Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Download 184.98 Kb.
bet1/2
Sana12.04.2020
Hajmi184.98 Kb.
  1   2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI



Tillar kafedrasi

AKADEMIK YOZUV 2 O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish texnik sohasi

Ta’lim sohasi: 330000 - Kompyuter texnikari va informatika

350000 - Aloqa va axborotlashtirish,telekommunikatsiya

texnikalari

Ta’lim yo‘nalishi: 5350400 - AKT sohasida kasb ta`limi

5330500 - Kompyuter injinering

5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari

(telekommunikatsiya texnologiyalari, teleradio

eshittirish, mobil tizimlari)

5330300 - Axborot xavfsizligi

5330600 - Dasturiy injiniring



Samarqand – 2020

Fanning o’quv-uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020__ yil “___” _____dagi ______ - sonly buyrug‘i bilan ma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan dasturi asosida tuzilgan.



Tuzuvchi:

Abdiyev M. Б. - filologiya fanlari doktori, professor

Raxmatova S.A. – katta o’qituvchi

Yuldasheva D.B. – assistеnt.



Taqrizchilar:

Eltazarov J.D. – SamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d.

Mahmadiyev Sh.– SamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f. n.

Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ilmiy-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan (2020 yil “ _ ” ___________dagi “__” -sonli bayonnoma).



Mundarija

O’quv materiallar 5

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari………………………………………………….....…………………. 65

Glossariy 75

O’QUV MATERIALLAR

O’zbek tili O’zbekiston Respublikasi davlat tilidir. O’zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaro davlat tilida ifoda eta olishi kerak. Talabalar o’zbek tilida o’rta va o’rta maxsus o’quv yurtlarida olgan bilimlari asosida ma’lum bilim malaka va ko’nikmaga egabo’ladilar. Oliy o’quv yurtida esa ushbu bilimlarni chuqurlashtirish vazifasi qo’yilgan.

Akademik yozuv kursi o’quv reja asosida II semestr davomida o’qitiladi.

Ushbu dastur o’zbek tili fani o’qituvchisidan o’z sohasini chuqur bilishni talab etadi. Shu bilan bir qatorda o’qituvchi rus tilini ham mukkamal bilishi shart. Bu ikki tilni taqqoslab, qiyosiy gramatikani tadbiq qilish imkonini beradi. Shuningdek, u har xorijiy amaliyotda ma’lum bo’lgan ilg’or texnologiyalarni o’qitish jarayoniga tadbiq qila olishi kerak.

O’qitish jarayonida turli asosiy didaktik va lingvodidaktik prinsplarga amal qilishga katta ahamiyat beriladi.

O’qituvchi keng dunyoqarashga ega bo’lishi o’z kasbining ustasi bo’lish, hamda iqtisodiyot va siyosat borasida yetarli ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.

O’quv jarayoniga texnologik harakatning kengaytirilgan ko’rinishini tadbiq qilish lozim.


  1. ILMIY USLUB. USLUBLAR VA VIZUAL AXBOROTLAR

1-Mavzu: ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI

Reja:

1. Adabiy nutq va uning uslublari.

2. Badiiy nutq uslubi, uning xususiyatlari.

3.Ilmiy uslubning boshqa uslublar bilan bog’liqligi.
Adabiy nutq va uning uslublari
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bo`lgan nutq ko`rinishidir.

Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.

Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi.

Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.



Uslub – so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.

Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir.

Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.

So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir.

Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.

Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetikmahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabiyot asarlari shu uslubda yaratiladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.



Publitsistika –lotincha so`z bo`lib, «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi.

Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi.

Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir.

Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir.

Ilmiy uslub va uning xususiyatlari

Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.



Rasmiy-idoraviy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog`ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi.

Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo`ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo`llaniladi.

Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog’ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo`ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so`zlar ko`chma ma’noda ishlatilmaydi.

1- topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring.

Nutq uslublari

Terminlar

Yozma nutq

Dialektizmlar

Badiiy vositalar

Badiiy

Uslub













Ilmiy

Uslub













So‘zlashuv uslubi













Rasmiy

Uslub













Publitsistik uslub














1- mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.



2- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.

Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.



Ekologik muammolar

Aholi sonining yildan yilga oshib borishi sanoat va transportning rivojlanishi, fan texnikaning taraqqiy etishi, insonning biosferaga ko‘rsatayotgan ta’sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga bo‘linadi.

1.      Umumbashariy (global)

2.      Mintaqaviy (regional)

3.      Mahalliy (lokal)

Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:

Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib olib, yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.

Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi. Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.

Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3 – 3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yer yuzi bo‘yicha 50 ming km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yetishmasligi aniq.

Qurg‘oqchil mintaqalarda daryolardan to‘liq foydalanilganda ularning suvi yetmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan ifloslanishi o‘sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10 %ni, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 30 %ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida yildan yilga har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.

Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd. m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.

Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar tropik o‘rmonlar vayron bo‘lgan, atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.

Mavzu yuzasidan savollar:
1. Matnni o‘qing. Mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.

2.Ekologik muammolarning qanday guruhlarini bilasiz?

4.O’zbekiston hududida ularning qaysi turlari kuzatiladi?

5. Tabiat haqida xalq maqollaridan namunalar yozing.

2-Mavzu: USLUBLAR VA VIZUAL AXBOROTLAR

Reja:

1. Vizual axborotlar.

2. Obyektlarga vizual tasvir berishning bosh kategoriyalari.

3. Vizual iyerarxiya.

Vizual axborotlar

Biz qanday ko'ramiz: vizual munosabatlar. Har safar biz ma’lumotlarni ko'rish orqali qabul qilganimizda, o'zimiz ko'rayotgan narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlashga harakat qilamiz. Buning yordamida obyektlarni obrazlar orqali ajratish mumkin, balki ularning ahamiyatini ham tushunish mumkin. Masalan, ranglardagi farq oldimizda 2 ta turli obyekt borligini anglatadi, masshtablardagi farq shuni anglatadiki, bir obyekt boshqasiga nisbatan bizdan uzoqroqda joylashgan va h.k. Obyektlar o'rtasidagi munosabatni bizning miyamiz tahlil qilgandan keyin, obrazning barcha qismlariniyaxlitlaymiz hamda nimani ko'rayotganimizni tushunamiz.

Bu jarayon bizning obyektlarni ko'rish yordamida guruhlash qobiliyatimiz yordamida yanada tezlashadi. Biz o'simlik bargini kuzatayotganimizda, atrofdagi obyektlarni, (xuddi shunday rang, shakl, o'lcham va holatda) birgalikda guruhlanadi, bu bilan “ko'lmak” tushunchasi yaratiladi. Shu bilan birga biz barcha o'simliklarni bir-biri bilan taqqoslaymiz.

Qabul qilishning bu prinsiplari biz axborotni qanday guruhlashni tushunishimiz uchun kalit vazifasini o'taydi. Masalan, yonma-yon joylashgan obyektlar sifatida, biz ularni yaqinlik belgisi yordamida guruhlaymiz, xuddi shunday bir xil obyektlarni o'xshashlik belgilari bilan guruhlaymiz.

Yaqinlik, o'xshashlik, oradagi masofa, tugallanganlik. Ammo, vizual axborotning psixologik jihatlarini tushunish samarali vizual obraz yaratish uchun yetarli emas. Buning uchun biz quyidagilarni tushunishimiz zarur:

- Bu jihatlarni (aspektlarni) biz o'z ishimizda qanday ishlatishimiz mumkin?

- Qanday vositalar yordamida obyektlar har xil bo'ladi?

Variantlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, obyektlarga vizual tasvir berishning 5 ta bosh kategoriyasi mavjud:

Bu kategoriyalardan biri bo'yicha obyektning o'zgarishi vizual kontrast yaratadi. Ikki obyekt o'rtasidagi kontrast qanchalik kuchli bo'lsa, ularni 2 ta alohida o'zaro bog'liq bo'lmagan obyektlar sifatida qabul qilinadi.

Boshqa elementlar “iyerarxiyasi" butun kompozitsiya bo'ylab ko'z yuritadi, syujetga o'z qo'shimchalarini kiritadi. Har bir elementning holati ko'rayotgan shaxsga yaxlit kartinada bu elementning muhimlik darajasi to'g'risida axborot beradi.

Sirkning vizual jihatdan dominant bo'lgan reklama plakatidagi eng qiyin element - bu artistlar va sarlavhani tasvirlashdir. U umumiy kartina yaratadi, ya’ni - shaharga sirk keldi. Kamroq darajada dominant bo'lgan yangiroq elementlar - biletning narxi va namoyish ishtirokchilarning ro'yxati. Agar iyerarxiya boshqacharoq bo'lsa, ko'pchilik shaharga sirk kelganini tushunmagan bo'lar edi. Tartibga solingan iyerarxiya nafaqat axborotni qabul qilish tartibini belgilaydi, balki sahifaning tarqoq elementlarini birlashtirishga ham yordam beradi. Shunday qilib, tartib va balans tuyg'usipaydo bo'ladi. Vizual iyerarxiyasiz sahifaning har bir elementi foydalanuvchining diqqatini tortadi, natijada tarqoq e’tibor yo 'qoladi.U yoki bu elementning iyerarxiyasidagi holati siz nimani aytishni xohlayotganingizga bog'liq bo'ladi.

Sahifaning u yoki bu elementi yukini kamaytiramiz. Bu bilan biz sahifani ko'rayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladigan yo'lni belgilaymiz. Elementning vizual og'irligi o'ziga qaratilgan ko'z qarashning e’tibor darajasi yoki qiziqarliligi bilan o'lchanadi.

Masalan, qizil rangli yirik sarlavha, oq fon bilan ko'proq kontrast paydo qiladi (och kulrang nuqtaga nisbatan). Qizil sarlavha ko'proq og'irlikka ega, chunki u birinchi bo'lib qarayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladi. Ammo u chapdagi suratdan ko'ra ko'proq diqqatni ushlab tura olmaydi.

Syujetni bayon qilish: vizual iyerarxiya. “Dizaynerlar tartibsizlikka (xaosga) tartib kiritish uchun ishlaydilar: ular g'oyani aniqroq taqdim etish uchun so‘z va tasvirlarni tashkil qilish va manipulyatsiya qilish usulidan foydalanadilar.

Djeffri Vin (Jeffery Veen), The Art and Science of Web Design.

Biz obyektlarni vizual taqsimlashning asosiy qoidalarini (prinsiplarini) bilib olganimizdan keyin, umumiy boshqa vazifaga murojaat qilishimiz mumkin: ma’lum syujetni, xabarni taqdim qilish uchun bu prinsiplardan qanday foydalanish kerak? Bunday “vizual hikoya”da elementlar muhim darajaga qarab joylashtiriladi, buni oson qabul qilish mumkin. Dastlab, unga nazar solayotgan shaxs eng asosiy elementga diqqatini qaratadi, keyin muhimligi kamroq bo'lgan elementlarga o'tadi. Umumiy syujetni yangi ma’lumotlar bilan mantiqiy tartibda joylashuvi vizual iyerarxiya deb ataladi. Aniq vizual iyerarxiyaga (ketma-ketlikka) ega bo'lgan kompozitsiyada har bir elementning vizual og'irligi (vazn) tasvirni ko'rayotgan shaxsning diqqat-e’tiboriningyo'lini belgilaydi.

