Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Telekommunikatsiya va kasbiy ta`lim fakulteti



Download 184,98 Kb.
bet2/2
Sana12.04.2020
Hajmi184,98 Kb.
#44195
1   2
Bog'liq
2-semestr majmua Akademik yozuv.18.02


Telekommunikatsiya va kasbiy ta`lim fakulteti



Tillar kafedrasi
AKADEMIK YOZUV 2” FANINING

SILLABUSI

Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish texnik sohasi


Ta’lim sohasi: 330000 - Kompyuter texnikari va informatika

350000 - Aloqa va axborotlashtirish,telekommunikatsiya

texnikalari
Ta’lim yo‘nalishi: 350400 - AKT sohasida kasb ta`limi

5330500 - Kompyuter injinering

5350100- Telekommunikatsiya texnologiyalari

(telekommunikatsiya texnologiyalari,teleradio

eshittirish, mobil tizimlari)

5330300- Ахборот хавфсизлиги (ахборот,

kоммуникация технологиялари ва сервис)
Samarqand – 2020

“Akademik yozuv 2” fanining ishchi o‘quv dasturi ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.



Tuzuvchi:

Abdiyev M. Б. - filologiya fanlari doktori, professor

Raxmatova S.A. – katta o’qituvchi

Yuldasheva D.B. – assistent.
Taqrizchilar:

Eltazarov J.D. – SamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d.

Mahmadiyev Sh.– SamDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f. n.

“Akademik yozuv 2” fanining ishchi o‘quv dasturi tillar kafedrasi a’zolarining 2020-yil dagi yig‘ilishida muhokama etilgan va fakultet ilmiy va uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan( -bayonnoma).



Kafedra mudiri: Toirova D.F.

“Akademik yozuv” fanining ishchi-o‘quv dasturi TKKT fakulteti ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020-yil dagi - bayonnoma).



Fakultet ilmiy kengashi raisi: dots. Narzullayev U.X.


Kelishildi:
Filial o‘quv-uslubiy

boshqarmasi boshlig‘i: Ahmedjanov A.R.


Kirish

Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o'tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda.

Ushbu kursda o’zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo'lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, nutqning rasmiy, ommabop va ilmiy uslublarini chuqur o’zlashtirish , o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, ilmiy mazmundagi nutqni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etish hamda yozishga o‘rgatish ko‘zda tutiladi.

Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.

Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.

Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.




Akademik yozuv 2 fanini o’qitishning maqsad va vazifalari

“Akademik yozuv” fanini о‘qitishdan maqsad ixtisoslik bo’yicha bilimli, zukko, og’zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxassislik tili bilimlarini – so’z va terminlarni qo’llash, gap va matnlarni tо‘g`ri hamda mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati bo’yicha bilim, ko’nikma va malakani shakllantirishdir.

“Akademik yozuv” kursi doirasida talabalarga o’z sohasidagi so’z va terminlarning shakllanish va qo’llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, ilmiy matnlarning tuzilishi, matnga so’z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matn va hujjatlarni to’g’ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqiy etiket, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o’rgatiladi.
Akademik yozuv fanini o'qitishdan maqsad:

- turli uslublarda qo’llanilayotgan so’z va terminlarni tahlil qilish;

-mutaxassislikka oid matn, maqola va kurs ishlarini mazmunli va xatosiz yozish;

- matnlarning turlari va tuzilishini puxta bilish;

- mavzular bо‘yicha dastlabki ilmiy ishlar va hujjatlarni savodli yozish haqida malakaga ega bо‘lish;

- ilmiy, rasmiy, publitsistik, sо‘zlashuv uslublariga xos nutqiy faoliyat va etiketni amalga oshirish;

- nutqning tarkibiy qismlari va nutq tuzish usullaridan xabardor bо‘lish;

-aniq va tо‘g`ri, mantiqiy va ta’sirli nutq tuza bilish;

-nutqning kommunikativ sifatlarini tо‘g`ri qо‘llay olish;

- taqdimot tayyorlashda nutq vositalari bо‘yicha kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;

- mutaxassisligiga oid mavzularda bog’lanishli matn tuza olish va bunday matnlarni tarjima qilish;

- ixtisoslikka oid ilmiy atamalarni to’g’ri o’qish, ma’nosini izohlay bilish, ular ishtirokidagi gaplarni sintaktik jihatdan to’g’ri tuzishni bilishi va amalda qo’llay olishi;

- o’z ixtisosligi bo’yicha lug’atlardan foydalangan holda maqola, turli rasmiy ish hujjatlarini tayyorlay bilish;

-Mustaqil ta‘lim mavzulari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash.


Fan mazmuniga qo’yiladigan malakaviy talablar

  • Bakalavr “Akademik yozuv 2” fani bo’yicha:

  • bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o’zbek tilining yozma ilmiy nutq shakllarini to’liq o’zlashtirishi, ilmiy uslubning terminlaridan to’g’ri foydalana bilishi zarur. Shunga ko’ra, talabalar “Akademik yozuv 2 ” fanidan:

- o’zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini;

- o’zbek tilining gap stilistikasini;

- ilmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak;

- annotatsiya matnining tuzilishini;

- referatning zaruriy qismlarini;

- ilmiy maqolaga taqriz yozishni bilishi lozim;

- ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to’g’ri gap tuza olishni;

- ilmiy maqola yozish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

- kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko’nikmalarini o’quv faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;

- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o’rganishda o’z bilim va ko’nikmalarini qo’llashi, u yoki bu munosabat bilan o’z fikrini asosli bayon qilish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim.

- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;

- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalari-
dan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini
asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Akademik yozuv 2 fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Akademik yozuv fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada.

Akademik yozuv fani avvalo til fani bilan bog'liq bo'lib, ilmiy nutq ilmiy uslub talabiga muvofiq aniq, lo‘nda, ixcham, mantiqli va ishonarli bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy uslub tili umumiste’moldagi adabiy tildan ajralmagan holda ishlatiladi, ya‘ni o‘zbek adabiy tili qonun-qoidalariga rioya qiladi.

Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo’lishi mumkin. Ularning mohiyati, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi.

Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi.

Akademik yozuv 2 fanini o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Akademik yozuv fanini o’qitish va o’rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o’rganishda yaxshi samara beradi.

Ta’limning oliy bosqichida til fanini o’qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ilmiy uslubni qo’llash uchun yozma nutqni o’stirish ko’zda tutiladi. Ilmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o’rganish va o’qish faoliyatida ishlatiladigan ilmiy matnlarni tuza olish ko’nikmalarini hosil qilish ko’zda tutiladi. Bunda ilmiy uslubga doir adabiyotlarni o’qib o’rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida talabalarning ilmiy uslubda matn tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to’g’ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o’rinli foydalanishni qanchalik puxta o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida ilmiy - ommabop uslubni o’zlashtirishda tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, o’qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo’llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo’llaniladi:

Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o’yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari.


O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

“Akademik yozuv 2” fani yozma nutq, tilning stilistik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, soha lug’atlarini o’rganish, ular yordamida ilmiy, ommabop maqolalar tayyorlash masalalarini qamrab oladi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.

Talaba:

- o’zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini;

- o’zbek tilining gap stilistikasini;

- ilmiy uslubga xos til birliklarini o’rinli ishlata olishni bilishi kerak;

- ilmiy maqola yozish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;

- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;

- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.

Akademik yozuv” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:




Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Dars soatlari hajmi

1.

Ilmiy uslub. Uslublar va vizual axborotlar

4

2.

Muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot texnologiyasi va texnikasi. Yozma muloqot.

6

3

Dastlabki ilmiy tadqiqotni yozish.

4

4

Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari. Annotatsiya matni, uning tuzilishi.

6

5

Ilmiy maqola. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlari

6

6

Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi

4




Jami

30

1. Ilmiy uslub. Uslublar va vizual axborotlar.

Ushbu mavzuda ilmiy uslub, boshqa uslublardan ilmiy uslubning asosiy farqlari o’rganiladi. Uslublar va visual axborotlar haqida ma’lumot beriladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

- ilmiy uslub haqida ma’lumotga ega bo’lish,

- ilmiy uslubning boshqa uslublardan farqini talabalarga yetkazish,

- uslublar va visual axborotlar haqida ma’lumot berish.


  1. Muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot texnologiyasi va texnikasi. Yozma muloqot.

Bu bo’limda muloqot tushunchasi va uning kommunikatsiya jarayoni, muloqot texnologiyasi va texnikasi, yozma muloqot haqida tushuncha beriladi.

Ta'limdan olinadigan natijalar:

- muloqottushunchasi va uning kommunikatsiya jarayoni haqida bilish,

- muloqot texnologiya va texnikasidan o’rinli foydalanish,

- ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lish,

- yozma muloqot haqida tushuncha berish.


3. Dastlabki ilmiy tadqiqotni yozish.

Bu bo’limda tadqiqot haqida umumiy tushuncha o’rganiladi. Xulosa, perefraza, sitata va havola haqida tushuncha beriladi. Tadqiqotning kundalik hayotdagi o’rni va ahamiyati haqida aytiladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • Tadqiqot haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish,

  • Tadqiqot jarayonida terminlardan to’g’ri foydalanish,

  • Xulosa va perefraza haqida nazariy ma’lumotga ega bo'lish,

  • Sitata va havolalarni o’rganish va ularni tadqiqot jarayonida qo’llash.

4. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.

Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari tahlil qilinadi. Annotatsiya matni, uning tuzilishi. Referat matni tuzilishi. Referat qismlarining tuzilishi va uni ustida ishlash bosqichlari. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari o’rganiladi.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari tahlil qilish;

  • Referat qismlarining tuzilishi va uni ustida ishlash bosqichlarini o’rganish,

  • Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari bilish.


5. Ilmiy maqola. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlari.

Ilmiy maqola haqidagi umumiy tushunchaga ega bo’ladilar. Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlarini o’rganadilar. Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlarini tahlil qiladilar.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

- Ilmiy maqola haqidagi umumiy tushunchaga ega bo’lish,

- Taqriz matni, uning tuzilishi va xususiyatlarini o’rganish,

- Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlarini tahlil qilish.



6. Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi.

Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishini o’rganadilar. Til va terminologiyaning o’zaro bog’liqligini biladilar. AKT terminlarining morfologik, semantik, sintaktik usulda yasalishini anglaydilar. AKT so‘z va terminlarini tartibga soladilar. Lug’atlarga yondoshuv va abbreviaturalar haqida tushunchaga ega bo’adilar.



Ta'limdan olinadigan natijalar:

  • Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishini o’rganish,

  • Til va terminologiyaning o’zaro bog’liqligini bilish,

  • AKT terminlarining morfologik, semantik, sintaktik usulda yasalishini anglash;

- Lug’atlarga yondoshuv va abbreviaturalar haqida tushunchaga ega bo’lish.

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhda o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tkazilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanishi maqsadga muvofiq.



Mustaqil ta’lim

Mustaqil ish o‘qituvchining talabalarga avvaldan berib qo‘yiladigan fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi:



  • amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • Ilmiy maqolaga taqriz tayyorlash;

  • Biron bir maqola yoki qo’llanmaga annotatsiya yozish

  • Reklama matnlari yaratish;




Ishchi o’quv dasturining mustaqil ta'limga oid bo'lim va mavzular

Mustaqil ta'limga oid topshiriq va tavsiyalar

Hajmi (soatlarda)

Ilmiy maqolaga taqriz tayyorlash;

Mavzuga ijodiy yondashuv.

10

Biron bir maqola yoki qo’llanmaga annotatsiya yozish

Mavzuga ijodiy yondashuv.

10




Jami:

20


BAHOLASH
Amaliy mashg’ulotlarda baholash talabalarning darsga qatnashishi, amaliy mashg’ulotlardagi topshiriqlarni bajarishi hamda yakuniy nazorat va mustaqil ishlarni o'z vaqtida topshirishlari asosida amalga oshiriladi. Baholash foiz hisobida quyidagicha:

Amaliy mashg’ulotlar - 30%

Mustaqil ta'lim- 20%

Yakuniy nazorat -50%




Hafta

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

XIII

XIV

XV

Jami

Ballar

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

2

30

Мustaqil ish

20

Yakuniy nazorat ishi

50

Jami :

100



Ball

Talabalarning bilim darajasi

90-100

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo'llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo'lish.

71-89

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo'llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo'lish.

60-70

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo'lish.

0-59

Aniq tasavvurga ega bo'lmaslik. Bilmaslik.



Talabalar bilimini baholash mezonlari

a) “5” (a’lo) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:



  • talaba mavzuning maqsadi va mazmunini atroflicha yorita olsa;

  • mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • mavzu doirasida mustaqil fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • amaliy mashqlarga puxta tayyorlangan bo‘lsa.

b) “4” (yaxshi) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • talaba mavzuning maqsadi va mazmunini yaxshi tushungan bo‘lsa;

  • mavzu materiallarining amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;

  • berilgan vazifani o‘quv dasturi doirasida bajarsa;

  • berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • amaliy mashqlarni yaxshi bajargan bo‘lsa.

v) “3”(qoniqarli) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • talaba mavzu haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • mavzu tor doirada yoritilib, chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;

  • bayon ravon bo‘lmasa;

  • berilgan savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • amaliy mashqlarni yaxshi bajarmagan bo‘lsa.

g) talabaning bilim darajasi “2” (qoniqarsiz) deb quyidagi hollarda baholanadi:

  • talaba mavzuga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

  • mavzu matnining boshqalardan ko‘chirib olingani ko‘rinib tursa;

  • fikrini bayon eta olmasa;

  • berilgan savollarga javob olinmagan bo‘lsa;

  • mashg‘ulotlarga tayyorlanmagan bo‘lsa.


VIII. ADABIYOTLAR RO'YXATI
Asosiy adabiyotlar

1. Xolmonova Z. Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston» 2013, 250 b.

2. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. -T.: «Akademnashr», 201

3. Qo’ng’urov R.,Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b.

4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006.

5. Jerald Alred, Charles Brusaw, Walter Oliu. Hahdbook of technical writing. New York, Copyright 2003.

6. Stephen Bailey. Akademic writing. Handbook for international student`s. London, 2015.

Qo’shimcha adabiyotlar

1. M.X.Axmedova, K.A.Gayubova. “O’zbek tili”. T. TATU, “Aloqachi”, 2019.

2. Mahmudov N.О‘qituvchi nutqi madaniyati. T.: «О‘zbekiston milliy kutubxonasi», 2009,188 b.

3. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b.

4. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.



Internet saytlar

1.http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик.



2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx - Узбекско-русский переводчик.

3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали
Download 184,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish