Toshkent arxitektura qurilish



Download 8,58 Mb.
bet33/76
Sana26.02.2022
Hajmi8,58 Mb.
#470489
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
Bog'liq
Шаҳар ҳудудини муҳандислик тайёрлаш Хотамов А Т 717

3.4 rasm. Kollektorga yig„iladigan yomg„ir miqdori hisobiy shakli:
1 – hisoblangan maydonning hisobiy chagarasi; 2 - Ai umumiy yuza bo‘ylab hisobiy belgi; 3 – hisobiy maydonning uzunligi.

Yomg‗irning jadalligini quyidagi formula orqali topish mumkin:





q20
= 0,071H
, 1 Ga l/s (3.7)

bu yerda N – shu hudud uchun 15 yil davomida kuzatilgan o‗rtacha yog‗ingarchilik miqdori, mm; dH – namgarchilikning yetishmaslik miqdori.
3.1-jadvalda ba‘zi shaharlarning yog‗ingarchilik miqdori haqida ma‘lumot berilgan.

3.1-jadval Shaharlarda aniqlangan yomg„ir yog„ishining o„rtacha miqdori

Shaharlar nomi

Yil davomidagi yog„ingarchilik, mm

Kecha-kunduz mobaynidagi maksimal yog„ingarchilik, mm

Olma-ota

557

62

Ashxobod

244

55

Toshkent

384

50

Farg‗ona

172

70

Namangan

182

52

Samarqand

331

40

Urgut

800

72

Buxoro

90

25

Umuman oqova suv kollektorining mo‗‘tadil ishlashini ta‘minlashda uning ishlash sharoitiga qarab va yomg‗irning hisoblangan miqdordan ko‗p yog‗ishini inobatga olib, uning hisoblangan jadalligidan bir marta oshib ketish davri belgilanadi.


Kollektorning bir marta to‗lib oqish miqdori 3.2-jadvalda berilgan.
3.2-jadval Yomg„irning hisoblangan jadalligidan bir marta oshib ketishi davri (R)

Suv oqib keladigan maydon holati

q20 ning miqdori R ning ifodasi (yil hisobida)

50 dan
70 gacha

70 dan
90 gacha

90 dan
100 gacha

100 dan katta

Sokin relef, o‗rtacha nishablik 0,0006 dan maydon 150 Ga dan
kichik

0,25-0,33

0,33-1

0,5-1,5

1-2

Shuning o‗zi, maydon 150 Ga
dan katta

0,33-0,5

0,5-1,5

1-2

2-3

Relef qalinligi katta, maydoni:
20 Ga dan kichik

0,33-0,5

0,5-1,5

1-2

2-3

50-―-100-‖-

0,5

1-2

2-3

3-5

100 Ga dan katta

5

5

10

10-20

Bu davr kollektorning vazifasi, ahamiyati, vertikal rejalashtirish, yomg‗ir jadalligining miqdori va maydoniga qarab aniqlanadi. Kollektorga yig‗iladigan yomg‗ir miqdori 3.4-rasmda ko‗rsatilgan hisobiy shakl bo‗yicha olib boriladi.


Hududga yog‗adigan yomg‗ir oqova suv kollektoriga to‗liq tushmaydi. Chunki yomg‗irning bir qismi yerga singib ketsa, yana bir qismi tushgan joy sirtini namlaydi, qolgan bir qismi esa havoga bug‗lanib ketadi. Shuning uchun ham loyihalashda oqizish koeffitsienti tushunchasi kiritiladi.
U yomg‗irning davomiyligi va jadalligiga bog‗liq bo‗ladi:

qhisob
qyoqqan , (3.8)

bu yerda, - oqizish koeffitsienti; qhisob – 1 s mobaynida 1 Ga yerga yoqqan yomg‗ir miqdori; qyoqqan – 1 s mobaynida 1 Ga yerga yoqqan yomg‗ir hajmi.
3.3-jadvalda turli xil sirtlar uchun oqizish koeffitsienti ko‗rsatilgan.
3.3-jadval
Turli xil sirtlar uchun oqizish koeffitsienti





Sirtlar

- oqizish koeffitsienti

1.

Tom, asfalt beton yoki sementobeton

0,95

2.

Tosh, shag‗al, bog‗lovchi moddalar bilan
aralashtirilgan qoplamalar

0,6

3.

Yirik toshli qoplamalar

0,45

4.

Bog‗lovchi moddalarsiz bo‗lgan shag‗al

0,4

5.

Bog‗larning toshli yo‗laklari

0,3

6.

Tekislangan yer sirti (tuproq), yalangliklar

0,3

7.

Yashil maydonlar

0,1

Yomg‗irning hisoblanadigan davomiyligi (vaqti) – t, daq quyidagi omillardan yig‗iladi: yomg‗irning yig‗ilib oqish vaqtidan, ya‘ni havzaning eng uzoq nuqtasidan (suv oqadigan) ariqqacha bo‗lgan vaqt – ty; yomg‗ir suvini ariqda oqish vaqti – ta; yomg‗irni hisoblanayotgan maydonlardagi quvurda oqish uchun sarflangan vaqt – tq .


t= ty+ ta+ tq, daqiqa (3.9)
Yomg‗irning yig‗ilib oqish davri ty – 5-10 daq bo‗ladi. Yomg‗irning ariqda oqish vaqti quyidagi formula bilan hisoblanadi:

t = 1,25𝑙 a

, daq (3.10)




V

a
a • 60



bu yerda
𝑙 a - ariqning uzunligi, m; Va – suvning oqish tezligi, m/s.

Yopiq holda quriladigan yomg‗ir kollektorlari 3.5-rasmda ko‗rsatilgan hisobiy shakl asosida olib boriladi.


3.5-rasm. Yopiq holda quriladigan yomg„ir kollektorlarining hisobiy shakli:
1- suv ayirg‘ich; 2- ko‘cha bo‘ylab o‘tkazilgan tarmoq; 3- xuddi shunday, mikrorayon hududi bo‘ylab o‘tkazilgan tarmoq.



3.6-rasm. Yopiq holdagi yomg„ir kollektorlariga o„rnatiladigan yomg„ir suvini qabul qiluvchi maxsus quduqning tik qirqimdagi va ko„ndalang kesimdagi ko„rinishi:
1 – oqova suvni tashlash quvuri; 2 – beton bilan qotirilgan joy; 3 – ishchi kamera detallari; 4 – cho‘yan panjara; 5 – piyodalar yo‘lagidagi bort toshi; 6 – asbest sementli drenaj quvuri; 7 – tag qismi detali; 8 – qum to‘shalmasi; 9 – g‘ovakli to‘kilma qum.
Yopiq holda quriladigan yomg‗ir kollektorlariga o‗rnatiladigan yomg‗ir suvini qabul qiluvchi maxsus quduqning tik qirqimda va ko‗ndalang kesimda ko‗rinishi 3.6-rasmda ko‗rsatilgan.


    1. Shahar hududida ariq tizimining qo„llanilishi

Shahar sug‗orish tizimidan qadimgi davrlarda Misr, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlarida foydalanib kelgan. Hozirgi kunga kelib Yevropaning Ispaniya, Frantsiya, Italiya va Rossiya Federatsiyasining quyi Povolje, Ukrainaning bir qismi, shu kabi qator davlatlarida sug‗orish tizimi sifatida qo‗llanilmoqda.


Markaziy Osiyo mamlakatlarining nafaqat qishloq xo‗jaligida, balki undagi shaharlarda ham sug‗orish tizimi yaxshi rivojlangan. Samarqand shahri Zarafshon daryosining qadimgi nomi bilan ataladigan Sangardak bulog‗ining Janubiy irmog‗idan tarqaladigan manba bilan sug‗orilgan. Hozirgi kunda esa Yangi Samarqand Zarafshon daryosining Darg‗om arig‗i orqali sug‗oriladi. Toshkent shahri Bo‗zsuv, Anhor va Oq - tepa ariqlari ta‘sirida yaxshi rivojlangan. Buxoro shahri janubi-g‗arbiy va shimoliy tomonidan Zarafshon daryosining tugallanish ariqlari ta‘sirida rivojlangan. Andijon shahrining tarh yechimi Samarqand shahri qatorida Toshkent shahriga nisbatan Qora daryoning irmoqlari bo‗ylab rivojlangan. Xuddi shunday qadimgi Turkmanistonning Marv shahri Murg‗ob daryosi o‗zani bo‗ylab rivojlangan. Eronning Isfaxon shahri ham daryo bo‗ylab joylashgan. Dushanbe shahri esa Dushanbe daryosi o‗zanida joylashgan 20 gektarlik sun‘iy ko‗lning shakllanishi bilan chambarchas bog‗liqdir. Uning ta‘sirida shahar markazida 420 gektardan ziyod istirohat bog‗i tashkil etilgan. Olma ota shahrida ham Katta Olma ota daryosi o‗zanidan 120 gektarlik suv havzasi barpo etilgan. Qirg‗izistonning poytaxti Bishkek shahri bo‗ylab Alamidin va Ala-alcha daryo irmoqlari va Katta Chuy kanali oqib o‗tadi.
Ta‘kidlangan ushbu shaharlardagi ariqlar tizimi yaqin Sharqda joylashgan Iroq, Eron, Afg‗oniston, Turkiya va shu kabi boshqa davlatlar shaharlarida ham mavjud.
1960-1970 yillarga kelib shaharlarda ko‗p qavatli binolarning keskin taraqqiy topishi shahar ariqlar tizimining o‗rniga bosimli ichimlik suv tarmog‗i (vodoprovod)ni rivojlanishiga olib keldi, natijada shaharlarda ariq tizimlari asta- sekinlik bilan o‗z faoliyatini yo‗qota boshladi. Shu sababdan ham shaharlarda ko‗kalamzorlarni sug‗orishning katta qismi ichimlik suvi tarmog‗i evazidan amalga oshirilishiga ehtiyoj oshib bormoqda. Natijada qarovsiz qolgan sug‗orish tizimiga xizmat qiluvchi shahar ariqlar va hovuzlar deyarli yo‗qolib ketdi.
Hozirgi kunga kelib shahar ekologiyasi nuqtai-nazaridan hamda shaharni ko‗kalamzorlashtirish maqsadida yana shahar sug‗orish tizimini qaytadan amalga oshirish ehtiyoji tug‗ildi. Ushbu talablardan kelib chiqib, bugungi kunda Samarqand shahrida Jar, Shaar, Bog‗ishamol, Dashtak, Obimash‘at va Beklar ariqlari shaharning bosh rejasi asosida muhandislik tayyorgarlik talablariga to‗liq javob beradigan holda shaharning asosiy ko‗cha va yo‗l tarmoqlari elementi sifatida qaytadan shakllantirildi. Shunday sug‗orish tarmoqlari shahar hududida 600 km ga yaqin bo‗lib, ularning 30 foizi esa LI-1 temir beton lotok qurilmasidan iborat, qolgan qismi esa oddiy ariq sifatida bunyod etilgan (3.7-rasm).
Shahar hududida faoliyat ko‗rsatadigan ariqlar tizimi shaharning bosh rejasi asosida tuzilgan bo‗lishi shart. Bunda ariqlarga qo‗yiladigan asosiy talab ularning tabiiy oqimini ta‘minlashdan iboratdir. Shahar sug‗orish tarmoqlarining tasnifi quyidagichadir (3.4-jadval).

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish