Toshkent axborot axborot lashtirish texnologiyalari



Download 12,16 Mb.
bet33/136
Sana09.06.2022
Hajmi12,16 Mb.
#646054
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   136
Bog'liq
2-9

К' = • 32 —/,

i > 25

boi Iganda,

0,

/ = 32

6o‘ Iganda,

Demak, shifrlashda kalitning tanlanish tartibi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:


K0,Kb K2, K3, K4, K5, K«, K7, Kq, K,, K2, K3, K4, K5, Kfc K7. .

KcK,, Ka, K3, K* K5, Ke, K7, K7, K«, K5, K4 , K3, K2, K,, K0,.


Rasshifrovka qilishda kalitlar teskari tartibda ishlatiladi.


Almashtirish bloki ketma-ket tanlanuvchi 8 ta almashtirish uzellari-dan iborat. Almashtirish uzeli har birida almashtirish vektori (4 bit) joy-lashgan 16 qatorli jadvaldan iborat. Kirish yo‘li vektori jadvaldagi qator adresini aniqlasa, qatordagi son almashtirishning chiqish yo‘li vektori hisoblanadi. Almashtirish jadvaliga axborot oldindan yoziladi va kam-dan-kam o‘zgartiriladi.


Gammalash algoritmida dastlabki bitlarning ketma-ketligi gam-maning bitlari ketma-ketligi bilan mod2 bo'yicha jamlanadi. Gamma oddiy almashtirish algoritmiga binoan hosil qilinadi. Gammani shakJlan-tirishda ikkita maxsus doimiylardan hamda 64-xonali ikkili ketma-ketlik sinxroposilkadan foydalaniladi. Axborotni faqat sinxroposilka borligida rasshifrovka qilish mumkin.

Sinxroposilka maxfiy bo'lmaydi va ochiq holda hisoblash mashi-nasi xotirasida saqlanishi yoki aloqa kanali orqali uzatilishi mumkin.




Teskari bogUanishli gammalash algoritmi gammalash algoritmi-dan faqat shifrlash jarayonining birinchi qadamidagi harakatlar bilan farqlanadi.


Imitovstavka noto‘g‘ri axborotni zo‘rlab kiritilishidan himoya-

lashda ishlatiladi. Imitovstavka dastlabki axborot va maxfiy kalitni 0 ‘zgartirish funksiyasi hisoblanadi. U k bit uzunlikdagi ikkili ketma-


ketlikdan iborat bo‘lib, k ning qiymati noto‘g‘ri axborotning zo‘rlab kiritilishi ehtimolligi R:k bilan quyidagi munosabat bilan bogMangan.


Imitostavkani shakllantirish algoritmi quyidagi harakatlar ketma-ketligidan iborat. Ochiq axborot 64 bitli 7X0 (i=l ,2,3,.... m) bloklarga

ajratiladi, bu yerda m-shifrlanuvchi axborot hajmi orqali aniqlanadi. Birinchi blok 71(1) oddiy almashtirish algoritmining birinchi 16 iteratsi-


yalariga binoan o‘zgartiriladi. Kalit sifatida dastlabki axborot shifrlan-ishda ishlatiladigan kalit olinadi. -Olingan 64 bitli ikkili so‘z ikkinchi blok T(2) bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. Д1) blok ustida qanday it-eratsiya o‘zgartirishlari bajarilgan boMsa, jamlash natijasi ustida ham shunday o‘zgartirishlar amalga oshiriladi va oxirida Г(3) blok bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. Bunday harakatlar dastlabki axborotning m- 1 bloki bo‘yicha takrorlanadi. Agar oxirgi T{m) blok to‘liq boMmasa, u 64

xonagacha nollar bilan to'ldiradi. Bu blok ishlanish natijasi bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi va oddiy almashtirish algoritmining birinchi 16 iteratsiyalari bo‘yicha o‘zgartiriladi. Hosil boMgan 64 xonali blokdan k bit uzunlikdagi so‘z ajratib olinadi va bu so‘z imitovstavka hisobla­ nadi.


Imitovstavka shifrlangan axborotning oxiriga joylashtiriladi. Bu axborot olingandan so‘ng, u rasshifrovka qilinadi. Rasshifrovka qilingan axborot bo‘yicha imitovstavka aniqlanadi va olingani bilan solishtiriladi. Agar imitovstavkalar mos kelmasa, rasshifrovka qilingan axborot noto‘g‘ri deb hisoblanadi.




AQSHning axborotni shifrlash standartL AQSHda davlat standarti sifatida DES(Data Encryption Standart) standarti ishiatilgan. Bu standart asosini tashkil etuvchi shifrlash algoritmi IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, AQSH Milliy xavfsizlik agentligining mutaxassislari tomonidan tekshirilgandan so‘ng davlat standarti maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departamentlar, balki nodavlat tashkilotlar, nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda foydalanib kelingan.

DES standartida dastlabki axborot 64 bitli bloklarga ajratiladi va 56 yoki 64 bitli kalit yordamida kriptografik o‘zgartiriladi.


Dastlabki axborot bloklari o'rin almashtirish va shifrlash funksiya-lari yordamida iteratsion ishlanadi. Shifrlash funksiyasini hisoblash uchun 64 bitli kalitdan 48 bitligini olish, 32-bitli kodni 48 bitli kodga kengaytirish, 6-bitli kodni 4-bitli kodga o‘zgartirish va 32-bitli ketma-ketlikning o‘mini almashtirish ko‘zda tutilgan.


DES algoritmidagi shifrlash jarayonining blok-sxemasi 4.13-rasmda keltirilgan.


Rasshifrovka jarayoni shifrlash jarayoniga invers bo‘lib, shifrlashda ishlatiladigan kalit yordamida amalga oshiriladi.


Hozirda bu standart quyidagi ikkita sababga ko‘ra foydalanishga butunlay yaroqsiz hisoblanadi:


kalitning uzunligi 56 bitni tashkil etadi, bu EHMlarning zamonaviy rivoji uchun juda kam;


algoritm yaratilayotganida uning apparat usulda amalga oshiri­ lishi ko‘zda tutilgan edi, ya’ni algoritmda mikroprotsessorlarda bajari-lishida ko‘p vaqt talab qiluvchi amallar bor edi (masalan, mashina so‘zida ma’lum sxema bo‘yicha bitlaming o‘mini almashtirish kabi).



Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish