TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI “Multimedia aloqa tarmoqlari” fanidan
MUSTAQIL ISH 1
Mavzu: Multimediali tarmoqlar uchun xizmatlarni ta’minlash.
Bajardi: Aliqulov A.
Tekshirdi: Xidirov A.
Samarqand - 2021
Reja: 1. Kirish 2. Asosiy qism 1. Uzatilayotgan ma’lumot tupiga qarab xizmatlar klassifikasiyasi (Kontenent).
2. Telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar.
3. Ma’lumot uzatish xizmatlari.
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Xizmatlar klassifikasiyasining prinsiplari. Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha klassifikasiyalanadi va hozirda bunday xizmatlarning ro‘yxatlarini IP, VPN, DSL, telefon aloqalarini ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan klassifikasiyasi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muommolarga olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarini ko‘p o‘lchamli strukturani ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga asoslanib, klassifikasiyalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ularning asosiylari muhimlik darajasi bo‘yicha quyida keltirilgan:
- uzatilayotgan axborot tupi tartibi bo‘yicha xizmatlar klassifikasiyasi (kontentu);
- klientning xizmatga ulanishini ta’minlash usuli bo‘yicha xizmatlarning klassifikasiyasi;
- klient tupi bo‘yicha xizmat klassifikasiyasi;
- axborot almashish tupi bo‘yicha xizmatlar klassifikasiyasi.
Bundan tashqari, yuqorida keltirib o‘tilgan klassifikasiyalardan tashqari, xizmatning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin:
- tadbiq etish va muhimlik darajasi bo‘yicha – bazaviy (asosiy) xizmatlar va qo‘shimcha (qo‘shimchalar qo‘shilgan xizmatlar), bunda ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘ladi;
- marketing funksiyasi bo‘yicha – foyda olish uchun qaratilgan xizmatlar va klientlarning e’tiborini o‘ziga tortishga qaratilgan xizmatlar (bunda klientlarni e’tiborini qaratish usuli bilan klientlarni xizmatlardan foydalanishi hisobiga foyda olinadi).
Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni klassifikasiyasi asosiy hisoblanadi. Biroq klassifikasiyaning boshqa usullari ham kerakli hisoblanadi. CHunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini ajratib beradi. Bunda u uning qo‘llanilish sohalarini aniq ko‘rsatib beradi.