Sahifadagi har bir elementning nisbatan muhimligini e’tiborga olgan holda, sizning saytingizga tashrif buyuruvchilar bu tushunchani saytning barcha sahifalariga o'tkazadilar. Agar sahifa elementlarining barchasi bir xil vizual vaznga ega bo'lsa, uni qabul qilishni, elementlarning o'xshash va farqli tomonlaridan o'yin tariqasida foydalanishni osonlashtiradi. Amaliyotda qo'llash: har qanday veb-sahifa ko'plab alohida elementlardan tarkib topadi, masalan, navigatsiya menyusi (bir necha daraja), murojaat uchun axborot, izlash bloki, logotiplar, xarid qutisi bilan piktogramma va h.k. Bu elementlar o'z navbatidayana kichikroq elementlarga bo'linadi. Oo‘shimcha та ’liimotlar (rasm ostidagi yozuvlar va h.k.)

Saytning bosh sahifasi - navigatsiya sahifasi misol bo'lishi mumkin. Uning iyerarxiyasi ushbu sahifaning mazmuniga, uning auditoriyasi va maqsadlariga bog'liq. Vizual iyerarxiya yordamida sahifaning har bir elementi vazifasini tushuntirish mumkin. U go'yoki foydalanuvchilarni sayt bo'yicha yetaklaydi hamda u yoki bu harakatga rag'batlantiradi.

Har bir elementning iyerarxiyadagi o'rnini aniqlab, tashrif buyuruvchilar muhim elementlarni ajratadilar (sayt ichidagilarni yoki sayt bilan ishlash elementlarini), boshqalarini tushirib qoldiradilar. Ushbu shaklda vizual iyerarxiya yordamida tashrif buyuruvchiga hozir nima qilishi kerakligi ma’lum qilinadi. Ayniqsa, birinchi qadam haqidagi fikr “(Ordering from...)” va oxirgi (“Sign-In” tugmasi) alohida ta’kidlanadi. Bunda unga tegishli axborot vizual jihatdan kichraytiriladi, Shuning uchun u shaklning bosh vazifasiga xalaqit bermaydi.

Shu tartibda, vizual iyerarxiya yordamida tashrif buyuruvchilarga ular veb- saytning qayerida ekanligini ma’lum qilish, qandaydir harakatga undash, u yoki bu elementning ahamiyatini tushuntirish mumkin va h.k. Ammo e’tibor bering, o'ziga jalb qiluvchi sahifa hech qachon “qichqirmaydi”. U barcha elementlarni ohista va xotirjam taqdim etadi.



Mavzu yuzasidan savollar:


  1. Vizual axborot va visual munosabatlar haqida ma’lumot bering.

  2. Obyektlarga vizual tasvir berishning bosh kategoriyalarni sanab bering.

  3. Vizual iyerarxiya deganda nimani tushunasiz?

II. MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI. MULOQOT TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI. YOZMA MULOQOT

3-Mavzu: MULOQOT VA KOMMUNIKATSIYA JARAYONI

Reja:

1. Muloqot jarayoni.

2. Texnologik taraqqiyotning o‘rni.

3. Telekonferensiya va videokonferensiya.

Muloqot jarayoni

Muloqot - kishilar oʻrtasidagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bogʻlanishlar rivojlanishining koʻp qirrali jarayonidir.

Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar.

Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayoni muloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur oʻrganishga yordam beradi.

Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat koʻrsatuvchilar oʻrtasidagi axborot ayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.

Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni oʻrnatish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.

«Kommunikatsiya» soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi.

Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir. Kommunikatsiya yakka shaxslar va tashkilotlarning mohiyat va tushunchalarini bir-birlari bilan boʻlishish vositasidir. Insoniyatning toʻsiqlar va chegaralar osha aloqa qilish qobiliyati insoniyat rivojiga hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va samarali aloqa qilish qobiliyati dunyoni toraytirdi va «globalizatsiya»ni haqiqatga aylantirdi.

Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi. Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi.

Muloqotga ikki va undan ortiq kishilarning oʻzaro tushunish va xohlangan harakatining amalga oshirilishi deb ta’rif berilishi mumkin. Bu soʻzlar va belgilar orqali ma’lumot almashinuvidir. Bu faktlar, gʻoyalar va nuqtai nazar almashinuvi umumiy qiziqishlar maqsad va harakatlarni amalga oshiradi. Amerika Menejment Assotsiatsiyasi «kommunikatsiya ma’no almashinuvining natijasi boʻluvchi har qanday xatti-harakatdir», deb ta’rif beradi.



Texnologik taraqqiyotning o‘rni

Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qo‘llanishida qaytarish uslublarini qo‘llashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarning paydo bo‘lishiga katta hissa qo ‘shdi.

Yangi kommunikatsion texnologiyaning qo‘llanilishi keng ko‘lamdagi korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik, narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshlaydi. Shunday qilib, kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy bo‘lib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video kassetalari, video disk, telefonlar va ko‘pgina mexanik uskunalar kabi an’anaviy media vostalari ko‘plab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish, nazorat, yo‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham foydalidir.

Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat sifatida xizmat qilishi uchun qabul qilishi shart yoki raqobatbardosh rivojlanish yo ‘lida omon qolish qiyin bo ‘ladi.

Dunyoda SMS xabarlarini yuborish ma’lumotlaridan eng ko‘p foydalanuvchi 2.4 milliard faol qo‘llanuvchilar telefonlarida xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi barcha mobil telefon abonentlarining 74%ini tashkil qiladi. Matn so'z yoki raqamlar yo bo‘lmasa harfli-raqamli birikmasi shaklida bo ‘lishi mumkin.

Faol mobil telefon qurilmasi orqali, ayni paytda rivojlantirilayotgan ovozli va ma’lumot qo‘ng‘irog‘idan qat’i nazar, har qaysi payt qisqa xabarlarni qabul qilishi va yuborishi mumkin.



Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari:

1.Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin.

2.Bu shoshilinch paytda foydalidir.

3.Bu harajat bilan birgalikda vaqtni ham tejaydi.



Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning kamchiliklari:

1.Tarmoq aloqasi tufayli xabarning yetkazilishidagi kechikish.

2.Qabul qiluvchi tomonidan ba’zan juda qisqa 1-2 so'zlar yoki gaplar noto‘g‘ri sharhlanishi mumkin.

Telekonferensiya va videokonferensiya

Har bir ofisda mikrofonlar bilan qatnashchilar soni oshirilishi mumkin. Ikki tomonlama qo‘ng‘iroqlardan foydalanganda, barcha qatnashuvchilar boshqa



(Vikram Bisen Priya. Business communication. New Delhi.2009, 43-44 betlar.) 

barcha qatnashuvchilar bilan gaplashishlari mumkin. Bir tomonlama muloqot qo‘ng‘iroqlarida, og'zaki xabarlar (masalan, kompaniya prezidenti nutqi) turli joylarga bir vaqtning o'zida yetkazilishi mumkin.



Telekonferensiyaning afzalliklari:

1.Foydalanish uchun qulay.

2.Oson erishib bo‘ladigan.

3.Dunyodagi har qanday telefon liniyasidan qatnashsa bo‘ladi.

4.Konferens qo‘ng‘iroqlarini tuzish uchun faqatgina bir necha daqiqa ketadi.

5.Harajatlar, energiya va vaqt tejaladi.



Telekonferensiyaning kamchiliklari:

l.Telekonferensiyaning asosiy cheklovi odamlar o‘rtasidagi yuzma-yuz faoliyatning o‘rnini bosa olmaydi.

2.Odamlar yuzma-yuz faoliyatni afzal ko‘rgan holda telekonferensiya haqiqiy maqsadga xizmat qilmaydi.

Videokonferensiya. U to‘liq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yig‘ilishlarga o‘xshash bo'ladi. Ishlatilgan texnologiyaning darajasiga qarab interaktiv tarzda ikki joyni bog‘lashi mumkin yoki videoni uzatish saytlari ko ‘pchilik saytlarga ko‘rinishi (imiji) uzatilishi mumkin.

Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin. Murakkabroq tizim va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy yig‘ilishdagidek ko‘rishlari ehtimolini yaratadi. Videokonferensiya bir vaqtning o'zida turli joylardagi insonlarni ko‘rish va eshitish imkonini yaratadi.



Videokonferensiyaning afzalliklari:

1.Bu yuzma-yuz muloqot uchun o‘rnini bosuvchi bo‘lib xizmat kiladi.

2.Muloqot real vaqtda sodir bo‘ladi.

3.U masofa to‘siqlarini bosib o‘tadi.

4.Ijrochilarning sayohat xarajatlarini tejashni keltirib chiqaradi.

5.Yig‘ilishlarni o'z vaqtida o‘tkazishda tejashni keltirib chiqaradi.

6.Turli joylarda o‘tirgan odamlarning bilimini jadal o‘sishini yengillashtiradi.

Videokonferensiya kamchiliklari:

l.Siz so'zlashmoqchi bo‘lgan insonda kompyuter bilan birgalikda konferensiya uchun talab etilgan uskunalar va dastur bo‘lishi kerak.

2.Uyali telefonga o‘xshab, kompyuterni olib yursa bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, konferensiyangizning olib yurilishiga ta’sir qiladi.

3.Videokonferensiyaning maxfiyligi har doim ham kafolatlanmaydi.


Mavzu yuzasidan savollar:

1.Muloqot va kommunikatsiya jarayonini izohlab bering.

2.Telekonferensiyaning afzalliklari hamda kamchiliklarini tushuntirib bering.

3. Videokonferensiyaning afzalliklari hamda kamchiliklarini tushuntirib bering.

4-Mavzu: MULOQOT TEXNOLOGIYASI VA TEXNIKASI

Reja:

1.Muloqot texnikasi haqida ma’lumot.

2.Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari.

3. Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni.
Muloqot texnikasi haqida ma’lumot

Muloqot texnikasi tug'ma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘g'riroq bo'ladi.

Chunki nutqiy san’at - bu qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, balki

fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir. 

Muloqot texnikasining zaruriy sharti - bu o‘qituvchining o'z e’tibori va o‘quvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir. U 2 omilga bog‘liq bo‘ladi:

Mehnat - bu behad izlanish va o'z ustida ishlash, qilgan ishlaridan xursand bo‘lish, boshdan kechirilgan quvonchdan qanoat hosil qilish.

San'at - bu qandaydir qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydigan, aql farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakat.

Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar:

1. Nuqsonli ovoz

2. Tovushni noaniq aytish

3. Nafas olishdagi tartibsizliklar

4. Nutq tempi, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik

Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:

1.Muloqot madaniyati - savodli gapirish, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etish, o'z fikr va his-tuyg‘ularini so 'zda aniq ifodalash.

2.Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma’noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq tabassum.

3.Hissiy holat - jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, o'zining hissiy holatini tashkil etish.



Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar:

1. Ovozning sifatiga e’tibor berish;

2. Muloqot jarayonida to‘g‘ri nafas olish;

3. Tovush va so'zlarni aniq talaffuz qilish;

4. To‘liq va aniq diksiya;

5. So'z va gaplarning «chaynalmasligi»;

6. Fonetikaga oid bilimlardan xabardor;

7. Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradiga mashqlardan muttasil foydalanib borish.

Muloqotning ta’sirchanligini ta’minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarni ham o'z ichiga oladi. Bamisoli ummon bo‘lgan tilimizdan bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya’ni tilimizda har qanday voqea-hodisalarni ifodalash uchun so‘z va iboralar topiladi, lekin muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish o‘qituvchining bilimi, ma’rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bog‘liq.

Muloqotdagi ohangning tezligi, yuqori-pastligi ham ta’sirchanlikni oshiruvchi omillardir. Bunday nutqlar, odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar o‘qilganda ishlatiladi.

Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta olmaganligi haqida tarixchilar yozganlar. Bu sohani chuqur o'rgangan olim S.Inomxo‘jayev ta’kidlaganidek, keyinroq Demosfen muloqot texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, "r" tovushini aytolmaslik, ba’zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she’rlar, turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi.Ovozini rivojlantirish, ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she’rlarni deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun yerto'lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning eng cho‘qqisini zabt etgan.

Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me’yorda va davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish fazalarining ketma-ketligi, almashinish tartibini to‘g‘ri tasavvur etmoq kerak.

Bu fazalar bilan nutqning hajmiy va albatta, mazmuniy-estetik qurilishi o‘rtasidagi mutanosiblikni to‘g‘ri belgilamaslik oqibatida nafasning yetmay qolishi, shunga ko‘ra bir nafas bilan yaxlit aytilishi lozim bo‘lgan nutq parchasining bo‘linib ketishi, mantiqiy mazmunni buzadigan noo‘rin pauzaning paydo bo‘lishi kabi nuqsonlar o‘rtaga chiqadi. Masalan, qadimiy va boy tilimizning sofligini saqlash har birimizning burchimizdir jumlasi aytilarkan, masalan, har so'zidan keyin nafas tugab qolsa, ilojsiz, nafas olish uchun to‘xtalish majburiyati paydo bo‘ladi, bu esa jumlaning noto‘g‘ri bo‘linishiga olib keladi. Yoki ba’zan noto‘g‘ri taqsimlangan nafas jumlaning oxiriga borib yetmay qolsa, jumladagi so‘nggi so'z "yamlanib" talaffuz qilinadi, so'zlovchi xuddi bo‘g‘ilib qolganday, juda qiynalganday tuyuladi, bu tinglovchi uchun ham sezilarli darajada qiyinchilik tug‘diradi. Yana bir misol. Odam o‘ta hayajonlanganida, qattiq qo‘rqqanida yoki og‘ir musibat ichida bo‘lganida, umuman, turli hissiy holatlarga tushganida so'zlarkan, nafas olish va nafas chiqarish fazalarini nazorat qila olmay qoladi. Buning natijasida normal fonatsiya uchun nafasi to‘g‘ri taqsimlanmaydi, ko‘pincha oddiy bir so'z uchun ham nafasi yetmay qoladi.

Muloqot texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan boxabarlik zarur. Ayrim kishilar ko‘pincha muloqot jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar. Yana ba’zilar borki, ular muloqot jarayonida deyarli past ovozda so'zlaydilar. Bunda ularning o'zlari qiynaladilar, sezilarli samaraga erishilmaydi, faqat bunday ovoz bo‘g‘iq, tussiz eshitiladi.

Muloqot texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra mo’tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. Muloqotning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr strukturasiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tinglovchining ruhiyati, charchagan yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chikqan holda nutq tempini tanlasa, uni o‘rni bilan o'zgartirib tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. Muloqot jarayonida diksiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, ba’zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingiz kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a’zolari)ning yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a’zolarining faolligini oshirish yo‘li bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar, maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashqlarning bir ko‘rinishidir. Umuman, muloqot texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg‘urish, fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda bo‘lsa-da, xabardor bo‘lish, kerak bo‘lganda, o'z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil foydalanib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki muloqot texnikasisiz so'zlovchining og‘zaki nutq madaniyatini aslo shakllangan deb bo‘lmaydi.



Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni

Mustaqil yurtimizda ma’naviy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan bir paytda muloqot texnikasiga bo‘lgan e’tibor ham ortmoqda. Har bir shaxs, har bir fuqaro, qolaversa, har bir pedagog his- tuyg‘ularini ifodalashda, boshqalar bilan muloqotda, fikr almashuvda, o‘z faoliyatini olib borishda nutqning ahamiyati katta ekanligini bilmog‘i zarur. Nutqni aniq, to‘g‘ri, chiroyli, ixcham va sof tuzish uchun esa tilni, uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Hamma ham birday chiroyli so'zlash qobiliyatiga ega emas, hammada ham notiqlik san’ati, nutqiy salohiyat bir xilda shakllangan deb bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodga vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas olish bilan uzviy bog‘liq, nafas olmasdan tovush chiqarib bo‘lmaydi, so'zlash uchun esa avval o‘pka havo bilan to‘ldiriladi. To‘g‘ri nafas olish tovush va nutqning jaranglab chiqishi uchun juda zarur. Ammo ko‘pchilik o'z nafas olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urg‘u noto‘g‘ri ishlatilishi, mavzuning ma’nosi o'zgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega bo‘lmagan, xirildoq, bo‘g‘iq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning g‘ashiga tegadi. Ovozdagi bunday nuqsonlarni ko‘proq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot texnikasida suhbatdoshlar o'z ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘g‘on, uzun- qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma’ruza o‘qishga ta’sir qiladi. Shundagina tinglovchining nafaqat qulog‘ini, balki qalbini ham zabt eta oladigan namunali nutq shakllanadi.

Pedagog muloqot qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim, kerakli muomala ohangi va munosabat usulini tanlashni bilishi kerak, boshqacha aytganda, o‘quvchilarga individual yondashishni bilishi lozim. O‘quvchilar bilan sun’iy pand-nasihatli, oshna-og‘aynilik ohangida gaplashish mumkin emas. Pedagog doim bolalarning katta guruhi va ular bajarayotgan ko‘p jarayonlar bilan ish olib boradi, ularning barchasi o‘qituvchi nazaridan chiqib ketmasligi kerak. Pedagog uchun yana bir muhim narsa bu o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning ruhiy holatini aniqlash.

Pedagogik munosabat —pedagogning o‘quvchilar bilan tarbiya maqsadida aloqa o‘rnatishidir. Pedagogik munosabatda gapirish madaniyatiga (talaffuz tarzi, nutq ohangi, orfoepiya) to‘g‘ri nafas olishga, ovozni qo‘ya bilishga o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Og‘zaki nutq mahoratini mukamalligi o‘qituvchining kasbida ko‘p gapirishi bilan emas, balki ma’noli so'z orqali ta’sir uslublarini qo‘llash orqali belgilanadi. Pedagog o‘z ovozini, yuzini boshqarishga, pauza tutishga, gavdani, imo-ishorani, mimikani tutishga o‘rganishi kerak. Pedagogik munosabat muammolariga amerikalik pedagoglar katta e’tibor beradi. J.Brofi va T.Guddning «O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari» kitobida o‘qituvchining o‘quvchilarni ajratib munosabat qilishga asoslangan «subyektiv» munosabatlar xususiyatlari tahlil qilinadi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, pedagoglar ko‘proq yoqimtoy o‘quvchilarga yaxshi munosabatda bo‘lar ekan. Ular uchun beparvo o‘quvchilar e’tibordan chetda qolib, aql-zakovatli, intizomli, harakatchan o‘quvchilarga nisbatan yaxshiroq muomalada bo‘lishadi. Sust, erksiz, lapashang o‘quvchilar ikkinchi o‘rinda qolib, mustaqil, faol, o'ziga ishongan o‘quvchilarni yoqtirmas ekan.


Mavzu yuzasidan savollar:


  1. Muloqot texnikasi nima uni qanday izohlaysiz?

  2. Muloqot texnikasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

  3. Muloqot texnikasini shakllantiruvchi omillarga misollar keltiring?

5-Mavzu: YOZMA MULOQOT

Reja:

1. Yozma muloqot haqida umumiy ma’lumot.

2.Yozma muloqotning xususiyatlari.

3. Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash.
Yozma muloqot haqida umumiy ma’lumot

Yozma muloqot so`zlovchi va qabul qiluvchi og`zaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali bo`limlararo va bo`limlar ichida samarali aloqani yuritishlari mumkin. Muloqot jarayoni so`zlar orqali xabarlar yuborishni o`z ichiga oladi.

Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda bo'lishi kerak.

Yozma nutq yuqori darajada bo'lmas ekan, og'zaki nutq ko'ngildagidek bo'lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo'llashga to'liq imkoniyat bo'ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og'zaki nutqdagi kabi hayajon bo'lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og'zaki nutqdan ko'ra ravon, aniq va izchilroq bo'ladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy bo'ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og'zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Og'zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar — bamisoli tafakkur mashqlaridir. 

Biror voqelik yoki hodisa to‘g'risida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shug'ullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shug'ullanmagan kishining yozma nutqi bilan og'zaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.

Yozma kommunikatsiya — maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda bo'lgan odamni ovozini eshitmaymiz va imo-ishoralarini ko'rmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash yozuvchiga nima demoqchi bo'lganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Har qanday menejerga yozma so'z bilan ishlash qobiliyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari so'zlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urg'u beradi. Xabarga ko'ra alohida o'quvchiga murojaat qilishda so'zlarning muvofiqlashtirilishi barcha o 'quvchilar ham xabarni tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining so'z boyliklari bir xil emas, mavzu bo'yicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos bo 'lishi kerak.

Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash

1.Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, ko'pchilik biznes sohasida faoliyat yurituvchi kotiblar tanish so'zlardan foydalanish o‘rniga o'z fikrlarini qog'ozga ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini o'zgartirishga moyil bo'lishadi. Masalan, urinmoq - harakat qilmoq, aniqlamoq - bilmoq, chek qo'ymoq - tugatmoq, namoyon qilmoq - ko'rsatmoq, istifoda qilmoq/ qo'llamoq - foydalanmoq.

2.Uzun so'zdan ko'ra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa so 'zlarda xabar yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun so'zlarning og'irlik nisbati o'quvchini chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun so'zlar bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon (vibes), raqobatlashmoq (vie), achchig'i chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi qisqa so'zlarfaqatgina kamchlik uchun tushunarli bo'lishi mumkin. Shunday qilib, uzun so'zlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik bo'ladi. Bundan tashqari, siz ishlatayotgan so'zlaringiz o'quvchingiz uchun tanish bo'lishiga amin bo'ling.

3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning o'z terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik ko'p paydo bo'lganidan, sohaga taalluqli bo'lmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va o'z sohangizdan tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni keltirib chiqaradi.  

Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi mumkin. Yozma shaklda, gaplarning uzunligi haqida qaror qilishda qiyin va tez qoidalari yo‘q, ammo qisqa gaplar sodda bo'lgani uchun oson tushuniladi. Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplarni mohirlik bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar.



Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplarni yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma- ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo ‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo 'ladi.

Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar:

1 - mashq. Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida namunadagidek gaplar tuzing. Ko'makchili birikmalarni ma’nodoshlari bilan almashtirib daftaringizga ko‘chiring.

Namuna: Ma’lumotnoma talab etilgan joyga taqdim etish uchun berildi.

Ko‘rsatish uchun, oliy o‘quv yurtiga, topshirish uchun, kasaba uyushmasiga, berildi, Qo'qon shahridagi 18- o‘rta maktab, taqdim etish uchun, ma’muriyatga, uy-joylardan foydalanish bo‘limiga, 316-bolalar bog‘chasiga, harbiy komissariatga, tuman ta’minoti boshqarmasiga.

2 - mashq. Nuqtalar o‘miga tegishli qo'shimchalarni qo'yib, so‘z birikmalarini daftaringizga ko'chirib oling va eslab qoling.

Masalan... o‘rgan... chiqdim, sizning ko‘rsatma... binoan, o‘z vaqti... bajarildi, ahvol... haqida, chora ko‘rish... so‘rayman, qiyinchilik... duch kelmoqda..., masala... ijobiy hal etilishi... so‘raymiz, zarur deb hisoblay..., qonun oldida javob berish... so‘ray..., yotoqxona... tekshir..., qayta ko‘r... chiq... taqozo etmoqda, sharoit yo‘q... sababli, berilgan vazifa... muddat... oldin bajardim.

3 - mashq. Hisobot matnidagi nuqtalar o'rnini tegishli so‘z va qo'shimchalar bilan to‘ldirib, matnni daftaringizga ko'chiring.

Sizning topshiriq... Binoan 10-15-sentabr kunlari Buxoro shahrida xizmat safari... bordim. Bundan maqsad viloyat gazlashtirish idorasi... xo‘jalik... xususiy xonadonlarga gaz o'tkaz ellik kilometr (diametr 30 mm) truba yetkazib berish... shartnoma tuzish edi.

Shartnoma tuzildi. Unga... trubalar shu yil... 20- noyabriga... xo‘jaligimizga keltiriladi.

Ilova: 2002- yil 15- sentabrda tuzil... shartnoma nusxa...
4 - mashq. Quyidagi so‘z va birikmalaming ma’nolarini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.

Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq, ovoz bermoq, muhokama qilmoq, tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq, muhokamada chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq, topshirmoq, ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikr-mulohaza bildirmoq.
Topshiriq. Matnni o‘qing.

Kitob - tafakkur ko‘zgusi

O‘zbek xalq adabiyotining tarbiya usullarida alohida ta’kidlanishicha, kitob– insonning eng yaqin do‘sti va maslaxatchisi, aql qayrog‘I va bilim manbaidir. Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai. Kitob – nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas. Xalq kitobni ana shunday deb tushunadi. Darvoqe, xalq o‘rtasida kitobga, u diniymi, dunyoviymi – baribir, ma’naviy tafakkur, xazinalar maskani, odob-axloq go‘shasi – kutubxonaga hurmat – e’tibor beqiyos. Ha, xalq qadim zamonlardan boshlab kitobni hayot darsligi, mo‘jiza, axloq – odob dasturi deb biladi.

Kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Buning isboti uchun xalqimizning merosidan, kundalik hayotidan, og‘zaki ijodi asarlaridan hamda an’anaviy tarbiya usullaridan juda ko‘plab misollar keltirish mumkin. Darhaqiqat, O‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o‘zbek xalqi yaratgan betakror moddiy va madaniy boyliklarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ular orasida, M. Gorkiy ta’biri bilan aytganda, “…baxt va qudratli istiqbol yo‘lida odamzod yaratgan, ehtimol, eng murakkab va mo‘jizalar ichidagi eng buyuk mo‘jiza” bo‘lgan kitobning o‘ziga xos faxrli orinni egallab kelganini ko‘ramiz. Xalqimiz ilm va fan, adabiyot va san’atga oid nodir qo‘lyozma – kitoblari bilan, haqli ravishda faxrlanadi. Dunyoning qaysi bir mashhur kutubxonasida bo‘lmang, xalqimizning ulug‘ allomalari – tafakkur xazinasini yaratgan donishmandlarning qo‘lyozmalarini ko‘rish mumkin.

О'tmish zamonlardan tortib shu kungacha ota-bobolarimiz kitobning g‘oyatda mashaqqatli mehnat evaziga dunyoga kelishini yaxshi anglab, uning oyoq osti bo‘lishiga, hatto biron-bir varag‘ining ham bekorga nes-nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaganlar. Kitobga muhabbat, uni oqishga ishtiyoq, undan bahramand bo‘lish istagi kishilarga tinchlik bermagan.

Naql qiladilar: o‘tgan zamonda bir humkdor vaziru ulamolarini chaqirib, “Dunyoda eng zo‘r, kerakli, hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?” deb savol beribdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi; birovi dunyoda eng zo‘r narsa –qilich desa, ikkinchisi eng keraklisi non, debdi. Hamma narsadan xabar beruvchi narsa “Oynai jahon”deyuvchilar ham topilibdi.


  • Uch kun muhlat beraman,-debdi podsho hech kimning javobi yoqmaganligidan darg‘azab bo‘lib.

Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashayotganligidan vazirning xabari bor ekan. Vazir: “Podshohning savollariga shu donishmanddan boshqa hech bir kishi javob topa olmaydi”,-deb o‘ylabdi-da, uni izlab topib podshohning oldiga olib kelibdi.

Podshohning birinchi savoliga “Kitob!”-deb hech ham ikkilanmay dadil javob beribdi donishmand.-Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa– bilimdir. Bilimli esa yengilmasdir.

- Savolingizga to‘g‘ri javob topdi,-deyishibdi a’yonlari xursand bo‘lishib.

- Dunyoda eng kerakli narsa nima?

- Kitob!–debdi donishmand hech ikkilanmay.

- Kitob?!-ajablanibdi hukmdor.

- Ha, dunyoda eng kerakli narsa kitob,-takrorlabdi so‘zini donishmand.–Inson uchun hayotda ikki narsa eng mo‘tabar va aziz. Bu non bilan kitob. Shu boisdan ham non qanchalik mo‘tabar sanalsa, kitob ham shunchalik aziz. Non rizq-ro‘z, dasturxon ko‘rki, hayot barakasi. O‘tmishdan hikoya qiluvchi-tarix, bugunni aks ettiruvchi ko‘zgu, ertangi kunni aytib beruvchi mo‘jiza esa kitobdir. Poklanish, iymon butunligi, ruhiy boylik ham kitobdandir. Kitob insonning maslahatgo‘yi, doimiy hamrohidir. “Kitob ko‘rmagan odam nodondir, kitob kirmagan uy qorong‘u zimistondir”,-deydi donishmandlar.

- Shohanshoh, donishmand bu savolingizga ham to‘g‘ri javob qildi,-deyishibdi saroy ahli.

- Suvu-quruqlikdagi hamma joylar, dunyodagi ezgu elatlar haqida xabar beruvchi ham seningcha kitobmi?–achchiqlanibdi hukmdor.

- Ha, kitob,-dadil javob beribdi donishmand.–Dunyoni shundoqqina ko‘z oldingizga keltirib qo‘yadigan ham, hech ko‘rmagan va bir umr ko‘rolmaydigan kishilar hamda jo‘ylar bilan tanishtiradigan ham shu kitobdir. Mana meni olib ko‘ring. Men tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imdan boshqa hech bir joyda bo‘lmaganman. Ammo Marvdan-Mashriqqacha, Yamandan –Yasargacha yaxshi bilaman, desam maqtanmagan bo‘laman. Yer yuzida jamiki odamzod bor– ularning hayoti, odatlari, rasm-rusumlaridan ozmi-ko‘pmi xabardorman. Bunga ana shu kitob orqali erishganman. Qur’oni karim, hadisi sharifning mo‘jizasini aytmay qo‘ya qolaylik.

Podsho: “Saroyimda qolib bosh maslahatgo‘yim bo‘l”,-deb qanchalik yalinmasin, donishmand ko‘nmabdi, undan olgan oltinlarga esa bozordan kitob xarid qilib, qishlog‘iga qaytibdi…

Mo‘jizalar olami bo‘lgan kitobni ulug‘lovchi, uning qadr-qimmatiga yetishni ta’kidlovchi bunday afsonalar xalq o‘rtasida ko‘p. Ular xalq an’anaviy pandnomasining eng zarrin sahifalarini tashkil etadi. Xalq kitob haqida naql-rivoyatlargina emas, qanchadan-qancha maqollar, aforizmlar, topishmoqlar, hikmatlar ham yaratganki, bu kishilarning kitobga, ilm-fanga azaldan chanqoqligini ifodalaydi:

Qatra yig‘ilib daryo bo‘lur, kitob o‘qib dono bo‘lur.

Kiyim ustingni bezaydi, kitob-aqlingni.

Kitob– ko‘zgu, unda olamni ko‘rasan.

Oltin yer tagidan kavlab olinadi, bilim kitobdan.

Kitobsiz uy – quyoshsiz kun.

Mavzu yuzasidan savollar:


  1. Yozma muloqot haqida ma’lumot bering?

  2. Yozma kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?

  3. Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash deganda nimalarni aytish mumkin?

4. Matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.

5. Kitob haqida yana qanday maqol va hikmatli so‘zlarni bilasiz?

  1. DASTLABKI ILMIY TADQIQOTNI YOZISH

6-Mavzu: DASTLABKI ILMIY TADQIQOT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Reja:

1. Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma lumot.

2. Tadqiqotning tarkibiy qismlari.

3. Ko’chirmachilikning salbiy oqibatlari.
Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma’lumot

Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.



Kirish va asosiy qism

Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli, 2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.

Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy xususiyati:

a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.

b) Kerak bo‘ladigan axborot.

c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.

d) Ishning maqsad va vazifalari.

e) Sizning tadqiqot uslubingiz.

f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.

g) Ishingizning rejasi.

Esselarni boshlash, asosan, imtihonlarda juda qiyin bo‘ladi, ikkilanish esa qimmatli vaqtiningizni behuda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Birinchi gaplar umumiy bo‘lishi lozim, ammo kitobxonning mavzuga diqqatini qaratishi uchun noaniqroq bo‘lishi lozim.

O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi.


  1. Uzun maqolalar alohida adabiyotlar sharhiga ega bo‘lgan bir paytda, qisqa esselar uchun bu mavzu haqida tanish bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z ishini oqlaydigan ilmiy tadqiqotlarda bo‘shliqlar yaratishi mumkin:

Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan.

  1. Kitobxon siz nimani tushuntirmoqchiligingizni anglashi uchun o‘z tadqiqotingiz maqsadini aniq shakllantiring:

Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.

  1. Uslub – bu siz qo‘ygan maqsadga erishishni ko‘rsatuvchi jarayondir:

Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabaning elektron

ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.



  1. Siz esseingizning har bir aspekti bilan alohida ish ko‘ra olmaysiz, shuning uchun o‘z ishingizni chegaralashingiz lozim:

Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabani tanlash, bu farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan.

  1. Kitobxonga sizning munozaralaringizni tushuntirish uchun ishingizning tarkibiy tuzilishini tushunishingiz lozim:

Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi.

Barcha talabalarga ko‘chirmachilik (plagiat) ning ma’nosini tushunish va o‘z ishlarida buning oldini qanday olishni o‘rganish muhimdir.

Talabalar duch keladigan asosiy qiyinchilik shundaki:

a. Sitata berish orqali fanda eng muhim huquqlarni o‘qiganligini ko‘rsatish.

b. Bu g‘oyalarni shaxsi fikri orqali bayon etish va o‘zining xulosalarini berish.

Quyida nega talabalar ko‘chirmachilikdan qochishi kerakligiga bir necha sabablar berilgan:



- akademik jamiyat qoidalarini tushunishini ko‘rsatish;

- boshqalar ishini ko‘chirish rivojlanishga yordam bermasligi;

- ko‘chirmachilik o‘qituvchi va kompyuter dasturlari orqali tezda aniqlanishi;
- ko‘chirmachilik kursdan yiqilish va hatto oliy o‘quv yurtidan haydalishga olib kelishi mumkin.

Agar siz kimningdir ishidan yordam olsangiz, uni ko‘rsatishingiz kerak, siz bundan to‘g‘ri foydalanib bajargansiz. Buni amalga oshirishning 2 xil yo‘li bor:


- Qisqacha mazmun;

(Smit zamonaviy davlatlar hokimyatni o‘z qo‘lida turli xil yo‘llar bilan ushlab turganini ta’kidlab o‘tdi. )

- Qo‘shtirnoq usuli.

(Smitning fikricha, “Maqsad shuki davlat panada turishi emas, yangi hokimyat ko‘rinishlarini rivojlantirish”)



Bu sitatalar asosiy matn oxiridagi quyidagi tavsilotlarni o‘z ichiga olgan havolalar ro‘yxatiga bog‘langan.

Ko‘chirmachilik (plagiat) darajalari. Garchi ko‘chirmachilik asosan birovning ishini ko‘chirishni anglatsa ham, buni aniqlash har doim ham oson emas.

1.Paragrafni ko‘chirish, ammo bir necha so‘zlarni o‘zgartirish va sitata berish;

2.Sitatasiz web saytdan ko‘chirib olish;




3. Ikkita paragrafni kursdoshingizning essesidan sitatasiz ko‘chirish;

4.Manba ko‘rsatib daftardan chizma olish;

5.Manbadan qisqacha manba olish, sitata berib, ammo qo‘shtirnoqdan foydalanish;

6.Umumiy bilimlardan foydalanish;

7.O‘zingiz oldin yozib, baholangan essedan paragraf olish;

8.Shaxsiy tajriba natijalaridan foydalanish;

9.Topikni guruhda muhokama qilish va ularning fikrini o‘z ishingizda qo‘llash;

10.Ba’zi ma’lumotlarni qisqacha xulosasidan foydalanish, ammo muallif ismini xato yozish.


Ko‘chirmachilikdan xulosalash orqali saqlanish. Qo‘shtirnoqlar oshib ketmasligi kerak, shuning uchun siz o‘zgalar ishini xulosalab o‘z ishingizda foydalanishni o‘rganishingiz kerak. Bu sizning matnni tushunishingizni isbotlaydi.
Mavzu yuzasidan savollar:


  1. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?

  2. Ko’chirmachilik darajalarini izohlab bering.

  3. Ko’chirmachilik oqibatlarinimalarga olib keladi?


7-mavzu: XULOSA, PEREFRAZA, SITATA VA HAVOLA YOZISH

Reja:

1.Tadqiqotda xulosa va perefrazaning o’rni.

2. Tadqiqotda sitata va havolalarning qo’llanishi.

3.Mavzu sarlavhasi va abzatsning tadqiqotdagi vazifasi.
Tadqiqotda xulosa va perefrazaning o’rni

Xulosa va perefraza. Oliy o‘quv muassasalaridagi talabalar uchun elektron ta’limning tajribasini baholash. Bu terminning bir qator talqinlari mavjud, ammo bu maqolada “elektron ta’lim” internet orqali ma’lumot almashiladigan ixtiyoriy turdagi ta’limga tegishlidir. O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi. Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalari talabalarining bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.

Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabalarning elektron ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.

Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabalarni tanlash, bu asosan farmasevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan. Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi.

Xulosa, odatda, kirishga qaraganda qisqaroq va turlicha bo‘lishi lozim. Kopchilik maqolalar “sharhlar” yoki “xulosalovchi izoh”dan iborat bo ‘lishi mumkin. Ammo talabalar ishida yakinlovchi bo‘lim argumentlarni umumiylashtirishi va asosiy savolga javob topilganligini kitobxonga tushuntirishi lozim.

Yaxshi xulosalashning siri nimada?

Xulosalash jarayoniga oddiy hayotda ko‘p marta duch kelamiz. U biror narsa haqidagi asosiy(umumiy) fikrni ifodalaydi.



Xulosalar

Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash)

Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi Xulosalashning bosqichlari Siz xulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berishingiz yoki mavzuga to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin. Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha qismdan (keltirilgan misollar va ularning isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi.

Quyidagi xulosalash bosqichlariga e’tibor bering va ularni to‘g‘ri (ketma-ket) tartibda joylashtiring.

Xulosani o‘z izohlari asosida yozish. Bunda tuzilishni o‘zgartirish ham mumkin.

Asosiy fikrlarni marker yordamida belgilab borish.

Asosiy fikrlar uchun izohlar yozib olish (perefrazalagan holda).

Barcha kerakli fikrlar bildirilgan va ixchamlik ta’minlanganligini tekshirish maqsadida xulosani qayta tahlil qilish.

Asl manbani e’tibor bilan o‘qish va yangi, tushunish qiyin tuyulgan so‘zlarni tahlil qilish.

Perefrazalash (asosiy ma’noni saqlagan holda, fikrni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash).

18-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda. Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash mumkin:

Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda.

Odatda ta’sirchan perefraza:

• asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi

• asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi

• asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi

• asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”)

Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):

• a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:

• Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq

• b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:

• Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot)

• c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:

• Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin.

• Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish mumkin.

• Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas.

Havola, sitata, abzats

Havola (ma'lumot olingan manbani keltirib o‘tish) va sitatalar

Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning mavzuga doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu sababdan o‘z esseingizda qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu bob sizga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:

• Sitatani matn ichida keltirish

• Havolaning asosiy shakllari

• Sitatalardan foydalanish

• Foydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish



Havolalarni qo‘llash qay darajada ahamiyatli?

Havola va sitatalar qo’llanilishining 3 ta asosiy sababi mavjud:



a) Siz mavzuni bir qancha adabiyotlarni o‘qib-o‘rgangan holda izlanish olib borganingiz va uni yoritganingizni ko‘rsatish (bu sizning esseingiz qadrini oshiradi).

b) Esseni o‘qigan shaxs mavzu to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olgisi kelgan taqdirda, havoladan foydalanishiga imkon yaratish.

c) Ko‘chirmachilikning oldini olish. Ko‘chirmachilikning oldini olish to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun kerak.
Sitata va havolalar

Foydalangan ma’lumotlaringiz manbalarini to‘g‘ri ko‘rsatilishi muhim hisoblanadi. Siz buni ikki xil usulda amalga oshirishingiz mumkin. Ikki usulda ham kurs ishi oxirida foydalanilgan havola va sitatalatni qaytadan keltirib o‘tilishi lozim.

Smit (2009) fikriga ko‘ra foydali sport vositalari(transportlari) mantiqsizdir. Ular qimmat bo‘lishiga qaramay, yo‘llarda deyarli haydalmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda bu transportlar yo‘l xavfsizligi uchun keraksizdirlar (Smit, 2009:37). (Bu yerda gap qimmat sport avtomobillari haqida ketmoqda)

Sitatalarni keltirish.

Havola fe’llari. Odatda havola va sitatalar ma’lum bir fe’llar vositasida keltiriladi:

Bu fe’llar hozirgi zamonda ham, o‘tgan zamonda ham bo‘lishi mumkin. Odatda, hozirgi zamonning ishlatilishi ma’lumotning yangi va hali o‘z kuchini saqlab turganligiga ishora qiladi. O‘tgan zamonning ishlatilishi esa buning aksi, ya’ni ma’lumot eski va o‘z kuchini yo‘qotgan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi mumkinligiga ishoradir. Ba’zi bir hollarda eski ma’lumotlar ko‘proq foyda keltirishi mumkin.

Havola shakllari. Kurs ishi mavzusiga qarab, havolaning turli shakllaridan foydalanish mumkin. O‘qituvchi sizga yo‘nalish beradi, siz esa o‘qituvchi aytgan ma’lumotlarni kutubxona vebsaytidan topishingiz mumkin. Har qanday holatda me’yorga amal qilish juda muhim hisoblanadi. Quyida havolaning asosiy shakllari keltirib o‘tilgan:

a) Garvardcha shakl, bu havola shakli odatda fan va biznesga doir mavzularda ko‘p qo‘llaniladi.

b)Vankuvercha shakl, ilm-fan va tibbiyot mavzulari doirasida keng qo‘llaniladi. Sitatadan so‘ng biror son yozib qo‘yilgan holda, ish so‘ngida unga havola yozib qo‘yiladi.

Jasanoff zaharlanish (infeksiyalanish) xavfi ortib borayotganidan xavotirda ekanini aytmoqda.

c) Kolontitul usuli, eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, bu usulda olingan manba bet so‘ngida keltirib o‘tiladi.

Fransiya revolutsiyasi ta’siri butun Yevropa bo‘ylab sezildi.

Karl Vildavsky, Eraning yakunlanishi : Ispaniya 1785-1815 (Dublin: Dublin Universititeti nashriyoti, 2006), 69-bet.

Havola murakkab jarayon hisoblanib, bunda talaba yo‘riqnomaga ehtiyoj sezishi mumkin. Bunda sizga universitetingiz sayti ko‘makchi bo‘lishi mumkin.

Sitatalardan foydalanish. Sitatalardan foydalanish deganda, biror bir shaxsning ma’lum mavzu doirasidagi fikrlarini aynan keltirish tushuniladi. Sitatalardan me’yorida foydalanish ishingiz qadrini oshiradi. Sitatalardan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiqdir:

• Sitata muallifining aynan gapi o‘zgacha ma’noni anglatsa;

• Muallifning aynan gapi siznikiga qaraganda qisqa va lo‘nda bo‘lsa;

• Muallifning aynan gapi barchaga ma’lum va mashhur bo‘lsa.

Barcha sitatalar manbaga ishora qiluvchi qisqa frazachalar bilan berilishi va sizning fikringizga mos bo‘lishi kerak.

Bu fikr ko‘pchilikka ayondir. Fridman aytganidek, “Inflatsiya – bu soliq solishni qonuniylashtirish talab qilinmaydigan shakli hisoblanadi” (1994:93)

a) Qisqa sitatalar bittalik qo‘shtirnoq ichiga, sitata ichidagi sitatalar esa ikkitalik qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi:

Jeyms aytib o‘tganidek: ‘Martinning “ichki makon” to‘g‘risidagi konsepsiyasi chuqur tahlilni talab qiladi.”

b) Uzunroq sitatalar satr boshidan boshlanadi yoki kichikroq qilib yoziladi. Bu holatda, hech qanday qo‘shtirnoq qo‘llanilmaydi.

c) Sanadan so‘ng, bet raqamining berilishi zarurdir.

d) Sitatalar asl manbadagiday bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar ma’lum bir qismlar keraksiz bo‘lsa, shu joyda (...) belgisidan foydalanishingiz mumkin:

“Tarixda juda kam ixtirolar ... mobil telefoniday ahamiyatga ega bo‘lgan”

e) Ba’zi bir so‘zlar izoh talab qilishi mumkin va bunday hollarda to‘rtburchak qavslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

Yangi g‘oyalar [ozodlik haqidagi] qadimgi dunyo g‘oyalaridan butunlay farq qiladi.

bo‘limlarga bo‘lib, mavzuni tushunishni osonlashtiradi. Bu qism asosiy e’tiborni quyidagilarga qaratadi:



Abzatsga misol

Quyidagi abzatsni tahlil qiling.

Ko‘chmas mulk egaligini rag‘batlantirish kerakmi?” deb nomlangan essening kirish qismidan olingan. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil. Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%. AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%. Bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor. Bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.

Abzats quyidagicha tahlil qilinishi mumkin:

Mavzu sarlavhasi - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil;

1)1-misol – Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%;

2)2-misol – AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%;

3)Sabab – bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor;

4)Xulosa – bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.

Bu misollar quyidagini ko‘rsatadi:

a)Abzats bir mavzuga bog‘liq bo‘lgan holda, bir necha gaplardan tashkil topgan. Abzatslarga bo‘lish muallif va kitobxonning argumentlar bilan mukammal mashg‘ul bo‘lishi uchun yordam beradi;

b)Abzatsning hajmi matn turiga qarab turlanadi, ammo, odatda, u to‘rt yoki besh gapdan iborat bo‘ladi.

c)Odatda (har doim emas), birinchi jumla mavzuga kirish bo‘lib xizmat qiladi. Keyingilari esa ta’riflar beradi, misollar, qo‘shimcha ma’lumotlar, sabablar va xulosalar;

d)Abzats qismlari o‘zaro qalin shriftli ibora va bog‘lovchilar bilan farqlanadi.



Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar:

1- topshiriq. Essening kirishi, odatda, nimadan iborat bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatga e’tibor bering va ulardan qo‘shiladigan punktlarni tanlang.

Tarkibiy qism Ha/yo‘q

- Sarlavhadagi notanish so‘zning ta’rifi

- Essening predmeti haqidagi fikringiz

-Mavzu bo‘yicha o‘qigan manbalaringizni keltirib o‘tish

-Kitobxonni qiziqtirish uchun fikr yoki savol

-Buni yozishdan sizning maqsadingiz

-Sizning savolga javob berishga moslashgan uslubingiz

-Mavzu haqida qisqa holat

-O‘zingiz o‘rnatgan chegara

Kirishning tarkibiy tuzilishi barcha kirishlar ham yuqoridagi elementlarni o‘zida mujassamlashtirmaydi.

1-Quyidagilarning qaysi biri asosiy va qaysi biri ixtiyoriy bo‘lishini tanlang.

1 - mashq. Berilgan so‘z birikmalari asosida shunday gaplar tuzingki, ulaming kesimi majhul nisbatdagi fe’llardan iborat bo‘lsin.

O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy yo‘qlama o‘tkazish uchun, OlzR MK 12- moddasining 2- bandiga ko‘ra, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursida bo‘lishi davrida, mashg'ulotlarda qatnashmaganligi sababli, oylik maoshi 30000 so‘m miqdorida, sinash muddati bilan, taftish o‘tkazish uchun.

2 - mashq. Quyida berilgan zaruriy qismlami tartib bilan joylashtirib, ular asosida so'rov xati namunasini yarating.

Bu qurilma bizni juda qiziqtirdi. universitetimiz yosh olimlari tomonidan yaratilgan oqova suvlami tozalash qurilmasi. «Ekolot» xalqaro jamg'armasi raisi A. Maqsudov. Bu haqda «Ma’rifat» gazetasida xabar chop etildi. Shu sababli Sizdan ushbu qurilmaning texnik tavsifi, yo‘riqnomasi va modelini yuborishingizni so‘raymiz. Iqtisodiyot litseyi direktori M.Saidovga.
3 - mashq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar asosida matn yarating.
Kim? xabar yetkazadi.

Kimga?


Kim? qabul qiladi.

Kimdan?


Qachon? yig‘ilish bo‘ladi (o‘tkaziladi).

Nima?


Kim? qatnashishi (tayyorgarlik ko‘rishi) shart.

Nima uchun?



Mavzu yuzasidan savollar:
1.Ilmiy tadqiqot yozishda xulosa va perefrazaning qanday o’rni bor?

2. Sitata, havola va abzatsning ilmiy tadqiqotdagi ahamiyati?

3. Havolalarni qo‘llash qay darajada ahamiyatli?

IV. REFERAT MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING XUSUSIYATLARI. ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI

8-9 Mavzu: REFERAT MATNI. REFERATNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING XUSUSIYATLARI

Reja:

1. Referat haqida umumiy ma’lumot. Referatning tarkibiy qismlari.

2. Referatning o’ziga xoslig. Mavzuning tanlanishi, tayyotgarlik ishlari,referat rejasini tuzish.

3. Referatni yozish, adabiyotlarni rasmiylashtirish.

Referat haqida umumiy ma’lumot

Rеfеrаt - ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida yaratiladi. Referat yozishdan maqsad – manba sifatida o‘rganilayotgan matnning mazmunini qisqacha bayon qilishdir. Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi.Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi.

Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinshini, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.

Referat ma’lum bir tuzilishga ega:

- Kirish;

- Asosiy qism;

- Xulosa

Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:

Nima haqda? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi?

Referat oxirida o‘quvchi nuqtai nazaridan umumiy xulosa beriladi va quyidagi konstruksiyalar qo‘llanadi. O‘quvchi qiziqish bilan tanishib chiqadi, o‘rganganlarim men uchun foydali bo‘ldi, o‘zi uchun topadi, men bu fikrga qo‘shila olmayman va b.

Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma’nolarni anglatadi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:

Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi. 

Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

1. Titul varag‘i;

2. Reja;

3. Kirish qismi;

4. Asosiy qism;

5. Xulosa;

6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Referatning o’ziga xosligi:

1. Keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi;

2. Matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.

3. Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi.




Referatlarning turi va ularning xususiyatlari.

Nazariy ma’lumotlarga asoslanib quyidagi savollarga javob bering.

1. Referat qanday uslubga xos matn? Nima uchun?

2. Referat qanday qismlardan tashkil topadi?

3. Referatda qanday savollarga javob beriladi?

4. Qanday konstruksiyalar referat uchun xos?

5. “Referat” so‘zining ma’nosi nima?

Referatni yozish bo’yicha yo’riqnoma:

1.Mavzuning tanlanishi: Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo’ladi. Sizning o’zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o’z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro’yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzuingizni ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bo’ladi.

2.Tayyorgarlik ishlari: Asosiy manbalarni o’rganib, referat mavzusini tanlagach, quyidagilar inobatga olinadi:

a).Tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqish;

b). Ma’ruza materiallarini ko’zdan kechirish;

c). Fan bo’yicha o’quv dasturiga ko’ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qilish;

d).Universitet axborot-kutubxona majmuida mavjud bo’lgan kataloglardan foydalanib, referat mavzusi bo’yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytirish.

3. Zarur materialning konspekt qilinishi: Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish:

Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g’oyat muhim shartidir.Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.



5. To’plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi:

Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referatning maqsad va vazifalari ifodalanadi. Titul varag‘i – ishning mavzusi, muallif va ilmiy rahbarning ism-sharifi hamda o‘quv muassasasining to‘liq nomini o‘zida aks ettirishi shart. Agar referat monografik bo’lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo’lsa), unda kirishda quyidagilar ko’rsatiladi:



  1. muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari);

  2. manba mavzusining qisqacha bayoni;

  3. ishning maqsadi;

  4. ishning ruknlari;

  5. muallifning ustuvor yo’nalishi va boshqalar.

Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. Referat asosiy qismining matni to’plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.

6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish: Referatda foydalanilgan manbalarning nomi aniq ko‘rsatilishi lozim. 
1) O’zR qonunlari. 2) O’zR Prezidenti farmonlari. 3) O’zR Hukumati qarorlari. 4) Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar. 5) Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar. 7) Internetdan olingan axborot manbalari. Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko’rsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bo’lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.

7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyat jihatdan tekshirilishi: Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko’rinishda bo’lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so’zlardan boshqa so’zlarning qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo’l qo’yilmaydi.

8.Referatning rasmiylashtirilishi: Fan o’qituvchisiga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog’ozda va matn uning faqat bir tomonini egallaydi, qog’ozning chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 smlik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi kerak. Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.

Mavzu yuzasidan savollar:

1. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat tayyorlang.

2. Referatning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?

3. Referat yozishda nimalarga ahamiyat berish kerak?

10-Mavzu: ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI

Reja:

1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

2. Annotatsiya so’zining ma’nosi.

3.Annotatsiyaga namunalar yozish.
Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari

Аnnоtаtsiya – bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.

Ishda nima haqida so‘z boradi?

Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?

Bu savollar qanday yoritib berilgan?

Ishning tuzilishi qanday?

Ishni qanday baholash mumkin?

Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.



Annotatsiya namunasi

Annotatsiya

Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.

Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.

1- mashq. Uslubiy qo‘llanmaga berilgan annotatsiya namunasidan foydalanib, biron-bir fan bo‘yicha darslik yoki qo‘llanmaga annotatsiya yozing.

2- mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling.

Аннотация

Пособие составлено в соответствии с требованиями Типовой программы по русскому языку для всех направлений бакалавриата и включает 10 лексико-грамматических тем.

Цель данного пособия – помочь студентам практически овладеть русским языком: уметь правильно выражать свои мысли в различных сферах коммуникации и пользоваться учебной, научно-технической литературой по специальности. В основу системы работы в пособии положен последовательно реализуемый коммуникативно-деятельностный принцип, который способствует более целенаправленному, комплексному расположению учебного материала. Использование в процессе обучения инновационных технологий, ИКТ и интерактивных методов представляют современный стиль обучения, который способствует развитию творческой активности и креативного мышления обучающихся.

Пособие предназначено для студентов 1-курса бакалавриата всех направлений национальных групп ТУИТ.

Mavzu yuzasidan savollar:
1. Annotatsiya so’zining ma’nosini izohlab bering.

2. Annotatsiya yozishda nimalarga ahamiyat berish kerak?

3. Annotatsiyaga namunalar yozing.
V.ILMIY MAQOLA. TAQRIZ MATNI, UNING TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI

11-Mavzu: ILMIY MAQOLA YOZISH

Reja:

1. Maqola haqida umumiy ma’lumot.

2. Maqolaning tarkibiy qismlari.

3.Maqolaning kundalik hayotdagi o’rni.
Maqola haqida umumiy ma’lumot

Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:


  1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.

  2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.

  3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.

Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.

Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.

Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.

Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.

Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassis -largagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1.O’z sohangizga oid mavzuda maqola yozing.

2.Mavzuga doir slaydli taqdimot tayyorlang.

Mavzu yuzasidan savollar:
1.Maqola haqida ma’lumot bering.

2. Maqola va uning turlarini izohlab bering.

3.Bosh maqolaning o’rni va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?

4.Sohaga oid maqola yozishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?



12-13 Mavzu: TAQRIZ MATNI. TAQRIZNING TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI

Reja:

1. Taqriz haqida umumiy ma’lumot.

2.Taqriz yozishda nimalarga amal qilish kerak?

3.Taqrizdan namunalar yozish.

Taqriz haqida umumiy ma’lumot

Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.

O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G‘afur G‘ulom kabi yozuvchilar, O`.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.

Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi,rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi.

Ilm [bilim; fan; nazariya] – O‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot.

Fan [mahorat; ilm, bilim] - Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi.

Taqriz – sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi.

Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi.

Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:

1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.

2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.

Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:

Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.

Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.

Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:

Men … hisoblayman – Я считаю…

Mening fikrimcha… - Помоему…

Mening nazarimda… - На мой взгляд…

… menga yoqdi. – Мне понравился (-лась)…

… menda katta taassurot uyg‘otdi. - Большое впечатление на меня оказала…

Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. - Книга (фильм, театр) учит…

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. mashq. Taqriz namunasini o‘qing. Soha nashrlarida berilgan birorta ilmiy maqolaga taqriz yozing.

Taqriz namunasi:

Тоshkent axborot texnologiyalari universiteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchilari К.А.Gayubova, N.D.Yulanovalar tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma”ga (Dasturiy injiniring talabalari uchun)

Т А Q R I Z

Ushbu qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, telekommunikatsiya, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.

Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar va topshiriqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlar barchasi, bizningcha har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, boshqacha fikrlay boshlaydi. Matnlarning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim Talabalar uchun mo‘ljallangan qo‘llanma ta’lim olishda, qo‘shimcha shug‘ullanishda talablarga bemalol javob beradi. Uni nashr qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.

Xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘llanma hozirgi talablarga to‘la javob beradi va o‘zbek tili mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi mumkin.

O‘zDJTU dotsenti,p.f.n. M.X. Axmedova

1-topshiriq. O‘zingiz yoqtirgan kitobga taqriz yozing.

2-mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling.

Рецензия

на статью «Место тюркизмов в русском языке» преподавателя русского языка Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека Якубовой Ферузахон Аскаровны

Статья Якубовой Ф.А. посвящена роли и месту тюркизмов в русском языке. В данной статье рассмотрены и проанализированы заимствование и распространенность тюркизмов в русском языке, также проводится историко-лексикологическое изучение тюркизмов, при котором важным представляется учет комплекса историко-этимологических и лексико-семантических факторов. Лексико-семантичекие признаки характеризуют по существу заимствованное слово, т.е. в той или иной степени освоенное, для которого материалы хронолого-генетической принадлежности являются лишь отправной точкой, началом его лексико-семантической истории в языке-рецнпторе. Основное внимание в работе автор акцентирует на отражении тюркизмов в русском языке.

Автором проведена серьезная исследовательская работа в определении взаимовлияния славянских и тюркских языков на протяжении всей истории носителей этих языков. В ходе анализа выявлены фонетические, морфологические, лексические аспекты тюркизмов. Актуальность и новизна данного исследования в том, что автор приходит к выводу, что исследование тюркизмов в русском языке необходимо для более объективного понимания тенденций развития и обогащения того или иного конкретного языка.

Научная статья «место тюркизмов в русском языке» преподавателя русского языка Якубовой Ф.А. соответствует всем требованиям, которые предъявляются такого рода научным работам. Данная статья может быть рекомендована к публикации.


Рецензент Ахмедова М.Х., к.п.н.,

доцент ТУИТ
3 - mashq. Telefonda rasmiy so'zlashuvga oid dialoglardagi bo'sh o'rinlami to’ldirib, daftaringizga ko'chiring, nutqiy qoliplar shaklining tuzilishiga e’tibor bering.


  1. — Allo, Olim Rahimovich kerak edilar, nashriyotdan qo‘ng‘iroq qil... .

  • Hozir chaqiraman.

  • Allo, Rahimov... .

  • Assalomu alaykum. Men «O‘qituvchi» nashriyotining muharriri Ortiq Abdullayevman. Nashrga tayyorlanayotgan qo‘lyozmangiz... nashriyotga kelib ketishingiz... .

  • Yaxshi, erta... borsam bo‘ladimi?

  • Tushdan keyin kelganingiz... .

  • Xo‘p, albatta, bora... .

2.— Alio, litseylar boshqarma... Mo‘minjon Mahmudovman.

  • Eshita... Mo'minjon Qodirovich! Men xodimlar... boshlig‘i Anvar Qosimovman.

  • Sizdan iltimos, Anvarjon, direktor bilan kelishgan... olimpiada hay’atiga kiritila... o'qituvchilar ro‘yxatini yubor...

  • Nechta kishini tavsiya etish... lozim?

  • Beshta tajribali o‘qituvchini yozsangiz, o‘zimiz tanlab olamiz. Tushunar...?

  • Tushundim, Mo‘minjon Qodirovich.

  • Yaxshi, soat olti... kutaman.

  • Xo‘p, hozir tayyor... yetkazaman.

4 - mashq. Yuqoridagi dialoglarning oddiy so‘zlashuv uslubidan farqini tushuntiring.

  1. topshiriq. Quyidagi matndan foydalanib, Insert jadvalini to‘ldiring.





V


+


-


?

































“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;

“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;

“+” - men uchun yangi ma’lumot;

“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab etiladi
Edison Tomas Alva

Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi.

Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib, yozuv stoli ustiga mo‘jazgina apparatni qo‘ydi:

— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi?

Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi, apparatdan yoqimli bolalar qo‘shig‘i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik sehrgar» ning yangi g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York (AQSh) yaqinidagi — Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib kela boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta eshittirish uchun Edison ixtiro etgan apparat yaratilgan davrda insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar, patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. Tovushni yozib olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877 yilda sodir bo‘lgan edi.

Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya qolmas, balki kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat qilardi. Tajriba o‘tkazish uchun mablag‘ kerak edi, shu boisdan yosh Edison poyezdlarda gazeta sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya jihozlab, u yerda tajribalar o‘tkazdi.

Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha bo‘sh vaqtini va pulini, asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun sarfladi. Tez orada Edison AQSh Kongressidagi ovozlarning avtomatik hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi. Ikkinchi ixtiro muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini uzoqqa uzatishga mo‘ljallangan telegraf apparati edi. Edison bu apparat uchun katta pul oldi. Tez orada u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya tashkil etdi va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi.

Edison rus ixtirochisi A.N.Lodiginning cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi, unga patron o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya hisoblagichni, o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning eng kuchli generatorlarini yasadi.

Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita yoki hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi. Edison telefonni ham takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga erishdi. Edison qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab chiqdi.

Edison 1882 yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni elektrlashtirish tajribalarini oxiriga yetkazdi.

Edison AQSH va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va sotish, cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha ulkan savdo operatsiyalarini amalga oshirdi. 1887 yildan umrining oxirigacha Edison Uest-Oranj shahrida yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi.Edison temir yo‘l tormozi hamda kinetoskopni ixtiro etdi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqdi.

Tomas Edison jahonga Amerikaning buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi, shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va kompaniyalari asoschisi sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylangan.


Mavzu yuzasidan savollar:

1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.

2. Matn mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.

3. Tomas Edison haqida ma’lumot tayyorlang.



VI.MUTAXASSISLIKKA OID SО‘Z VA TERMINLARNING IMLOSI, YASALISHI VA QО‘LLANILISHI

14-mavzu: MUTAXASSISLIKKA OID SО‘Z VA TERMINLARNING IMLOSI

Reja:

1. Tilning leksik qatlami.

2. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi.

3. Ijtimoiy-siyosiy leksika.

Leksikologiyada so‘zlar, ularning kelib chiqishi (etimologiyasi), ma’nosi va ma’no taraqqiyoti (so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari), turg‘un birikmalar (frazeologik birikmalar) va bo‘shqa shu kabi masalalar o‘rganiladi.



Tilning leksik qatlami

Bizga ma’lumki, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya deyiladi. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. So‘z lug‘aviy ma’no (masalan: qalam-o‘quv quroli), va grammatik ma’noga ega bo‘ladi (masalan: qalam- ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan). Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’noni bildiradi. Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy birliklar quyidagilar: 1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4) qo‘shma so‘z; 5) tasviriy ifoda.

So‘zlar bir ma’noli (monosemantik) va ko‘p ma’noli (polisemantik) bo‘ladi. Atoqli otlar va terminlar odatda bir ma’noli bo‘ladi. Masalan: termometr, affiks, prefiks, Andijon, Samarqand, Toshkent. So‘zlarning ko‘p ma’noliligi kontekstda aniqlanadi. Demak, polisemantik so‘zda so‘z bitta, ma’no ko‘p bo‘ladi.

So‘zning o‘z ma’no va ko‘chma ma’nolari. So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi.

So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no (denotativ, bosh, atash ma’no)si sanaladi.

So‘zning nutqdagi boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qilinadigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no (konnotativ ma’no) hisoblanadi. Masalan: odamning qulog‘i o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i ko‘chma ma’noda.

Tasviriy ifodalar. Biror narsa, hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi: osmon-moviy gumbaz; qora oltin -neft

Iboralar (turg‘un birikmalar) – ma’noviy butunlik uchun birlashgan yaxlitlangan bo‘lib, bir leksik ma’noni anglatadi. Iboralarga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi- “mag‘rurlangan”, yog‘ tushsa yalagudek iborasi – “toza” ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni obrazli tarzda ifodalaydi.

Termin (atama). Fikrni maqsadni yaqqol aniq qilib berishda ma’nosi aniqlashgan, ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan, aynan bir tushunchanigina ifodalab kelgan so‘zlar termin (atama) deyiladi. (lotinchadan chegara belgisi, chek ma’nosini anglatadi).

Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi

Har bir tilda o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan birgina ma’noga ega bo‘lgan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar ham bo‘ladi. Bunday so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi.

Terminlarning muhim xususiyati shundaki, ular ko‘p ma’noli bo‘lmaydi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Lekin amaliyotda ba’zi bir terminlar, masalan, hozirgi zamon rus va o‘zbek tillarida operatsiya so‘zi termin sifatida:

1) tibbiyot sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash, yangisini solish va shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash ma’nosida;

2) harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma’nosida;

3) davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan, bank operatsiyasi, pochta operatsiyasi kabi) ma’nolarda qo‘llaniladi.



Ijtimoiy-siyosiy leksika

Bizga ma’lumki, ommabop uslub – matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.

Ilm-fan, texnika, qishloq xo’jaligi va san'atga oid tushunchalarning aniq nomini bildiruvchi bir ma'noli so'z va birikmalar terminlar deyiladi.

Terminlar yig'indisi va shu terminlarni o 'rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha terminos so 'zidan olingan bo'lib, chek, chegara ma'nolarini bildiradi.

So'zlar fan va texnikaning ma'lum tarmog'ida qo'llanilib, iste'mol doirasi chegaralangan ma'noda ishlatilsa terminlarga aylanadi.

Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma'nolaridan xoli bo’ladi. So 'zning ma'nosi murakkab bo'lib, unda tushuncha qo'shimcha ma'no va uslubiy belgilarga ega bo‘ladi.

Terminlar rasmiylashgan so 'zlar bo'lganligi sababli respublika miqyosida, hatto dunyo miqyosida bir tushunchani anglatadi.

Termin soha terminlari tizimining bir elementi bo'lib, har doim bir tizim doirasida qo 'llaniladi.

Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir.

Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab- baravar ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.

O ‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan.

1984-yilda O ‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning Atamashunoslik qo’mitasi tashkil etilgan.

Atamashunoslik qo‘mitasi ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasini chiqara boshladi.

Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug‘at tarkibi esa xalq nima to‘g‘risida fikr yuritganini ko‘rsatib turadi.

Navoiy asarlarida faqat umumturkiy iqtisodiy atamalar qo ‘llanib qolmay, ularning arabcha, fors-tojikcha sinonimlari o‘z ifodasini topganki, quyida keltiriladigan misollar shundan dalolat beradi: savdopisha- savdogar-savdogarchilik; sarmoya-davlat-mablag‘; bay’ona-baho, qiymat, bay puli; manfaat-foyda- daromad; boj-xiroj; dastmoya-farmoya-naqd- pul-naqdina; narx-baho; nafaqa-maosh-xarajat va boshqalar.

Asrlar mobaynida arab, fors, tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o ‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildanfaqat so‘zlar olishdangina iborat bo ‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.




Mavzu yuzasidan savollar:


  1. Tilning leksik qatlamini izohlab bering.

  2. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishida nimalarga ahamiyat berish kerak?

  3. Ijtimoiy-siyosiy leksikani izohlab bering.


Topshiriq. Gaplarni ko‘chirib, omonim va polisemantik so‘zlarni toping, ularning ma’nolarini tushuntiring.

  1. Paxtani begona o‘t bosmasligi kerak. 2. Abdulxay, o‘zing ham to‘rga o‘t, bolam. (U. Nosir.) 3. Qalbimga o‘t yoqma. 4. Shamol daraxt boshlarini sekin tebratdi. 5. U boshini sekin tebratdi. 6. Buloq boshida dam oldik.7. Yuz nomarddan yuz qaytar, bir mardni hamma maqtar. (Maqol.) 8. To‘dadan ajralgan to‘rga tushar. (Maqol.) 9. Mehmonlarni to‘rga o‘tkazishdi. 10. Gapga bir yosh yigitcha aralashdi. 11. Ko‘ziga yosh oldi. 12. Yoshim o‘ttizga yetdi. 13. Laylak keldi, yoz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi. (Qo‘shiq.) 14. Ukangga tez-tez xat yoz. 15. Tovuqlarga don soch. 16. Sochi oppoq bo‘lib qolgan. 17. Bugun yaxshi tush ko‘rdim. 18. Otdan tush. 19. Chaqmoq chaqdi. 20. Yong‘oqni tish bilan chaqmoq sog‘liq uchun zarar keltiradi.


15-Mavzu: TERMINLARNING YASALISHI VA QО‘LLANILISHI

Reja:

1.Terminlarning o’ziga xosligi.

2.Maxsus leksik qatlamlar.

3.Terminlarning yasalishi va qo’llanilishini mashqlar bilan mustahkamlash.
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z va terminlar kirib kela boshladi. O‘zbek tili leksikasidagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoning chor Rossiyasiga qo‘shib olinishi natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi.

Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Ma’lumki, tilda so‘zlarning ma’nolari har xil usullar bilan ko‘chishi mumkin. Chunonchi, so‘z semantikasidagi o‘zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro‘y beradi.

Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda, semantik usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o‘ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini, masalan, shaklan o‘xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish yo‘li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi.

Terminlarning yasalishi

Morfologik usul bilan termin yasashda o’zak-negizga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shiladi va yangi terminlar hosil bo’ladi: Iste’molchi, tadbirkor, taqsimot.

Sintaktik usul bilan termin yasashda birikmali terminlar hosil qilinadi: sifat+ot yalpi mahsulot, sof daromad, sifatdosh+ot: kechiktirilgan talab.

Semantik usul bilan termin yasashda ma’no ko’chishining metafora usuli asosiy rolni o’ynaydi: yig’ma ko’rsatkich, pul massasi, o’rmalovchi inflyatsiya.

Hozirgi bosqichda barcha sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga: asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma (ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbek tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi) terminlar kiradi. Mana shunday tub, ya’ni noyasama terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, narx, qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, poshlina, bank va b.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Terminlarning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?

  2. Maxsus leksik qatlamlarni izohlab bering.

  3. Terminlarning yasalishiga misollar keltiring.


1-mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.

Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, sog‘, shim, toy, et, yara, bez, oq, oshiq, osh.



1- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Eksponat” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.

“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:

1-qator - tushuncha - ot

2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat

3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l

4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat

5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim

Namuna:

1.Termin


2.Iqtisodiy, sohaviy

3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi

4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.

5.Atama.



2- topshiriq. To‘g‘ri javoblarni aniqlang. Javoblar jadvaliga “ha” yoki “yo‘q” so‘zlarini yozing

Maxsus leksik qatlamlar”



1. Neologizmlar

2. Kompyuterga oid so‘zlar

3. Bosh harflar bilan yoziladigan so‘zlar

4. Dialektizmlar

5. Onomastika

6. Jargon so‘zlar

7. Omonimlar


8. Ijtimoiy-siyosiyso‘zlar

9. Sinonimlar

10. Varvarizimlar

11.Teatr, kino, matbuotga oid so‘zlar

12. Antonimlar

13. Sud-huquqqa oid so‘zlar

14. Kasb-korga oid so‘zlar



Javob:

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1




1

1

1












































2 - mashq. Quyidagi javob xatida tushirib qoldirilgan qo'shimchalami to‘g‘ri qo‘yib, daftaringizga yozing.
«Fidokor» gazeta... bosh muharriri S. Safarov...

«Fidokor» gazetasi tahririyati tomoni... 2002- yil 3- martda yuborilgan 1-01-90 raqamli so‘rov xatingiz... javob.... Sizga shuni ma’lum qilamiz..., mahallamizda yashovchi bir guruh yoshlar... 14- turar joy dahasida ommaviy sport turlari bilan shug‘ullan... uchun yetarli sharoitlar yo‘qligi to‘g‘risida... shikoyat xatida ko‘rsat... kamchiliklar mahalla faollari yig'ili- shi... shu yil 23- martda o‘tkazilgan yig‘inida ko‘rib chiq....

Xat... ko'rsatilgan kamchiliklar asos... ekan... tan olin... . Yunusobod tumani... 14- dahasidagi qarovsiz qoldirilgan maydonlami toza..., uylar hovlisidagi garajlar... oldirib, o‘yingoh... aylan..., mavjud sport inshootlarini ta’mir... vazifalari «Hashar» kommunal xo'jali... rahbari Q. Ochilov... topshirildi.

Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlar... ijrosi haqida tahririyatingiz... qo'shimcha xabar qila... .

«Yunusobod» mahalla

qo‘mita... raisi S. Olimov.

(imzo)
3 - topshiriq. “Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi bo‘yicha matn tuzish

“O‘rta Osiyoning buyuk siymolari” mavzusi bo‘yicha quyida berilgan tayanch so‘z va birikmalardan foydalanib mustaqil tarzda mikromatnlar tuzing.

1) Xorazm, Bog‘dod akademiyasi, rasadxona, o‘nlik tizim, to‘rt amal, algoritm, algebra;

2) Samarqand, sakkizta asar, «Samoviy jismlarning harakati va yulduzlar ilmi», astronomiyadan qo‘llanma;

3) Forob, Damashq, Misr, 160dan ortiq asar;

4) Kat shahri, Ma’mun akademiyasi, xorijiy tillar, 200ga yaqin ilmiy asar, globus, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», G‘azna;

5) Sayram, Yassi, 23 yosh, «Hikmatlar».

4- topshiriq. Matnni o‘qing, unda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib tahlil qiling.

Muso al- Xorazmiy

Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan.

Xorazmiy dunyo faniga katta hissa qo‘shdi. U–algebra fanining asoschisi. “Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning bu arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan. Hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallar Yevropada keng tarqalgan. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi.

Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning “Zij”idir. Bunda shaharlar, tog‘lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatalari keltirilgan. Uning bu asari o‘rta asrdagi eng birinchi geografik asar bo‘lib, keyingi davrlarda geografiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.

Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanib, g‘arb va sharq tillariga tarjima qilingan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqalar) mukofot va medallar ta’sis etilgan.

Tushunchalar

Tushunchalar tаhlili

Algebra




O‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi




Algoritm




Zij




Koordinata




Astronomik




Hind rаqаmlari




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

SAMARQAND FILIALI

Ro‘yxatga olindi: «TASDIQLAYMAN»

O‘quv va lmiy ishlari bo‘yicha

direktor o`rinbosari:

_______________ dots. Qarshiyev Z.A.

___________________

2020-yil____ ____________ 2020-yil ____ __________



Download 184.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
universiteti fizika
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik