Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti


Uzatilayotgan ma’lumot tupiga qarab xizmatlar klassifikasiyasi (Kontenent)



Download 33,46 Kb.
bet2/5
Sana14.06.2022
Hajmi33,46 Kb.
#669041
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAT mus ish 1

1. Uzatilayotgan ma’lumot tupiga qarab xizmatlar klassifikasiyasi (Kontenent). Ushbu usul bilan mos ravishda xizmatlar klassifikasiyasi quyidagilarga bo‘linadi:
- telefon (va videotelefon) xizmatlari;
- ma’lumot uzatish xizmatlari;
- keng eshittirishli xizmatlar;
-ajratilgan kanallarning xizmatlari (uzatilayotgan ma’lumotlar tupiga umuman bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar);
- infrastrukturali xizmatlar.
Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushinish mumkin. Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida boshqa huddi shunday klientlar bilan interaktiv rejimda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan individual klient klientlar bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar o‘z navbatida belgilangan va uyali telefon aloqasi xizmatlariga bo‘linishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ushbu tupdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video uzatish hizmat turi ajralib chiqmoqda. Bunda bu xizmatlarning asosiy turlaridan biri bu videokonferens aloqa hisoblanadi. Balkim vaqt o‘tishi bilan bu tupdagi xizmat turi shu tarzda rivojlanmoqdaki, bilan bu alohida xizmat turi sifatida ajralib chiqishi mumkin.
Hozirda sodir bo‘layotgan tarmoqlarning konvergensiyasi telefon va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi chegara unchalik ajratilmaydi. Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallarni kommutasiyasi bilan bog‘liq.
Telefon xizmatining asosiy hisob birligi “ulash minuti” hisoblanadi va bu tarmoqning infrastrukturasi (TDM, VoIP)ga, klient turi (subprovayderlarga va korporativ klientlarga minutlar umumiy holda berilishi mumkin) ga, ruxsat berish tupiga bog‘liq bog‘liq emas. Qo‘shimcha hizmat (masalan, inteluktual tarmoq xizmati)lar ham “minut” birligi sifatida hisoblanadi. Trafik chegaralanmagan tariflash xizmat turlari ham uchrab turadi va agar bu minut bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa, operator tomonidan boshqarilmaydi.
Ma’lumotlar etkazib berish xizmati o‘z navbatida IP, ATM, FR, X.25 va boshqa shu kabi xizmatlarga bo‘linadi. Bular abonentni kommutasiya bilan bog‘lab beradigan paketlar sarlavhasini tahlil qilish asosidagi protokollarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Hisob kitoblar uzatiladigan trafikdan kelib chiqqan xolda, bilvosita yoki bevosita xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha muvofiqlik asosida yoki kanal sig‘imi va uni ishlatish vaqtilarga bog‘liq uzatilayotgan trafikdan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi. Agar xizmat ko‘rsatishda ko‘p protokolli ma’lumot uzatishdan foydalanilganda va tarmoqda ko‘p turdagi trafik mavjud bo‘lganda xizmat turini aniqlash oson bo‘lmaydi, ya’ni ulardan o‘tayotgan trafik qismini belgilash oson bo‘lmaydi. Bularni IP – paketlari, ATM – yacheykalari, FR va X.25 kadrlar asosida hisoblash oson bo‘ladi. Bu hisoblashlarning natijalarini foydalanuvchiga ishlatgan pul qiymati sifatida uzatiladi. Ko‘p protokolli tarmoqda trafikning trafikasiyasi mavjud bo‘lmagan holatida xizmat turini ajratilgan kanal xizmat turiga kirgizishimiz mumkin.
Keng eshittirishli xizmatlar bir vaqtda ko‘p sonli klientlarga ma’lumot etkazib berishi mumkin. Unga birinchi navbatda tele va radio eshittirishlar keradi. Hozirda bu xizmat turlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu say harakatlar tufayli interaktiv televidie vujudga keldi.
Ajratilgan kanal orqali ma’lumot etkazib berish tarif siyosatiga ega bo‘ladi. Bu siyosatda trafikning tupi, qiymati va kanalni ishlatish darajasi hisobga olinmaydi. Turli xil tariflarda kanalning tupi va uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati bo‘yicha ajratish mumkin.
Klientlarga ma’lumot etkazilib berish bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlarni infrastrukturali xizmatlar deb atash mumkin. Bu xizmat turlariga misol tariqasida infrastruktura (qurilma yoki joy)ni ijaraga berishni va turli xildagi konsultasion xizmatlarini olish mumkin. Bundan tashqari bir turdagi ish ham bo‘lishi mumkin. Masalan, boshqa operator yoki korporativ klientning telekomunikasion tarmog’ini proektlash yoki qurish.

Download 33,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish