1.1-rasm.Shaharhududinia)asosiytabiiysharoitlarbo„yichaxususiyatlarinibelgilovchishaklxaritasi;b) rejalashtirishning chegaraviyshakllari: – suv bosgan va namiqqan hududlar; 2- xuddi shunday, botqoqlik va yer osti suv sathi baland bo‘lganhududlar; 3 – tekis yuzali relefning nishabligi < 0.5%; 4 – jarlik hududlar; 5 – erroziyaga uchraganqirg‘oqlar va ko‘chki mavjud bo‘lgan hududlar; 6 – qiyaligi < 20% lik tik relefli hudud; 7 – karstmavjud bo‘lgan hududlar; 8 – himoyalanayotgan va qo‘riq moydon; 9 – qishloq xo‘jaligi uchunqimmatli hududlar; 10 – qadr qimmatli o‘rmon hududi; 11 - qurilish uchun maqbul bo‘lgan hududlar;12 – temir yo‘lga ajratilgan hudud; 13 – elektr tarmog‘i uzatish maydoni; 14 – sanoat korxonalariningsanitar-himoya mintaqasi;15 –suvtindirishinshootininghimoya mintaqasi.
Mukammal ishlangan muhandisliktayyorgarligirejasida vertikal rejalashtirish, qor-yomg‗ir suvini qochirish, sug‗orish, yer osti suvlarini shahar tashqarisiga oqizish va muhandislik tayyorgarligi bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa maxsus inshootlar ko‗rsatiladi. Turar-joy qurilishi uchun qulaylik yaratish darajasini ifodalovchi tabiiy sharoitlar 1.1-jadvalda berilgan.
Shahar hududlarining muhandisliktayyorgarligi – tabiiy sharoitlarni o‗zgartirish va ulardan foydalanish maqsadida zaminningfizik-mexanikxususiyatlarga bog‗liq jarayon rivojlanishini va ta‘sirini kamaytiruvchi chora- tadbirlar yig‗indisidan iborat.
Joy relefi va uning shakllarini o‗zgartirish natijasida, yer usti suvlarining tabiiy oqishi qiyinlashishi oqibatida zaminningfizikjarayoni o‗zgaradi. Natijada, hududlarda yer osti suv sathi ko‗tarilishi hamda botqoqliklar hosil bo‗lishi kuzatiladi. Shuning uchun ham muhandislik tadbirlarining asosiy vazifalaridan biri relefni o‗zgartirmaslikni ta‘minlashdan iboratdir.
Navbatdagi vazifa ―noqulay‖ joylardan shaharsozlikning biror bir maqsadida foydalanishdir. Shuningdek, shaharlar muhandislik tadbirlarining obodonchilik va yer osti muhandislik jihozlarini loyihalash bilan uzviy bog‗liqligidir.
Muhandislik tayyorgarligining asosiy chora-tadbirlaridan biri bu muhandislik obodonlashtirish bilan chambarchas bog‗liq bo‗lgan jarliklarni ko‗kalamzorlashtirish, vertikal rejalashtirish ishlarini amalga oshirishdir.
Muhandislik tayyorgarligi shaharning sanitariya-gigiena sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Unda botqoqliklar tugatiladi, sug‗orish tizimi va suv havzalarining atroflari obodonlashtiriladi.
Muhandislik tadbirlari shahar relefidan unumli va oqilona foydalanish imkonini beradi. Bunda turar-joy maskanlari hududida noqulay va yaroqsiz joylar qisman yoki butunlay bartaraf qilinadi. Shahar hududidan unumli foydalanish shaharning ixcham joylashishini ta‘minlaydi, bu esa ko‗chalarni va jamoat transporti harakati uzunligini qisqartirish imkonini yaratadi, ular o‗z navbatida
shahar hayot faoliyatida katta iqtisodiy samara beradi.