Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari



Download 12,16 Mb.
bet36/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
2-9

4.6. Elektron raqamli imzo

Elektron hujjatlarni tarmoq orqali almashishda ulami ishlash va saqlash xarajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi. Ammo elektron hujjat muallifini va hujjatning o‘zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning haqiqiyligini va olingan elektron hujjatda o'zgarishlaming yo‘qligini aniqlash muammosi paydo boMadi.


Elektron hujjatlarni autentifikatsiyalashdan maqsad ulami mumkin boMgan jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bunday harakat-larga quyidagilar kiradi:




faul ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzg‘unchi hujjatlarni (fayllarni) ushlab qoladi va o‘zgartjradi.


maskarad - abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomi-dan yuboradi;
renegatlik - abonent A abonent V ga xabar yuborgan boMsa-da, vu-bormaganman deydi;


almashtirish - abonent V hujjatni o‘zgartiradi yoki yangisini shakillantiradi va uni abonent A dan oiganman deydi;


takrorlush - abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent 5 takrorlaydi.

Jinoyatkorona harakatlarning bu turlari o‘z faoliyatida kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat tuzilmalariga, davlat korxona va tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha-muncha zarar yetkazishi mumkin.


Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining haqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi.


Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatilu-vchi matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ish-


lashi bo'yicha oddiy qoMyozma imzoga o'xshash boMib, quyidagi afzal-liklarga ega:
imzo chekilgan matn imzo qo‘ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;

bu shaxsga imzo chekilgan matnga bogMiq majburiyatlaridan ton-ish imkoniyatini bermaydi;


imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.

Elektron raqamli imzo-imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatilu-vchi qo'shimcha raqamli xabaming nisbatan katta bo'lmagan sonidir.


Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda xabar tarkibi, imzoning o‘zi va kalitlar juftining o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Bu elementlaming hatto birining o'zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh-funksiyalari


yordamida amalga oshiriladi. ^ Elektron raqamli imzo tizimining qoMlanishida bir- biriga imzo


chekilgan elektron hujjatlami jo‘natuvchi abonent tarmog‘ining mavjud-ligi faraz qilinadi. Har bir abonent uchun juft - maxfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda foydalanadi.


Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo‘lib, un­ dan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.


Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:


raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;


raqamli imzoni tekshirish muolajasi.


Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo'natuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo'natuvchining ochiq kalitidan foydalaniladi.


Raqamli imzoni shakllantirish muolajasi:


Ushbu muolajani tayyorlash bosqichida xabar jo'natuvchi abonent A ikkita kalitni generatsiyalaydi: maxfiy kalit kA va ochiq kalit KA. Ochiq kalit KA uning jufti boMgan maxfiy kalit kA, dan hisoblash orqali olinadi. Ochiq kalit KA tarmoqning boshqa abonentlariga imzoni tek­ shirishda foydalanish uchun tarqatiladi.


Raqamli imzoni shakllantirish uchun jo‘natuvchi A avvalo imzo chekiluvchi matn M ning xesh-funksiyasi L(M) qiymatini hisoblaydi (4.15-rasm).


Xesh-funksiya imzo chekiluvchi dastlabki matn «М» ni daydjest «m» ga zichlashtirishga xizmat qiladi. Daydjest m-butun matn «М» ni xarakterlovchi bitlarning belgilangan katta boMmagan sonidan iborat nisbatan qisqa sondir. So‘ngra jo ‘natuvchi A o‘zining maxfiy kaliti kA bilan daydjest «т»ni shifrlaydi. Natijada olingan sonlar jufti berilgan «М» matn uchun raqamli imzo hisoblanadi. Xabar «М» raqamli imzo bilan birgalikda qabul qiluvchining adresiga yuboriladi.
4 .15 -rasm . E lektro n ra q a m li im zo n i sh a k lia n tirish sxem a si.



Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish