lumotlar, taklif va iltimoslar bilan bog‘liq bo‘lsa yoki ilova qilinayotgan hujjatlar bir necha qismlardan tashkil topsagina, ilova xat tuzish maqsadga muvofiqdir. Boshqa barcha hollarda ilova xat ortiqcha hisoblanadi. Ilova xat davlat intizomiga rioya qilishni va jo‘natiladigan hujjatlarning yaxshi saqlanganligini nazorat qiluvchi ishonchli vositadir.

Yo'Uaymiz, ilova qilamiz, qayta yo'llaymiz, taqdim qilamiz kabi so‘z va birikmalar ilova xatlarning o‘ziga xos belgisi hisoblanadi.

Kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi.

So’rov xat

Javob talab qilinadigan bunday yo'zishmalarda ma’lumotlar hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so'raladi.

Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‘rovlar aks etmasligi kerak. Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo‘lishi lozim. Faqat shu holdagina yo‘llangan so‘rovga tez va mukammal javob olish mumkin.

So'rov xati. odatda ikki asosiy qismdan: kirish vaxulosadan iborat bo‘ladi. Kirishda so'rov yuborilish sababi ko‘rsatiladi, xulosa qismida esa xat yo‘llangan tashkiiotdan javob talab qilinayotgan masalalar kiritiladi.



Tasdiq xat

Ma’lum bir muass tomonidan yuborilgan iltimos va so'rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlaming bir turidir.

So'rov xati. odatda ikki asosiy qismdan: kirish vaxulosadan iborat bo‘ladi. Kirishda so'rov yuborilish sababi ko‘rsatiladi, xulosa qismida esa xat yo‘llangan tashkiiotdan javob talab qilinayotgan masalalar kiritiladi.

Tasdiq xatning qaysi xatga javoban bitilganligi iloji boricha aniq ko'rsatilishi kerak. Bunday xat matnida qo'llanuvchi asosiy so‘zlardan biri "tasdiqlamoq" fe’lidir.

Tasdiq xatlar o‘z vaqtida jo‘natilsa, eslatma xatlar uchun hech qanday ehtiyoj sezilmaydi, natijada xizmat yozishmalarining hajmi qisqaradi.

Farmoyish xat

Farmoyish xat bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yoMlangan rasmiy hujjatdir. Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko'pgina sohalarida qo'llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil xabarni bir necha manzilga o‘tkazishdir.

Farmoyish xatlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u tashkilot qaramog‘idagi korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi.

Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi ko‘proq joyni egallaydi. Shu sababli ham ularda xat yo‘llanayotgan tashkilotlarning umumiy aomi yozilishi maqsadga muvofiqdir, masalan:

Barcha qurilish boshqarmalariga;

Barcha maktab direktorlariga kabi.

Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Agar xat matnida hisob bo'limiga oid masalalar ham bo'lsa, bosh hisobchi ham imzo

chekadi. Bosh rahbar imzolagan l-nusxa muassasada asliyat sifatida saqlanadi. Boshqalari esa umumiy bo‘lim yoki muassasa kotibi lomonidan tasdiqlanib, nusxa sifatida tarqatiladi.

boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o'rtasidagi bunday o'zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko'p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning oddiy ish

Iltimos xat

Myassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o'rtasidagi bunday o'zaro yozishmalar iltimos xat vositasida bajariladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko'p tarqalgan turlardan hisoblanadi. Iltimos xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning oddiy ish og‘oziga yoziladi va albatta jo‘natiIish sanasi va jo'natma tartib raqami o'rsatiladi.

Iltimos xatlaming eng sodda ko'rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga i‘xshash bo‘ladi.

Kafolat xat

Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida jziladi.

Xatlaming bu turi qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to'lasnda, ;hning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul ilishda, bajariladigan ishning sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va ishkilot yoki alohida shaxslarga jo‘natiladi.

Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan og'liq boMgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi arur.

Ba’zan kafolat xati matnida «kafolat» berish bilan birga xabar berish, >‘rash, iltimos kabi ma’nolar ham ifodalanishi mumkin.

Tashkilotlar tomonidan kutubxonalarga beriladigan tayyor andozaviy afolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi.


Tijorat yozishmalari

Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.

Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.

Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.

Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.

So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to'g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.



Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.

Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridanolingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunosiikning bo‘limidir.

Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir.

Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi.

lug‘atlar ikki turli boladi:

1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;

2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.

Bu ikki turdagi lug‘atlar lug‘at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at; ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik (lingvistik) lug‘at hisoblanadi.

Ensiklopedik (qomusiy) lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”ni yaratish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000—2006-yillarda 12 jildli “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.

Toshkent shahrida ensiklopedik lug‘atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan alohida muassasa — “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”Davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar izohli lug‘at, muayyan tildagi so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug‘atlar esa tarjima lug‘at sanaladi.

1981-yili Moskvadagi «Pyccкий язык» nashriyotida nashr qilingan 2 jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006—2008-yillarda «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so‘z hamda so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan 5 jildli «0‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o‘zbekcha-ruscha, inglizcha-ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar bunga misol bo‘la oladi.

Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)

Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :


  1. Ma’lumot-axborot hujjatlariga namunalar yozing.

  2. Mavzuga doir slaydli taqdimot tayyorlang.

  3. O’z sohangizga oid lug’atlardan foydalanib terminlar lug’atini tuzing.

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :


  1. Ma’lumot-axborot hujjat turlarini tavsiflab bering.

  2. Xizmat xatlari va uning turlarini izohlab bering.

  3. Rasmiy-idoraviy uslubda hujjatlarning o’rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

  4. Sohaga oid terminologik lug’atlardan foydalanishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?

7-MAVZU: IDORAVIY OG’ZAKI NUTQ

Reja:

  1. Dialogik nutq tushunchasi.

  2. Savol-javob dialoglari.

  3. Monologik nutq tushunchasi.

  4. Dialogik va monologik nutqning o’zaro bog’liqligi.

Dialogik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq, nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o‘rni va mavqyei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.

Avval bu nutqning til jihatlariga e’tibor beraylik. Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan ikkita parcha keltiramiz:

Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi.

- Bilagingni ko‘rsat, - dedi Zohid tirtiqqa.

U «shu ham ishmi?» deganday erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning bilagida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.

- Kukunni qayerdan olardilaring? – deb so‘radi Zohid.

- Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, - dedi labi osilgan yigit.

- Menga ham ayt.

- Lola ko‘chasida… o‘n… yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.

- Ikkoving birga borganmisan?

- Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik.

Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni cho‘ntagidan chiqarib, uchtasini ajratib oldi-da, stol ustiga yoyib, labi osilganini chaqirdi.

- Qara, Sharif akang qaysi biri?

Yigit o‘rdakka o‘xshab lapanglab kelib suratlarga uzoq tikildi-da, bittasini ko‘rsatdi.

Matnlardagi dialogik nutqlarni ko‘zdan kechirish yana shundan dalolat beradiki, ular asosan og‘zaki nutq odatlarini o‘zida namoyon qiladi. Adabiy matnlarda esa obraz yaratish, xarakterlarni namoyish etishning kuchli badiiy vositasiga aylanishi mumkin. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod va Xisrav, Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» dramasidagi Alisher Navoiy va Xusayn Boyqaro dialoglarini eslaylik.

Dialog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Dialog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqaklgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi.II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi.

Dialogda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi.

Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqatini tez tortadi.

Replikada dialogik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Dialoglarda intinatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hisiyotini ifodalashi uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.

Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi dialog replikalarida quyidagi nutqiy mulozanat so`z va iboralari uchraydi.
Taklif.


  • Men sizni … taklif etmoqchiman

  • … ruxsat bering

  • keling …

  • marhamat …

Minnatdorchilik.



  • rahmat, sizdan minnatdorman

  • boshim osmonga yetdi

  • xursandman

  • sizga minnatdorchilik bildiraman

Tabrik.


  • chin qalbimdan tabriklayman

  • muborak bo`lsin

  • qutlayman

  • ruhsat eting

Taajjub, hayratlanish.



  • rostdanmi?

  • nahotki?

  • Taajjub

  • aql bovar qilmaydi

  • nega endi

Dialoglar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik asarlardagi qahramonlar dialogi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga yordam beradi. Ya`ni dialog qahramon xarakterini o’xchib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Ishtirokchilar dialoglari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa olinmaydi.

Download 226,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish