Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari


Raqamli imzoni tekshirish muolajasi



Download 12,16 Mb.
bet37/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136
Bog'liq
2-9

Raqamli imzoni tekshirish muolajasi.

Tarmoq abonentlari olingan xabar «М» ning raqamli imzosini ushbu xabami jo ‘natuvchining ochiq kaliti KA yordamida tekshirishlari mumkin (4.16-rasm).




Qabul

ochiq kaliti KA





4 . 16-rasm . E lektro n ra q a m li im zoni teksh irish sxem asi.

Elektron raqamli imzoni tekshirishda xabar «M»ni qabui qiluvchi «B » qabul qilingan daydjestni jo‘natuvchining ochiq kaliti «КА» yor­ damida rasshifrovka qiladi. Undan tashqari, qabul qiluvchini o‘zi xesh-funksiya h(M) yordamida qabul qilingan xabar «М'» ning daydjesti < ni hisoblaydi va uni rasshifrovka qilingani bilan taqqoslaydi. Agar ik-kala daydjest «т» va «m'» mos kelsa, raqamli imzo haqiqiy hisoblanadi. Aks holda imzo qalbakilashtirilgan yoki axborot mazmuni o‘zgartirilgan bo‘ladi.

Elektron raqamli imzo tizimining prinsipial jihati—foydalanuvchi-ning elektron raqamli imzosini uning imzo chekishdagi maxfiy kalitini bilmasdan qalbakilashtirishning mumkin emasligidir. Shuning uchun imzo chekishdagi maxfiy kalitni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash zarur. Elektron raqamli imzoning maxfiy kalitini, simmetrik shifrlash kalitiga o‘xshab, shaxsiy kalit elituvchisida, himoyalangan holda saqlash tavfsiya etiladi.


Elektron raqamli imzo chekiluvchi hujjat va maxfiy kalit orqali aniqlanuvchi noyob sondir. Imzo chekiluvchi hujjat sifatida har qanday fayl ishlatilishi mumkin. Imzo chekilgan fayl imzo chekilmaganiga bir yoki birnechta elektron imzo qo‘shilishi orqali yaratiladi.


Imzo chekiluvchi faylga joylashtiriluvchi elektron raqamli imzo chekilgan hujjat muallifini identifikatsiyalovchi qo‘shimcha axborotga ega. Bu axborot hujjatga elektron raqamli imzo hisoblanmasidan oldin qo‘shiladi. Har bir imzo quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi:


imzo chekilgan sana;


ushbu imzo kaliti ta’sirining tugash muddati;


faylga imzo chekuvchi shaxs xususidagi axborot (F.I.Sh., mansabi, ish joyi);


imzo chekuvchining indentifikatori (ochiq kalit nomi);


raqamli imzoning o‘zi.


Asimmetrik shifrlashga o'xshash, elektron raqamli imzoni tek-shirish uchun ishlatiladigan ochiq kalitning almashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Faraz qilaylik, niyati buzuq odam «m> abonent «B» kompyuterida saqlanayotgan ochiq kalitlardan, xususan, abonent A ning ochiq kaliti KA dan foydalana oladi. Unda u quyidagi harakatlarini amalga oshirishi mumkin:


- ochiq kalit KA saqlanayotgan fayldan abonent A xususidagi inden-sifikatsiya axborotini o'qishi;


ichiga abonent A xususidagi indentifikatsiya axborotini yozgan holda shaxsiy juft kalitlari k„va K„ ni generatsiyalashi;


abonent Vda saqlanayotgan ochiq kalit A^ni o‘zining ochiq kaliti K„ bilan almashtirishi.

So‘ngra niyati buzuq odam m » abonent V ga hujjatlami o‘zining maxfiy kaliti k„ yordamida imzo chekib jo‘natishi mumkin. Bu hujjatlar imzosini tekshirishda abonent V abonent A imzo chekkan hujjatlami va ulaming elektron raqamli imzolarini to‘g‘ri va hech kim tomonidan modifikatsiyalanmagan deb hisoblaydi. Abonent A bilan munosabat-larini bevosita oydinlashtirilishigacha V abonentda olingan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha tug‘ilmaydi.


Elektron raqamli imzoning qator algoritmlari ishlab chiqilgan.


1977- yilda AQSH da yaratilgan RSA tizimi birinchi va dunyoda mash-hur elektron raqamli imzo tizimi hisoblanadi va yuqorida keltirilgan prinsiplami amalga oshiradi. Ammo raqamli imzo algoritm /RSA jiddiy kamchilikka ega. U niyati buzuq odamga maxfiy kalitni bilmasdan, xeshlash natijasini imzo chekib bo‘lingan hujjatlarning xeshlash nati-jalarini ko‘paytirish orqali hisoblash mumkin boMgan hujjatlar imzosini shakllantirishga imkon beradi.


Ishonchliligining yuqoriligi va shaxsiy kompyuterlarda amalga oshiri-lishining qulayligi bilan ajralib turuvchi raqamli imzo algoritmi 1984-yilda El Gamal tomonidan ishlab chiqildi. El Gamalning raqamli imzo algoritmi (EGSA) RSA raqamli imzo algoritmidagi kamchiliklar-dan xoli bo‘lib, AQSHning standartlar va texnologiyalarning Milliy uni-versiteti tomonidan raqamli imzoning milliy standartiga asos kabi qabul qilindi.



Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish