Yoz va kuz paytlarida ko‗l va hovuz suvlarini muttasil almashtirib turish lozim bo‗ladi. Bu ishlar yirik shaharlarda shu davrda 5 martagacha, boshqa shaharlarda 2-4 martagacha amalga oshirilishi kerak. Bunday hovuz va ko‗llarning chuqurligini 1,5 dan kam bo‗lmasligini ta‘minlash juda muhimdir. Bu qoida faqat shahar ichidagi hovuzlargina emas, balki shahar atrofidagi 3 km gacha masofada bo‗lgan hovuzlarga ham taalluqlidir.
O‗z tarkibida zaharli, radioaktiv va bakteriyalari bo‗lgan oqova suvlar kanalizatsiyaga tashlanishdan oldin tozalanishi va uning harorati 400 ºS dan oshmasligi kerak.
Ichimlik va madaniy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan suvning tarkibi va asosiy xossalariga quyidagi talablar qo‗yiladi:
eritilgan kislorod tarkibi yilning qaysi fasli va davri bo‗lishiga qaramay (kunduzi soat 12 da olingan) 4 Mg/l dan kam bo‗lmasligi;
suvdagi muallaq zarrachalarning miqdori 0,25 Mg/l dan oshmasligi;
suvning hid va ta‘amga bo‗lgan jadalligi 2 dan oshmasligi;
suv ustunidagi rang berishi 20 sm dan oshmasligi kerak;
cho‗miladigan suvlar uchun zaharli moddalar miqdori chegara qiymatida bo‗lishi;
suv yuzida dog‗ hosil qiluvchi yog‗-moy moddalar qoplamasi bo‗lmasligi;