Oddiy holdagi yopiq drenaj – tik devorlardan iborat bo‗lib, ichkarisi g‗ovak materiallar bilan to‗ldirilgan bo‗ladi (4.6. v,g-rasm). Bunday drenajlar shaharsozlikda muhandislik tadbirlarini olib borishda qulayliklar tug‗diradi. Turar-joy hududlarida bunday drenajlardan vaqtinchalik foydalanish tavsiya etiladi. Ya‘ni bunday drenajlar tezda o‗z faoliyatini yo‗qotadi. Shu sababdan ushbu drenajlardan ham imoratlar kam joylashgan hududlarda, ko‗kalamzor uchun ajratilgan maydonlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yopiq holdagi yer osti drenaji – quvurli drenaj bo‗lib, undan shahar hududida foydalanish juda qulay hisoblanadi (4.6. g,e,j - rasm).
Quvurli drenaj - asosi mustahkamlanib, suv sizib o‗tadigan imkoniyatga ega bo‗lgan g‗ovak material qatlamlari quvur ustiga to‗shalgan muhandislik inshootidir (4.6. g,e,j - rasm). Quvur ustiga ko‗p qatlamli qilib har xil g‗ovaklikdagi tabiiy tosh materiallari to‗shaladi. Quvur tanasi atrofida dastlab hajmi katta bo‗lgan tabiiy tosh yoki shag‗al, uning ustidan tuproq bilan birga mayda yoki o‗rta zarrachali qum to‗shaladi. Joyning gidrogeologik holatiga va drenaj qurilmasiga qarab drenaj materiallari turlicha tanlanadi (4.7-rasm).
Drenaj uchun sopol, beton va asbessement quvurlaridan foydalaniladi. Ayrim hollarda yog‗ochdan to‗rt burchak shaklida ishlangan quvurlar ham ishlatilishi mumkin. Quvurlar diametri odatda 100-250 mm atrofida bo‗ladi, ayrim hollarda undan katta bo‗lishi ham mumkin. Drenaj kollektorlari 400 mm va undan katta diametrda bo‗ladi. So‗nggi paytlarda quvur materiali sifatida zamonaviy polimerlardan keng foydalanilmoqda.
Drenaj tizimining qurilma turiga, sizot suvlarining sarfiga, zamin sharoitiga va ishning tashkil etish usullariga asoslanib zovur o‗lchamlari
tanlanadi.
5.7-rasm. Kollektorli drenajlarning himoyalangan inshootlar qurilmalari bilan birgalikdagi yechimi:
1 – kichik zarrachali g‘ovaksimon to‘kilma tuproq; 2 – xuddi shunday, yirik zarrachali g‘ovaksimon to‘kilma tuproq; 3- drenaj; 4 – gildan tashkil qilingan qoplama; 5 – mahalliy grunt; 6 – suv o‘tkazmaydigan qatlam; 7 – yig‘ma betonlar orasida paydo bo‘lgan suvlarni yig‘ishga mo‘ljallangan tirqish; 8 – yo‘l qoplamasi.
Sizot suvlarini o‗tkazish qobiliyati sochiluvchi tuproqlarda, tosh va shag‗allarda yaxshi kechadi. Suvni yaxshi o‗tkazadigan bu materiallar to‘shalgan materiallar deyiladi. To‗shalgan materiallar mustahkam va sovuqqa chidamli bo‗lishi talab qilinadi.
To‗shalgan materiallar drenajning asosiy elementi bo‗lib, sizot suvlarni o‗tkazish va yig‗ish xususiyatiga ega. To‗shalgan materiallar mayda zarrachali sochiluvchi jinslar bilan quvur teshiklari orasida joylashgan bo‗lib, sizib o‗tayotgan suvlarni quvur teshiklariga yetkazib beradi va bu materiallarning o‗zi quvur teshiklaridan o‗tib ketmasligi ko‗zda tutiladi.
Shuning uchun ham to‗shalgan material mayda va katta zarrachalardan iborat bo‗lishi ta‘minlanadi. To‗shaladigan materiallar donachalarining yirikligi uning tarkibiy koeffitsienti asosida tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |