Toshkent avtomobil va yo„llar instituti “avtomobil yo„llari va aerodromlarni loyihalash” kafedrasi


O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.03.2022
Hajmi0,53 Mb.
#486917
1   2   3   4
Bog'liq
avtomobil yolining parametrlari

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 
dekabrdagi “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya 
qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to„g„risida”gi qaroriga asosan
o‗zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi xalqaro va davlat ahamiyatidagi 
avtomobil yo‗llarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturiga muvofiq jami 2011-
2015 yillar davomida 2306 km avtomobil yo‗llari shundan 474 km sementobeton, 
1832 km asfaltobeton qoplamali yo‗l hamda 1910 pogonometr ko‗priklar va yo‗l 
o‗tkazgichlar, 7 ta transport echimlarini qurish ko‗zda tutilgan.
Bundan tashqari, avtomobil tashuvlari va respublika avtotransport majmuasini 
modernizatsiya qilish maqsadida ―MAN‖ rusumli yuk avtotyagachlarni ishlab 
chiqarish yo‗lga qo‗yildi.


Ishtirokchilar so‗nggi yillarda respublikamizda bir qator logistika markazlari 
tashkil etilayotganligiga alohida e‘tibor qaratishdi. Jumladan, Navoi aeroporti 
negizida ―Navoi‖ xalqaro intermodal logistika markazini, Toshkent viloyatida 
―Angren logistika markazi‖ni, shuningdek, poytaxtimizning Sergeli tumanida 
―Toshkent‖ logistika markazini barpo qilish va rivojlantirish bo‗yicha jadal 
sur‘atlarda amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatimiz tranzit salohiyatini 
oshirish va tranzit imkoniyatlaridan to‗laqonli foydalanishda muhim o‗rin tutadi.
Ma‘lumki, xozirda ―Navoi‖ aeroporti orqali Milan, Bryussel, SHanxay, Dehli, 
Mumbay, Bangkok, Frankfurt, Dakka, Istambul yo‗nalishlarida yuk tashuvlari 
amalga oshirilmoqda. YAqin kelajakda Dubay, Moskva, Almati yo‗nalishlarida 
ham tashuvlarni tashkillashtirish ishlari olib boriladi.


SAMARQAND VILOYATI 
O‗zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938 y. 15 yanv.da tashkil 
etilgan. Shimol va g‗arbdan Navoiy viloyati, janubdandan Qashqadaryo, janubiy-
sharqdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. 
Aholisi 2824,9 ming kishi (2004). Tarkibida 14 tuman (Bulung‗ur, Jomboy, 
Ishtixon, Kattaqo‗rg‗on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargom, 
Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, Qo‗shrabot) (tumanlar haqida alohida 
maqolalarga qarang; mas, Bulung‗ur tumani), 11 shahar (Bulung‗ur, Jomboy, 
Juma, Ishtixon, Kattako‗rg‗on, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samarqand, Urgut, 
CHelak), 12 shaharcha (Dahbed, Ziyovuddin, Ingichka, Kimyogarlar, Loyish, 
Mitan, Mirbozor, Payshanba, Suv Hovuzi, Farhod, Xishrov,CHarxin), va 125 ta 
qishloq fuqarolari yig‗ini bor. (2004). Markaziy — Samarqand shahri. 
Tabiati, Samarqand viloyati PomirOlay tog‗larining g‗arbiy chekkasida, 
Zarafshon daryosining o‗rta qismida joylashgan.
Rele‘fi asosan, kenglik bo‗ylab cho‗zilgan va shim.dan Turkiston tog‗ 
tizmalarining tarmoqlari (Nurota tog‗i, bal. 2169 m), Oqtog‗, 2003 m, jan. dan 
Zarafshon tog tizmalari b-n o‗ralgan Zarafshon daryosi vodiysidan iborat. Vodiy 
sharkdan (750—800 m) g‗arbga qarab (350 m) pasayib boradi. Vodiydan shim.ga 
va jan.ga tomon qiya tekisliklar joylashgan va toglarga yaqinlashganda adirlar 
boshlanadi. Zarafshon tizmasi (g‗arbiy qismi) jan. da Qashqadaryo viloyati b-n 
bo‗lgan chegara bo‗ylab cho‗ziladi. Bu tizma (2388 m), asosan, paleozoyning 
kristalli slanetslari va ohaktoshlaridan tarkib topgan. G‗arbga tomon tizma 
astasekin pasayadi va Kattaqo‗rg‗on jan.da pastbaland tepaliklardan iborat tekislik 
b-n qo‗shilib ketadi. Asosan, qumtosh, slanets va magmatik jinslardan tashkil 
topgan Nurota tog‗i bir nechta yirik orografik birliklarga parchalanib ketgan. 
Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram rudasi (Ingichka), flyuorit, kvars, 
ohaktosh, granit, mergel, gips, bentonit gili, abraziv materiallar, mineral bo‗yoklar, 
marmar (Omonqo‗ton, G‗ozg‗on, Jom), korund konlari (Nurotaning jan.sharkida); 
mineral buloqlar bor.
Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Bulutli kunlar kam bo‗ladi. Tekisliklarda qish 
iliq. YAnv.ning o‗rtacha t-rasi shim.da —2°, tog‗larda —4,8°. YOzi issiq. 
Iyulningo‗rtacha t-rasi 25,9°— 27,8°, eng past tra —32°, eng yuqori tra 42° 
(Kattaqo‗rg‗on). O‗rtacha yillik yog‗in 282—459 mm. YOg‗inning 80% kish va 
bahorda yog‗adi. Qor 16—20 kungina saqlanadi. Vegetatsiya davri 324—334 kun. 
Baland ko‗tarilgan sari tra pasayadi. Iklim sharoiti va sugorish Samarqand 
viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, o‗rik, uzum, anjir, anor etishtirish uchun qulay. 
Asosiy daryosi — Zarafshon. Viloyat hududidagi qismining uz. 193 km. 
Tevarakatrofdagi tog‗lardan oqib tushgan soylar sug‗orishga sarflangani uchun 


Zarafshonga etmasdan tugaydi. Darg‗om, Narpay (54 km), O‗ng qirg‗oq (64 km), 
CHap qirg‗oq (169,3 km), Markaziy magistral (39,5 km), Zarafshon, Eski Anhor 
kanallari va Kattaqo‗rg‗on suv omboridan ham ekinlarni sug‗orishda foydalaniladi. 
Viloyatning jan.g‗arbiy qismida oqadigan soylar yozda qurib qoladi.
Tuprog‗i asosan, bo‗z tuproq. Tekisliklar va 500 m gacha balandliklardagi 
tog‗ etaklarida surqo‗ng‗ir och bo‗z tuproklar (sug‗oriladigan erlarda o‗tloqi bo‗z 
tuproqlar), 1500—1700 m balandlikda to‗q bo‗z tuproklar, cho‗l zonasida qumoq, 
taqir, bo‗zko‗ng‗ir tuproklar va sho‗rxoklar tarqalgan. YOng‗oqzorlar va 
archazorlarda qo‗ng‗ir tuproklar, yanada balandroq qoramtir tuproklar bo‗lib, 
undan yukrrida tog‗o‗tloki tuproklar uchraydi. 
Yovvoyi o‗simliklardan chala cho‗l va cho‗l o‗simliklari asosiy o‗rinni 
egallaydi. Tog‗ yon bag‗irlariga yaqin tekisliklarda shuvok, efemerlar (rang, 
ko‗ng‗irbosh va b.) o‗sadigan o‗tloqlar bor. Dare vodiylarida, dashtlarda, 
sho‗ragalofit o‗simliklar usadi; Zarafshon daryosi vodiysida terak, jiyda, tol, 
turang‗il, maymunjon, yulg‗un, oqgikan to‗qayzorlari bor. Tog‗larda 1100—2700 
m balandlikda pista, bodom, toshloq yon bag‗irlarida archazorlar uchraydi. 
Samarqand yaqinidagi Omonqo‗tonda yong‗oqzorlar bor. YOvvoyi hayvonlardan 
tulki, chiyabo‗ri, bo‗ri, tekisliklarda jayran, tog‗larda qo‗ng‗ir ayiq, daryo suvsari, 
qushlardan tustovuq, tuvodog‗, tog‗larda kaklik, daryolarda baliqlaru chraydi. 

Aholisi asosan, o‗zbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, ozarbayjon, 


arman, koreys, belorus, tatar, mesxeti turklari, yahudiylar, lo‗lilar va b. millat 
vakillari ham yashaydi. Aholining o‗rtacha zichligi 1 km2ga 168 kishi. Aholi 
viloyatning sug‗oriladigan erlarida zich (1 km2ga 340—512 kishi) joylashgan, 
cho‗l va tog‗ hududida siyrak (1 km2ga 20—40 kishi). 732,3 ming kishi shaharda, 
2092,6 ming kishi qishlokda yashaydi. 
Xo‗jaligi viloyat yalpi ichki mahsulot hajmi bo‗yicha Toshkent sh., Farg‗ona, 
Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyin 5o‗rinni egallaydi. Samarqand viloyati 
O‗zbekiston sanoati mahsulotining 5%, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 1,3%, 
mol aylanishining 8,6%, pullik xizmat ko‗rsatish hajmining 7,9% ni beradi. 
Viloyatni elektr energiyasi b-n Tollig‗ulon, Irteshar, Xishrov GESlari hamda 
qisman Navoiy issiqlik elektr stansiyasi ta‘minlaydi. Urgut tumanida Sug‗diyona 
GES qurilmoqda. Viloyat hududida foydali kazilmalardan nodir metallar (Ingi4ka 
koni), binokorlik materiallari (marmar, ohaktosh, granit, mergel, grafit) topilgan. 
Sanoati ko‗p tarmokli. Oziqovqat, engil, mashinasozlik, kimyo sanoati 
rivojlangan. Qurilish materiallari i.ch. ham salmoqli o‗rin tutadi. Oziqovqat sanoati 
viloyat yalpi sanoat mahsulotining 31,8%, engil sanoat mahsuloti 22,6%, 
aralashem i.ch. 18,9%, mashinasozlik va metallsozlik 8,4% ni tashkil kiladi. 
Viloyatda 
liftsozlik, 
kinoapparatura 
i.ch., 
choy 
qadoklash, 
sovitkich, 
avtomobilsozlik, tamaki fermentatsiya korxonalari bor. Keyingi yillarda ipgazlama 


i.ch. rivojlanmoqda. Mustaqillik yillarida viloyat iqtisodiyoti o‗z yo‗nalishini 
tubdan o‗zgartirdi. Mavjud barcha korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib 
mulkchilikning o‗zgacha shakliga kirib bormoqda. Aksariyat yirik va o‗rta 
korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Samarqanddagi engil 
sanoat korxonalaridan: pillakashlik, shoyi to‗qish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, 
poyabzal f-kalari va chinni z-di mavjud; oziqovkat sanoati korxonalaridan: un-
tegirmon, aralashem, makaron, choy qadoqlash, sutmoy, konserva, vino, konyak, 
spirtaraq va alkogolsiz ichimliklar hamda qandolatchilik korxonalari faoliyat 
ko‗rsatadi. Kattaqo‗rg‗on sh.da paxtachilik mashinasozligi (paxta tozalash 
korxonalari uchun asbobuskunalar ishlab chiqariladi) z-dlari, Jomboy sh.da 
viloyatdagi eng yirik don mahsulotlari k-ti, «Samjinteks» ip gazlama qo‗shma 
korxonasi, Bulung‗urda vino va g‗isht z-dlari ishlab turibdi. 1991—2003 
yillardavomidaSamarqand viloyatida jahon andazasi darajasidagi mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchi 135 qo‗shma korxona tashkil etildi. Bu korxonalarda 7,8 
mingdan ortiq ishchi va xizmatchi ishlaydi. Birgina 2003 y.da 19 ta ko‗shma 
korxona ishga tushirildi. Qo‗shma korxonalardan eng yiriklari: O‗zbekiston — 
Turkiya hamkorligida qurilgan «SamKochAvto», Amerika—Angliya b-n 
hamkorlikda ishlayotgan «UZBAT» aksiyadorlik jamiyati korxonalari (tamaki 
mahsulotlari ishlab chiqariladi), «Samplastik», Jomboydagi «Samjinteks», 
O‗zbekiston—Germaniya «Muliyon» (pivo ishlab chiqariladi), «Samarqand 
parranda», CHelak sh.dagi O‗zbekistan— Rossiya «Baltimor» (tomat pastasi va 
ketchup kaylasi ishlab chiqariladi), O‗zbekistan—CHexiya «Praga» (mineral suv 
qadoqlash) korxonalaridir. 
«SamKochAvto» qo‗shma korxonasida yiliga 400 dan ortiq zamonaviy 
avtobuslar va yuk avtomashinalari ishlab chiqariladi. YAqin kelajakda bu 
ko‗rsatkich yanada ko‗payadi. Viloyatda 2822 ta kichik korxona faoliyat 
ko‗rsatmoqda (2003). 
Samarqand viloyati qadimdan o‗zining xunarmandchiligi bilann mashxur. Bu 
erda shoyi va gilam, so‗zana to‗qish, zargarlik, kulolchilik, yog‗och, ganch, tosh 
o‗ymakorligi va b. xalq amaliy san‘ati turlari taraqqiy etib kelmoqda. Samarqand 
nonlari, ayniqsa, Samarqand qog‗ozi butun dunyoga mashhur. 
Qishloq xo‗jaligi ko‗p tarmoqli. Samarqand viloyati respublika 
agroiqtisodiyotida muhim o‗rinni egallaydi. Viloyat xo‗jaliklarida mamlakatda 
etishtirilgan q.x. mahsulotlarining qariyb 1/10 qismi tayyorlanadi. Etakchi 
tarmoqlar — dehqonchilik va chorvachilik. Paxtachilik, g‗allachilikdan tashqari 
bog‗dorchilik, tokchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari, tamaki etishtirish ancha 
rivojlangan. Samarqand viloyati uzumchilik bo‗yicha Toshkent viloyati b-n 
birgalikda Uzbekistonda etakchi hisoblanadi. 


Viloyatning jami ekin maydonlari 442 ming ga (shu jumladan, 183 ming ga er 
lalmikor) (2004), shuning 147 ming gektariga g‗alla ekiladi (shundan 70 ming ga 
er lalmikor) (Samarqand viloyati g‗alla etishtirish bo‗yicha O‗zbekistonda 
2o‗rinda). 103 ming ga erga paxta, 19,8 ming ga erga sabzavot va poliz ekinlari, 
10,3 ming ga erga kartoshka, 13 ming ga erga tamaki, 35,2 ming ga erga em-
xashak ekinlari ekiladi. Bog‗lar 19,9 ming ga, tutzorlar 7,8 ming ga, tokzorlar 26,4 
ming ga ni egallaydi. 801,7 ming gektar er yaylovlar b-n band. Samarqand shaxri. 
atrofida, xususan, Toyloq va Samarqand tumanlarida shahar atrofi q.x. yaxshi 
rivojlangan. Viloyat q.x. da 200 shirkat, 8,6 ming fermer xo‗jaligi, 10 aksiyadorlik 
jamiyati faoliyat ko‗rsatadi. 
Samarqand viloyatidagi barcha shaxsiy va jamoa xo‗jaliklarida 877,3 ming 
qoramol (shundan 404,9 ming sigir) hamda 1031,6 ming qo‗y va echki, 2327,2 
ming parranda, 15,1 ming ot boqiladi (2003). Bir yilda etishtiriladigan qorako‗l teri 
60 mingdan ziyod (2002), pilla 1459 t ni tashkil etadi (2003). 
Viloyatda barcha turdagi transport vositalari yaxshi rivojlangan. O‗zbekiston 
hududida birinchi temir yo‘l 1888 yilda Forob stansiyasidan (Turkmaniston) 
Samarqandgacha 
qurilgan. 
Samarqand 
viloyati 
hududidan 
Toshkent—
Turkmanboshi, 
Toshkent—Dushanba, 
Samarqand—Qarshi, 
Toshkent—
Uchquduq— Qo‗ng‗irot t.y.lari o‗tgan. Viloyat hududidan o‗tgan t.y.ning (jami uz. 
287,7 km) 50 km elektrlashtirilgan. 2003 y. 30 dek.dan yo‗lovchilar tashuvchi 
Toshkent— Samarqand elektrpoezdi qatnovi yo‗lga ko‗yildi. Samarqand viloyati 
hududidan 
Katta 
O‗zbekiston trakti, Zarafshon—Samarqand—Buxoro—
Turkmanobod avtomobil yo‗llari o‗tadi. Viloyatdagi qattiq qoplamali yo‗llarning 
uzunligi 4,1 ming km. 
Samarqand shaxridagi xalqaro aeroportti Toshkent shaxri. orkali dunyoning 
turli mamlakatlari bilan bog‗langan. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish